O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi fargo’na davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 0,87 Mb.
bet10/20
Sana07.01.2022
Hajmi0,87 Mb.
#325952
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Yod / Iodum (I)

Atom raqami

53

Koʻrinishi

150px

Atom xossasi

Atom massasi
(molyar massasi)

126,90447 m. a. b. (g/mol)

Atom radiusi

n/a pm

Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)

1 008,3 (10,45) kJ/mol (eV)

Elektron konfiguratsiyasi

[Kr] 4d10 5s2 5p5

Kimyoviy xossalari

Kovalentlik radiusi

133 pm

Ion radiusi

(+7e) 50 (-1e) 220 pm

Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)

2,66

Elektrod potensiali

0

Oksidlanish darajasi

-7, -5, -3, -1.

Termodinamik xossalari

Zichlik

4,93 g/sm³

Solishtirma issiqlik sigʻimi

0,427 (I-I) J/(K·mol)

Issiqlik oʻtkazuvchanlik

(0,45) Vt/(m·K)

Erish harorati

386,7 K

Erish issiqligi

15,52 (I-I) kJ/mol

Qaynash harorati

457,5 K

Qaynash issiqligi

41,95 (I-I) kJ/mol

Molyar hajm

25,7 sm³/mol

Kristall panjarasi

Panjara tuzilishi

Ortorombik

Panjara davri

7,720 Å

Panjara/atom nisbati

n/a

Debye harorati

n/a K

Yod, iod (lot. Iodum, yun. iodis — binafsha rangli), I — Mendeleyev davriy sistemasining VII guruhiga mansub kimyoviy element, galogenlarga kiradi. Tartib raqami —53, atom massasi 126,9045. Yod 1811 yilda fransuz kimyogari Kurtua tomonidan kashf etilgan. Tabiiy Yod atom massasi 127 ga teng boʻlgan bitta barqaror izotopdan iborat. Oksidlanish darajasi — 1, +1, +3, +5 va +7; elektronga moyilligi —3,08 eV. Poling boʻyicha elektromanfiyligi 2,5; at. radiusi 0,136 nm, ion radiusi (qavslarda koordinatsion soni keltirilgan) I-—0,206 nm (6), 15+—0,058 nm (3), 0,109 nm (6), -0,056 nm (4), 0,067 nm (6). Yod tarqoq element, minerallaridan — yodargarit Agl lar tarkibida, magma va choʻkma togʻ jinsida uchraydi. Yod togʻ jinslaridan suv taʼsirida yuvilib ajraladi va organizmlarda yigʻiladi. Masalan, suv oʻtlarida (ularning kulida) Yod miqdori 0,5% gacha boʻladi. Yod ning asosiy manbai okean suvlaridir (1l suvda oʻrtacha 5-10~5 g). Yod organik moddalarda oson yigʻiladi. Sanoat miqyosida Yod neft va gaz konlaridan ular bilan birga chiqadigan yoʻlakay suvlar va yer osti issiq shoʻr suvlari (0,01—0,1 kg/m3), selitra qatlamlaridan (1% gacha) olinadi. Suyuqlanish temperaturasi 113,5°C, qaynash temperaturasi 184,35°C; qattiq Yod ning zichligi 4,94 g/sm3, suyuq Yodniki 3,96 g/sm3.

Yod-l birikmalarijuda oz miqdorda dengiz suvlarida uchraydi. Dengizda o’sadigan ba’zi o’simliklar yod birikmalarini o’zida to’playdi. Chili selitrasining ba’zi qatlamlarida 0,1%ga qadar NaIO3 bo’ladi. Yod o’simlik va hayvon organizmi uchun zarur elementdir. Organizmda yod yetishmay qolganda endemik buqoq deb ataladigan kasallik vujudga keladi. Tarkibida yod bo’ladigan ba’zi neft suvlari va mineral suvlar yod olish uchun asosiy manba hisoblanadi. Toza yod qoramtir gunafsha tusli metal ka’bi yaltiraydigan rombik kristallardan iborat modda. 200Cda solishtirma og’irligi 4,98ga teng. Uning suyuqlanish temperatutasi 1140C, qaynash temperaturasi 1830C. Yod ohista isitilsa, suyuqlanmasdan bug’lanib ektadi, bug’lari sovutilsa, qattiq holga o’tadi, ya’ni sublimatlanadi. Yod bug’lari zaharli.

Ammiakning suvdagi eritmasi bilan portlovchi modda azot yodid NI3 hosil qiladi. Yod olishda neft va gaz konlari (quduqlari)dan chiqqan yoʻlakay suvlar, yer osti issiq shoʻr suvlari, dengiz suvoʻtlari hamda natriyli selitra olishda ajralgan natriy yodatga boy eritma xom ashyo sifatida xizmat qiladi. Yod, asosan, 3 xil usulda olinadi: 1) sorbent va ionitlarni boyitib; 2) yodli suv oʻtlarini kuydirib; 3) havo yordamida ajratish va yutilish (Masalan, NaOH eritmasi va sorbentlarda) usullari.

Oʻzbekistonda yod tarkibida 15—40% yod boʻlgan neft quduqlari va yer osti shoʻr suvlaridan havo yordamida ajratish va yutilish usullarini qoʻllab olinadi. Bu suvlarda Yod, asosan, yodid, yodat va organik birikmalar holida uchraydi. Yodli suvlarni kislotali (H2SO4 yoki HCl) sharoitda oksidlovchilar (Cl2, NaNO2 yoki kalsiy gipoxlorit, natriy gipoxlorit) eritmasi va boshqalar ishtirokida yod birikmalarining suv tomchilariga (60—75°Cda) bosim ostida xavo yuborib, yod havoga erkin holda oʻtkaziladi. Bunday sharoitda havoga qisman vodorod yodid kislotasi ham oʻtadi. Havoga ajralgan 12 suvli sharoitda sorbentlar yordamida (Masalan 20—25 g/l gacha natriy ishqori eritmasida) boyitiladi. Yodga boyitilgan ishqor eritmasini neytrallab, kislotali (H2SO4) sharoitda oksidlovchilar (Masalan, Cl2, NaNO2, K2Cr207 va hakazolar) ishtirokida elementar yod (yod pastasi) ajratib olinadi.

Neft bilan birga chiqadigan oqova suvlar, yer osti issiq shoʻr suvlaridan olingan Yod tarkibida qisman organik birikmalar ham boʻlganligi uchun uni sublimatsiya yoki sanoat sharoitida (125—140°C da) konsentrlangan H2SO4 bilan tozalanadi.

Selitra sanoatidan chiqqan NaIO3 eritmasidan elementar Yod olish uchun eritmaga SO2 bilan ishlov beriladi.

Suv oʻtlarida Yod juda oz miqdorda boʻlganligi sababli, ularni avval yoqiladi, boyitilgan kulni suvli eritmaga oʻtkazib, eritmaga oksidlovchilar taʼsir ettiriladi.

Yod va uning birikmalari, asosan, tibbiyotda qoʻllaniladi. Yod eritmasi bakteriya va mikroblarga karshi kurashish xossasiga ega boʻlib, uni shikastlangan terini davolashda, Yod ning kaliy va natriyli tuzlari Yod yetishmasligi natijasida kelib chiqadigan kasalliklarda (Masalan, buqoq, asab kasalliklari, semirish, aql zaifligi, turli yukumli kasalliklarda) qoʻllaniladi. Bu kasalliklarning oldini olish uchun yodlangan osh tuzini isteʼmol qilish zarur. Hozirgi kunda respublikamizda yodni yer osti issiq suvlaridan ajratib olish texnologiyasi Surxondaryo viloyatida va Fargʻona vodiysida yoʻlga qoʻyilgan. Kristall holdagi Yod dan kaliy yodid olinadi. Xoʻjaikon tuz zavodi (Surxondaryo)da osh tuzini sanoat miqyosida yodlanadi.

Yod anorganik va organik sintezda, analitik kimyoda (yodometriya), radiatsion kimyoda, fotografiyada, sof holdagi metallar (Ti, Zn), oʻta nur sezgir moddalar, maxsus motor yoqilgʻilari olishda, antidetonator sifatida, qutblanish xossasiga ega boʻlgan maxsus shishalar olishda, kumush yodat esa bulutdagi suvning kristallizatsiya markazini hosil qilishda qoʻllaniladi. Vodorod va kislorod aralashmasiga atigi 0,002% Yod bugʻi qoʻshilsa, portlash xossasi yoʻqoladi.


Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish