O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/246
Sana27.03.2021
Hajmi1,61 Mb.
#62197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   246
Bog'liq
16586 Falsafa asoslari.doc

Metafizika  –  grekcha  so’z  bo’lib,  lug’aviy  ma’noda  «fizikadan  keyin»  degan  mazmunni  ifodalaydi.  Bu 
tushuncha, falsafa tarixida birinchi marta, Qadimgi Yunonistonning buyuk faylasufi Aristotelning «Ilk falsafa» 
deb  atalgan  asarlariga  nisbatan  ishlatilgan.  Ko’p  hollarda,  dialektikaga  qarama-qarshi  deb  talqin  etiladigan 
metafizika olamdagi narsa va hodisalarni o’rganishda ularning muayyan vaqt davomida nisbatan o’zgarmasdan, 
alohida turgan holatiga diqqatni ko’proq qaratadigan usuldir. Bu usul qo’llanganida olamning namoyon bo’lish 
shakllari  hamda  ular  bilan  bog’liq  bo’lgan  jarayonlarning  alohida  qismi  yoki  holatiga  asosiy  e’tibor  beriladi. 
Voqea,  hodisa  va  jarayonlarni  doimiy  o’zgarish  holatida  o’rganish  nihoyatda  qiyin  bo’lganligidan,  nafaqat 
faylasuflar,  balki  barcha  fan  mutaxassislari  uning  nisbatan  tinch  va  o’zgarmay  turgan  holatini  o’rganadilar, 
tadqiq etadilar.  
Aslini olganda  olam garchand dialektik o’zgarish va  harakatda  bo’lsada, bu jarayon doimo ham nihoyatda  tez 
sodir  bo’lavermaydi.  Biz  esa  dunyodagi  narsa,  hodisa  va  odamlarga  shunchalik  metafizik  tarzda  o’rganib 
qolganmizki, go’yo kechadan bugunning farqi yo’qdek, kecha ko’rgan kishiga bugun duch kelganimizda unda 
hech  qanday  o’zgarishlar  bo’lmaganday  tuyuladi.  Shu  ma’noda,  hayotda  ko’p  hollarda  metafizik  usulda  fikr 
yuritamiz, nimalargadir ana shunday munosabatda bo’lamiz. Aslida esa ular ham azaliy o’zgarishlar jarayoniga 
tushgan  narsa  va  kishilar  ekanligini  juda  kamdan-kam  hollarda  o’ylab  ko’ramiz.  Xuddi  shunday,  bizning 
umrimiz ham kechadan ertaga qarab oqib turadigan dialektik jarayondir. Biz ham ana shunday o’zgarib boramiz, 
ammo  ko’p  hollarda  bunga  unchalik  ko’p  e’tibor  berilavermaydi.  Shu  tariqa  maktabni  tugatib  qo’yganimizni, 
ulg’ayganimizni, bolalikning ortda qolganini go’yoki bilmay qolamiz...  
Alohida ta’kidlash lozimki, metafizik usulning ham hayotda, ilmiy izlanishlar va falsafiy tadqiqotlarda o’z o’rni 
bor.  Bizda  haligacha  metafizikaning  tushunchalari,  kategoriyalari,  tamoyillari  va  ilmiy  mohiyati  izohlangan 
yoxud tadqiq etilgan asarlar va tadqiqotlar yo’q. Qolaversa uni dialektika bilan butunlay qarshi qilib qo’yish va 
bu  farqni  mutlaq  ziddiyat  darajasiga  ko’tarish  ham  maqsadga  muvofiq  emas.  Aynan  ana  shunday  yondashuv 
sobiq ittifoqda dialektikani mutlaqlashtirishga, metafizikani esa quruq va o’lik ta’limot sifatida qarashga, uning 
imkoniyatlaridan foydalanilmasligiga sabab bo’ldi.  

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish