O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi d. N. Mamedova, yu. Sh. Jurayeva gaz ta’minoti tizimi (o’quv qo’llanma) Qarshi – 2021 yil


I – BOB. SHAHAR VA TURAR JOYLARINING GAZ TA'MINOTI TIZIMLARI



Download 4,61 Mb.
bet9/93
Sana31.12.2021
Hajmi4,61 Mb.
#211628
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   93
Bog'liq
Д.Мамедова (o'quv qo'llanma)

I – BOB. SHAHAR VA TURAR JOYLARINING GAZ TA'MINOTI TIZIMLARI
1.1. Kommunal-maishiy istе'molcxilar uchun gaz yoqilg’isini standart talablari bo’yicha tarkibi va sifati.

Gazlar tarkibi.

Har qanday qanday gaz yoqilg’isi bir qancha oddiy gazlardan tashkil topgan bo’ladi. Bu gazlar ikki qismga bo’linadi: yonuvchi gazlar va yonmaydigan gazlar. Yonuvchi gazlar qatoriga vodorod H2, uglerod CO, metan CH4, etan C2H6, propan C3H8, butan C4H10, pentan C5H12 va boshqa og’ir uglevodorodlar, hamda vodorod sulfid H2S kiradi.

Gazning yonmaydigan qismiga karbonat angidrid CO2, azot N2, kislorod O2 va suv bug’lari H2O kiradi. Yonuvchi gazlarning eng yengili vodorod H2 bo’lib, uning issiqlik berish qobiliyati 10800 kJ/m3 Bu gaz havodan yengil, rangi va hidi yo’q. Bu gaz asosan sun’iy gazlarda ko’p uchraydi. Uglerod oksidining issiqlik berish qobiliyati 12640 kJ/m3. Bu gaz o’ta zaharli bo’lib, uglerodning chala yonishi natijasida hosil bo’ladi. Bu gaz asoan, sun’iy gazlar tarkibida bo’ladi.Bundan tashqari, har qanday yoqilg’ining chala yonishi natijasida ham hosil bo’ladi. Metan gazi CH4 tabiiy gazlarning asosiy qismini tashkil qiladi. Uning issiqlik berish qobiliyati 35840 kJ/m3. Bu gaz rangsiz, hidsizdir va zararsiz. Metan gazi tabiiy gazlarning 90-98 % ini tashkil qilishi mumkin.

Etan C2H6, propan C3H8, butan C4H10 va boshqa uglevadorodlar ham yonuvchi gazlar bo’lib, u asosan, metan gazi ishtirok etgan tabiiy gazlarning tarkibiga uchraydi.

Undan tashqari tabiiy va yo’ldosh gazlarning tarkibida suv bug’lari smola zarrachalari, chang, ammiak, vodorod, vodorod sulfidi uchrab turadi. Vodorod sulfid H2S zaharli bo’lib, odam organizmiga kuchli tasir qiladi, bundan tashqari gaz tarkibidagi suv bug’lari bilan birikib sulfat kislota hosil qiladi va gaz quvurlarining metalini, qozon hamda sanoat pechlarining metall qismlarini yemirib ishdan chiqaradi. Shuning uchun iste’molchiga berilayotgan gazning tarkibida vodorod sulfidning miqdori 2 % dan oshmasligi kerak.

Gazning issiqlik bеrish qobiliyati

Gazning issiqlik berish qobiliyati deb 1m3 gaz yonganda hosil bo’lgan issiqlik miqdoriga aytiladi (kJ/m3).

Issiqlik berish qobiliyati ikki xil bo’ladi: yuqori issiqlik berish qobiliyati va quyi issiqlik berish qobiliyati.

Yuqori issiqlik berish qobiliyati yoqilg’i tarkibidagi vodorod yonganda hosil bo’ladigan suv zarrachalarini bug’lantirish uchun sarf bo’lgan issiqlik miqdorini ham o’z ichiga oladi. Texnik hisoblarda undan foydalanilmaydi.

Quyi issiqlik berish qobiliyatida yonishda hosil bo’lgan suv zarrachalarini bug’latish uchun ketgan issiqlik hisobga olinmaydi.




Download 4,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish