O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi d. N. Mamedova, yu. Sh. Jurayeva gaz ta’minoti tizimi (o’quv qo’llanma) Qarshi – 2021 yil



Download 4,61 Mb.
bet12/93
Sana31.12.2021
Hajmi4,61 Mb.
#211628
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   93
Bog'liq
Д.Мамедова (o'quv qo'llanma)

Nazorat savollari:


  1. Qanday gazlar yonuvchi gazlar qatoriga kiradi?

  2. Qaysi gazlar yonmaydigan gazlar qatoriga kiradi?

  3. Gaz tarkibida qanday zaharli moddalar mavjud?

  4. Xonadagi gazning ruxsat etilgan konsetratsiyasi nechaga teng?

  5. Qaysi gaz eng yengil hisoblanadi?

  6. Gazning issiqlik berish qobiliyati deb nimaga aytiladi?

  7. Odorizatsiya jarayonining vazifasi nima?

  8. Tabiiy gaz qanday hidga va rangga ega?

  9. Normal holatning shartlari qanday?

10. Standart holatning shartlari qanday?
1.2. Gaz quvurlarining tasnifi

Quvurlar to’g’risida umumiy ma'lumot.

Shahar gaz quvurlari – murakkab muhandislik inshootlari bo’lib, iste’molchilarni gaz bilan xavfsiz va usluksiz ta’minlashga xizmat qiladi. Gazlashtirish tizimlarining ishonchli ishlashi loyihalash davrida qabul qilingan gaz taqsimlash sxemasining konstruktiv to’g’ri hal qilinganligiga, hamda bajarilgan qurilish – montaj ishlarining sifatiga bog’liqdir. Shaharlarda gaz quvurlari asosan yer osti usuli bo’yicha o’tkasiladi. Yer ustidan o’tkazish usuli kam qo’llanilib, asosan tabiiy va sun’iy to’siqlarni kesib o’tishida, hamda ayrim iste’molchilar hududida mahalliy sharoitga ko’ra yer osti usulini qo’llash mumkin bo’lmasa, yoki iqtisodiy tarafdan maqsadga muvofiq bo’lmasa, yer usti usuli qo’llaniladi.

Shaharlarning gazlashtirish tizimlari po’lat quvurlardan quriladi. Chunki ular uzun bo’lib, bir-biriga ulash orqali birktiriladi va buning natijasida ulangan joylarning zichligi ta’minlanadi. Yer osti gaz quvurlarni korroziyadan saqlash maqsadida ularga korroziyaga qarshi qoplama o’raladi. Sovuq kunlarda gaz tarkibidagi suv bug’lari kondensatsiya bo’ladi. Kondensat quvurlarning eng past joylarida yig’ilib, gaz yo’lini to’sib qo’yishi mumkin. Buni oldini olish maqsadida quvurlar nishab qilib o’tkaziladi va ularning eng past joylarida kondensat yig’gichlar o’rnatiladi va ular orqali yig’ilgan kondesat vaqti – vaqti bilan chiqarib tashlanadi.

Gaz quvurlarning ayrim bo’laklarida yoki iste’molchilarga gaz berishni to’xtatish uchun gaz quvurlarida kran yoki zadvjkalar yoki past bosimli gaz quvurlarida gidrozatvorlar o’rnatiladi. Yer osti quvurlaridan gaz chiqayotganini aniqlash uchun nazorat naychalari, hamda yer osti quvurlari izolyatsiyaning holatini tekshirish, quvurlarning yerga nisbatan elektr potensiali va ulardagi daydi elektr toklarining yo’nalishi va kuchlanishini aniqlash uchun nazorat punktlari o’rnatiladi.

Gazlashtitish tizimlarida umumiy xarajatning 60% ga yaqin qismini quvurlarning narxi tashkil qiladi. Gazlashtitish tizimlarida asosan po’lat quvurlardan foydalaniladi, chunki po’lat quvurlarning uzunligi katta bo’ladi, va po’lat quvurlarni payvand usulida ulash oson, lekin po’lat quvurlar korroziyaga moyildir. Shuning uchun yer osti quvurlari korroziyaga qarshi qoplama bilan o’raladi.

Qishloq sharoitlarida gazning bosimi 0,3 MPa gacha bo’lsa, yer osti gaz quvurlarida polietilen quvurlaridan GOST 18599 – 73 foydalanish mumkin. Bunda quvurning chuqurligi kamida 1m bo’lishi kerak. Po’lat quvurlar kam uglerodli bo’lishi va yaxshi payvandlanishi kerak.


Po’lat gaz quvurlari turlari

Gazlahtitish tizimlarida quyidagi po’lat quvurlar ishlatiladi:

Choksiz po’lat quvurlar GOST 8732 – 78; d = 45÷325mm. Bu quvurlar yer osti va yer usti gaz quvurlarida ishlatiladi.

Uy ichi gazlahtitish tizimlarida suv – gaz o’tkasuvchi quvurlar GOST 3262 – 75; d = 15; 20; 32; 40; 50 mm.

Elektr payvandlangan to’g’ri chokli quvurlar GOST 10.705 – 80; d=10÷530 mm; GOST 10.706 – 76; d = 630÷1220 mm;

Elektr payvandlangan spiral chokli quvurlar GOST 8732 – 78; d=45÷325 mm.

Gaz quvurlari asosan gazli payvandlash yo’li bilan (quvurning diametri d<50mm bo’lsa), hamda d>50mm, unda rezba yordamida quvurlarni ulash mumkin.

Yer osti gaz quvurlarning minimal diametri d=50 mm dan kam bo’lmaydi. Bundan tashqari, yer osti gaz quvurlari devorining qalinligi kamida 3 mm, yer usti gaz quvurlariniki esa 2 mm bo’lishi kerak.


Polietilеn quvurlar

Yer osti gaz quvurlarini qurilishida, po’lat quvurlarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo’lgan polietilen quvurlar keng qo’llanilmoqda.

Gaz ta’minotining polietilen quvurlari, po’lat quvurlarga kerak bo’lgan maxsus himoyasiz va izolyatsiyasiz bevosita tuproqqa yotqiziladi. Ushbu quvurlarni og’irligi, po’lat quvurlarga nisbatan (bir xil diametrda) 7 marta yengil bo’lib, barabanlarga o’ralgan holda yetkazib beriladi.

Polietilen quvurlar oson payvandlanishi va qirqilishi tufayli ularni montaj qilish ishlarida mehnat unumdorligi kam, hamda po’lat quvurlarga nisbatan ularning tannarxi 2-3 marta past bo’ladi. Gaz ta’minotida bu quvurlarning yuqori darajali plastikligi va uzilishga mustahkamligi ularni g’ovakli tuproqlarda va seysmik aktiv mintaqalarda ishlatishga imkon beradi.

Gaz sohasi yetakchi mutaxassislarining fikriga ko’ra, gaz ta’minotida polietilen quvurlarni keng ravishda qo’llanilishi, gazlashtirish usullarini va sur’atini radikal ravishda o’zgartirishi mumkin.

Polietilen quvurlarni ishlatilishini maqsadga muvofiqligini va yuqori samaradorligini bildiruvchi bir qator afzalliklar mavjud. Polietilen gaz quvurlarning xizmat qilish muddati, metalli quvurlarga nisbatan ancha yuqoridir.

Ularning ishlatish muddati 50 yilni tashkil etadi. Polietilen quvurlarga tuproq korroziyasi ta’sir etmaydi, katodli himoyani talab etmaydi va po’latli quvurlardan 2-4 marta yengil bo’lib, tashishda kamroq mablag’ni talab etadi.
Ishlatilgan gaz quvurlarini ta’mirlashda va yangi quvurli tizimlarni qurilish ishlarida polietilen quvurlarning ishlatilishi, korroziyaga qarshi muammoni pasaytiradi va gaz korxonalarning xavfsizligini oshiradi. Keltirilgan afzalliklarga va ushbu quvurlarni gaz ta’mininotida ishlatilishining jahon tajribaslariga qaramasdan, bu quvurlardan aktiv foydalanishni cheklovchi bir qator omillar mavjud.




Download 4,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish