Kafedra mudiri: _________ D.Yakubova
Fanning ishchi o’quv dasturi Denov tadbirkorlik va pedagogika institui Filalogiya fakulteti kengashining 2022 yil “__”-avgustdagi __ -sonli qarori bilan tasdiqqa tavsiya qilingan
Fakultet dekani: _________ Z.Rahmatullayev
Fanning ishchi o’quv dasturi Denov tadbirkorlik va Pedagogika instituti o’quv-uslubiy kengashining 2022 yil _______dagi __ -sonli majlisida tasdiqlanib, foydalanishga tavsiya qilingan.
O’UBB: ______ SH.Amanqulov
Kirish
Ushbu dastur muzeyshunoslik va arxivshunoslik fanining vazifasi, predmeti va obyekti, muzey va arxivlarning tashkil etilishi, muzey ashyolari, arxiv hujjatlaridan foydalanishni o’rganish, saqlash, arxiv hujjatlardagi ma’lumotlarni ilmiy, xolis o’rganish, O’zbekiston tarixining dolzarb masalalarini yoritishda, muzey ashyolari va arxiv hujjatlaridan foydalanishni o’rganish kabi masalalarini qamrab oladi.
Shuningdek, “muzeyshunoslik va arxivshunoslik” fani haqidagi bilimlarni qaror topshirish, mavjud ilmiy adabiyotlar va tadqiqot ishlarini o’rganish, fan bo’yicha to’plangan ilg’or tajribalar asosida amalga oshirishni ko’zda tutadi. Unda kadrlar buyurtmachilarining fikr, talab va takliflari kabi masalalarni o’z ichiga qamrab oladi.
Fanning maqsad va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda muzeyshunoslik va arxivshunoslik fani va uning vazifalari, O’zbekistonda muzey va arxiv ishi tarixi, muzey va arxivlar faoliyatlari, vazifalari, muzey ashyolari va arxiv hujjatlaridan foydalanishni o’rgatishga oid bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarga muzey va arxiv ishi nazariyasi, muzey ashyolarni saqlash, muzey fondlarini boyitish, arxiv hujjatlarining tavsiflari, davlat arxivlarining yo’l ko’rsatkichlarini, kataloglar turlari, arxiv fondlari hujjatlaridan foydalanishni tashkil etishni o’rgatishdan iborat.
Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar
«Muzeyshunoslik va arxivshunoslik» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalalar doirasida bakalavr:
- Muzeyshunoslik va arxivshunoslik kursining maqsad va vazifalari, O’zbekistonda muzey va arxiv ishi tarixi, nazariyasi, qadimgi dunyo arxivlari, davlat muzeylari va ularning faoliyatlari, kataloglar va ularning turlari, muzey ashyolari, arxiv hujjatlarini turkumlash, ulardan ilmiy maqsadlarda foydalanishni bilishi kerak;
- Talaba tarixiy ma’lumotlarni ilmiylik, tarixiylik, xolislik asosida o’rganish. Muzey ashyolari va arxiv hujjatlarini mustaqil, tadqiq qilish, o’rganish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
- Talaba muzey va arxivlar tarixi, arxiv hujjatlarining tavsiflari, davlat arxivlarining yo’l ko’rsatkichlaridan foydalanish, jamg’armalar, kataloglardan foydalanish malakalariga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |