2. TASHKILOT MAQSADINING DARAXT MODELI
Mahsulotlarning hayotiy aylanish bosqichlarini hisobga olgan holda
tashkilot о‘zining mahsulotlarini ishlab chiqarish va xizmatlarni taqdim
etish, turli xil texnologiyalardan foydalanishi va hakazolar orqali
missiyasini amalga oshiradi.
Shunday ekan har qanday tashkilot umumiy maqsadlarga erishish
uchun ehtiyoj va manfaatlarni qondirishga qaratilgan missiyani amalga
oshirish uchun tashkil etiladi va faoliyat yuritadi.
Tashkilot umumiy maqsadlarga bir nechta bо‘lishi mumkin. Xuddi
shuningdek, tashkilot a’zolari va guruhlari о‘zlarining turli xil maqsadlari
ham bir – biridan farqqilishi mumkin.
Biroq, tashkilotning kamida bitta mehnat resurslarini (odamlarni)
birlashtirishdek maqsadi mavjuddir. Menejment maqsadining daraxt
qо‘rinishining bir qismi 2 –chizmada tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |