Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti



Download 272,5 Kb.
bet14/33
Sana19.11.2022
Hajmi272,5 Kb.
#869041
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33
Bog'liq
she\'riy janrar ishchi dastur

18. Noma va nomanavislik. 2 soat.
Noma - fors-tojikcha so'z, ilk kezlar namak, noman shaklida bo'lgan, ushbu so'z xat, maktub, kitob, asar, yo'rlik, bitik ma'nolarini ifodalaydi. Nomalar oshik va ma'shuka yozishmalaridan iborat bo'lib, ichki ishqiy tuygularni, pinhoniy his- hayajon ahvolotini bayon etuvchi, ikki sevishgan dil o'rtasida aloqa vositasi. Ishqiy, sevgi, muhabbat nomalarini boshqa noma nomli she'riy shakllardan hamda adabiy nav va turlardan farqlamok lozim. Noma alohida adabiy tur, uning o'z talablari bor, ilk o'zbek nomasi Xorazmiy "Muhabbatnoma"si (1353) oshik yigitning sevgilisiga yozgan dil izhorlari - nomalaridan iborat. Bu hodisa Xo'jandiy "Latofatnoma" (1411) va Sayid Ahmad Mirzo "Taashshuknoma"" (1437) asarlari uchun ham xos, ularda ham, asosan, maktublar yigit nomidan qizga jo'natilishi yo'sinida yo'l tutiladi. Yusuf Amiriy "Dahnoma" (1420) asarida yigit nomalariga kiz ham nomalar bilan javob beradi, mahbuba bir qadar faollikni o'z ko'liga oladi, tok nomalarning muallifi oshiq yigit, juft nomalarning muallifi ma'shuqa qizdir.
Noma nomlanuvchi adabiy tur dastlab fors-tojitk adabiyotida paydo bo'ldi, Avhadiy Marogiy (1275-1338) "Dahnoma" (1307) va Imod Faqih (1310-1372) "Dahnoma" asarlar shular jumlasidandir. Adabiyotshunos olimlarimiz Avhadiy asarining Xorazmiy "Muxabbatnoma"siga ta'sirini tilga olishadi, aslida esa Avxadiy asarining Amiriy "Dahnoma"siga ta'siri ustuvorrokdir. O’z navbatida Amiriy nomasi Xatoyi (1486-1524) "Dahnoma"siga ilhom bagishlagani yanada marokli jihatlarni namoyon etadi. Shayx Avhaduddin (720) va Shayx Fakih (733) haqida Navoiy "Nasoyim ul-muhabbat"da to'lqinlanib so'zlaydi.


19. She'r unsurlari sharhi. 2 soat.
She'r unsurlari (bular aksar qasida va g’azalga taalluqli): misra' (eshikning bir pallasi), bayt (uy), matla' (quyosh, oy, umuman, yulduzlarning chikish joyi) yoki mabda' (buloqning ko'zi), maqta' (qirqilgan), shox bayt (asosiy g'oyani o'zida tajassum etgan bayt, aksaran matla'), taxallus (xulosa qilish, xalos bo'lish, tamom, tugallash) qofiya (ergashmoq, izidan bormoq), radif (otga mingashmoq), hojib (niqob), raviy - rivo so'zidan (tuyaga yuk ortishda ishlatiladigan arkon), ridf (unlilar urg'usi). Bular ichida raviy ancha o'ziga xoslikka ega, uni aniqlash bir muncha mushohadani tapab etadi: ozor, uzor, mozor, bozor - z- tovushi; xumor, gubor, karor, baror - r- tovushi raviydir.
Rukn (tamal toshi, ustun, sutun, uyning xonalari) - she'r qismlari: birinchi bayt misrasining ilk rukni (ilk qismi) - sadr (birinchi, peshvo, boshlovchi); birinchi bayt misrasining oxirgi rukni (so'nggi qismi) - aruz yoki uruz (zuhur - ko'rinish); birinchi bayt ikkinchi misrasining ilk rukni (ilk qismi) - ibtido (boshlanish); birinchi bayt ikkinchi misrasining oxirgshi rukni (so'nggi qismi) - zarb (bayon qilish) yoki ajuz, goxo ajz (ojizlik); baytning oraliq rukn (qism)lari hashv (bezak) deb ataladi, bu hol jami she'r shakllarining keyingi baytlari uchun ham tegishli.

Download 272,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish