UYMUSTAQIL ISHI
. Yetuk pedagog – mutaxassislar o‘quvchilarning
o‘zlashtirishini oshirish samaradorligini har doim uy – mustaqil ishini to‘g‘ri
tashkil etish bilan bog‘laydilar. YAxshi pedagoglar uy vazifalarini qiziqarli
bo‘lishiga harakat qiladilar.
Shu maqsadda ular vazifalarni harakter va formasiga qarab:og‘zaki va yozma,
muhim va o‘z hohishidagi, qo‘shimcha adabiyotlarni qo‘llab, o‘zi tanlangan
topshiriq, individual va gruppali va x.k.ga o‘zgartirishadi.
Uy vazifasini aniq va to‘g‘ri bo‘lishi uchun pedagog dars jarayonida samarali
qilib,tushuntirish ishlarini olib borishi kerak. SHuning uchun ham malakali
pedagoglar yangi materialni tushuntirishga ko‘proq vaqt ajratadilar. Chunki
bilimlarning og‘zaki mag‘zini chaqish, anglash jarayoni qanchali samarali bo‘lsa,
keyingi darsda uy vazifalari tekshirishga shunchplik kamroq vaqt ketadi.
Shubhasiz, uy vazifalarini bajarishining faollashtirish sabablaridan biri, ularni
tez – tez pedagog tomonidan tekshirilib borilishidir. Aks holda pedagoglarda uy
vazifalarining nazoratsiz (tarzda) bo‘lishi vujudga kelishi mumkin va ular uy
vazifalarni bajarishda sust bo‘lib qolishadi. “Topshiriq berdingmi – tekshir,
tekshirmadingmi topshiriq berma” – bu qoidaga pedagog doimo amal qilishi kerak.
Darsning psixologik aspektlarini hisobsa olish. Birinchi navbatda, o‘quvchiga
xalaqit berayotgan, diqqatini bir joyga jamlashga to‘sqinlik qilayotgan, guruh
sharoitida, o‘rtoqlari yoki pedagogning harakatlarida yoki o‘zining mustaqil ishida
chalg‘itadigan, g‘ashiga tegadigan narsalarga barham topish kerak:
Yosh pedagog o‘quvchilarga, darsda nima ish bilan shug‘ullanishayotgani,
loqayd o‘quvchilarning boryo‘qligidan boxabar bo‘lishlari lozim. SHubhasiz
bundaylar har bir pedagogda ham bo‘ladi. Bunga sabab pedagogda hali etarli
mahoratga, o‘quvchiga Ta’sir etish qobiliyatiga ega emasligidir.
O‘quvchini ko‘p narsa bezovta qiladi: tayyorlanmagan uy vazifasi, yaqinda
o‘qigan kitobi, sevimli futbol komandasining mag‘lubiyati va x.k. SHuning uchun,
78
pedagog o‘quvchilarning yuzidan ularning ko‘nglida nima kechayotganini,
ularning diqqatini jalb qila olishi uchun maxsus psixolog bo‘lish kerak.
SHundagina, xatoni juda loqayd, befarq o‘quvchini ham darsga qaytarish mumkin.
Qiziqishlarni, qobiliyatlarni, fikrlash surhatlarni, tayyorlanish, o‘quvchilarga
bo‘lgan munosabat, o‘quvchilar xarakterining xususiyatlarini hisobga olish ijodiy
darsning asosiy talabi.
Pedagogning o‘quvchiga bo‘lgan talablarining xarakati. Shu narsa ma’lum
bo‘ldiki, har xil darslar jarayonida pedagog o‘zining tarbiyalanuvchilaridan juda
ko‘p talablar qiladi. Lekin gap qancha talablarni aytishda emas, ularni qay tarzda
aytishda.
Talab qilishni qanday o‘rganish kerak?
Bahzi xodisalar uni kelajakka etaklaydi, bahzilariga u befarvo bo‘lishi
mumkin. Bir xil narsalarni yaxshi ko‘rib boshqalarini yomon ko‘rish, bahzi
pedagoglarni yoqtirib, boshqalariga faqat toqat qilish mumkin. Psixologlarni
aytishicha, ijobiy tiyg‘ular faoliyatini tug‘dirishadi.
Darsni emotsionalintellektual sharoiti turli xil usullar orqali yaratiladi.
Birinchidan, o‘rganilayotgan yoki qo‘shimcha material tarkibida biror qiziq
informatsiya, axborot keltirish orqali.
Ikkinchidan, darsga u yoki bu haqidagi ma’lumotlarni, olimlarning hayoti va
ijodi haqidagi ma’lumotlarni, insonning aql zakovati nimalarga qodir ekanligini
ko‘rsatuvchi hikoyalarni kiritish.
Uchinchi yo‘nalish, o‘quvchilarga qiziq bo‘ladigan ijodiy ishga jalb qilish
usullaridan iborat. Bunday usullar ko‘p.Ularni tanlash turli xil muammo vaziyatini
vujudga keltirish bilan bog‘liq.
To‘rtinchi yo‘nalish, pedagogning o‘quv materialga nisbatan ijobiy
munosabatda bo‘lishini bildiruvchi histuyg‘ularga bog‘liq. SHunday vaziyatlar
bo‘ladiki, pedagog darsga qanchalik tayyorlanmasin, dars ko‘ngildagidek
o‘tmasligi mumkin.
Endigina ishga tushgan pedagoglar shuni eslab qolishlari kerakki,
o‘rgatilayotgan materialning go‘zalligi, qirraligi, ematsional, to‘g‘ri etkaza olishda
o‘quvchilarga ham o‘tadi «yuqadi”.
Dars surhati pedagog uchun nafaqat mehnat madaniyatining muammosi, balki
intizom, darsning sifati muammosi. O‘quv ishining surhatini yuqori qilish uchun
mutaxassislar o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga harakat
qilishadi. Tajribasiz pedagoglar, ulgurolmaslikdan qo‘rqib, o‘quvchilarning
o‘zlashtirish qobiliyatini hisobga olmay, darsning surhatini oshirib borishga
harakat qiladilar. Darsning turlicha buzulib ketishi, o‘quvchilarning ishchi
kayfiyatiga, lekin hotirjam ishdan ko‘ra ko‘proq salbiy Ta’sir qiladi, ularni
toliqtiradi.
Darsda o‘zo‘zini nazorat qilish. Pedagog uzo‘zini nazorat qila olishi
pedagogik qobiliyatning rivojlanishini tezlashtiradi, tajribali pedagog mahoratini
namoyon qiladi.
Darsdagi qilinishi kerak bo‘lgan va qilingan narsalarni taqqoslash:
O‘quvchilarning oldinga siljish darajasini (ko‘nikmada, rivojlanishda)
tekshirib borish, uni oldingi natijalari bilan taqqoslash:
79
o‘quvchilarni darsdagi ishtiyoqini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |