O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika instituti gumanitar fanlar fakulteti


Qochonkim gʻamzasi koʻzlab oʻqin kirpiki kezlosa



Download 80,16 Kb.
bet6/22
Sana18.03.2022
Hajmi80,16 Kb.
#500458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Sakkokiy – qasidanavis

Qochonkim gʻamzasi koʻzlab oʻqin kirpiki kezlosa,
Qora qoshlaridan paydo boʻlur ushshoqning yosi,
deydi.
Sakkokiy gʻazallarida keltirilgan koʻpgina badiiy tasvirlar va oʻxshatmalarni Alisher Navoiy, Bobur va boshqa shoirlarning gʻazallarida ham uchratish mumkin.
Sakkokiy faqat lirik sheʼrlar yozish bilan cheklanib qolmay, yuqorida aytganimizdek, goʻzal qasidalar yozdi va bu qasidalar u yashagan va ijod etgan davrdagi ijtimoiy hayot bilan chambarchas bogʻlanib ketgan.
Sakkokiy Ulugʻbekka atab yozgan qasidasidagi yana bir misraga eʼtiborni qaratsak, foydadan xoli boʻlmas:
Raiyat qoʻy erur, Sulton anga choʻpon yo boʻri,
Boʻri oʻlgayu qoʻy tingʻay, chu Musotek shubon keldi,
deb yozadi.
Bu bilan Sakkokiy oʻsha davrdagi hukmdorlar haqida fikr yuritadi va adolatli hukmdorlarni choʻponga, adolatsiz hukmdorlarni boʻriga oʻxshatadi.
Ulugʻbek davlat tepasiga kelishi voqeasini shoir quyidagicha ifodalaydi:
Jahondin ketti tashvishu mabodoyi amon keldi,
Xaloyiq aysh eting bu kun, sururi jovidon keldi.
Tan erdi bu ulus barcha, aningtek joni bor yo yoʻq,
Bihamdilloh, oʻgʻon fazli bila ul tanga jon keldi.
Ulugʻbekka bagʻishlab yozilgan qasidada xalq, ulus, raiyat, omonlik, surur, adolat soʻzlari koʻp uchraydi. Bundan koʻrinib turibdiki, zamonasining ilgʻor fikrli kishisi sifatida buyuk shoir Sakkokiy xalq ahvolini oʻylagan hodda, Ulugʻbekdek maʼrifatli hukmdorni davlat tepasiga kelishi xalq uchun yaxshi ish boʻlganligidan mamnun ekanligini izhor etgan.
Shunday qilib, hazrat Alisher Navoiy aytganlaridek, Mavlono Sakkokiy ajoyib lirik sheʼrlar va betakror qasidalar ijod etgan hamda oʻzbek mumtoz adabiyotining ravnaq topib, gullab yashnashiga maʼlum hissa qoʻshgan buyuk shoirlardan biri sifatida tarihda muhrlandi.
Sakkokiy G'azallari - Mumtoz she’riyatda g’azal shoirning salohiyati ko’lamini anglatuvchi asosiy janr hisoblangan. Har bir ijodkorning maqomi uning g’azalchilikdagi mahorat darajasi bilan belgilangan. Shuningdek, devon tuzishda ham g’azal alohida mavqe kasb etgan. O’tmishda g’azal yozmagan ijodkorning devon tartib berishi mumkin bo’lmagan.

SAKKOKIY G’AZALLAR VA QASIDA


Sakkokiy Sohibqiron Amir Temur va temuriylar davrida yashab ijod qilgan shoirlardan biridir. Uning devoni qo’l yozma holiday saqlanib qolgan. Shoir yozgan qasidalar uning qachon yashagani haqida ma’lumot beradi. Xususan, temuriyzodalar Xalil Sulton bilan Mirzo Ulug’bekka bag’ishlagan qasidalari shoirning taxminan 14-asrning 70-80-yillarida tug’ilib, 15-asrning o’rtalarida vafot etganidan ma’lumot beradi.
Alisher Navoiyning “Majolisun nafois”da yozganidan bo’lak “Xutbai davovun”da ham Sakkokiy haqida shunday ma’lumotlarini qoldirgan: “…uyg’ur iboratining fusahosidin va turk alfozining bulag’osidin Mavlono Sakkokiy va Mavlono Lutfiykim,birining shirin ab’yoti ijtihodi Turkistonda beg’oyat va birining latif g’azaliyoti intishiori Iroq va Xurosonda benihoyatdurur, ham devonlari mavjud bo’lg’ay”.
Alisher Navoiyning ushbu bahosi Sakkokiyning o’z zamonasida juda mashhur bo’lganini hamda she’riyatining xalq va ijod ahli orasida keng yoyilganini ko’rsatadi. Sakkokiy – adibning taxallusi. Uning nomi ma’lum emas. «Sakkokiy»ning ma’nosi «pichoqchi» demakdir. Bu adib shug’ullangan kasbga ishora. Sakkokiyning tug’ilgan va vafot etgan yillari ma’lum emas. Ammo u yozgan asarlar orasida bir necha qasidalar mavjud. Bu qasidalar aniq bir tarixiy shaxslarga bag’ishlangan. Ular orasida Xalil Sulton, Arslon Xo’ja Tarxon, Xo’ja Muhammad Porso va Ulug’beklar bor.
Ma’lumki, Xalil Sultonning hukmronlik yillari 1405–1409- yillarga to’g’ri keladi. Arslon Xo’ja Tarxon Ahmad Yugnakiyning«Hibat ul-haqoyiq» asarini ko’chirtirgan shaxs sifatida tarixda qolgan. Bu voqea 1444- yilda Samarqandda sodir bo’lgan edi. Mirzo Ulug’bekning hayot sanalari esa 1394–1449- yillarga oid. Agar qasida yozish ancha murakkab ish bo’lib, buning uchun muayyan ijodiy tajriba to’planishi zarurligini e’tiborga olsak, Xalil Sultonga bag’ishlangan qasida yozilgan paytlarda (1405–1409- yillar) Sakkokiyning qalami anchagina charxlanganini his etish mumkin. Demak, Sakkokiy XIV asrning ikkinchi yarmida,ehtimolki oxirgi choragida tug’ilgan. Sakkokiy o’zbek va fors-tojik tilidagi manbalarni puxta o’rganib chiqqan, ulardan o’z asarlarida ijodiy foydalangan. Adib asarlarini mutolaa qilish jarayonida Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Shayx Muslihiddin Sa’diy, Xo’ja Hofiz Sheroziy singari mashhur adiblardan ijodiy oziqlanganini his etish mumkin. Ammo turkiy tilda yaratilgan asarlar Sakkokiy ijodiga kuchliroq ta’sir ko’rsatgan.
Ayniqsa, xalq og’zaki ijodi Sakkokiy ijodining gurkirab ketishida muhim omil bo’lgan. Sakkokiy – g’azalnavis shoir. Uning g’azallarida ishq, oshiqlik, hijron iztiroblari, visol lazzati, oshiq qalb kechinmalari juda ustalik bilan tasvirlanadi. Adibning Ulug’bek haqidagi qasidasi ham mashhur. Qasidada Ulug’bekning odil shoh, zakovatli inson sifatidagi qiyofasi mahorat bilan chizib berilgan. Bular Sakkokiyning o’zbek adabiyoti uchun qo’shgan munosib hissasidir.
Sakkokiy ijodi zamondoshlarimiz zavq-u ehtiromiga har doim sazovor bo’laveradi. Ayni shu xislatlari bilan u ulkan tarbiya maktabi bo’lib ham qolaveradi.

Download 80,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish