N. uzyer yuzida har kuni 11 250 000 tonna chiqindi hosil bo‘ladi. Bu 3 kilometr balandlikdagi chiqindi «tog‘i»​ degani



Download 9,07 Kb.
Sana18.11.2019
Hajmi9,07 Kb.
#26262
Bog'liq
shigindisiz kun.uz

N.UZYer yuzida har kuni 11 250 000 tonna chiqindi hosil bo‘ladi. Bu 3 kilometr balandlikdagi chiqindi «tog‘i»​ degani. Biz xarid qilayotgan mahsulotlarning 99 foizi iste'mol muddatiga 6 oy to‘lmay, chiqindi qutisidan joy olmoqda. Dunyo aholisi har yili 1,5-2 foizga, ishlab chiqarilayotgan chiqindi miqdori esa 6 foizga ortib bormoqda. Bu yaqin kunlarda Yer kurrasi katta chiqindixonaga aylanishi mumkin, degan gap. Albatta, chiqindi paydo bo‘lishini butunlay to‘xtatib bo‘lmaydi. Ammo hosil bo‘layotgan chiqindi ko‘rsatkichini kamaytirish, ularni qayta ishlash, tabiiy resurslar sarfini kamaytirish, chiqindilarni to‘g‘ri yo‘qotishning muqobil yo‘llarini ishlab chiqish imkoni har doim mavjud.Aholisi salomatligi, tabiat muhofazasi haqida qayg‘uradigan har bir mamlakat chiqindini qayta ishlash bo‘yicha strategik davlat siyosatini ishlab chiqqan. Chiqindini utilizatsiya (qayta ishlash) qilish uchun, avvalambor, uni saralash (plastik alohida, karton va qog‘oz alohida, organik moddalar alohida) kerak. Bu tizimning qanday ishlashini dunyoning eng ekologik toza davlati Shveytsariya va eng rivojlangan mamlakat hisoblangan Singapur misolida ko‘rib chiqamiz.Shveytsariyada yangi uy-joyga ko‘chib o‘tgan xonadon egasiga chiqindi bilan qanday munosabatda bo‘lish, nimani qachon va qayoqqa tashlash kerakligi batafsil bayon etilgan qo‘llanma pochta orqali jo‘natiladi. Har bir xonadonda chiqindi turiga qarab, uni saralash uchunmaxsus konteyner mavjud. Bunday konteynerlar rangiga qarab tasniflanadi. Qayta ishlanadigan chiqindialohida ajratiladi, qayta ishlanmaydiganini esa donasi 2frank (16 400 so‘m) turadigan xaltalarga solib, maxsus belgilangan joyga olib borib tashlash talab etiladi. Chiqindi tashlash punktiga borish uchun ham alohida ruxsatnoma olish kerak (bunday ruxsatnomani esa mahalliy ma'muriyat chiqindi uchun soliqni to‘lagan fuqarolargagina beradi). Jamoat chiqindixonalarida hamma narsa batartib joylashtirilgan. Eski kiyim va poyabzallarni qo‘yish uchun ustiga «katta rahmat» yozuvi tushirilgan idish ajratilgan (ular uysizlar va muhtojlarga tarqatiladi). Shveytsariyada chiqindining 80 foizi to‘la qayta ishlanadi. Ruxsat etilmagan hududga chiqindi uloqtirgan shaxs katta miqdordagi jarimaga tortiladi.Aholiga ekomadaniyat, chiqindilarni to‘g‘ri ajratish haqida ma'lumot maktab chog‘idanoq beriladi. O‘quvchilar «Penoplassni qayoqqa tashlash kerak?» «Plastik qay tarzda utilizatsiya qilinadi?» kabi mavzularda insholar yozishadi.Singapurda ham chiqindilarni ajratish tizimi 2014 yilda to‘la yo‘lga qo‘yilgan. Unga ko‘ra, barcha ko‘p qavatli uylarda ikkita chiqindi quvuri mavjud. Har bir xonadonning oshxonasida bu quvurga darcha ochiladi. Quvurning bittasiga qayta ishlanadigan mahsulotlar (shisha, plastik, qog‘oz va karton), ikkinchisiga qayta ishlashga yaroqsizlari tashlanadi. Mustahkam himoyalangan quvurlar ortiqcha noxush hidlarning paydo bo‘lishiga va hasharotlar to‘planishiga yo‘l qo‘ymaydi.Quvurlar yerosti yo‘li orqali markaziy va yagona chiqindixonaga boradi. Bu usulning amaliyotga tatbiq etilishi chiqindini tashish uchun sarflanadigan yo‘l xarajatlarining sezilarli qisqarishiga sabab bo‘lgan. Utilizatsiyaga yaroqli chiqindilar qayta ishlanadi, yaroqsizlari esa yoqiladi, undan qolgan kuyindi Singapurdan 8 km uzoqlikdagi Semakau sun'iy oroliga olib borib tashlanadi. Bu orol bir qarashda hecham chiqindi poligoniga o‘xshamaydi. Suvni ifloslantirmaslikuchun orol maxsus to‘rdevor bilan o‘ralganiga qaramay,bu yerdagi suv va havoning tozaligi muntazam ravishda monitoring qilinadi. Orolning atrofida mahalliyaholi bemalol cho‘milishi va baliq ovlashi mumkin.Albatta, chiqindilar uyumiga qarshi kurashish va toza shaharni barpo qilishda ekomadaniyat targ‘iboti yuqori bo‘lishi lozim. O‘zbekistonda chiqindini qayta ishlash sohasida biror amaliy ishlar boshlanganmi? O‘zbekiston atrof-muhit va ekologiyani muhofaza qilishdavlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Oybek Ahadjonovning aytishicha, mamlakatda 10 yilga mo‘ljallangan​ «Maishiy chiqindilarni kompleks boshqarish» strategiyasi ishlab chiqilmoqda.«Noyabr oyida uning so‘nggi tahrir ishlari yakunlanadi. Shaxsan o‘zim Germaniya, Janubiy Koreya va Xitoy kabi rivojlangan davlatlarning chiqindini qayta ishlash borasidagi tajribasini o‘rganib keldim, ularning ijobiy yutuqlari bizning strategiyaga ham kiritilgan. Chiqindiniutilizatsiya qilish uchun avvalambor uning morfologiyasini o‘rganish kerak. Shunga ko‘ra, maqbul texnologiya tanlanadi. Maishiy chiqindi masalasi uch bosqichda hal qilinadi. Dastlab chiqindi hosil bo‘lishini kamaytirish. Bunga ko‘ra, 40 mikrongacha bo‘lgan polietilen paketlarni ishlab chiqarish va import qilish taqiqlandi. Chunki ular utilizatsiya uchun yaroqsiz. Shuningdek, keyingi yili depozit tizimini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan, ya'ni mahsulot ishlab chiqaruvchisi o‘z mahsulotining chiqindisini qabul qilib oladi va utilizatsiyasini ta'minlaydi.Ikkinchi bosqich chiqindilarni hosil bo‘lgan joyida saralash bo‘lib, qayta ishlanadigan, qayta ishlanmaydigan va zaharli moddalarni alohida ajratishni 2020 — 2021 yilgacha to‘la yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.So‘nggi bosqich qayta ishlash. Bunda hozirda respublika bo‘yicha mavjud 221ta chiqindi poligonlarini kamaytirish hamda bevosita poligonlarning o‘zida chiqindini qayta ishlash keyingi 3 yilda ta'minlanadi», deydi u. Qo‘mita raisi o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, har yili maishiy chiqindi masalasi uchun davlat byudjyetidan 200 mlrd so‘m ajratilmoqda. Tizimni rivojlantirish uchun davlat-xususiy sherikchiligi asosida tadbirkorlar bilan hamkorlik qilish masalasi ham dolzarb ahamiyatga ega.«Hozirgi kunda bir necha chiqindi yig‘ish maydonchalarida qog‘oz va plastik uchun alohida konteynerlar o‘rnatilgan. Bu tizim sinov tariqasida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ijobiy natija ko‘rsata boshlagach, butun respublika bo‘ylab ishga tushadi. Bu maydonchalarda doimiy ravishda nazorat olib boruvchi xodimlarning bo‘lishi ham aholining bu ishga mas'uliyatbilan yondashishini ta'minlaydi», deydi​ «Maxsustrans» davlat-unitar korxonasi raisi birinchi o‘rinbosari Sherzod Kattaxo‘jayev.Respublika bo‘yicha 184ta chiqindini qayta ishlash korxonasi mavjud bo‘lib, ularda qog‘oz va plastikning barcha turlari, qurilish materiallari to‘la utilizatsiya qilinishi nazarda tutilgan. Kattaxo‘jayevga ko‘ra, noyabroyining boshlarida chiqindi presslash stansiyalarining birida sinov tariqasida chiqindini ajratish uskunasi hamishga tushadi. Bunday uskuna o‘zini oqlasa, utilizatsiya uchun xom ashyo masalasi hal bo‘lardi.Ma'lumot uchun:shisha mahsulotlari — 1 mln yil;rezina — 80 yil;konserva — 100 yil;charm — 50 yil;neylon — 40 yil;polietilen — 20 yilda chiriydi.Yuqoridagilarni inobatga oladigan bo‘lsak, chiqindini ajratish va uni qayta ishlash masalasini imkon qadar tezroq va samaraliroq hal etish zarurati namoyon bo‘ladi. Aks holda, «global chiqindixona»ning kengayishiga hissa qo‘shib, uning sharoitida yashashimizga to‘g‘ri keladiL
Download 9,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish