O’ZBEKISTОN RESPUBLIKASI
ОLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
« ENGIL SANOAT TEXNOLOGIYALARI»
KAFEDRASI
«AMALIY ANTRОPОLОGIYA ASOSLARI »
fanidan
MA`RUZALAR MATNI
FARG’ONA - 2021
"Amaliy antrоpоlоgiya asoslari” fanining maqsadi va unda ko’riladigan asоsiy masalalar keltirilgan. Ma`ruzalar matni 5320900 «Yengil sanоat buyimlari konstruktsiyasini ishlash va texnоlоgiyasi» bakalavriat ta`lim yo’nalishlari talabalariga mo’ljallangan.
Tuzuvchi: katta o’qituvchi: Q.Q.Nabiev
Taqrizchi: “ТT” kafedrasi dots. Yu.Ergashev
Ushbu to’ldirilgan va qayta ishlangan ma`ruzalar matni «Yengil sanoat texnologiyalari» kafedrasining 2021yil
__ ______________ __ -sonli yig’ilishida muhokama etildi.
Kafedra mudiri:V.O.Xomidov
Ushbu to’ldirilgan va qayta ishlangan ma`ruzalar matni YSTF ilmiy-uslubiy kengashining 2021yil __ _________
__ -sonli yig’ilishida ko’rib chiqilib, chop etishga ruxsat etildi.
Fakultet UK raisu:Sh. Xusanova
Ushbu to’ldirilgan va qayta ishlangan ma`ruzalar matni FarPI ilmiy-uslubiy kengashining 2021yil __ _________
__ -sonli yig’ilishida ko’rib chiqilib, chop etishga ruxsat etildi.
Annotasiya
Amaliy antrapologiya asoslarifanidanma`ruzalar matni 5320900 – Yengil sanoat buyumlarilari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi (tikuvbuyumlari) bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalariga mo’ljallangan. Unda inson gavdasi uchun o’lcham va shakli to’g’risida ma`lumotlar bilan mustaqil ishlashi, inson gavdasi tashqi shaklining anatomik tuzulishi va xususiyatlari masalalarini, o’lcham belgilari o’zgaruvchanligi qonuniyatlarini va ularning standartlashtirish printsiplari, aholi o’lcham tiplarini ishlab chiqish masalalari, ratsional o’lcham standartlarini tuzish, tipik figuralar taqsimoti shakllarini ishlab chiqish masalalarini, tipik figuralar maketlari va manikenlarni loyihalash uslublarini tanlash kabi masalalar o’rganiladi.
KIRISH
O’zbekiston Respublikasida kiyim va poyabzallarni ommaviy ishlab chiqarishda antropometrik ko’rsatkichlar muxim axamiyat kasb etadi, chunki kiyim va poyabzallarni sifati sifatli bo’lishi hamda gavdada ko’rkam turishi kiyim va poyabzalning loyihasiga va ularning o’lchamlariga bog’liqdir.
Fannio’qitilishidan maqsad-ommaviy tikuvchilik ishlab chiqarishi uchun gavdaning razmer tiplarining tuzilishi va antropometrik o’lcham-bo’y standartlarini ishlab chiqish masalalarini, hamda qo’l va oyoq anatomiya va fiziologiya antropologiya asoslari va biomexanikasini o’rganishdir.
Fanning vazifasi – aholining o’lcham tiplarini ishlab chiqish hamda o’lcham standartlarini tuzish bo’yicha keng doiradagi masalalarni oliy matematika, ehtimollar nazariyasi, hisoblash texnikasi, chizma geometriya ma`lumotlarini jalb qilgan holda yoritishdir.
“Amaliy antropologiya asoslari” o’quv faninima`ruzalar matnio’zlashtirish jrayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- turli ko’rinishdagi tikuv buyumlari bazaviy konstruktsiyalarini loyihalashda kerakli bo’lgan inson gavdasi uchun o’lcham va shakli to’g’risida ma`lumotlar bilan mustaqil ishlashi; shu maqsadda o’qish jarayonida inson gavdasi tashqi shaklining anatomik tuzulishi va xususiyatlari masalalarini; o’lcham belgilari o’zgaruvchanligi qonuniyatlarini va ularning standartlashtirish printsiplari to’g’risidagi bilmlarga ega bo’lishi kerak;
- aholi o’lcham tiplarini ishlab chiqish masalalari, ratsional o’lcham standartlarini tuzish, tipik figuralar taqsimoti shakllarini ishlab chiqish masalalarini; tipik figuralar maketlari va manikenlarni loyihalash uslublarini tanlash malakasiga ega bo’lishi kerak;
- odam tanasining anatomik tuzilishi va fiziologiyasi, ya`ni suyaklari, bo’g’imlari, muskullari, qon tomiri va nerv sistemalari to’g’risida batafsil ma`lumotlarga ega bo’lishi; odam terisining tuzilishi va fiziologiyasi, terini xossalari va uning gigienik xususiyatlarini o’zlashtirish; qo’l va oyoq panjalarining anropometrik miqdorlariga, ularning o’lchamlaridagi qonuniyatlariga va razmerlar variatsiya qonunlariga asoslangan poyabzal konstruktiv tavsifini, choklar klassifikatsiyasini amaliyotda qo’llay bilish ko’nikmasiga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |