I kirish: I. Bob: uchinchi sinf o’quvchilarga ikki ovozli qo’shiqlar o’rgatishda xor malakalarini shakllantirish uslublari



Download 89,86 Kb.
bet1/12
Sana14.06.2022
Hajmi89,86 Kb.
#671510
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

MAVZU: UCHINCHI SINF O’QUVCHILARGA IKKI OVOZLI QO’SHIQLAR O’RGATISHDA XOR MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH USLUBLARI.
MUNDARIJA:
I.KIRISH:…………………………………………………………………......2-4
I.BOB: UCHINCHI SINF O’QUVCHILARGA IKKI OVOZLI QO’SHIQLAR O’RGATISHDA XOR MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH USLUBLARI
1.1. Shaxs kamolotini rivojlantirishda musiqa tarbiyasining ahamiyati………5-9
1.2. Uchinchi sinf o’quvchilariga ikki ovozli qo’shiqlarni o’rgatish
uslublari…………………………………………………………………….10-14
II.BOB: MUSIQA DARSLARIDA QO’SHIQ O’RGATISH JARAYONIDA MUSIQA O’QITUVCHISINING RO’LI
2.1. Qo’shiq o’rgatish jarayoni:………………………………………………15-24
2.2. Uchinchi sinf o’quvchisining umumiy va musiqiy rivoji………………..25-31
2.3. bir va ikki ovozli qo’shiqlarni jo’rsiz ( akapella) kuylash ………………32-37
III.XULOSA…………………………………………………………………38-39
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …………………………………..40

KIRISH:
Kurs ishining dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, jamiyat ijtimoiy hayotida muhim o’zgarishlar ro’y berdi. Jumladan, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan, huquqiy jamiyatni barpo etish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Chunonchi, ta'lim-tarbiya jarayoni mazmuniga milliy istiqlol mafkurasi g’oyalarini singdirish, o’quvchilarni milliy qadriyatlar, an'analar va ko’p asrlik musiqiy meros vositasida estetik tarbiyalash muammosi alohida dolzarblik kasb etmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bolalar musiqa va san'at maktablarining moddiy –tehnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo’yicha mo’ljallangan davlat dasturini tayyorlash chora-tadbirlari to’g’risida» gi Farmoyishi mamlakatimizda o’sib kelayotgan yosh avlodning ma'naviy olami va madaniy saviyasini yuksaltirish, yoshlarimizning milliy va jahon musiqa madaniyatning yuksak namunalaridan keng bahramand bo’lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va shu asosda musiqiy ta'limni yanada rivojlantirish, bu borada kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo’yicha amalga oshiriladigan vazifalar ko’rsatilgan. Yosh avlodning musiqiy iste'dodi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida mamlakatimizning har bir shahar va tumanida musiqa va san'at maktablarining faoliyat ko’rsatishi nazarda tutilgan.
Bunday imkoniyatlarning yaratilishi, birinchidan, bolalarda kuy-qo’shiqga, san'atga muhabbat uyg’otib, ularda cholg’uchilik, ijrochilik kabi bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantiradi. Ikkinchidan, musiqa san'ati asosida o’quvchi shahsining ma'naviy, ahlohiy madaniyatini, milliy g’urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshiradi. Ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didni o’stiradi, fikrlash darajasini kengaytiradi. Uchinchidan, musiqa san'ati navqiron avlodimizning yuksak ma'naviyat ruhida kamol topishiga kuchli ta'sir ko’rsatadi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, mamlakatimizda musiqa san'atini keng rivojlantirishga alohida ahamiyat berilayapti. Ayniqsa, mumtoz musiqiy merosimizni asrab-avaylash va o’rganish, uni yosh avlodlarga bezavol yetkazish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Buning natijasida nufuzli xalqaro musiqa anjumanlari, «Sharq taronalari» muntazam ravishda o’tkazib kelinmoqda.
Musiqa madaniy hayotimizda keng o’rin tutgan va inson shaxsiyatining shakllanishida muhim rol o’ynaydigan san’at turidir. Eramizdan oldingi IV asrdanoq grek faylasufi Platon shunday degan edi: «Eng katta tarbiyaviy omil musiqiy san’atda emasmikan, zeroki, ritm va garmoniya hammadan ko’proq shu vaqtda qalbga chuqur yo’l topadi va salobat baxsh etib, uni ko’rkam qiladiki, agar tarbiya to’gri yo’lga qo’yilgan bo’lsa, aks xolda uning teskarisi bo’lib chiqadi.
Uning shogirdi Aristotel (Aflotun) komil ishonch bilan mazkur fikrni quvvatlaydi. «Musiqa kishi ruxining ahloqiy tomoniga ma’lum darajada ta’sir etadi, bas shunday ekan, u yoshlarning tarbiyasiga, ta’sir etadi.» Milliy madaniyatimiz bobokaloni Abu-Nasr Al-Forobiy esa musiqaning shaxs shakllanishiga aniq ta’sirini quyidagicha bayon etadi: «Bu fan (ya’ni musiqa D.O) shu ma’noda foydaliki, kimning fe’l atvori muvozanatni yo’qotgan bo’lsa, tartibga keltiradi, kamol topmaganlarni kamolotga yetkazadi va muvozanatda bo’lganlarning muvozanatini saqlaydi. Bu fan tanning sog’ligi uchun ham foydalidir.»
Jumladan , yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san`atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste`dodini yuzaga chiqarishga qaratilgan birinchi tashabbus doirasida 779 563 nafar o`quvchilar to`garaklarda ishtirok etishmoqda. Bundan tashqari, maktablarda 2108 ta havaskor yoshlar teatr studiyalari tashkil etilib, 198 698 nafar  o`quvchilar jalb etildi.
Shu jihatdan ham bugungi kunda Ozbekistonda kompozitorlik ijodiyoti asosida o’quvchilarni estetik tarbiyalash usullari, vositalarini, estetik tarbiyaning pedagogik-psihologik imkoniyatlarini ochish zaruriyati alohida dolzarblik kasb etmoqda. Chunki musiqa ta'limining ushbu yo’nalishi o’quvchilarda xalq og’zaki ijodiyotining kasbiy, professional janriga oid nazariy va amaliy bilimlarni, badiiy-musiqiy, estetik tafakkurni shakllantirishda, ma'naviy-ahloqiy tarbiyalashda dolzarb muammolardan hisoblanadi. Fuqarolik jamiyatini tarkib toptirish, eng avvalo, mazkur jamiyatda yashayotgan kishilarning ma'naviy-ahloqiy jihatdan yetukligi va yuksak darajadagi aqliy salohiyatiga bog’liq. O’quvchilarni insonparvarlik, Vatanga muhabbat, bilim va ma'rifatga intilish ruhida tarbiyalash, urf-odatlar, an'analarni qadrlashga undovchi omil bo’lib, ular musiqa ta'limini zamonaviy talablar asosida tashkil qilish va shu bilan birgalikda o’quvchilarni estetik tarbiyalashni taqozo qiladi.

Download 89,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish