Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti



Download 272,5 Kb.
bet5/33
Sana19.11.2022
Hajmi272,5 Kb.
#869041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
she\'riy janrar ishchi dastur

5. Qit'a va falsafiy talqin. 2 soat.
Qit'a - boshqa bir nomi muqatta', u arabcha so'z bo'lib, pora va parcha ma'nolarini anglatadi, u g'azal yoki qasida qismiga o'xshaydi, matla' va maqta’i bo'lmaydi, unda taxallus uchramaydi, taxallusning qo’llanishi kam uchraydi. Siyosiy-ijtimoiy, pand-pasihat, odob-axloq, maktov, shikoyat mavzulari, chaqiriq, shiorga mushtarak yo'nalish kabilar, asosan, yetakchilik qiladi. Qit'a otsatan ikki, uch, to'rt va ba'zan o'n sakkiz baytgacha bo'ladi, u qadimiy she'r navlaridan biri, qofiyalanishi a-b, variant-b, g-b tartibida bo'ladi. Qit'a shaklan ixcham, hajman qisqa bo'lib, fikr lo'nsa va aniq bayon etiladi, vohea-hodisalar asliga monand ifodalanadi. Alisher Navoiyning "Xazoyin ul-maoniy" kulliyotida 210 qit'a mavjud, ularning aksariyati ikki baytlidir, ularda maxsus sarlavhalar ko'yilib, sarlavhalarda mavzuga va g'oyaga ixcham ishora beriladi. Goho bir nechta qit'aga bitta sarlavha qo'yiladi: "Fano ahlini o'z vaqtining podshohi debtur, balki vakt podishohini aning gadoyi" sarlavhasi ostida to'rt qit'a keltiriladi (bari ikki baytli), ulardan oxirgisi:
Uch kishidin uch ish yomon ko'rinur,
Sanga arz aylay axli dunyodin:
Shoxdin tundlug', g'anidin buxl,
Molg'a maylu hirs donodin (Asarlar. 15 tomlik. T.Z.-Toshkent:Badiiy adabiyot nashriyoti, 1965.-B.402.)
6. Qasida va qasidanavislik an'anasi. 2 soat.
Qasida - arabcha so'z, u qasd, niyat, istak, tilak, intilish, orzu, maqsad, matlab, murod, azmi karor ma'nolarini anglatadi. Qasida eng qadimiy she'r turi, u boshqa she'riy navlarning paydo bo'lishiga zamin hozirlaydi. Qasida Yaqin va Urta Sharq xalqlari adabiyotida keng tarqalgan she'r shakli sifatida mashhurdir. Uning ilk bayti- matla', oxirgi bayti - maqta' deyiladi, u quyidagi qismlardan iborat: nasib yoki tashbib (goho tag'azzul), gurezgoh, madx, matlab, xotima va boshqalar. Nasibda tabiat tasviri, tashbibda yor vasfi beriladi, ular keyingi asrlarda tag'azzul, nihoyat g'azal deyilgan, u besh yoki yetti baytli bo'lgan. Gurezgoh aksaran bir yoki ikki baytli, madh esa qasidaning asosiy qismi, xotimada ta'riflangan shaxs duo kshshngan yoki shoir istakpari bayoni berilgan.
Qasida o'n besh baytdan bir yuz yigirma, goho ikki yuz baytgacha bo'lgan, mabodo uning hajmi o'ttiz yoki qirq baytdan oshsa, yangi matla' keltirish talab etiladi. Qasida mavzulari: bahoriya, madhiya, ishqiya, hamriya (may madhi), hajviya (asli hijo), marsiya, holiya (goho hasbiya), shikvoiya (shikoyatnoma), xazoniya (kuz vasfi), habsiya (mahbus alamlari), faxriya. Shuningdek, an'anaviy muqadsimot (basmila, hamd, munojot, na't, madhiy, bag'ishlov)lar ham qasidaning shakllari hisoblanadi. Qasidaning arab, fors-tojik, turkiy xalqlar va o'zbek adabiyotida tadriji, takomili, taqsiri, tarixi. Aslida mumtoz she'riyat shakllarining barcha navlari qasidadan unib chiqqan, qasida ushbu qismlardan iborat bo'ladi: 1.Nasib - tashbib (goho tag'azzul), ya'ni qasida ibtidosi, odatan besh yoki yetti baytli bo'lgan. 2. Gurezgoh (aksaran bir yoki ikki baytli, ibtido bilan madhiy qismni ulaydi). 3. Madh (ta'rif, asosiy qism). 4. Maqsad (matlab, ishoralar vositasida mamduhga maqsadini bayon qiladi). 5. Xotima (yakun, shoir istaklari ifodasini topgan). Uzbek mumtoz adabiyotida qasidaning eng yaxshi namunalarini Sakkokiy, Hofiz Xorazmiy, Lutfiy, Gadoyi va Navoiylar yaratgan, shuningdek, Nishotiy, Munis va Ogahiylar ijodida ham qasida uchraydi.

Download 272,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish