Nazorat uchun savоllar:
1.O'lchashlar dasturi haqida tushuncha bering
2.Katta yoshdagi odamlarni o'lchash dasturi haqida tushuncha bering
3.O'lchov ma'lumotlari blankasi haqida tushuncha bering
4.Yoshiga qarab o'lcham belgilarini o'zgartirish haqida tushuncha bering
5. Qaysi o’lcham belgisi faqatayollarda o’lchanadi?
6. Qanday o’lcham belgilari prоektsiоn belgilar deb ataladi?
12. MAVZU
Aholining asosiy tipologiyasi va tamoyillari.
REJA
1.Yetakchi o'lchamlar
2.Befarqlik intervali
3.Yordamchi o'lchamlar qiymatini hisoblash.
Tayanch so`z va ibоralar:
Yetakchio'lchamlar. Befarqlik intervali. Yordamchi o'lchamlar qiymatini hisoblash.
1.YETAKCHI O'LCHAMLAR
Qomatlarning o'lchamlarini aniqlashda asos qilib olinadigan o'lchamlar yetakchi yoki asosiy o'lchamlar deyiladi. Qomatning o'lcham xarakteristikasini batafsil ifodalaydigan qolgan barcha o'lchamlar yordamchi o'lchamlar deyiladi (ularning qiymati yetakchi oichamlardan hisoblab topiladi).
Yetakchi o'lchamlarni tanlashda ularga quyidagi asosiy ta-lablar qo'yiladi:
— ayni guruhdagi o'lchamlar ichida uning katta yoki eng katta miqdorga yaqin o'lchami bo'lishi kerak;
— odam qomatini har tomonlama tavsiflash maqsadida yetakchi o'lchamlar har xil tekislikda joylashgan bo'lishi lozim;
— har bir yetakchi o'lcham o'z tekisligida joylashgan boshqa o'lchamlar bilan yuqori darajada bog'langan bo'lishi kerak, ayni vaqtda ikki yetakchi o'lcham zaifroq bog'langan bo'lishi zarur;
— kiyim konstruksiyalash va uni amalga oshirish nuqtayi nazaridan yetakchi o'lchamlar yetarli darajada oson aniqlanadi-gan va ba'zi o'lchamlarga muvofiq bo'lishi kerak.
Tikuvchilik sanoatida katta yoshli odamga mansub qomat turini aniqlaydigan yetakchi o'lchamlar sifatida ko'krak aylanasi va bo'y uzunligi (rost) qabul qilingan.
Shu bilan birga, ko'krak aylanasi aylana-kenglik o'lchamlari ichida eng kattasi, bo'y esa uzunasiga o'lchangan o'lchamlar ichida katta qiymatlisidir.
Ko'krak aylanasi va bo'y har xil tekislikda joylashgan va ular orasidagi bog'lanish darajasi ayollarda katta emas: rxy= 0,144. Lekin ko'krak aylanasining yotiq joylashgan tekislikda o'lcham belgilari bilan bog'lanish darajasi katta. Bo'yning esa tik tekislikda joylashgan o'lcham belgilari bilan bog'lanish darajasi katta. Tik va yotiq tekisliklarda joylashgan o'lcham belgilarining bog'lanish darajasi past.
Ko'plab o'tkazilgan o'lchash ma'lumotlari bo'yicha, ko'krak aylanasining qiymati bir xil bo'lib, bel va bo'ksa aylanalariningqiymati qorin chiqig'ini hisobga olgan holda sezilarli o'zgarishi mumkin.
12.1-jadval
Antropometrik o'lchamlarning ko'krak aylanasi va bo'y bilan bog'lanish darajasi
O'lcham
|
O'lchamlarning bog'lanish darajasi (rxy)
|
Bo'y bilan
|
Ko'krak aylanasi bilan
|
Erkaklar
|
Ayollar
|
Erkaklar
|
Ayollar
|
Bo'yin nuqtasi balandligi
|
0,977
|
0,974
|
0,339
|
0,208
|
Gavdauzunligi
Oyoquzunligi
Qo'luzunligi
Old tomondan belgacha
uzunlik
Ort tomondan belgacha uzunlik
|
0,535
0,900
0,805
0,516
0,555
|
0,514
0,892
0,738
0,444
0,545
|
0,245
0,300
0,395
0,541
0,260
|
0,092
0,173
0,310
0,658
0,279
|
Ko'krakaylanasi
Belaylanasi
Bo'ksaaylanasiqorin
chiqig'ini hisobga olgan holda
|
0,300
0,164
0,351
|
0,144
0,079
0,214
|
1,000
0,838
0,798
|
1,000
0,912
0,850
|
Ayollar qomatini tavsiflashda, ularning yoshi bo'yicha o'zgaruvchanligini aks ettiradigan, qorin chiqig'i va bo'ksa aylanasini hisobga olish g'oyat muhim. Shu bois ayollar qomatining to'lalik ko'rsatmalari bo'yicha tavsiflaydigan yetakchi o'lcham sifatida qorin chiqig'ini hisobga olgan bo'ksa aylanasi qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |