О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi e. D. Yusupov, Z. K. Kusharov



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/312
Sana18.01.2022
Hajmi3,2 Mb.
#388324
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   312
Bog'liq
menejment nazariyasi (1)

hech  qanday  mulohaza
    yuritmasdan,  biror-bir  shaxsiy  tashabbus 
kо‘rsatmasdan aniq hamda tez bajarishni talab  qilish  kerak edi. 
F.    Teylor    boshqarishni    “aniq  qonun    va    qoidalarga  tayanadigan  
haqiqiy    ilm,    shuningdek,    nima    qilish    kerakligini    aniq  bilish    va    uni  
puxta  hamda  arzon  usulda  bajarish  san’ati”  deb baholagan. 
Shunday    qilib,  F.  Teylor  “boshqaruvning  mumtoz    maktabi”ni 
yaratishga  asos  soldi.  U  yaratgan  boshqaruv  maktabi  faqat  Amerikada 
emas,  balki  Yevropaning  boshqa  mamlakatlarida  ham  turli    nazariya    va  
oqimlar  kо‘rinishida rivojlanib  bordi. 
F.  Teylorning    zamondoshi    va    ishining    davomchisi    amerikalik 
iqtisodchi Garrington Emerson mehnatni ilmiy tashkil qilish bо‘yicha yirik 
mutaxassislardan  bо‘lib,  u  boshqarish  va  mehnatni  tashkil    qilishning  
                                                           
15
 Xronometraj-“amalga oshirilgan harakatlarning davomiyligini aniqlash va vaqt sarfini o'lchash orqali o'rganish 
usuli”. Manba: 
https://dvc.academic.ru/dic.nsf/ruwiki/1410099
  


34
 
 
kompleks,    tizimli    yondoshuvini    ishlab    chiqqan.  G.Emerson  Teylorga 
nisbatan  faqat  tor  texnik  va  ishlab  chiqarish  sharoitinigina  kо‘rib 
chiqmasdan boshqaruvni ratsionallashtirishni ancha keng kо‘rib chiqdi va 
unumdorlikning  12  prinsipini  ilgari  surdi.  Uning  tamoyillari  mashxur 
“Mehnat unumdorligining tamoyillari” asarida yoritilgan. 
G.  Emerson  ilmiy  boshqaruv  prinsipini  mohiyatiga  kо‘ra  quyidagi 
ketma-ketliqda  bayon  qilgan
16

1. Aniq qо‘yilgan  maqsad va g‘oyalar. 
2.  Oqilona, sog‘lom fikr. 
3. Jozibali,  e’tiborli mahsulot. 
4.  Intizom. 
5. Xodimga nisbatan adolatli bо‘lish. 
6. Tezkor,  ishonchli,  tо‘liq,  aniq va muntazam hisob-kitob. 
7. Dispstcherlash. 
8.  Meyorlar va jadvallar. 
9.  Sharoit bilan ta’minlash. 
10. Muammolarni meyorlash. 
11. Standart yо‘riqnomalarni tayyorlash. 
12. Unumdorlikni rag‘batlantirish. 
Kо‘rinib    turibdiki,    G.    Emersonning  diqqat-e’tiborida,    eng  avvalo 
ikki,  ya’ni  aniq  qо‘yilgan  maqsad  va  g‘oya,  shuningdek  oqilona  fikr 
turibdi.  G.  Emerson    ishchining    ish    vaqtida    bajaradigan  harakatlarini 
о‘rganib,  ishchiga  beriladigan  ish  hajmi    normalarini,  ishni    bajarishning  
ortiqcha,  unumsiz  harakatlarini bartaraf  etuvchi  eng  muvofiq usullarini  
ishlab  chiqdi. 
Bunda masalan, nisbiy ish haqining maxsus tizimi oqilona fikr asosida  
qо‘llanilib,  unga  kо‘ra  berilgan  normani  bajargan  ishchilarga  tarif 
stavkalari  va  koeffitsiyentlari  oshirilar  (8-  band),  uni  bajara  olmagan 
ishchilarga  esa  stavkalari  20-30  foiz  pasaytirilib,  jarima  solingan.  Shu 
bilan birga berilgan  vazifani yuqori darajada bajarilishi uchun sharoit ham 
yaratilgan  (9-band). 
“Ilmiy    menejment”    namoyandalari    о‘z    ilmiy    ishlarini  asosan  
korxona,  tashkilot boshqaruvini takomillashtirishga bag‘ishlashgan.  Ular  
boshqaruvining    quyi    darajasidagi    masalalar    bilan,    ya’ni    faqat  ishlab 
chiqarish  darajasidagi  boshqaruv  bilan    shug‘ullanishgan.  Ma’muriy  
maktabning  vujudga  kelishi  munosabati  bilan  mutaxassislar  endi 
                                                           
16 Двенадцать принципов производительности Г. Эмерсона. Манба: http://banki-uchebnik.ru/menedzhment/88-dvenadtsat-
printsipov-proizvoditelnosti-g-emersona 
 


35
 
 
umumtashkilot  darajasidagi  boshqaruv  muammolari  bilan  shug‘ullana  
boshladilar. 
Teylor  va  Gilbretlar  oddiy  ishchidan  muvaffaqiyatga  erishib,  shuhrat  
qozonib  martabaga  ega  bо‘lganlardir.  Aynan  shu  tajriba  ularning 
boshqaruv tо‘g‘risidagi  tushunchalariga keskin ta’sir etgan. Ulardan farqli 
о‘laroq,  mumtoz  ma’muriy  boshqaruv    maktabining  asoschilari:  “Yirik 
biznes  sohasida  mashhur,  boshqaruvning  yuqori  bо‘g‘inida  esa  yuksak 
tajribali amaliyotchi rahbarlar bо‘lishgan”. 
Ularni  tashvishlantirgan  bosh  masala  -  bu  umumtashkilot  miqyosida 
samaradorlikka  erishish  bо‘lgan.    Shunday  maqsad  qо‘yilgan  bо‘lsa-da,  
ular    boshqaruvning  sotsial    jihatlariga  unchalik  e’tibor  berishmagan, 
ustiga-ustak  ularning  ishlari  shaxsiy  kuzatuvlar    doirasidan    chiqmagan.  
Shu    sababli    ularning    yondoshuvlari  ilmiy    metodologik  asosga    ega  
bо‘lmagan. 
“Mumtoz”chilar  tashkilotga  keng  qamrovli  kelajak  nuqtai-nazaridan  
yondoshib,  undagi  umumiy  xususiyatlar    va    qonuniyatlarni  aniqlashga 
urinishgan.  Maqsad  -  boshqarishning  unversal  usullarini  yaratish  orqali  
muvaffaqiyatga  erishish  edi.  Ular  boshqarishning  quyidagi  ikki  jihatiga 
e’tiborni qaratishgan: 
•   
tashkilotning    oqilona    boshqaruv    tizimini    ishlab    chiqish
.  Ular  
tashkilotni  bо‘linmalar yoki  ishchi  guruhlarga  bо‘lishni,  moliya, ishlab 
chiqarish  va  marketing  boshqarishni    takomillashti-rishning    muhim  
tomonlari  deb  hisoblashgan; 
•   
tashkilotning  oqilona  tarkibi    va    ishlovchilarni  oqilona 
yо‘naltirishga    erishish
.    Shu    maqsadda  boshqarishda  yakkaboshlik 
bо‘lishini    va    ishchi    faqat    bitta    boshliqdan  topshiriq  olish  va  unga 
bо‘ysunishi lozim degan g‘oyani  ilgari surishgan. 
A.  Fayol    boshqaruv  fanining  rivojlanishiga  salmoqli  hissa  qо‘shgan  
fransuz  olimlaridandir.  U  Fransiyadagi  kо‘mir  qazib  oluvchi  yirik  
kompaniyani    boshqargan.  A.  Fayol    о‘zining  boy    amaliy    tajribasini  
“Umumiy  va  sanoat  boshqaruvi” (1916) nomli kitobida umumlashtirgan.  
Uning ilgari  surgan  quyidagi boshqaruv  g‘oyalari hozirgi kunda ham о‘z 
ahamiyatini  yо‘qotmagan (2-jadval). 
A.  Fayol  boshqarishni: 
•  kelajakni  kо‘ruvchi; 
•  faoliyatni  tashkillashtiruvchi; 
•  tashkilotni  idora  qiluvchi; 
•  faoliyat  turlarini  muvofiqlashtiruvchi; 


36
 
 
•  qaror va  buyruqlarning  bajarilishini  nazorat  qiluvchi  kuchli qurol  
deb ataydi. 
2-jadval 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish