О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi e. D. Yusupov, Z. K. Kusharov


-chizma. Tashkilot maqsadining daraxt modeli



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/312
Sana18.01.2022
Hajmi3,2 Mb.
#388324
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   312
Bog'liq
menejment nazariyasi (1)

 
2-chizma. Tashkilot maqsadining daraxt modeli 
Missiya  umumiy  nuqtai  nazardan  shakllanadi  va  asosiy  harakat 
yо‘nalishini aks ettiradi, u tashkilotga aniqlik va individuallikni beradi. 
Uning  mavjudligi  haqida  aniq  tasavvurga  ega  bо‘lgan  tashkilot,  о‘z 
missiyasiga ega bо‘lmaganidan kо‘ra muvaffaqiyatli bо‘ladi. 


51
 
 
Missiya  ishbilarmonlik  muhitida,  tashkilotning  obrо‘sini  belgilashda, 
iste’molchilarni,  hamkorlarni,  aksiyadorlarni  jalb  qilish,  firma  nima 
ekanligini, nimaga intilishi, uning faoliyatida qanday rahbarlik qilayotgani 
haqida ma’lumot berish uchun katta ahamiyatga ega. 
Missiya  tashkilotning  maqsadlari  va  strategiyasini  ishlab  chiqish 
uchun asos bо‘lib, uning tashkiliy tuzilishini belgilaydi. 
Tashkilot  madaniyatining  shakllanishiga  ta’sir  kо‘rsatadi,  chunki 
tashkilot  xodimlari  о‘z  missiyasini  bо‘lishib,  uning  erishilishiga  yordam 
berishadi, shuningdek, qadriyat va prinsiplarni almashadilar. 
Tashkilot darajasida, ayniqsa, katta miqyosda missiya diversifikatsiya 
qilinishi  mumkin.  Bо‘laklarga  ajratilgan  yoki  kichik  tashkilot  darajasida 
missiya  yanada  tushunarli  va  aniq  shakllantirilib,  odatda,  faoliyatning  va 
ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotning  aniq  sohasini  aks  ettiradi.  Missiyani 
belgilashda  menejer  mavjud  tashkilotni  rasman  shaklanishini  va  har  bir 
xodim  tashkilotning  barcha  elementlaridan  foydalanish  mumkinligini 
tushunarli shaklda olib boradi. 
Missiya  ommaviy  axborot  vositalarida  ham,  biznes-rejalarda  ham, 
yillik hisobotlarda va boshqa hujjatlarda aks ettiriladi.
 
Keng  ma’noda  missiya  –  faoliyat  falsafasi,  qarash  va  tashkilotning 
mavjudlik mazmunidir. 
Missiyani  shakllantirishdagi  ushbu  yondoshuv  uzoq  umr  kо‘radigan 
tashkilotlarga  xos  bо‘lib,  tashkilotning  mavjudligi  va  mavjud  bо‘lishga 
intiladigan  qadriyatlarini,  tamoyillarini  belgilaydi.Bunda  tushunarliki, 
tashkilotmissiyasining  asosiy  mazmunini  о‘zgartirmasdan,  uni  amalga 
oshirish  shakllari  о‘zgaradi.  Amaliy  missiya  (tor  ma’noda)  –bu  muayyan 
tashkilot  faoliyatining  shakllangan  maqsadiki,  unda  tashkilotning  о‘ziga 
xosligi  va  asosiy  farqli  tomonlari  namoyon  bо‘ladi.  Missiya  ham 
tashkilotning mavjud qiyofasini aks ettirishi kerak. 
Korxonaning missiyasi korxonaning qiziqishlari hamda ichki va tashqi 
omillarga bо‘lgan ehtiyojlarida aks etadi. Asosiy manfaatdor tomonlari:
 
- qо‘shimcha qiymatga egalik qilishga qiziqishi bо‘lganlar; 
- xodimlarning yuqori ish haqi (manfaatdorlik)ga qiziqishi; 
-  mijozlarning  tovarlarni  sotib  olishdagi  muayyan  imtiyozli 
sharoitlarning mavjudligiga qiziqishi; 
- huquqiy meyorlarga rioya etilishini nazorat qilish;  
- barqaror va samarali aloqalarga qiziqishi bо‘lgan ta’minotchilar; 
-  о‘z  maqsadlarini  ilgari  surishda  manfaatdor  bо‘lgan  mahalliy 
jamoalar;
 


52
 
 
- tashkilotning samarali faoliyatiga, yangi ish joylarini ochishga, soliq 
imtiyozlari oshirilishiga qiziqqan jamoa va boshqalar. 
Missiyada guruhlarning qiziqishlari aks etgan holda hisobga olinadi va 
bunda  ularning  manfaatlari  о‘zaro  qarama-qarshi  bо‘lishi  mumkin. 
Birinchi  navbatda  missiya  manfaatdorlar  egasi  (egalari),  xodimlar  va 
mijozlarni  hisobga  oladi.  Missiya  kompaniyaning  biznes  yoki  notijorat 
faoliyati  bilan  shug‘ullanishida  mos  bо‘lgan  asosiy  qoidalar  yoki 
tamoyillarni  kо‘rib  chiqishi  mumkin.  Missiya  menejerlarni  qaror  qabul 
qilishda yoki tanlov о‘tkazishga yordam beradigan "asosiy tosh" dir. 
Missiya foydali bо‘lishi uchun: 
-aniq va tushunarli;    
-ishonchli;    
-vaqt bо‘yicha texnologik, miqdoriy aniq bо‘lishi lozim. 
Bunday  missiya  yoki  istiqbolli  qarashlar  xodimlarni  harakatga  da’vat 
qiladi va rag‘batlantiradi va biznes muhiti tomonidan ijobiy qabul qilinadi. 
Yaxshi ishlab chiqilgan missiya kо‘pincha quyidagilarni aks ettiradi: 
- tashkilot tarixini, uning asosiy maqsadi, qadriyatlari, ustuvorliklari; 
-  tanlangan  bozor  segmentlarida  xaridorlarning  о‘ziga  xos 
ehtiyojlarini qondirish uchun faoliyatning asosiy yо‘nalishini belgilash; 
-  bozor  segmentlarini  egallashning  ustuvor  yо‘nalishlari  va  qaysi 
usullar tashkilotning kuchi, uning kuchli qobiliyatlari, omon qolish uchun 
zarur bо‘lgan mahsulotlarni rag‘batlantirish afzalliklarini; 
- tashkilotni kengaytirish va moliyalash, innovatsion, ekologik, ishlab 
chiqarish  va texnologik jarayonlarni  boshqarish kabi munosabatlarni. 
Shu  bilan  birga,  ushbu  savollarga  javob  topish  uchun  kompaniya 
rahbariga  murojaat  qilinganda,  tashkilotda  mehnatga  layoqatlilik 
tatqiqotlarini  о‘tkazish,  tashkilotning  hayotiy  aylanish  bosqichini  hisobga 
olgan  holdatahlillar  о‘tkazish  va  malakali  maslahatlarni  olish  kerakligi 
kо‘rsatib о‘tilgan. 
 Asosiy  savollar:  "Biz  kimmiz?",  "Biz  nima  qilyapmiz?"  va  "Biz 
qayerga  boramiz?"  kabi  savollarga  javob  topish  tashkilotning  strategik 
qarashini aks ettiradi. 
Kо‘pchilik mahalliy tashkilot rahbarlari о‘z missiyasining ahamiyatini 
tushunmaslik  yoki  keraksiz  deb  hisoblab,  о‘z  tashkilotining  vazifasini 
tanlash  va  shakllantirishga  e’tibor  bermaydilar.  2008  yilgi  moliyaviy 
inqirozdan  omon  qolgan  kо‘plab  tashkilotlar  aniq  qarashlari,  jumladan 
strategik  qarashlari  natijasida  vaqtinchalik  tirikchilik  davrida  foyda  olish 
bosqichidan  о‘tishgan.  Global  inqirozning  yangi  sikli  inqirozga  qarshi 
boshqaruvda  missiyaning  muhimligini  oshiradi.  Shuni  ta’kidlash  kerakki, 


53
 
 
tashkilotning  yaxshi  ishlangan  missiyasi  samarali  boshqaruvning  yetarli, 
lekin tо‘liq bо‘lmagan elementi hisoblanadi. 
Kо‘plab  rahbarlar  tashkilotning  haqiqiy  ahvolini  notо‘g‘ri 
tushunishadi. Bundan tashqari,  menejerlar о‘zlarini mukammal guruh deb 
hisoblashadi  va  shu  bilan  bira  erishgan  yutuqlari,  muvaffaqiyatlari 
tashkilotning  hozirgi  vaziyatiga  tanqidiy  baholashda  tо‘sqinlik  qiladilar. 
Bunday  harakatning  sababi  jamoaning  asosiy  farovonlik  manbai, 
kompaniyaning  raqobatbardosh  ustunligini  tushunishning  etishmasligi 
bо‘lishi mumkin. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish