74
Dars jarayonida pedagog oldida muhim bir masala turadi. O‘quvchilarni
bilim olishga jalb qilish,ularni olg‘a harakatlantirishdir. Bu esa pedagog va
o‘quvchilarni (o‘zaro) birgalikdagi mehnatga jalb qiladi. Buning uchun o‘qitishga
majbur qilmaslik kerak. Pedagogik hamkorlikning qarashlaridan biridarsda
o‘quvchidagi qo‘rquvni yo‘qotish, uni erkinroq, dadilroq qilish, o‘zini kuchiga
ishontirish, unga jiddiy ijod qilishga qodir shaxs sifatida qarash.
Darsda aniq maqsad g‘oyasi. Buo‘quvchilar bilan hamkorlik ruhida ish olib
borish, ularga aniq bir maqsad qo‘yib, bu maqsadning murakkabligiga va buni
amalga oshirishga ishontirish ularda o‘ziga bo‘lgan ishonchini, aniq, mushkul
masalani ham echa olish mumkunligini shakillantrish.
Dars o‘tish davomida pedagog shunday usullardan foydalanish kerakki,
o‘quvchilar o‘zlarini shaxs sifatida his qilishsin. Buhar bir o‘quvchi har bir darsda
o‘zining bahosini olishi, masalalarni o‘zi tanlab olishda namayon bo‘ladi. Har kim
o‘z
guruhida himoya ostida, hechkim uni shubha bilan haqorat qilmaydi.
Bu pedagogning ixtisosligiga, uning qiziquvchanligiga, ehtiyojlariga,
intiliktual faoliyatiga bog‘liq. Albatda bunda o‘rganilayotgan material mazmunini
tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Dars bir nechta omillardan iborat. Shularning
asosiy davlat pedagogikasi tomonidan qabul qilingan material. Pedagog o‘quv
programmaning asosiy yo‘nalishlarini bilishi kerak. Har bir darsda 3 ta masalaga
ehtibor qaratishi kerak. Bular;
1. Tarbiyaviy masalalar pedagogning bo‘layotgan masalalarga, atrofga
bo‘lgan dunyoqarashini shakillantiradi. Ularda inson parvarlie, vatanparvarlik
ruhini tarbiyalaydi.
2. Ilm oshiradigan masalalar o‘z ichiga o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va
malakalar bilan qurollattirishini oladi.
3. Bilish masalalari o‘quvchilarda o‘rganilayotgan materiallardan asosiysini,
muhim joylarini ajrata olish qobiliyatini, o‘quv faoliyatida va fikirlashda mustaqil
bo‘lishni, o‘qishda qiyinchiliklarni engishni shakillantirish.
Tajribali pedagoglar tomonidan o‘quvchilarning darsdagi muxim, kerakli
joylari qaysiligini, qaysi joyini eslab qolish, qaysi joyidan shunchakiy xabardor
bo‘lishi kerakligi aniqlanadi.
Pedagog tomonidan darsni ishlab chiqish, yahni pedagogdarsning muallifi.
Darsning qanday bo‘lishi uning ijotkorligiga va mahoratiga bog‘liq. Avvalo
darsning ijodiy rejasi tuziladi. Reja o‘z
ichiga quyidagilarni oladi;
-
o‘quv darsidan kelib chiqib, har bir mavzu materialining mazmunini
chuqur bilish;
-
pedagogning hayotiy va
tajribaga, ma’naviy holatiga mos bo‘lishq;
-
o‘rganilayotgan mavzuning oldingi o‘tilgan, keyingi o‘tilishi kerak
bo‘lgan mavzularga mos kelishi;
-
har bir mavzuning o‘quvchilar psixologiyasiga moslashishi maqsadga
muvofivqdir.
Dars jarayonini pedagog tashkil etar ekan, u o‘rganishning samaradorligiga,
o‘quvchini ta’limning subhektiga aylantirishga, o‘quvchilar ham shu darsning ham
muallifligiga aylantirishga intiladi.
75
Darsni ishlab chiqishtegishli materialni o‘zlashtirishning eng samarali usul
va vositalarni tanlash demakdir.
Shuni ta’kidlash kerakki, darsni ishlab chiqishda o‘rganilayotgan materiali
o‘zlashtirishning metodik uusullarini tanlashbirinchi o‘rinda
turish kerak, keyin esa
uning boshqa kampanentlari uy vazifani tekshirish mustaxkamlash metodlariga
amal qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: