O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona Politexnika Instituti



Download 130,04 Kb.
bet15/24
Sana28.03.2022
Hajmi130,04 Kb.
#513711
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
ПКБ УСЛУБИЙ 2021 2022 й Восстановлен

Tayanch iboralar: bank, tijorat banklar, markaziy bank, ikki pog’onali bank, pul muomlasi, naqd pul emissiyasi
Amaliy mashgʻulot

12-MAVZU: BANKLARNING KELIB CHIQISHI VA BANK TIZIMI MAVZUSIDA TUZILGAN TOPSHIRIQLAR


Topshiriq №1: Quyidagi so’zlarga ta’rif bering.


Bank –
Bank balansi –
Ipoteka banklari –
Investitsion banklar –
Ixtisoslashgan banklar –
Jamg‘arma banklari –
Universal banklar -

Topshiriq №2: Savollarga javob bering.


1. Pul xo‘jaligining yuzaga kelishi va pullarni saqlash uchun maxsus muassasalarning zarurligi deganda …?
2. Pul xo‘jaligining nomarkazlashuvi va uning shakllarini kengayishi bu - ?
3. Dastlabki banklarning paydo bo‘lishi va ularning operatsiyalari bu -?
4. Markaziy banklarning yuzaga kelish sabablari va shart-sharoitlari bu-?
5. Universal tijorat banklari deganda … ?
6. Ixtisoslashtirilgan banklar deganda … ?
7. Ulgurji banklar deganda … ?
8. Chakana banklar deganda … ?
9. Investitsion banklar deganda … ?
10. Bank tizimi va uning elementlari bu - ?
11. O‘zbekiston Respublikasining bank tizimi bu - ?

Topshiriq №3: Testlar


1. O’zbekistonlik iqtisodchilar prof. A. Omonov va prof. T. Qoralievlar tomonidan banklarning dastlabki ko‘rinishlari nechanchi asrda Angliyada vujudga kelganligi ta’kidlanadi?


a) XV
b) XI
c) XVI
d) XIII

2. Qayerda XVI asrga kelib jirobanklar vujudga keldi?


a) Parij va Florensiya
b) Florensiya va Berlin
c) Venetsiya va Afina
d) Florensiya va Venetsiya

3. O’zbekistonlik iqtisodchilar prof. A. Omonov va prof. T. Qoralievlar tomonidan birinchi Markaziy bank Stokgolmda qachon paydo bo’lgan?


a) 1650
b) 1660
c) 1655
d) 1694

4. Mulkiy jihatdan banklarning qanday turlari mavjud?


a) xususiy bank, qo’shma bank, ixtisoslashgan bank
b) aksiyadorlik bank, qo’shma bank, universal bank
c) universal bank, investitsion bank
d) davlat bank, aksiyadorlik bank, xususiy bank, qo‘shma bank

5. Mamlakatimizdagi qaysi banklar davlat banklari hisoblanadi?


a) Xalq bank, Milliy bank, O’zsanoatqurilish bank
b) Xalq bank, Milliy bank, Asaka bank
c) Asaka bank, Qishloq qurilish, Agro bank
d) Asaka bank, Orient Finans, Agro bank

6. Banklarning bajaradigan funksiyasi (operatsiyalari) jihatidan qanday turlari mavjud?


a) ochiq va yopiq
b) yuridik va jismoniy
c) emission, tijorat, investitsion, ipotekali va jamg‘arma
d) davlat, xalqaro

7. Investitsion banklar – bu?


a) asosiy faoliyati depozit jalb qilish
b) asosiy faoliyati kredit berish
c) asosiy faoliyati valyuta sotish va sotib olish
d) asosiy faoliyati qimmatli qog‘ozlar

Mustaqil ta’lim


1-masala.


Mijoz bankka sakkiz oy muddatga 5% ostida 15000 so’m qo’ydi. U qancha daromad olishini aniqlash zarur.

1. 1-masala.


Firma tijorat bankiga shu yilning 9 noyabridan 21 noyabrigacha 28 mln so’m mablag’ kiritdi. “Talab qilib olinadigan” qo’yilmaga yillik 36% hisoblanadi. Foizlar yildagi taxminiy kunlar soni bilan oddiy. Kiritilgan mablag’ga olinadigan daromadni aniqlang.
1. 2-masala.
20. 05. yillik 120% stavka bo’yicha jamg’arma scheti ochilishida 100 ming so’m mablag’ qo’yilgan. So’ngra bu schetga 05. 07. yana 50 ming so’m qo’shimcha qo’yilgan, 10. 09. esa schetdan 75 ming so’m olingan, 20. 11. schet yopilgan. Mijoz schet yopilgan paytga kelib olgan pul umumiy miqdorini aniqlang.

Echim. Mablag’larning schetga kelib tushishi quyidagicha bo’ldi:


100 + 50 - 75 = 75 ming so’m.
Foiz raqamlarini aniqlashda har bir oy 30 kundan iborat, yildagi kunlar hisob-kitob soni esa 360 kun (germaniyacha amaliyot) deb hisoblaymiz.
Bu holatda 100 ming so’m pulni saqlash muddati quyidagini tashkil etadi: 12+30+5-1=46 kun;
ming so’m pulni saqlash muddati: 27+30+10-1=66 kun;
75 ming so’m pulni saqlash muddati: 21+30+20-1=70 kun;
Raqamlar yig’indisi =
Doimiy bo’luvchi = .
Foizlar so’m
Schet egasi uning yopilishida quyidagi miqdorda pul oladi:
75000 + 65833,33 = 140 833,33 so’m

Testlar


1. Banklarga bo’lgan ishonchning pasayishiga sabab bo’ladigan omillar qanday javobda noto’g’ri keltirilgan?
A. Mijozlar va aholi oldidagi majburiyatlarini o’z vaqtida bajarmasa.
B. Mijozlar va aholi oldidagi majburiyatlarini to’liq va to’xtovsiz ravishda bajarsa.
C. Aholi va mijozlarning kreditga, ayniqsa naqd pulga bo’lgan talabining to’liq va o’z vaqtida qondirilmasa.
D. Mijozlarning hisobvaraqlari bo’yicha mablag’lar qoldig’i va aylanmalari haqida bank sirining ta’minlanmasa.

2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank tizimi asosan qanday tarkibiy tuzilishga ega?


A. Bank tizimi bir bo’g’indan iborat bo’ladi.
B. Bank tizimi ikki bo’g’indan iborat bo’ladi.
C. Bank tizimi uch bo’g’indan iborat bo’ladi.
D. Bank tizimi to’rt bo’g’indan iborat bo’ladi.

3. Bank kreditida kreditning ob’ekti nima hisoblanadi?


A. Tovar kapitali.
B. Savdo kapitali.
C. Pul kapitali.
D. Davlat mablag’lari.

4. Dastlab kreditning qanday shakli vujudga kelgan?


A. Aralash kredit.
B. Tovarli kredit.
C. Pulli kredit.
D. Bank krediti.

5. Xalqaro amaliyotda tijorat krediti asosan qanday qimmatli qog’oz vositasida beriladi?


A. Aktsiyalar yordamida.
B. Oddiy aktsiyalar.
C. Vekselda.
D. Imtiyozli aktsiyalarda.

6. Davlat kreditining asosiy belgisi nimadan iborat?


A. Kreditlar tovar ko’rinishida beriladi.
B. Faqat davlat kredit oladi.
C. Kredit berish va olishda davlat bevosita ishtirok etadi.
D. Kredit berish va olishda davlatning ishtiroki muhim ahamiyat kasb etmaydi.

7. Iste’mol krediti qanday maqsadlarga beriladi?


A. Yuridik va jismoniy shaxslarga kundalik ehtiyojga zarur bo’lgan tovar va buyumlarni sotib olishga.
B. Asosan jismoniy shaxslarga kundalik ehtiyojga zarur bo’lgan tovar va buyumlarni sotib olishga.
C. Asosan jismoniy shaxslarga ishlab – chiqarishni rivojlantirishga.
D. Asosan yuridik shaxslarga ishlab – chiqarishni rivojlantirishga.

GLOSSARIY


Bank – turli-tuman moliyaviy xizmatlar ko’rsatish bilan shug’ullanuvchi kredit muassasasi.


Bank krediti – banklar tomonidan pul shaklida beriladigan kredit.
Bankning balansi – buxgalteriya balansi bo’lib, unda tijorat bankining aktivlari, majburiyatlari va kapitali aks etadi.
Ipoteka banklari - jismoniy va yuridik shaxslarga garov asosida uzoq muddatli kreditlar berish bilan shug’ullanadi. Ipoteka atamasi ko’chmas mulklarni garovga qo’yish natijasida vujudga keladigan moliyaviy munosabat bo’lib, uning o’ziga xos xususiyatlaridan biri garovga qo’yilgan ko’chmas mulk kredit (qarz) oluvchining tasarrufida qolishidir.
Investitsion banklar - asosiy faoliyati passiv operatsiyalari natijasida shakllantirgan moliyaviy mablag’larini asosiy ulushini qimmatli qog’ozlarga investitsiya qilishdan iborat bo’ladi. Mamlakatda investitsion banklar faoliyat yuritishi uchun qimmatli qog’ozlar bozori rivojlangan va yetarli darajada investitsion muhit yaratilgan bo’lishi lozim.
Ixtisoslashgan banklar - iqtisodiyotning ma’lum tarmog’iga xizmat ko’rsatish va shu tarmoqni rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi.
Jamg’arma banklari - asosiy mijozlari jismoniy shaxslar bo’lib, ushbu banklarning asosiy faoliyati aholidan muddatli omonatlarni jalb qilishga qaratilgan bo’ladi.
Obligatsiya (bond; bonds;debenture stock)- qimmatli qog’oz turi, muddatli qarz majburiyati. Egasiga kafolatlangan daromad olish huquqini beradi
Universal banklar - banklar bajaradigan barcha operatsiyalarni bajaradi. Bunga misol sifatida tijorat banklarini keltirish mumkin.

13-MAVZU. MARKAZIY BANK VA UNING FUNKTSIYALARI


1. Markaziy bank faoliyatining maqsadi. Markaziy bankning tashkiliy to’zilishi. Markaziy bankning funktsiyalari.


2. Markaziy bank faoliyatining maqsadi va vazifalari. Markaziy bankning tashkiliy to’zilishi.
3. Markaziy bankning funktsiyalari: emission funktsiya; “banklarning banki” funktsiyasi.
4. Markaziy bankning “davlatning banki” funktsiyasi; rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funktsiyasi.



Download 130,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish