Hisobotning 3-bobida, «ISHLAB CHIQARISH USULLARI», talabalar o`zlari bajargan ishlardan 1-2 turlarini ilmiy tahlil qilib, batafsil yozib ko`rsatadilar.
Talaba o`z hisobotida biror alohida olingan texnologik jarayonini ishlab chiqarish texnologiyasi va tashkil etilishi, ish joylari, shu ishni bajarish uchun kerak bo`lgan ish qurollari va moslamlarini batafsil yozib ko`rsatadi.
Bundan tashqari muxandis texnologlar guruhlari, hamda ishchilarning bajaradigan vazifalari ularning mehnatiga to`lanadigan haq turlari va tarkibi ko`rsatiladi. Hisobotda ko`rsatib o`tilgan ishlab chiqarish jarayonlarida ishlatilgan orgtexnika va texnologik tavsiyanomasi keltirilgan bo`lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |