O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/246
Sana27.03.2021
Hajmi1,61 Mb.
#62197
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   246
Bog'liq
16586 Falsafa asoslari.doc

Sinergetika  — olamning o’z-o’zini tashkil etishi,  makon  va zamonda narsa  va voqealarning azaliy  ketma-
ketligi,  o’zaro  aloqadorligi,  ularning  muayyan  tizimlardan  iborat  sababiy  bog’lanishlar  asosida  mavjudligini 
e’tirof  etishga  asoslangan  ilmiy  qarashlar  majmuidir.  U  asosan,  XX  asrning  ikkinchi  yarmida  shakllangan 
ta’limot bo’lib, asoschisi Nobel mukofoti sovrindori N. Prigojindir. Bu ta’limotni dialektika asosida shakllangan 
va uni to’ldiradigan ilmiy qarashlar majmuasi deydiganlar ham bor. Ularga qarshi o’laroq, dialektika endi kerak 
emas, uni sinergetika bilan almashtirish lozim deb hisoblovchilar ham yo’q emas.  
Bizningcha,  sinergetikaning  XX  asrdagi  shaxdam  odimlari  o’rta  asrlarda  Evropada  aniq  fanlar  sohasida 
induktsiya  va  deduktsiya  usullarining  muvafaqqiyatli  qo’llangani,  katta  mavqega  ega  bo’lgani  va  pirovard 
natijada,  falsafiy  metodga  aylanganini  eslatadi.  Sinergetikani  XX  asr  tabiiy  fanlarining  falsafa  sohasiga 
kiritayotgan  eng  katta  yutuqlaridan  biri  sifatida  baholash  mumkin.  Ammo,  bu  uning  dialektikani  falsafadan 
butunlay surib chiqaradi degani emas. Zero, falsafada har bir ta’limot, uslub va metodning o’z o’rni va faoliyat 
doirasi bor. Dialektikaning falsafadagi ahamiyatiga kelganda esa, uning ijtimoiy bilimlar sohasidagi o’rni, qadr-
qimmati nihoyatda katta va u falsafaning asosiy qismlaridan biri bo’lib qolaveradi.  
Ana  shunday  turli-tuman  qarashlarga  asos  bo’lgan  masalalar  hanuzgacha  ozmi-ko’pmi  har  bir  faylasuf  va 
falsafiy  oqim  yoki  ta’limotlarda  o’z  o’rniga  ega  bo’lib  kelmoqda.  Biz  ularga  keyingi  bo’limlarda  kengroq 
to’xtalishga harakat qilamiz.  
Falsafaning  umumbashariy  fan  ekani,  uning  bahs  mavzulari  va  asosiy  muammolarini  belgilab  beradi.  Shu 
ma’noda odam va olam, ularning ibtidosi va intihosi, hayoti va o’zaro munosabatlari, inson tafakkuri, tabiat va 
jamiyat  taraqqiyotining  umumiy  qonuniyatlari  falsafa  uchun  azaliy  muammolardir.  Shu  bilan  birga,  muayyan 
davrda  tug’iladigan  va  hal  etiladigan  o’tkinchi  muammolar  ham  bo’ladi.  Ular  abadiy  muammolar  darajasiga 
ko’tarilmasa-da, o’z davrining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqani uchun, muhim ahamiyat kasb etadi.  
Falsafa  yangi  g’oyalarning  tug’ilishiga  imkon  beradi.  Hayot,  ijtimoiy  tajriba  bilan  uzviy  bog’liq  holda 
rivojlanadi. U tarixiy davr bilan mustahkam aloqadorlikda taraqqiy etadi. Har bir tarixiy davr, uning oldiga yangi 
masala  va  muammolarni  qo’yadi.  Falsafiy  muammolar  bevosita  hayot  zaruratidan  tug’iladi.  Aynan  ular  orqali 
falsafada davrning  


taraqqiyot tamoyillari va o’ziga xos xususiyatlari aks etadi. Masalan, hozirgi davrda istiqlol mafkurasi falsafiy 
asoslarini izohlash zarurati shu bilan belgilanadi.  
Falsafiy ta’limotlarda jamiyat hayotining barcha sohalari tarixiy jarayonga xos tamoyillar, ijtimoiy guruhlarning 
manfaat  va  kayfiyatlari,  tafakkur  usullari  o’z  aksini  topadi.  Shuning  uchun  ham  muayyan  ijtimoiy  kuch,  sinf, 
guruh,  partiya  va  oqimlar  o’z  maqsad-muddaolari  va  g’oyalarini  ilmiy  asoslashda  falsafadan  foydalanadi. 
Falsafadagi  ustuvor  qarash  va  qoidalar  davr  mahsuli  bo’lgani  uchun,  zamonning  taraqqiyot  tamoyillari  va 
muammolari unda o’z ifodasini topadi.  

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish