Ishqalanish turlari
Jismlarning nisbiy harakati kinematik belgilariga koʼra ishqalanishning quyidagi turlari koʼproq uchraydi.
Tinch holatdagi ishqalanish – ikki jismning nisbiy harakatga oʼtguniga qadar mikroharakatlaridagi ishqalanish.
Harakatdagi ishqalanish – nisbiy harakatda boʼlgan ikki jismning ishqalanishi.
Surkov ashyosisiz ishqalanish – ishqalanuvchi sirtga hech qanday surkov ashyosi surtilmagandagi ikki jismning ishqalanishi.
Surkov ashyosi boʼlgandagi ishqalanish – ikki jismning ishqalanuvchi sirtiga har qanday surkov ashyosi surtilgandagi ishqalanish.
Sirpanishdagi ishqalanish – ikki qattiq jismning harakatidagi shunday ishqalanishiki, bunda urinish nuqtalarida jismlarning tezliklari qiymati va yoʼnalishi boʼyicha har xil boʼladi.
Dumalanishdagi ishqalanish – ikki qattiq jismning harakatidagi shunday ishqalanishki, bunda urinish nuqtalarida ularning tezliklari qiymati va yoʼnalishiga koʼra turlicha boʼladi.
Ishqalanish kuchi – bir jism tashqi kuch taʼsirida boshqa jismning sirti boʼylab harakatlanganida yuzaga keladigan qarshilik; mazkur tashqi kuch – ana shu jismlar orasidagi umumiy chegaraga urinma boʼyicha yoʼnalgan boʼladi.
Sirpanish tezligi – sirpanishda urinish nuqtalaridagi jismlar orasidagi farq.
Ishqalanish sirti – jismning ishqalanishda qatnashuvchi sirti.
Ishqalanish koeffitsienti – ikki jism ishqalanish kuchining ana shu jismlarni bir-biriga siqib turuvchi meʼyoridagi kuchga nisbati.
Ilashish koeffitsienti – ikki jismning tinch holatidagi eng katta ishqalanish kuchining jismlarni bir-biriga siqib turadigan, ishqalanish sirtlariga nisbatan meʼyorida boʼlgan kuchga nisbati.
Dumalanishdagi ishqalanish kuchini aniqlash uchun Sh.O.Kulon quyidagi formulani taklif etgan:
(7)
bu yerda Fk – dumalanishdagi ishqalanish kuchi, N;
N – meʼyoridagi kuch, N;
R– dumalanish radiusi, m;
K – dumalanishdagi ishalanish koeffitsienti.
Ishqalanish jarayonining jadalligini ifodalaydigan parametrlar sirpanishda eng katta va dumalashda eng kichik boʼladi. Zamonaviy traktorlar, qishloq xoʼjalik mashinalari va avtotraktorlar dvigatellarining barcha asosiy tutashmalari, odatda, majburiy yoki bosim ostida moylanadi. Moyni bosim ostida uzatish va uni filʼtrlash usuli transmissiyaning ishqalanuvchi uzellarida tobora kengroq qoʼllanilmoqda. Zanjirli traktorlarning yurish qismidagi koʼpgina muhim uzellar (tsapfalar, ramalarning vtulkalari, tayanch gʼaltaklarning podshipniklari va boshqalar) ham konsistent moy bilan moylash oʼrniga suyuq moy bilan moylashga oʼtkazilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |