XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Bola tug’ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi.
Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi. Shuning uchun biz ota-onalar va mustaqil, buyuk kelajakka intilayotgan davlatimiz zimmasiga juda katta vazifalar va ma’suliyat yuklaydi.
Lo’nda qilib aytganda, bugungi kunda oldimizga qo’ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri-bularning barchasi, avvalambor, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liqligini barchamiz anglab etmoqdamiz.
Shu bilan birga, hammamiz yana bir haqiqatni anglab yetmoqdamiz. Faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so’z bilan aytganda, o’zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o’ziga munosib obro’li o’rin egallash uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin.
O’quv yurtlarimizni bitirib, ta’lim-tarbiya olib chiqayotgan yoshlarimizning olgan mutaxassisligi va tayyorgarligi ko’p jihatdan zamon talablariga, bozor iqtisodiyoti ehtiyojiga javob bermasligi ko’zga tashlanmoqda. Ta’lim sohasida xalqaro me’yorlar va andozalar asosida davlat standartlarini ishlab chiqmaganimiz, shunga qarab, o’quv yurtlarini zamonaviy uskuna va jihozlar bilan ta’minlab, kerakli moddiy baza tug’dirib bermaganimiz, avvalambor, o’quv dasturlari eskicha qolib ketayotgani bugun tayyorlanayotgan mutaxassislar sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning kishilarning umumta’lim va professional malaka darajasini oshirish, yangi talablar asosida kishilarning savodxonligini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimini joriy qilish borasidagi tashabbuslari negizida yetuk mutaxassislar va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash orqali tarmoqlardagi o’sish parametrlarining yaxshilanishiga erishilmoqda. Ma’lumki, uzluksiz va uzviylik ta’lim tizimida ortiqcha takroriylikka chek qo’yib, eng avvalo, jamiyatning ma’naviy va intellektual salohiyatini kengaytiradi, qolaversa, davlatning ijtimoiy va ilmiy–texnik taraqqiyotini takomillashtirish omili sifatida ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o’quv – tarbiya jarayoniga kirib kelishi natijasida, shuningdek axborotni tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir inson uchun o’z kasbiy tayyorgarligini, mahoratini kuchaytirish imkoniyati yaratildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’grisida”gi qarori oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta ko’rib chiqish, xalqaro standartlar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan qarorga ko’ra, quyidagi oliy ta’lim tizimini kelgusida kompleks rivojlantirishning eng muhim vazifalari etib belgilandi.
Har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan xorijdagi yetakchi turdosh ilmiy – ta’lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yo’lga qo’yish, o’quv jarayonida xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim dasturlari va o’quv - metodik materiallarni malakali chet el o’qituvchilari va olimlarini jalb etish, oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashning maqsadli mezonlarini shaklllantirish, oliy ta’lim muasssasalaridagi ixtisoslik yo’nalishlari va mutaxassisliklarni hududlar va sohalar bo’yicha joriy etilayotgan dasturlarning talab va ehtiyojlari, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni kompleks taraqqiy ettirish istiqbollarini inobatga olgan holda optimallashtirish; harajatlarni, o’qiladigan fanlar soni, darslar soni, mavzular nomeri, transport nomeri, yo’nalishi va hokazolarni aytish mumkin. Matematikaning turli sohalarga jumladan, xalq xo’jaligiga, transportga, sanoatga, tibbiyotga, biologiya, kimyo, fizika, genetika va boshqa fanlarga tatbiqlari turmush darajasi va turli fanlarning shaxdam qadamlar bilan olg’a ketishiga omil ekani ravshan pedagog kadrlarning kasb malakasi va mahoratini sifat jihatdan muntazam oshirib borish, pedagog va ilmiy xodimlarning stajirovkadan o’tishini yo’lga qo’yish, oliy ta’lim muasssasalari bitiruvchilarini PhD dasturi va xorijiy magistratura dasturlari asosida o’qitish; oliy ta’limning ma’naviy- axloqiy mazmunini oshirish, ularda yot g’oya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash bo’yicha keng ko’lami ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish; oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularning akademik ilm-fan bilan integratsiyasini kuchaytirish, professor-o’qituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishga jalb etish; oliy ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, talaba-yoshlarning qalbi va ongiga milliy istiqlol g’oyasini, xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg’usini chuqur singdirish, biz uchun mutlaqo begona va yot bo’lgan g’oyalarga nisbatan ularda mustahkam immunitet va tanqidiy munosabatni shaklllantirish; oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot - kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan ta’minlash, talabalar, o’qituvchi va yosh tadqiqotchilarning jahondagi ilg’or ta’lim resurslari, ilmiy adabiyotlar va ma’lumotlar bazasi bo’yicha elektron kataloglarga kirish imkoniyatini kengaytirish, hamda xuddi shunga o’hshagan boshqa vazifalarni amalga oshirish qoida qilib olindi.
Matematika fani insoniyat hayotida eng asosiy ahamiyat kasb etuvchi fan ekanini butun dunyo tan olgandir. Uning har bir kishi uchun har soniyada zarur ekani ravshan, undan hamma u yoki bu darajada foydalanadi, lekin ushbu jarayonni o’zi anglab yetmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |