Maqsadni shakllantirishda yechimlarning turkumlanishi
22
Maqsad mezonlari
Qaror sinflari
Tuzulish darajasi
Zaif tuzilgan(dasturlashtirilmagan)
Yuqori darajada tuzilgan (dasturlashtirilgan)
Tarkibi
Iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, texnik, ilmiy
Maqsadlar soni
Yagona maqsadli
Kо‘p maqsadli
Davomiyligi
Strategik (uzoq muddatli)
Taktik (о‘rta muddatli)
Operativ (qisqa muddatli)
Qaror
qabul
qiluvchi
shaxs
Individual
Jamoaviy
Maqsadni
belgilash
bosqichlari
Butun tashkilot, uning tarkibiy bо‘linmalari,
funksional xizmatchilar, alohida shaxslar
Ta’sir doirasi
Bir bosqichli
Kо‘p bosqichli
Maqsadni
belgilash
yо‘nalishlari
Ichki, tashqi
Maqsadlarni belgilashga asoslanib, boshqaruv qarorlari quyidagicha
bо‘lishi lozim:
-samarali va pragmatik, aniq belgilangan;
-tashkilot maqsadlariga erishish uchun yо‘naltirilgan;
-ularni samarali amalga oshirilishi tashkilotga ma’lum bir foyda olib
kelishi kerak.
Ma’lumki, boshqaruv jarayoni bir necha bosqichlarni: muammo,
maqsad, vaziyat, qaror bosqichlarini о‘z ichiga oladi. Boshqarish
jarayonining bir qismi sifatida maqsadlarni belgilash jarayonida ham
ma’lum bir texnologiya asosida etaplar, bosqichlar, operatsiyalar va
boshqalar mavjud. Bunday texnologiya odatda quyidagi bosqichlarni о‘z
ichiga oladi:
1. Atrof muhitni tahlil qilish va uning natijalarini tushunish
2. Tegishli missiya va / yoki strategik maqsadni ishlab chiqish
3. Maqsadlar tizimini ishlab chiqish jarayoni (maqsadlarni belgilash)
Maqsad tizimini ishlab chiqish jarayonining har bir bosqichi
(maqsadlarni belgilash) quyidagi bosqichlarni о‘z ichiga oladi: birinchi
22
А. М. Лялина Теория менеджмента: Учебник для вузов. Стандарт 3-го поколения. — СПб.: Питер, 2009. — 43
с.: ил. — (Серия «Учебник для вузов»).
60
bо‘lib, atrof muhitdagi tendensiyalarni tahlil qilish va aniqlash (ichki va
tashqi); tashkilotning
umumiy
maqsadlariga
erishish;
maqsadlar
iyerarxiyasini (daraxtlarni, shajarani) qurish; shaxsiy maqsadlarni
belgilash.
Tashkilotni qamrab olgan muhit nafaqat missiyani о‘rnatish uchun
mavjud bо‘lmaydi. Tashkilotning maqsadlari uning mavjud holatiga juda
bog‘liq bо‘lib, iqtisodiyot, siyosat, huquq, fan, texnika va boshqa
sohalardagi zamonaviy rivojlanish tendetsiyalarni о‘z vaqtida aniqlash
imkonini beradi. Rahbariyat tegishli maqsadlarni amalga oshirishda atrof-
muhit holati haqida oldindan bilish imkoniyatiga egadir. Maqsadlarni
belgilash bosqichida menejerlar atrof-muhitning tarkibiy qism(holat)larini
hisobga olishlari kerak. Tо‘g‘ri, hamma narsani hisobga olish imkoniyati
yо‘q. Bunda menejerlar, ayniqsa, iqtisodiyot rivojlanishining noaniqlik
bosqichlarida kutilmagan vaziyatlarga tayyor turishi kerak.
Ikkinchi bosqichda tashkilot uchun umumiy maqsadlarni belgilash
zarur. Bunda tashkilot faoliyati yо‘nalishlaridan ishonchli va asosiy
hisoblanganlarni tanlash kerak. Bundan tashqari, maqsadlarni belgilash
texnologiyasida
aniq
mezonlarga
muvofiqaniqlangan
maqsadlarni
mazmunli va sifatli rasmiylashtirish uchun vositalarni taqdim etishi kerak.
Tashkilot
missiyasining
mezoni,
uning
muhitini,
tendensiyasini
rivojlanishi bilan belgilanadi. Maqsadlarni belgilash jarayoni ushbu
muhitda
tashkilotning
pozitsiyasiga,
xususan,
resurslar
bilan
ta’minlanganlik xususiyatiga bog‘liqdir.
Uchinchi bosqich maqsadlarni qurish yoki ularning iyerarxiyasini
qurish bilan bog‘liq. Iyerarxiya barcha yо‘nalishlarda va maqsadlarda
muhim ahamiyatga ega
.
Tо‘rtinchidan, shuningdek, juda muhim bosqichda tuzilishda
mantiqiy tо‘liqlikka erishilishi kerak. Maqsadlar har bir xodimga о‘z
vaqtida yetkazilishi kerak. Har bir ijrochi shaxsiy qiziqishlari va maqsadlar
orqali tashkilotning yakuniy maqsadlariga erishish, о‘z missiyasini amalga
oshirish jarayoniga qо‘shilishlari shart.
Eng muhim va hal qiluvchi omil - qadriyatlarga, hissiyotlarga,
istaklarga, о‘zlarining va belgilangan maqsadlarga ega bо‘lgan ijrochining
harakatlarga о‘tishidir (3-chizma).
Maqsadlarni belgilash jarayoni uzluksizlik, diskretlik, siklilik,
dinamiklik, samaradorlik va boshqalar kо‘rsatkichlarda ifodalanadi.
Motivatsiya va bog‘liqlik (majburiyat)- bu shaxs va tashkilot uchun
samarali faoliyatning asosidir.
61
Do'stlaringiz bilan baham: |