Xomashyo va material resurslar ta’minoti bilan tanishish. Bu bo’limda talaba xomashyo va material resurslarning tarkibini o’rganadi shuningdek, xomashyoni texnologik jarayonga tayyorlash, texnologik jihozlar parametrlarini aniqlash va o’rnatishda korxona mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladigan usullarni o’rganadi va kundaligida aks ettiradi, tegishli jarayonlarda qo’llaniladigan me’yoriy-huquqiy xujjatlar bilan tanishadi.
Korxonaning tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va uni hisobot uchun sxema chizish. Korxonaning tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va uni talaba tomonidan o’z qo’li bilan chizib tayyorlash talabada boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi va uni amaldagi ko’rinishi haqida to’la amaliy bilimni shakllanishiga olib keladi. Ushbu bo’limda talaba tomonidan korxona boshqaruv strukturasi bilan tanishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |