O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi d. N. Mamedova, yu. Sh. Jurayeva gaz ta’minoti tizimi (o’quv qo’llanma) Qarshi – 2021 yil


Мaishiy suyultirilgan gaz asboblarini ishlatishda xavfsizlik qoidalari



Download 4,61 Mb.
bet81/93
Sana31.12.2021
Hajmi4,61 Mb.
#211628
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   93
Bog'liq
Д.Мамедова (o'quv qo'llanma)

Мaishiy suyultirilgan gaz asboblarini ishlatishda xavfsizlik qoidalari.

О‘zbekiston Respublikasining «Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi tо‘g‘risida» Qonuni va О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 10 iyuldagi 323-sonli «Sanoatda, koncxilikda va kommunal maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida» Qaror qabul qilingan.

Aholi turar joylarida yer osti gazо‘tkazgichlarini kо‘zdan kechirib chiqqanda, gazquvurlari trassasida gaz chiqishining tashqi belgilari va asboblar bо‘yicha aniqlanishi, gazо‘tkazgichlarning ikki tomonida 15 metrgacha masofada joylashgan yer osti injener inshootlarining (kommunikatsiyalari) quduqlari va kameralarida, nazoratli quvurchalarida, binolarning yertо‘lalarida, shaxtalarda, kollektorlarda, yer osti о‘tish joylarida asboblar yordamida gaz mavjudligining aniqlanishi, devor usti kо‘rsatgichlari, elektrokimyoviy himoyalanishning inshoot va moslamalarining oriyentrini saqlanganligi aniqlanishi; gaz quvurlar va quduqlarning qopqoqlari qordan, muzdan va loylardan tozalanishi; tuproqning bо‘rtishi, chо‘kishi, о‘pirilishi va erroziyaga uchrashi, gazо‘tkazgichlarda yomg‘ir bilan yuvilishining (chо‘kishi) aniqlanishi; gazо‘tkazgichlarning buzilishlarida ehtiyot qilinishi kо‘zda tutilgan qurilish ishlarida ishlab chiqarish sharoitlari nazorat qilinishi lozim.

Suyultirilgan gazlar bilan ballonlarni tо‘ldirish oquvchi-sо‘ruvchi shamollatgich va gazlanganlik signalizatsiyasi ishlab turganda, plyus 10° S past bо‘lmagan havo haroratida isitilayotgan xonada о‘tkazilishi lozim.

Polda о‘rnatilgan og‘irlikni о‘lchash (tarozilar) moslamalari ayvon tagida, ochiq maydonchalarda joylashishi mumkin. Maydonchada ballonlarni tо‘ldirishga, tashqi havoning minus 20° C dan past bо‘lmagan haroratda ruxsat beriladi.

Gaztо‘ldirish qurilmalarida gaz bosimi tushishidan ehtiyot bо‘lishi avtotsisterna, quvurо‘tkazgichlarning nasos-kompressor bо‘limidan avtotsisterna va ballonlarni tо‘ldirish uchun beriladigan gaz alohida bо‘lishi lozim.

Ballon tо‘ldirish qurilmasining ishlashini rejali tekshirish yilida ikki marta о‘tkaziladi va quyidagilarni о‘z ichiga oladi:

a) berkitish moslamasi ishlarini tekshirish;

b) saqlagich klapanlari ishini oyda bir marta tekshirish;

v) filtrlarni tozalash va kо‘rikdan о‘tkazish;

g) ishqalanadigan qismlarni moylash va salniklarni joylash;

d) tartiblash tо‘sqichlarining zich yopilishini tekshirish;

ye) tashlash klapanining tо‘g‘ri sozlanganligini tekshirish.

Ballonlarning tо‘ldirish qurilmasini ishlatishga quyidagi holatlarda yо‘l qо‘yilmaydi:

a) о‘rnatilgan meyordan bosimning yuqori kо‘tarilishida;

b) saqlagich klapanlarini, manometrlar, nazorat-о‘lchov asboblari va avtomatlashtirish vositalarning nosozligida;

v) tekshirilmagan nazorat-о‘lchov asboblarida;

g) mahkamlash detallarining tо‘liq bо‘lmagan sonida yoki nosozligida;

d) birikmalarda payvandlash choklarining terlashi yoki gaz chiqishida;

ye) bug‘ fazalari quvurо‘tkazgichlarida suyuq fazalarning tushishida.

Ballonlarni tо‘ldirish qurilmalarini ta’mirlash va texnik xizmat kо‘rsatish tayyorlovchi zavodi pasportida kо‘rsatilgan muddat va hajmida bajarilishi lozim.

Tо‘ldirilgan ballonlarni 100 % ga tо‘ldirish nazoratidan о‘tishi kerak.

Gaz bilan tо‘ldirilgandan keyin ballonlar tо‘ldirilganlik darajasi tekshirilishini ta’minlaydigan tarozida tortib kо‘rish va boshqa usullar bilan tekshirilishi kerak.

Ballonlarni tortish uchun nazorat tarozilari har bir smena boshlanishidan oldin tekshirilishi lozim.

Barcha tо‘ldirilgan ballonlar germetiklikka tekshirilgan va tiqinlar bilan berkitilgan bо‘lishi lozim.

Nogermetik ballonlardagi gaz tо‘kib olinishi kerak.

Tо‘ldirish sexidagi ballonlar soni bir soatda tо‘ldiriladigan ballonlar sonining yarmidan oshmasligi lozim.

О‘tish joylarida ballonlarni joylashtirishga yо‘l qо‘yilmaydi.




Download 4,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish