IV. Talaba-amaliyotchilarning xuquq va burchlari
Talaba-amaliyotchi amaliyot dasturidagi barcha turdagi ishlarni o`z vaqtida bajarishi, o`quv tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy va o`quvchilarning aqliy, axloqiy, mehnat, estetik tarbiya ishlarini uzviy tarzda olib borishi lozim.
Talaba amaliyot davrida o`zini ma’naviy axloqiy sifatlarga ega yosh mutaxassis, ishga, o`quvchilarga, kasbga muhabbat bilan qaraydigan inson sifatida ko`rsatishi, o`quv tarbiya muassasasi jamoasi ishlarida faol ishtirok etishi lozim.
Talaba – amaliyotchilar amaliyot davrida vujudga keladigan barcha masalalar bo`yicha amaliyot rahbariga, o`quv-tarbiya muassasasi ma’muriyati va o`qituvchilariga murojaat qilishlari, o`quv tarbiya jarayonini takomillashtirish, amaliyotni tashkil etishga oid takliflar kiritishlari, anjuman va majlislarda qatnashishlari, muassasadagi kutubxona, kabinetlardagi o`quv metodik adabiyotlardan foydalanishlari mumkin.
Har bir talaba amaliyot davrida «Kundalik» daftari tutadi va unda kuzatishlarini, o`quvchilar bilan olib borilgan o`quv tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar taxlilini qayd etib boradi. Amaliyotchi o`z faoliyatini o`quv tarbiya muassasasi nizomidagi talablarga asosan tashkil etadi, ichki tartib qoidalarga rioya qiladi, ma’muriyat farmoyishlarini va amaliyot rahbarlari ko`rsatmalarini bajaradi. Amaliyotchi talaba dastur talablarini bajarmagan hollarda mazkur semestr o`quv rejasini bajarmagan hisoblanadi hamda fakul’tet Kengashining qarori bilan unga darslardan ajralmagan holda Malakaviy amaliyotni bajarish majburiyati yuklatiladi.
V.Universitet tomonidan tayinlangan amaliyot rahbarining vazifalari
Amaliyot rahbari vazifasiga quyidagilar kiradi:
talabalarni amaliyot o`tkazish joylariga biriktirishda qatnashish;
talabalarni amaliyotni boshlash oldidan universitetda amaliyot o`tkazish umumiy koidalari, xavfsizlik texnikasi koidalari bilan tanishtirish;
amaliyotga yuborilayotgan talabalarni rasmiylashtirilgan amaliyot kundaligi, uslubiy ko`rsatmalar bilan ta’minlash;
amaliyotni dastur asosida sifatli o`tkazilishiga ta’minlash;
amaliyot o`tkazish davrida talabalarga metodik tavsiyalar berish;
talabalar tomonidan o`tilgan sinov va ochiq darslarini tahlil qilish;
kafedra tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari amaliyotchi- talabalar bilan doimiy aloqada bo`lishi, ularning holidan habar olishi, zarur hollarda ularga amaliy yordam ko`rsatishi va shu bilan birga, amaliyot o`taydigan ta’lim muasasasi tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan doimo aloqada bo`lish;
amaliyotni yanada sifatli o`tkazish bo`yicha takliflar kiritish.
amaliyot bo`yicha talabalardan hisobot qabul qilish;
Do'stlaringiz bilan baham: |