Kurs ishini baholash tartibi
Kurs ishini baholash mezoni talabalarda ilmiy izlanishga qiziqish uyg’otish, ularga to’g’ri ta’lim-tarbiya berishga xizmat qilishi zarur. Shu boisdan har bir o’qituvchi kurs ishiga taqriz yozish masalasiga, obyektiv nuqtai-nazardan yondoshib, bajarilgan ish talabining javob berish darajasini ham hisobga olib baholasa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Kurs ishlari sifat darjasiga qarab tabaqalangan holda baholangani maqsadga muvofiqdir.
№
|
Belgilangan ball
|
Baholash mezonlari
|
1
|
86-100% gacha
|
Rejadagi savollarning mazmuni ijodiy yondoshilgan holda yoritilgan bo’lsa, foydalanilgan adabiyotlar va ma’lumotlarga snoskalar (ilovalar) berilib, adabiyotlar ro’yxatida ko’rsatilgan bo’lsa va ish bo’yicha berilagan savollarga aniq va to’liq javob berib, o’zining fikrini erkin bayon etsa bunday tayyorlangan ishlarga 86-100%gacha ball qo’yish mumkin.
|
2
|
71-85% gacha
|
Rejadagi savollarning mazmuni ijodiy yondoshilgan holda yoritilgan bo’lsa, foydalanilgan adabiyotlar va ma’lumotlarga snoskalar (ilovalar) berilib, adabiyotlar ro’yxatida ko’rsatilgan bo’lsa va ish bo’yicha berilagan savollarga aniq va to’liq javob berishdan chalkashliklarga yo’l qo’ysa hamda o’zining fikrini erkin bayon etishga qiynalsa bunday tayyorlangan ishlarga 71-85%gacha ball qo’yish mumkin.
|
3
|
55-70% gacha
|
Reja tarkibidagi masalalarni yoritishda darslik va kitoblardan ko’chirilgani holatida, qisman mustaqil fikr va mulohazalarga ega bo’lsa shuningdek, rasmiylashtirish talablaridan qisman chetga chiqilgan kurs ishlariga 55-70% gacha ball qo’yish mumkin.
|
4
|
54% gacha
|
Kurs ishida quyidagi kamchiliklarga yo’l qo’yilgan bo’lsa, u taqriz yozish davridayoq “qoniqarsiz” baholanadi:
reja noto’g’ri va umuman qoniqarsiz tuzilgan bo’lib, mavzuning mazmuniga mos tushmasa;
kurs ishi e’tiborsizlik bilan pala-parish bajarilsa;
javoblar asosan o’quv adabiyotlaridan ko’chirilgan bo’lsa;
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati bo’lmasa;
foydalanilgan adabiyotlarga va ma’lumotlarga ilovalar berilmagan bo’lsa;
rejadagi savollar mohiyati biri ikkinchisidan ajratilmagan holda berilsa:
|
O’qituvchi taqrizda bu ishning ijobiy tomonlari hamda kamchiliklarini va ularni bartaraf qilish yo’llarini ko’rsatgan taqdirda ham ular himoyaga qadar bartaraf qilinmasa baho bir muncha pasaytiriladi.
Kurs ishini to’g’ri rasmiylashtirishga jiddiy e’tibor berish ham muhim hisoblanadi. Chunki kurs ishini mazmunli va yetuk saviyada yozish bilan birga uni did bilan rasmiylashtirishga e’tibor berilsa, bu taqrizda alohida ko’rsatiladi.
Shunday qilib, kurs ishining ham ijobiy ham salbiy tomonlarini tahlil qilish, talabalarga tanlangan muammo bo’yicha chuqur, nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lishga ko’maklashadi hamda ularni kelajakda yetuk iqtisodchi mutaxassislar bo’lib yetishishiga yordam beradi. Talabaning yozgan kurs ishini hech qanday asossiz, qoniqarsiz baholashga yo’l qo’yish mumkin emas. Kurs ishi mavzusi mohiyati qanday darajada yoritilganligini har tomonlama obyektiv tahlil qilib, qo’yilgan bahoni dalillar bilan asoslash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |