O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi d. Q. Maksumova g’. U. Qobilov



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/71
Sana31.12.2021
Hajmi1,57 Mb.
#214120
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   71
Bog'liq
ekologik biotexnologiya

 
 
 


63 
 
Nazorat savollari  
1.  Tuproq mikrobbiotexnologiyasi deganda nimani tushinasiz? 
2.  Tuproqshunoslik fanining asoschilari haqida ma’lumot bering  
3.  Tuproqda mikrob senozi deganda nimani tushinasiz? 
4.  Gerbesidlarning  vazifasi nimalardan iborat? 
5.  Tuproqning meliorativ holati deganda nima iushinasiz? 
 


64 
 
7- MAVZU 
SHAHAR MAISHIY VA QATTIQ CHIQINDILARI UTILIZASIYASI 
VA IKKILAMCHI MAXSULOTLAR OLISH 
 
Ekologik  muammolarni  keskinlashuvi,  qayta  tiklanmaydigan  energiya 
zahirasining  tobora  kamayib  borishi,  ularning  tan  narxi  oshishi,  organik 
chiqindilarni  qayta  ishlash,  ularni  issiqlik  va  boshqa  turdagi  energiyaga 
aylantirish  muammosini  tezroq  hal  qilishni  biotexnologiyaning  eng  dolzarb 
masalalari  qatoriga  ko’tarib  qo’ydi.  Ma’lumki,  hayvonlar  o’simliklar  asosida 
yaratilgan ozuqa energiyasini qiyin hazm qiladi va ularning yarmidan ko’prog’i 
organizmga  so’rilmasdan  axlat,  go’ng  holatida  chiqib  ketadi.  Eng  avvalo 
hayvonlardan  chiqqan  bu  chiqindidan  organik  o’g’it  sifatida  foydalaniladi. 
Shuningdek,  ushbu  chiqindilardan  energiya  manbai  sifatida  foydalansa  bo’ladi. 
Rivojlangan  mamlakatlarda  yirik  shoxli  xayvonlar  yirik  fermalarda  va 
komplekslarda  to’planib,  boqiladi.  Bu  esa  boshqa  mahsulotlar  qatori  ularning 
chiqindilaridan  atrof-muhitni  ifloslantirmasdan  foydalanish  imkoniyatini 
yaratadi.  Hayvon  axlatlaridan  va  oqova  suvlaridan  oqilona  foydalanishni 
yo’llaridan  biri  ularni  anaerob  sharoitda  bijg’itishdir.  Bu  jarayonda  axlatni 
zararsizlantirilib,  bir  vaqtni  o’zida  uni  eng  muhim  organik  o’g’itlik  sifatini 
saqlab  qolgan  holda,  undan  biogaz  olish  mumkin.  Metanli  bijg’itish  yoki 
biometanogenez  –  biomassani  energiyaga  aylantirish  jarayoni  qadim-
qadimlardan  ma’lum  bo’lgan  jarayondir.  U 1776-yilda  Volta  tomonidan 
ochilgan bo’lib, dastlab u botqoqlardagi gazda metan borligini aniqlagan. Mana 
shu  jarayonda hosil bo’ladigan biogaz  65%  metan, 30% karbonat  angidrid, 1% 
oltingugurt kislotasi (H
2
S) va unchalik ko’p bo’lmagan miqdorda azot, kislorod, 
vodorod va uglerod ikki oksidi saqlaydi. Botqoq gazi, ba’zida klar-gaz ham deb 
yuritiladi,  ko’k-  havo  rang  berib  alangalanadi,  hid  chiqarmaydi.  Uni  tutun 
chiqarmasdan  alangalanishi  insonlarga  o’tin,  hayvonlar  tezaklari  va  boshqa 
yoqilg’ilarga nisbatan kamroq tashvish tug’diradi. 28 m

 biogaz energiyasi, 16,8 


65 
 
m
3
  tabiiy  gaz, 20,8 l  neft  yoki  18,4  l  dizel  yonilg’isiga  tengdir.  Organik 
chiqindilarni  anaerob  bijg’itishga  asoslangan  tozalash  inshootlarini  birinchisi 
1895 yilda Angliyani Ekzeger shahrida qurib ishga tushirilgan edi. Bu inshootni 
sanitariya  vazifasidan  tashqari  ko’chalarni  yoritish  uchun  elektr  energiyasi 
tayyorlash  sarf  bo’ladigan  biogaz  ishlab  chiqarish  bo’lgan.  Chiqqindilarga 
anaerob  ishlov  berish  uzoq  vaqt  suv  tozalash  stansiyalarini  cho’kmalarini  va 
chorvachilikni  chiqindilarini  mo’tadillash  maqsadida  ishlatib  kelingan.  Ammo, 
1970  yillardagi  energiya  tangligi  tufayli  qishloq  xo’jalik  hayvonlari 
chiqindilaridan biogaz ishlab chiqarish g’oyasiga jiddiy qaraladigan bo’ldi. 
Atrof-muhitni  ishlab  chiqarish  va  iste’mol  chiqindilaridan  muhofaza  qilish, 
tabiiy  resurslardan  oqilona  va  kompleks  foydalanish  hamda  ekologik  toza 
texnologiyalarni  amaliyotga  tatbiq  etish  muammolari  bilan  o’zviy  bog’liqdir. 
Energetika,  rangli  va  qora  metallurgiya,  kimyo  sanoati  va  qurilish  industriyasi 
obyektlari  chiqindilarni  hosil  qiluvchi,  atrof-muhitni  ifloslantiruvchi  asosiy 
manbalar  hisoblanadi.  Shu  bilan  bir  vaqtda  chiqindilar  tarkibida  ko’pincha 
foydalanishga  yaroqli  ikkilamchi  resurslarning  yuqori  ulushi  mavjud  bo’ladi. 
Shahar  aholisining  o’sishi,  cheklangan  hududda  sanoatning  to’planishi  aholi 
istiqomat 
qiladigan 
hududlarda, 
ayniqsa 
yirik 
shaharlarda 
ekologik 
sharoitlarning  yomonlashuviga  sabab  bo’lmoqda.  Shaharlarda  qattiq  maishiy 
chiqindilar (QMCh) va katta o’lchamli axlatlar (KO’A)  yig’ilmoqdaki, ular o’z 
vaqtida  va  to’g’ri  olib  chiqilmasa  hamda  zararsizlantirilmasa,  atrof  tabiiy 
muhitni  jiddiy  ifloslantirishi  mumkin.  Shaharlarning  har  yerlarida  paydo 
bo’ladigan,  yomon  tashkil  etilgan,  ba’zan  esa  betartib  ravishda  hosil  bo’lgan 
axlatxonalar  atrof-muhit  ifloslanishining  jiddiy  manbai  bo’lib  qolmoqda. 
Rivojlangan  mamlakatlarda  qattiq  maishiy  chiqindilar  (QMCh)ga  bo’lgan 
munosabat  tahlillari  shuni  ko’rsatmoqdaki,  mazkur  sohada  QMCh  ni  ko’mish 
poligonlarining  kamayish  tendensiyalari  kuzatilmoqda  va  chiqindilarning  ko’p 
qismi ikkilamchi xom ashyo sifatida qayta ishlashi  sanoati  uchun foydalaniladi. 
MDH  mamlakatlarida,  jumladan  Ukraina  misolida  quyidagi  ma’lumotlarni 


66 
 
keltirish  mumkin,  ya’ni  “axlat  Everesti”  sifatida  maishiy  chiqindilar  taxminan 
10 mln. tonnaga o’sadi. Axlatlar 700 dan ortiq yirik qonuniy va 1000 ta kichik 
QMCh poligonlarida, lekin tartibsiz to’planadi.  

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish