OʻZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
Roʻyxatga olindi
№___________________
“___”______ 2021-yil
|
|
“Tasdiqlayman”
O‘quv ishlari boʻyicha prorektor
Z.U. Berdinazarov
_________________________
“_______” ____________2021-yil
|
IJTIMOIY-GUMANITAR FAKULTETI
OʻZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
SHE’RIY JANRLAR TIPOLOGIYASI
FANIDAN
ISHCHI O‘QUV DASTURI
(2-oliy ta’lim II-kurs (sirtqi) talabalari uchun)
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar
Ta’lim sohasi: 120000 – Gumanitar fanlar
Bakalavriat yoʻnalishi: 5120100 – Filologiya va tillarni oʻqitish
(oʻzbek tili)
|
III semester
|
Jami
|
Ma'ruza
|
|
|
Amaliy
|
|
|
Semenar
|
|
|
Mustaqil ta'lim
|
|
|
Jami
|
|
|
Denov-2021
ANNOTATSIYA
Mazkur dastur 5120100 filologiya va tillarni o’qitish: o’zbek tili yo'nalishi bo'yicha bakalavr talaba tanlov fani "She'riy janrlar tipologiyasi" bo'yicha tuzilgan bo'lib, talabalarga o'zbek mumtoz adabiyoti janrlaridan ilk manbalar, she'r shakllari, ularning tadriji, takomili, taraqqiyoti, umuman, tarixiy davrlarda shakllanishi, adabiy muhitlar haqida ma'lumotlar beradi.
Tuzuvchi: O‘zbek tili va adabiyoti
kafedrasi o‘qituvchisi U.Dobilov
Taqrizchilar: DTPI, o‘zbek tili va adabiyoti
kafedrasi dotsenti f.f.f.d. A. Hamidov
DTPI, o‘zbek tili va adabiyoti
kafedrasi o‘qituvchisi J. Ubaydullayeva
Fanning ishchi o‘quv dasturi o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasining
2021-yil “____” _________ dagi ___-sonli yigʻilishida muhokamadan oʻtgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri : A. Hamidov
Fanning ishchi o‘quv dasturi Ijtimoiy-gumanitar fakulteti kengashining
2021-yil “____” _________dagi ___-sonli yigʻilishida muhokamadan oʻtgan va foydalanishga tavsiya qilingan.
Fakultet dekani: Z. Rahmatullayev
Kelishildi:
Oʻquv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i: B.Primqulov
KIRISH
Dars samaradorligini oshirish uchun quyidagi hodisalarga urgu berish maqbul tuyuladi: deylik doston istilohi xususida gapirgach, albatta, masnaviy atamasi haqida ma'lumot berish talab etiladi. Janrlar xususida so'zlangach, ularning majmua yoki devonda joylashuvi masalasi o'z-o'zidan ko'ndalang turadi, shundan devon tartib berish an'anasi masalasiga to'xtalmasdan iloj yo'q. She'riy devon tuzish an'anasi va devonda she'rlarning joylashuv tartibi masalalari muhim qirralarni namoyon etadi.
Istagimiz kelajakda ushbu fan yuzasidan yangi avlod darsligining yaratilishi lozimligini uqtirishidan iborat, zotan ilgari yaratilgan qo'llanma, risola yoki kitoblar bu kunga kelib o'z qimmatini va ahamiyatini aytarlik yo'qotib bo'lgan deyish fikridan yiroqmiz. Bundan tashqari biz tomonimizdan tavsiya etiladigan mavzular taqsimotini barqaror bir holatga kelgan deb qaramaslik tarafdorimiz. Chunki ushbu taqsimot hali qoralama tarzidagi xomaki rejalar asosida taxminiy tuzilganini ham insof yuzasidan ochiq-oshkora tan olishimiz lozim. Ammo bugungi kunda darslik sifatida foydalanishga yaroqsiz deb topilgan ayrim qo'llanmalarni biz adabiyotlar ro'yxati qismiga kiritishga jazm etdik. Chunki o'sha man etilgan yoki darsliklar o'rnini teng bosa oladigan yangi avlod darsliklarining hali yaritilmaganligi bois ulardan tanqidiy foydalanishni o'rinli deb bilamiz.
"Mumtoz adabiyot janrlari" fani yangi talablar asosida o'kuv jarayoni dasturiga ilova etilib, dars jadvaliga kiritildi. Bu yo'nalish bo'yicha talabalarga ham ma'ruza, ham amaliy mashg'ulotlar olib borish ko'p jihatdan dolzarb muammolarni hal etadi. Ushbu fanni o'tish uchun 20 soat ma'ruza, 16 soat amaliy mashg'ulot, 14 soat seminar va yana mustaqil ta'limga 50 soat ajratilgan. Bu esa butun fanga doir jami mo'ljaldagi mavzularni qamrab olish quvvatiga ega bo'lmasa-da, ma'lum soat yuklamasini qamrab olishi mumkin. Fanning asosiy maqsadi talabalarga mumtoz adabiyot janrlardan saboq berishdir, shu asosda ularda bu borada taassurot olishga ko'maklashishdir. Ma'ruza va amaliy hamda seminar mashg'ulotlari davomida talabalarga mumtoz adabiy janrlardan an'anaviy muqaddimotlar basmala, hamd, tavhid, munojot, na't, me'rojnoma, manoqib, madh va an'anaviy boblar "Kitob nazm etmoqqa sabab", Musannifning vasf ul-holi "Iltimosin aytur", "Xotimat ul-kitob" bilan birga qasida, g'azal, mustazod, Fard, qit'a, musammatlar, tarjibband, tarkibband, noma, soqiynoma, marsiya, munozara, masal, muammo, chiston, ruboiy, tuyuq, nazira, doston, masnaviy, tamsil kabilar xususida ham kengroq ma'lumot berish nazarda tutiladi. Shu asnoda o'zbek mumtoz adabiyoti bisotiga taallukdi asarlar tarkibi va mundarijasida mavjud bo'lgan ayrim notanish adabiy istilohlarga sharh berish ham nazarda tutiladi. Chunonchi, kuzatishlarimiz shuni ko'rsatdiki, "Qisasi Rabg'uziy"da "turkiy", "Guliston bit-turkiy"da "nuqta", "Bangu Chog'ir orasinda munozara"da "misra'", "Gulzor"da "matla'" nomida she'riy parchalar keltiriladi. To'g'ri Alisher Navoiy "Mezon ul- avzon"da turkiy ulus orasida ommalashgan qo'shiq janriga oid tuyug', qo'shuq, arg'ushtak usulida yor-yor, muhabbatnoma, turkiy, mustazod va aruzvoriy (ba'zan arzudoriy), o'zbeklarning budi-budoyi janrlari haqida to'kis ma'lumot berib o'tadi. Rabg'o'ziyning "turkiy", Saroyining "nuqta" (nukta va nuqta atamalari bir narsa) Amiriyning "misra'" Xojaning "matla'" istilohi nomi bilan keltirgan parchalariga murojaat qilsak, ba'zi masalalar ancha oydinlashadi:
Bu biztek katig' kundakim bor bu kun,
Uruldi arig' jong'a turluk tugun.
G'ariblikda erksiz tushub aylanib,
Essiz o'n qarindosh o'larmiz bu kun (turkiy).
* * *
Ul o'zdankim jafo qilmag'a yo'ldoshlari bilan kelsa
Aqlab degul oshiqlarina kiyib konlar to'kar bo'lsa (nuqta).
* * *
Masaldur el aro gurdivu mardi (misra).
Gar alifdek rost bo'lsang, bol ichida tut maqom,
" Lom alifdek bo'lsang egri, bo'l balo ichra mudom (matla').
Mumtoz she'riyat, umuman, mumtoz adabiyot janrlari o'zbek allomalaridan Shayx Axmad ibn Xudoydod Taroziyning "Funun ul-balog'a" (XV asr), Alisher Navoiyning "Mezon ul-avzon", "Muhokamat ul-lug'atayn", "Mufradot", "Majolis un-nafois", "Nasoyim ul-muhabbat", Boburning "Boburnoma", "Mufassal" ("Muxtasar" nomida nashr etilgan) asarlarida tadkik etiladi. Keyingi asrlarda, ayniksa, XX asr boshlarida mumtoz adabiyot janrlarini tadqiq etishga ma'lum e'tibor karatildi. Chunonchi o'zbek professorlaridan A.Sa'diy va A.Fitratlar tomonidan yaratilgan "Amaliy ham nazariy adabiyot darslari" (1924) hamda "Adabiyot qoidalari" (1926) risolalari dikqatga sazovordir. Shuningdek, XX asrning 20-yillarida Vadud Mahmud, Sotti Husayn, Elbek kabi ijodkorlarning ham bu boradagi kuzatuvlari o'sha davr vaktli matbuot sahifalarida e'lon qilib turildi. Masalan, adabiy turlar bahsiga doir Sa'diy, Fitrat va V.Mahmudlarning matbuotdagi munozarali chiqishlari olkishga loyikdir. Masalan Fitrat xalq og'zaki ijodiyoti (fol'klor)ni el adabiyoti, Sa'diy omma adabiyoti va nihoyat V.Mahmud ulus adabiyoti deb atash fikrlarini izhor etadi. Fol'klorning el adabiyoti deb atash ko'p jihatdan maqbul bo'lgan holda Fitrat kamtarlik kilib A.Sa'diyining omma adabiyoti atamasiga muvofiqlik bildiradi. Cho'lpon ham o'zining "Adabiyot nadir" asarida bu masalalarga ozmi-ko'pmi munosabat izhor etadi.
Mumtoz she'riy janrlarni maxsus o'rganish o'zbek adabiyotshunosligida o'tgan asrning 40-50-yillaridan ibtido topdi. Shu tariqa taxlilga jalb etilgan mavzu doir akademik adib Oybek (1905-1968), xassos shoir MShayxzoda (1908-1967), atoqli olim N.Mallaev (1922-1996) larning Alisher Navoiy g'azaliyotiga bog'liq kuzatishlari alohida dikqatlidir. Shu tariqa olimlardan Yo.Ishokov, M.Yunusov va I.Haqqullarning ruboiy, O.Nosirovning g'azal, R.Orzibekovning g'azal va musammat, M.Abduvohidovning munozara, M.Jamolovaning noma, M.Oymatovaning fard janrlariga oid tadkikotlari paydo bo'ldi. M.Mamatkulovning esa turkiy xalqlar adabiyotida janrlar poetikasi haqidagi ilmiy ishi yuqoridagi tadqiqotlar sirasiga ko'shilgan ajoyib ulushligi bilan ajrapib turadi.
Ko'zga ko'ringan atoqli olimlardan akademik V.Abdullaev, V.Zohidov, I.Sulton, B.Valixo'jaev, A.Rustamov, professorlardan P.Shamsiev, N.Mallaev,G'.Karimov, A.Hayitmetov, S.G'anieva, U.To'ychievlar mumtoz she'riyatni tadqik etishda samarali ishparni amalga oshirdilar. Bu borada H.Homidiy, Sh.Abdullaeva, S.Ibrohimova, T.Boboev, S.Jamolov, M.Ziyoviddinov, N.Shukurov, N.Hotamov, Sh.Xolmatov, M.Mahmudov, A.Zunnunov, A.Hojiahmedov, B.Sarimsoqov, E.Xudoyberdiev, V.Rahmonov singari yetuk adabiyotshunoslarning tadkikotlari ham e'tiborlidir. Shuningdek, mumtoz adabiyot atamalari bo'yicha maxsus va zarur lugatlar tuzish ishlari ham yaxshi yo'lga qo'yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |