О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi e. D. Yusupov, Z. K. Kusharov


Boshqarish  ta’limotidagi tо‘rt yо‘nalish (maktab



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/312
Sana18.01.2022
Hajmi3,2 Mb.
#388324
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   312
Bog'liq
menejment nazariyasi (1)

Boshqarish  ta’limotidagi tо‘rt yо‘nalish (maktab
)lar: 
1. “
Ilmiy menejment
” 
maktabi
. Bu maktabning umumiy faolyati 570 
yillardan  boshlab  to  1920  yilllarga  bо‘lgan  davrlarni  о‘z  ichiga  oladi.  Bu 
davrlarda о‘zga xos menejmentga har xil ilmiy yondoshuvlar olib borilgan. 
Shularni asosiylariga ьо‘xtalib о‘tamiz.   
1.1.  570-632  yillarga  tо‘g‘ri  keladi.  Namoyandalaridan  biri 
Payg‘ambarimiz Muhammad Sollallohu Alayhi Vasallam. 
Bular:  -Boshqaruvning  diniy  ta’limotga  asoslangan  nazariy  prinsipini  
yaratdi; 
-Ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy  muvofiqlashtirishga  intilishlar  orqali 
boshqarish    sanatini    mukammal  egallashga    xizmat    qiluvcha  ta’limotlar  
(Qur’oni  Karim
11
,  xadislar
12
)ning tizimini yaratdi. 
1.2. 1340-1400 yillarga tо‘g‘ri keladigan namoyandalaridan biri Amir 
Temurdir.  Bular:  -    О‘z    davrining  siyosiy-g‘oyaviy  shart-sharoitlarini 
yaxshi  tushungan,  xalqlar  va  elatlarni  islom  ta’limotlari  asosida  diniy, 
siyosiy, g‘oyaviy jihatdan  birlashtirish  yо‘lida yagona - boshqaruvchi. 
-    Boshqarishning  murakkab,  chigal  voqea-hodisalarini,    ijtimoiy 
hayotni biron qolipga solish, uni nazorat qilish uchun shariat qonunlarining 
turkumlariga asos  soldi  va hakazo. 
-    Mamlakatni  idora    qilish  va  saltanatni    boshqarish    uslubi, 
strategiyasi va taktikasini joriy qildi. 
-    XIV-XV  asrlar  voqealari  va  ijtimoiy  hayotni  о‘zida    aks  ettirgan 
qimmatli asar  Temur tuzuklari
13
ni yaratdi.  
Mazkur    asarda    bayon    etilgan  boshqarish    yо‘l-yо‘riqlari,  qonun-
qoidalari,  pand-nasihatlari    О‘zbekiston    mustaqilligini    mustahkamlash 
yо‘lida xizmat qilmoqda. 
-    Kuchli  davlatni  barpo  etish,  davlat  hokimiyatning  qaysi  ijtimoiy 
toifalarga  tayanishi,  mansabdor  shaxslarni  ularning    sifatlariga  kо‘ra 
                                                           
11
 Qur’oni  Karim.  О‘zbskcha  izohli  tarjima.  Tarjima  va izohlar  muallifi Alouddin Mansur. T.,  “CHо‘lpon”,  1992 y. 
12
 Muhammad  payg‘ambar qissasi.  Hadislar.  T.,  “Kamalak”,  1991  y. 
13
 Temur tuzuklari. T., G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti.  1996 y. 


28
 
 
tanlash  va  vazifalarga  tayinlash  borasida  amaliy  jihatdan  mukammal 
bо‘lgan ta’limot yaratdi. 
-  Buyuk  davlat  arbobi,  dunyoviy  bilimlarning  sohibi  bо‘lgan 
Sohibqiron  markazlashgan davlatni barpo etish orqali о‘rta asrlarda buyuk 
shaxslar yetishib chiqishi  uchun moddiy, siyosiy, g‘oyaviy  zamin yaratdi. 
1.3. 1450-1501 yillarga tо‘g‘ri keladi. Namoyandalaridan biri Alisher  
Navoiy.  Bular:  -    Siyosiy    davlatni    idora    qilish  usullari,  tartib-qoidalari  
bilan    bog‘liq    bо‘lgan  xilma-xil  muammolari  bо‘yicha  о‘z  qarashlariga 
ega bо‘lgan siyosiy  arbob. 
-  Davlat  ishlarini  boshqarish,  muzokaralar    olib    borish,  mamlakat  
tinchligi  va  obodligi uchun kurashgan. 
-  “Vaqfiya”,  “Ixlosiya”,  “Saddi  Iskandariy”,  “Tarixi mulki Ajam” 
kabi asarlarida  adolatli  boshqarishning sir-sinoatlari  haqidagi ta’limotni  
yaratgan. 
1.4.  1885-1920  yillarga  tо‘g‘ri  keladi.  Namoyandalaridan  F.    Teylor, 
G.    Emerson  va  boshqalar.  Bular:    -  Vazifani  bajarishning  maqbul  
usullarini topish  maqsadida  ilmiy  tahlilni qо‘llash. 
-  Vazifani  bajaruvchi  eng  maqbul  xodimni  tanlash  va  uning 
о‘qitilishini  ta’minlash. 
-    Vazifani    samarali  bajarilishini  ta’minlovchi  xodimlarni  zarur 
resurslar bilan ta’minlash. 
-    Yuqori  mehnat  unumdorligini  ta’minlash  maqsadida  xodimlarni  
muntazam  rag‘batlantirib turish masalalarini ilgari surishgan. 
Ilmiy menejment maktabining asosiy xulosalari: 
-muammo  yechilishining  optimal  usulini  ishlab  chiqish  maqsadida 
ilmiy tahlildan foydalanish;  
-har  bir  vazifa  uchun  mos  ishchini  tanlash  va  uni  о‘qitishni  yо‘lga 
qо‘yish;  
-ishchilarning  vazifalarini  muvaffaqiyatli  bajarishlari  uchun  resurslar 
bilan ta’minlash;  
-ishlab  chiqarishning  usishi  uchun  moddiy  rag‘batlantirishdan 
muntazam va oqilona foydalanish;  
-о‘ylab chiqish va rejalashtirishni ishning о‘zidan alohida kо‘rish. 
2.  “

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish