Metanogenezning:
Birinchi bosqichida, hujayradan tashqaridagi gidrolitik fermentlarni ta’siri
hisobidan, bijg’uvchi massaning deyarli barchasi (lignindan tashqari) qisman
parchalanadi. Metanli bijg’ishni bu bosqichida unchalik ko’p bo’lmagan
miqdorda kislorod ishtirok etishiga ham ruxsat etiladi.
Ikkinchi bosqichda, fermentasiya fazasida past molekulali shakarlar, asosan
monomerlar va boshqa organik birikmalar (polimer substratlarni fermentativ
gidrolizidan hosil bo’lgan moddalar), n-butanolga, propanolga, etanolga, aseton
va boshqa birikmalarga aylanadilar. Bu bosqichda kislorod jarayonni bo’g’ib
qo’yadi, demak uning ishtiroki butunlay mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |