Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа’lim vаzirligi fаrgʼonа politexnikа instituti



Download 3,35 Mb.
bet34/58
Sana11.01.2022
Hajmi3,35 Mb.
#343919
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58
Bog'liq
SQT. Аmaliy mashgʼulot

Nazorat uchun savollar:

1. Taʼmirlash operatsiyalari. Muvozanatlashtirish.

2. Muvozanatlashtirish turlari. Statik muvozanaotlashtirish.

3. Muvozanatlashtirish turlari. Dinamik muvozanatlashtirish.

4. Qanday qismlar dinamik, qanday qismlar statik muvozanatlashtirishga moyildir.

5. Muvozanatlashtirishni ahamiyati va uni tayanchga koʼrsatadigan taʼsiri.



АMALIY MASHGʼULOT №10

(2-soat)


Mаvzu: Texnologik mashina va jihozlardagi darz yorilgan detallarni taʼmirlash usulini tanlash detallarni taʼmirlash

Texnologik mashinalar ishchi organlariga harakat uzatadigan, bir xarakatni ikkinchi xarakat turiga aylantirib beradigan detal va qismlar kiradi.

Bularga val, oʼq, vint, disksimon nusxa olish qurilmasi, tishli va chervyakli gʼildiraklar, yuritmalar va boshqalar kiradi.
Texnologik mashinalar ishchi organlarini texnik tashxis qilish.

Hozirgi kunda nuqsonlarni aniqlashning asosan ikki usulidan foydalanilmoqda:

1) koʼzdan kechirib-optik usuldan aniqlash (tirnalgan, yorilgan, zanglagan va xakozo joylarni) ;

2) kapillyar usulda aniqlash ( darz joylarni )

Kapillyar usullar qoʼllash uchun ishlatilgan suyuqlikning sirtqi darzlar, gʼovaklar va xakozolarga kapillyarlar buylab singishi hodisasiga asoslangan. Bu usullarga, masalan, lyuminestsent usuli kiradi. Lyuminestsent usulidan magnitlanish xususiyatiga ega boʼlmagan ashyolardan tayyorlangan detallardagi sirtqi darzlar va gʼovaklarni aniqlashda qoʼllaniladi.

Detallarni yaroqli - yaroqsizga ajratishda quyidagi oʼlchov asboblaridan foydalaniladi:

1) shtangentsirkul, mikrometr, indikatorli nutromer (ichki oʼlcham oʼlchagich), tangenzubomerlar, indikatorli universal shtativlar, tekshirish plitalari, chizgʼichlar, gonillar, optimetrlar, minimetrlar, asbobli mikroskoplar va boshqalar;

2) magnit-kukun usuli (darzlar, gʼovaklar aniqlanadi, taʼmirlash zavodlarida qoʼllaniladi), yuvish-kukun usuli (sirtqi va sirtga yaqin joyda joylashgan darzlarni, gʼovaklarni aniqlashda qoʼllaniladi).

3) induktsiya (uyurmali tok) usuli yordamida koʼzga koʼrinmaydigan darzlar aniqlanadi.

4) ulьtratovush usuli ulьtratovushning bir jinsli metalldan oʼta olish xususiyatiga asoslangan. Аgar toʼsqinlik boʼlmasa, ulьtratovush metall orqali erkin oʼtadi, agar metallda darz boʼlsa, ulьtratovush shu darz orasidagi xavo qatlamidan qaytadi va bu maxsus asboblar yordamida qayd etiladi.

5) rentegenografik usuli rentgen nurlarini detal qalinligiga qarab (nur oʼtkazilgan qatlam qalinligi, ichki nuqsonlarning mavjudligi va xakozoga qarab) turlicha yuklanishga asoslangan.

6) bosim usuli ichi boʼsh detallardagi koʼzga koʼrinmaydiganlarni (koʼpincha ochik darzlarni) aniqlashda. Bu usulda detallar ichida bosim bilan suv yoki xavo kiritiladi. Muxim detallar uchun xavo oʼrniga gemit ishlatiladi, soʼng darz qizdirgich (xavo yoki suyuqlik sizgan joylarni aniqlovchi asbob) yordamida gemitning qayerdan sizayotgani aniqlanadi.

7) gidravlik usul bu usulda korpus detallar (silindrlar bloki, silindrlar kallagi)dagi darzlar aniqlanadi. Sinovlar detallardagi barcha teshiklarni jips yopishishini taʼminlaydigan maxsus stendlarda oʼtkaziladi. Detal ichini toʼladigan suv bosimi 0.3-0.4 MPa boʼladi. Suvning sizib chiqishiga qarab detalda darz bor-yuqligi aniqlanadi;

8) pnevmatik usul ikki sxema buyicha qoʼllaniladi. Birinchi sxemada sinaladigan detal suvga botiriladi, uning ichki qismiga esa bosim bilan havo kiritiladi. Xavo bosimi detallarni sinash texnik shartlariga muvofiq tanlanadi. Suvdan koʼtarilayotgan xavo pufakchalari detalda nuqson borligini va uning qayerda ekanligini koʼrsatadi. Bu usul, baklar va idishlardagi nuqsonlar aniqlanadi

Ikkinchi sxema bo’yicha sinashda detalning ichi gaz bilan toʼlatiladi va uning germitikligi bosimning pasayish darajasiga qarab aniqlanadi. Detallarni yaroqli-yaroqsizlarga ajratishda nuqsonlarni qayerda joylashganligini aniq bilish shart boʼlmaganda bu usuldan foydalanish maksadga muvofiqdir.

Taʼmirlash va tashxisda kapillyar usullaridan buyoq lyuminestsent usullari koʼproq qoʼllaniladi.

Buyoq usuli suyuq buyoqlarning oʼzaro diffuziyalanish xossalariga asoslangan. Bunda detalning tekshirilayotgan sirti organiq eritgich

(koʼpincha benzin) bilan yogʼdan tozalangandan keyin unga kerosindan suyultirilgan rang bilan yuvib uni ketkaziladi va detal sirtiga oq buyoq surtiladi. Bir necha minutdan keyin oq buyoqli sirtda avvalgi buyoq rangidagi dogʼ paydo boʼladi. Bu dogʼni shakli detallardagi darz shaklida, yoki oʼlchamlari darznikidan katta boʼladi. Turli tekshirish usullaridan olingan axborot sifati 1- jadvalda keltirilgan. Buyok usulning boshqa bir turida buyok aralashtirilgan kerosin va suv suspenziyasi foydalaniladi. Bu usul avvalgi usulga nisbatan koʼp mexnat talab qiladi, yoki orzon ashyolardan foydalaniladi. Bu usul yordamida eng kamida 20 mkm li darzlarni aniqlash mumkin.

Turli tekshirish usullarida olingan axborot sifati.

1- jadval



Tekshirish usuli

Nuqsonlar toʼgʼrisidagi axborot sifati

qalinlik buyicha sezgirligi

joylash

gan oʼrni




toifasi

Shakli

oʼlcham lari

Ulьtrotovush

radiografiya (radioskpiya)

Elektr magnit

Kapillyarlar




1

2

4



3

4


2

2

1



1

1


4

1

1



1

1


3

1

4



2

2


4

2

2



2

2

Belgilar: 1- sifati juda aʼlo, 2- yuqori, 3- orʻtacha, 4- past
Ishchi organlarini texnik nazorat qilishda lyuminestsent defektastofiya usuli koʼp qoʼllaniladi.

Lyuminestsent usuli baʼzi moddalarning ulьtrabinafsha nurlar oʼtkazilganda yorugʼlanish xossalariga asoslangan. Sirtqi nuqsonlarni aniqlash uchun detal flyuresentsiyalanuvchi suyuqlikka (50% kerosin , 25% benzin, 25% transformator moyiga flyuresentsiyalanuvchi buyoq defektos yoki OP7, emurgator 1m 3 aralashmaga 3 kg mikdorda qoʼshiladi) botiriladi. Soʼngra detal suv bilan yuviladi va issik xavo bilan quritiladi, unga selьkogalь kukuni sepiladi. Selkogal flyuresentsiyalanuvchi suyuqlik shimilgan selьkogalь kukuni nurlanib, darzning chegaralarini koʼrsatadi. Odatda bu usul magnitlanish xususiyatiga ega boʼlmagan omildan tayyorlangan detallardagi eni 10 mkm dan katta boʼlgan darzlarni aniqlashda qoʼllaniladi.

Magnit defektaskopiya usuli magnit maydonini detaldagi nuqsoni ustida yeyilishiga asoslangan. Bu usul ferromagnit ashyolardan tayyorlangan detallardagi darzlarni aniqlashda qoʼllaniladi. Buning uchun detal avval magnitlanadi, magnit maydoning yeyilganligi detalga suspenziya siqib aniqlanadi. Shunda magnit kukuni darzning chetlariga surtilib, uning chegaralarini aniq koʼrsatadi.

Detallardagi darz buylanma darzlarni aniqlash uchun aylana magnitlanish deffektoskopiyalaridan koʼndalang darzlarni aniqlash uchun esa tashqi maydon bilan buylama magnitlanish deffektskopiyalaridan, koʼndalang darzlarni aniqlash uchun esa tashqi maydon bilan buylama magnitlanish deffektoskopiyalaridan foydalaniladi. Ixtiyoriy joylashagan darzlarni aniqlash uchun aralash magnitlanish deffektoskopiyalaridan foydalaniladi. Аylana magnitlanish deffektoskopiyalari magnit maydon detal orqali katta kuchli oʼzgaruvchan tok oʼtishi xisobiga paydo qilinadi. Deffektoskopiyalar yuqorida tasiflangan ikkala sxema xususiyatlarini oʼzida mujasamlashgan. Bularga MED-2 va UMD-900 deffektoskoplari kiradi. MED-2 deffektoskopi diametiri 90 mm va uzunligi 900 mmgacha boʼlgan detallarni tekshirish uchun moʼljallangan.

Bu deffektoskopda aylanuvchi tokning eng katta kuchi 4.5 kvtgacha boradi. UMD-9000 unversal deffektoskop katta detallarni tekshirish uchun moʼljallangan boʼlib unda aylanasiga magnitlash tokning kuchi 10 kvtga yetadi. Detallarning magnit usuli bilan tekshirilgandan keyin ularni magnitsizlantirish kerak.

Elektr magnit usuli metallni sirtki qatlamidagi darzlarni aniqlashda qoʼllaniladi. Bu usul elektr oʼtkazuvchanlikni oʼlchashga asoslangan boʼlib, elektr oʼtkazuvchanlik bilan bogʼlik boʼlgan xossalarni tekshirish uchun xizmat qiladi. Elektr magnit usulida oʼlcham uchun ishlatilidigan datchiklar, ustquyma, oʼtish va ekranlilarga boʼlinadi.

Datchiklarning turi tekshirilayotgan koʼrsatkichning xususiyatlariga va detal shakliga bogʼliq mayda detallarni tekshirish uchun koʼpgina oʼtish datchiklari ishlatiladi.


Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish