3. Musammatlar va bandlar. 2 soat.
Musammat- ipga tizilgan marvarid, bu turkum she'rlarning bandi uch misra (goho bir misradan iborat, aslida ikki misra - masnaviy)san o'n misragacha bo'ladi. Ya'ni: musallas (uch misrali), murabba' (turt misrali), muhammas (besh misrali, taxmis ham deyiladi), musaddas (olti misrali, tasdis ham deyiladi), musabba' (etti misrali), musamman (sakkiz misrali), mutassa' (to'qqiz misrali, tasne' va mustasne' ham deyiladi), muashshar (un misrali, mashru' ham deyiladi). Bandi o'n misradan ko'p she'r turlari ham bor, lekin ular musammatlar sirasiga kirmaydi. Musallasning turkiy adabiyotdagi ilk namunasi "Qisasi ar-Rabg'uziy"ning Nosiruddin To'kbugabek madhida uchraydi. Ushbu o'n bir bandli o'ttiz uch misrali she'rning birinchi misralari qofiyalanmay, balki ikkinchi va uchinchi misralari qolgan bandlarining ayni shu misralari bilan qofiyalangan.
Musammatlarning asl nomlanishi va qofiya tizimi ushbu xildadir:
musammati musallas: a a a, b b a, v v a...
musammati murabba': aaaa, bbba, vvv a...
musammati muhammas: aaaaa, aaaab, vvvv a...
musammati musaddas: aaaaaa, bbbbba, vvvvv a...
musammati musabba': aaaaaaa, bbbbbba, vvvvvv a...
musammati musamman: aaaaaaaa, bbbbbbba, vvvvvvv a...
musammati mutassa': aaaaaaaaa, bbbbbbbba, vvvvvvvv a...
musammati muashshar: aaaaaaaaaa, bbbbbbbbba, vvvvvvvvv a...
Mumtoz adjabiyotimizda murabba', muhammas va musaddaslar ko'p uchraydi, Uvaysiyda musallas bir dona, Mashrabda musabba' bir dona, Yusuf Amiriyda musamman bir dona, lekin ushbu she'r xato ravishda tarje'band deyilgan (Uzbek adabiyoti. To'rt tomlik. Birinchi tom. - Toshkent: O'zadabiynashr, 1959.-B.219-221), Nodirada musamman ikki dona, Muxlis (XIX asr)sa mutassa' bir dona,
Nodirada muashshar bir dona, yana bir dona muashshar Muxlis ijodida ko'zga tashlanadi. Qolaversa, Uvaysiyning oltita musaddasidan beshtasi tarje'band va bittasi tarkibband deb xatoga yo'l qo'yilgan (Ko'ngil gulzori.-Toshkent: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1983.-B.251-259). Chunki musammatlarning qofiyalanishi masnaviydek bo'ladi (masnaviy musammatning bir shakli), har bayt o'zaro bir qofiyaga ega bo'ladi, har bandda takrorlanib keluvchi misra yoki baytlar o'zicha mustaqil qofiyali bo'ladi. Masalan Mashrabning mavjud to'rtta murabba'sidan uchtasida takror misralar bor, bular: "Ey bod, yetkur yora salomim", "Ko'rdim yuzungni alhamdulilloh", "Yorga yetar kun bormu, yoronlar?" kabi misralar band oxirida takrorlanib keladi. Takror misralardan oldin keluvchi uch misra o'zaro mushtarak qofiyalanadi, takror misra bundan mustasno va ular birgalikda murabba' bandlarini tashkil etadi, bular aksar Yassaviy va Bokirgoniy hikmatlarini xotirga soladi. Mashrabning to'rt murabba'sidan bittasida takror misra yo’q, bu hodisa boshqa ijodkorlar uchun ham xos, muhammaslarda ham kam bo'lsa-da takror misralar uchrab turadi. Mashrabning o'ttiz to'kkizta muhammasidan sakkizta muhammasining yettitasida takrorlanuvchi misralar mavjud, bittasida bayt takrorlanib keladi (Mehribonim, qaydasan.-Toshkent: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1990-B.274-324 va -B.334-349.), Uvaysiyning bitta muhammasida takrorlanuvchi misra borligi kuzatildi (Devon.-Toshkent: O'zadabiynashr, 1963- B. 187-188.). Baytning naqorat sifat takrorlanishi musadsas uchun ko'proq xosdir, Mashrabning ikki musaddasidan bittasida, Furkat (1858-1909)ning uchta (bittasi tarji'band - musaddas, deyilib galiz xatoga yo'l ko'yilgan) musadsasida naqoratiy baytlar mavjud (Ganlangan asarlar.-Toshkent: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1975.-B.260-266.). Nodiraning bitga musaddasida (Devon.-Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoty, 2001.-B. 328-329.), Uvaysiyning oltita musaddasidan (Devon.-1963.-B.202-214.) to'rttasida takror baytlar bor, takror bayti yo’q musadsaslardan biri (1963.-B.205-206.) keyingi nashr (1983)sa yo’q, takror bayti bor bir musaddas (1983.-B.256.) oldingi nashr (1963)sa yo'q. G'alati tomoni shundaki, Alisher Navoiyning "Xazoyin ul-maoniy" kulliyoti tarkibidagi uchta musaddasda takror baytlar kuzatilmaydi. Mashrab musabba'sida, Yusuf Amiriy musammanida, Nodiraning ikkita musammanida takror baytlar bor holda, Alisher Navoiy musammanida takror bayt yo'q. Muxlis mutassa'sida takror bayt yo’q, lekin uning muashsharida va Nodira muashsharida takroriy baytlar mavjuD)
Keyingi asrlarda "Bayozi muhammasot" va "Bayozi musaddasot" yoki muhammaslardan iborat "Bayozi mutafarrika"larning tartib berilishi ko'proq muhammas va musaddaslarga e'tibor kuchayganini ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |