71
1-rasm. Chiqindilarni mexanik va termik qayta ishlash usullari
Ma’lumki, ishlab chiqarish korxonalaridan turli xil chiqindilar va shu bilan
birga zararli moddalar ajralib chiqadi. Masalan, rangli metallurgiya sanoatidan –
rangli metall tuzlari, mashinasozlik korxonalaridan-sianitlar, berilliy birikmalari,
margimush va hokazolar, kimyo – sanoatidan benzin, efir, fenol metilakriat,
stirol, xlorbenzol, katronlar va hokazolar, sellyuloza - qog’oz ishlab chiqarish
korxonalaridan metil spirti, skipidar, fenol va boshqalar, plastmassa va sintetik
kauchuk ishlab chiqarish korxonalaridan davlat standartlariga mos kelmaydigan
mahsulotlar, masalan, g’ijimlangan plyonkalar, turli diametr va uzunlikka ega
bo’lgan sirtida tirqishlar, yorishmalar va g’adir - budirliklari bo’lgan mahsulotlar
yig’ilib qoladi. Bunday chiqindilar suyuq holatda ham, qattiq holatda ham
bo’lishi mumkin. Ularning turlari nihoyatda ko’p, xavflilik darajalari xilma-xil,
yillar davomida sekin-asta yig’ilib, nafaqat atmosfera havosini, balki yer osti
suvlarini ham ifloslantiradi. Bundan tashqari, qattiq va suyuq chiqindilar
guruhiga sanoat korxonalari chiqindilaridan tashqari, gung, uy-ro’zg’or va
shahar chiqindilari ham kiradi. Ularning hajmi, tarkibi, mexanik, fizik, biologik
va kimyoviy xossalari, shuningdek, yig’ilish me’yorlari ham har xil bo’lishi
mumkin. Hozirgi paytda sanoat korxonalarining eng asosiy muammolari
texnologik jarayonlarni takomillashtirish, chiqindilar miqdorini kamaytirish,
xom-ashyolarni va yoqilg’ilarni tejash, ishlab chiqarishda isrofgarchilikka yo’l
qo’ymaslik
chora-tadbirlarini
ishlab
chiqish,
yuqori
unumli
yangi
texnologiyalar, chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalarni amalga joriy
72
etishdan iboratdir. 12.1.007–76 DAVAN bo’yicha sanoat chiqindilari ularning
zaharliligi va tashqi muhitga xavfliligi yuzasidan 4 guruhlarga bo’linadi:
1.Favqulodda xavfli. Bu guruhga asosan zaharli gazlar va suyuqliklar kiradi.
2.Juda xavfli. Chiqindilar tarkibidagi simob, margimush, xrom, qo’rg’oshin,
azot, tuz va boshqalar o’zining xavfliligi bilan ushbu guruhga to’g’ri keladi.
3.O’rtacha xavfli. Chiqindilar tarkibidagi mis sulfati, misning shavel
kislotali tuzlari, nikelning xlorli tuzlari, qo’rg’oshin oksidi va boshqalar o’zining
xavfliligi bilan ushbu guruhga to’g’ri keladi.
4.Kam xavfli. Chiqindilar tarkibidagi fosfatlar, marganes, ruxning sulfat
tuzlari va boshqalar ushbu guruhga mansubdir.
Keyingi yillarda zararli chiqindilardan xalq xo’jaligida foydalanish chora-
tadbirlari ishlab chiqildi. Buning uchun gigiyenik qoidalarga amal qilinadi,
chiqindilardan aholi sog’ligiga va atrof-muhitga zarar yetmagan holda
foydalaniladi.
Sanoat chiqindilari mineral va organik o’g’itlar, qurilish materiallari va ba’zi
bir mahsulotlarni tayyorlashda xom-ashyo sifatida ishlatiladi. Masalan, kimyo
va neft sanoati korxonalaridan chiqadigan kuyqum (shlam) lar qoldiq
qatlamlarining 1 mln tonnasi qayta ishlansa, undan 4300 tonna kobalt olish
mumkin. Metallurgiya kombinatlari toshqol (shlak) laridan va issiqlik energiyasi
ishlab chiqaradigan korxonalarning chiqindi kullaridan mineral o’g’itlar, sement
va nihoyatda o’tga chidamli mineral tolalar olish mumkin. Ularning beton
quyish uchun to’ldirgich sifatida ishlatish mumkin, ulardan kislotalar ta’sirida
chidamli izolyasiya materiallari tayyorlash mumkin. Sanoat chiqindi suvlarini
ma’lum me’yorlarda qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orish maqsadlarida ishlatsa
bo’ladi. Ammo sanoat miqyosida shunday chiqindilar ham bo’ladiki, ulardan
foydalanishning iloji yo’q. Ularni yoqish yoki qizdirish usullari bilan
zararsizlantiriladi va mo’ljallangan proligonlarda ko’miladi. Axlatlar tarkibidan
temir, plastmassa, toshlar, shishalar va boshqa qattiq materiallar ajratib
olingandan keyin, ular uzunligi 60 m va diametri 4 m bo’lgan aylanuvchi
73
barabanga solinadi. Ushbu biobarabanda axlatlar aralashtiriladi, 1-3 kundan
keyin ma’lum darajada namlik beriladi va biokimyoviy jarayonlar natijasida
harorat 50-60°S gacha yetadi. Ushbu harorat ta’sirida mikroorganizmlar
faoliyati tufayli axlatlar kompostga aylanadi. Hozirgi paytda sanoati rivojlangan
mamlakatlarda sutkasiga 600-700 tonna axlatlarni yondiruvchi zavodlar
qurilmoqda. Bunday zavodlarni aholi turar joylaridan 300-500 m uzoqroq
masofalarga ko’rish mumkin, chunki ularning o’chog’ida chiqindilar 1000-
1300° S atrofida yonadi va axlatlar bunday yuqori haroratda yonganda tutun
chiqmaydi, kuli esa chang ushlagich qurilmalari yordamida ushlab qolinadi.
Hosil bo’lgan issiqlikdan hammomlarda, korxonalarda va elektr energiyasi olish
uchun ishlatiladi.
Agar chiqindilar o’ta zaharli (simob, margimush, sariq fosfor, sinil kislotasi)
va suvga eruvchan bo’lsa, unda ular yerda kovlangan o’ralarda devori 10 mm
qalinlikda tayyorlangan konteynerlar bilan birga ko’miladi. O’raning tagi, usti
va ikkala yon tomonlari betonlashtirilgan bo’ladi. O’ralar 2-2,5 m qalinlikda loy
bilan to’ldiriladi, keyin o’simliklarni o’stirish uchun tuproq tortiladi. Agar
chiqindilar yonuvchan bo’lsa va ularni qayta ishlash qiyin bo’lgan holatlarda
chiqindi suvdan ajratib olinadi, yondirish o’choqlariga yuboriladi va forsunkalar
yordamida havo berib yondiriladi. Chiqindilarni yondirish o’chog’larida harorat
1300°S ga yetadi va bunday issiqlik energiyasidan foydalanish mumkin.
Biotexnologiya soxasidagi agrosanoat chiqindilarini agro utilizasiya qilish
bo’yicha so’nggi ishlanmalarda yangi qishloq xo’jalik (agro) chiqindilari
aniqlandi, ularni yuqori qimmatli turli biologik maxsulotlarni mikrobli
prolifirasiyada qo’llash mumkin, bu sanot obyektlarida, va atrof muxitga
foydali. Bir yilda butun dunyoda taxminan 1.6 milliard tonna agro chiqindi xosil
bo’lishi ma’lum. Bunday chiqindilar keltirib chiqargan ekologik naslni xisobga
olinsa, va ularning ko’pligi sababli, ilmiy izlanishlar ushbu chiqindilarni
qimmatli qo’shimchalarga aylantirishga qaratilganligi maqsadga muvofiqdir.
Agrochiqindilarni kimyoviy va ozuqaviy tarkibini o’rganish shuni ko’rsatdiki,
74
ularning ba’zilari mikroorganizmlarni o’stirish uchun mos substrat ekanligi
aniqlandi.
2
Atrof muxitni bioremediasiyasi ilovalarida, mikroorganizmlarni bioplenka
xosil bo’lishi uchun, makro va mikroelementlar bilan ta’minlash maqsadida
qattiq agro chiqindilar ustiga xam ekilishi mumkin, bunda ifloslantiruvchi
moddalarni solyubilizasiya va biodegradasiyasi uchun mikroorganizmlarning
metabolik aktivligi oshadi, ularning ba’zilari insonning potensial konserogeni
xisoblanadi. Ananaviy substratlar paradigmasidan voz kechish, misol uchun
rafinasiyalangan glyukozadan noodatiy substratlarga o’tish, masalan
agrosanoatning qattiq agro chiqindilarga o’tish katta masshtabdagi jarayonlarni
ekspluatasiya xarajatlarini ancha arzonlashtiradi.
3
Sanoat biojarayonlardagi eng
katta xarajatlar ozuqaviy moddalarga ketadi, chunki fermentasion muxit bijg’ish
jarayonida xarajatning katta qismini talab etadi. Mos keluvchi agro chiqindilar,
masalan apelsin po’stlog’i, olma siqimi, bug’doy kepagi, shakarqamish qoldig’i,
soya kunjarasi, chiqindilar achitqisi, shuningdek beta-vulgar, mikrob o’sishi va
metabolitlar sintezini ta’minlash aniqlangan, ular mos sharoitlarda reaksiya
sonini katalizlashi mumkin.
Oqava suvlarning asosiy ifloslantiruvchi moddasi sianida xisoblnadi. Bu
asosan inson faoliyati sabab, ko’p sonli sanoat yo’nalishlaridan chiquvchi sanoat
chiqindilari sifatida ajralib turadi. Sianidni cho’kmaga tushishini boshqa
antropogen manbaasi bu neft va uni qayta ishlashdan xosil bo’ladi. Tabiiyki,
neft kabi uglerod moylari o’zida sianid birikmalarini tutadi, bu birimalar termik
kreking paytida metallar bilan reaksiyaga kirishib, sianid kompekslar xosil
bo’lib, oqava suvarida yuqori darajaga chiqadi. Ko’plab sianid komplekslari
juda beqaror bo’ladi, bunga sabab termik beqarorlik bo’lib, bunda yuqori
xaroratda atrof muxitga erkin sianid ajralib chiqadi. Rivojlnatgn sanoat
tumanlarinidagi obyektlardagi sianid konsentraiyasi, sianid konsentrasiyasi 21.6
2,3
Deniz Ekinci “Biotechnology” Croatia, 2015
75
mg dan ko’p bo’ladi. Sianid ta’siri malumki inson organizmida nevrologik
kasalliklar va qalqonsimon bez kasallanishiga olib keladi; bundan xulosa qilish
mumkinki, bioremediasiya uchun qayta tiklanuvchi resurslar (agro chiqindilar)
va boshqalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir, atrof muxitda cho’kmaga
tushgan sianidni bioremediasiya qilishning barqaror va samarali usulini
ta’minlash muxim xisoblanadi.
Sianid va uni komplekslrini parchalash uchun amaliyotda qo’llab
kelinayotgan oddiy usullardan biri bu vodorod peroksidini katalizlovchi metallni
qo’llash va jarayonlarni ishqoriy xlorlash, shuningdek yo’q qilish uchun ion
almashinuvchi smola qo’llashdir. Bu usul samarali bo’lsada, ba’zi kamchiliklari
mavjud, bular jiddiy muammo tug’dirishi mumkin. Davolashda qo’llaniladigan
reagentlarning xaddan ziyodligi xam atrof muxitni qo’shimcha ifloslantiradi,
shuningdek ekspluatasiya xarajatlarini oshiradi. Bundan tashqari munisipal
qonunlar sababli ba’zi davlatlarda kimyoviy metodlardan katta masshtablarda
foydalanishga yo’l qo’yilmaydi. Oqava suvlardagi sianidning keraksizligini
xisobga olsak, agar mavjud bo’lsa, uning konsentrasiyasi 0.01 mgdan oshmasligi
kerak. Shu sababli, sianidni degradasiya qilishda biotexnologik jarayonlarni
qo’llash maqsadga muvofiq xisoblanadi.
Aniqlanishicha ba’zi mikroorganizmlar, suv o’tlari, bakteriyalar va
zamburug’lar, erkin sianid komplekslari va chiqindi moddalarni parchalovchi
fermentlarni ishlab chiqishi ko’rsatilgan. So’nggi davrlardagi tadqiqotlar shuni
ko’rsatdiki, sianidni biodegradasiya qilishda Klebsiella sp., Pseudomonas sp.,
Do'stlaringiz bilan baham: |