О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi e. D. Yusupov, Z. K. Kusharov



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/312
Sana18.01.2022
Hajmi3,2 Mb.
#388324
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   312
Bog'liq
menejment nazariyasi (1)

Ijtimoiy  tizimlarning  turlari. 
Dastlabki  qarashda  ijtimoiy  tizimlarni 
shartli  ravishda  quyidagi  turlarga  ajratish  mumkin:  ijtimoiy-siyosiy 
(siyosiy  partiyalar,  jamoat  harakatlari  va  hakazo.),  ijtimoiy-madaniy 
(ijodiy, ilmiy xamjamiyatlar va hakazo.), ijtimoiy va iqtisodiy. 
Jamoat  tizimlari  genezisi  shunga  olib  keldiki,  ularga  tegishli  bо‘lgan 
ichki  boshqaruv  mustaqil  faoliyat  sohasiga  aylandi.  Masalan,  jamiyat 
ishlab  chiqarishi  ijtimoiy-iqtisodiy  tizim  hisoblanadi  (ijtimoiyligi  shuning 
uchunki,  ishlab  chiqarish  va  uni  boshqarish  jarayonini  amalga  oshiruvchi 
odamlar  asosiy  element  hisoblanadi,  iqtisodiyligi  shuning  uchunki,  ishlab 
chiqarish  va  boshqarish  jarayonini  amalga  oshirish  natijasida  jamiyat 


256
 
 
a’zolari  tomonidan  iste’mol
 
qilinadigan  moddiy  ne’matlar,  yalpi  jamiyat 
mahsuloti  yaratiladi).  «Boshqacha  qilib  aytadigan  bо‘lsak,  iqtisodiy  tizim 
jamiyat  aholi  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  о‘z  tasarrufida
 
bо‘lgan 
resurslarni  ishlab  chiqarish  va  tahsimlangani  kabi  usulga  ega»
92

Zamonaviy jamiyatga ma’lum bulgan hamma iqtisodiy tizimlar asosida bir 
xil  fundamental  savollar  yotadi:  jamiyat  ehtiyojlarini  qondirish  uchun 
cheklangan  resurslardan  qanday  foydalanish  kerak,  qanday  tovar  va 
xizmatlar ishlab chiqarilishi kerak, ularni kim ishlab chiqaradi, bu tovar va 
xizmatlar jamiyat a’zolari о‘rtasida qanday taqsimlanadi? 
Ijtimoiy  tizim  iqtisodiy  tizim  bilan  bir  qatorda  inson  resurslaridan 
foydalanish, jamiyat a’zolariga qanday yashash darajasini taqdim etilgani, 
jamiyatning  ijodiy  kuchlari  qay  yо‘sinda  amalga  oshirishi  bilan 
xarakterlanadi. 
Jamiyat  hayotining  turli  tashkilotlari  orasidagi  farqlarni  namoyon 
qilishning  eng  yaxshi  usuli  -  ular  individlarga  ishlab  chiqarish  omillarini 
egallash  va  amalga  oshirishlari    uchun  beradigan  erkinlik  darajasini 
solishtirish. 
Ijtimoiy tizim odamlar va ijtimoiy guruhlarning birgalikdagi faoliyati 
natijasida  hosil  bо‘ladigan  ijtimoiy  munosabatlar  yig‘indisidan  iborat. 
Aynan ijtimoiy tizim iqtisodiy tizim bilan birgalikda moddiy va ma’naviy 
ishlab  chiqarish,  jamiyat  siyosati  maqsadlarini  aniqlaydi,  ularni  tashkil 
etish tamoyillari va usullarini shakllantiradi.  
Barcha  tizimlar  -  texnik,  texnologik,  tashkiliy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  - 
о‘zaro  bog‘liq.  О‘zining  birgaligi  bilan  ular  yagona  organizmni  tashkil 
qiladi.  Bunda  texnik,  texnologik  va  tashkiliy  tizimlar  birgalikda 
boshqaruvning tashkiliy - texnik tomonini, iqtisodiy  va  ijtimoiy tizim  esa 
ijtimoiy - iqtisodiy tomonini ta’minlaydi va xarakterlaydi. 
Shunday qilib, ijtimoiy tizimlarni boshqarish darajasini xarakterlovchi 
har bir bо‘g‘in bir-biri bilan aloqada va bog‘liklikda bо‘lgan boshqaruvchi 
va  boshqariluvchi  tizimchalardan  iborat.  Masalan,  korxonalar  xalq 
hо‘jaligi  tarmoqlarini  boshqarish  iyerarxiyasining  dastlabki  bо‘g‘inlari 
hisoblanadi. Ular iqtisodiyot tuzilmasining bir qismini tashkil etadi va bir 
paytning  о‘zida  zamonaviy  jamiyatning  iqtisodiy  tuzilmasini  aniqlovchi 
xalq xо‘jaligining asosiy bо‘g‘inlaridan biri. 
Boshqaruvchi  va  boshqariluvchi  tizimlar  о‘rtasida  aloqa  axborot 
yordamida  amalga  oshiriladi.  U  boshqaruvchi  tizimdan  boshqariluvchi 
                                                           
92
 
Щекин Г.В. Социальная философия истории: Теория социального развития. Киев, 1995. С.152. 
 


257
 
 
tizimga  bajarish  uchun  keladigan  boshqaruv  qarorlarini  ishlab  chiqish 
uchun asos bо‘lib xizmat qiladi. 
Har  bir  ijtimoiy  tizim  о‘z-о‘zini  boshqara  oladi.  Bir  vaqtning  о‘zida 
boshqaruv  jarayonida  u  tashqi  ta’sirga  uchraydi.  Har  qanday  tizimdagi 
tashqi  va  ichki  ta’sirlar  о‘zaro  uzviy  bog‘lik  va  о‘zaro  bir-birini  taqazo 
etadi:  biri  qanchalik  muhim  bо‘lsa,  boshqasining  roli  shunchalik  kam 
bо‘ladi. 
Ijtimoiy  tizimning  faoliyati  va  rivojlanishi  bosh  maqsadga 
bо‘ysundirilgan. 
Ilmiy  ijtimoiy  menejmentning  xarakterli  jihatlari  bо‘lib  ijtimoiy 
qonunlar,  boshqaruv  qonuniyatlarini  bilish  va  ulardan  foydalanish, 
boshqaruv  ta’siri  jarayonining  tizimligi  va  uzluksizligini  ta’minlash, 
boshqariluvchi  obyektlar  va  boshqaruv  subyektlarini  modellashtirish, 
xodisalarni  sifat  va  miqdor  jihatdan  baholash,  davlat,  hо‘jalik  va  ijtimoiy 
menejmentning о‘zaro aloqadorligi va hamkorligi hisoblanadi. 
Shunday  qilib,  ijtimoiy  menejment  nazariyasi  ijtimoiy  jarayonlar  va 
xodisalarni  jamiyat  jarayonlarini  boshqarish  sohasiga  kirib  kelishi 
tamoyillari, qonunlari va qonuniyatlarini о‘rnatadi. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish