V. QONUN LOYIHALARINI KO‘RIB ChIQISh. KELIShUV TARTIB-QOIDALARI
27-modda. Qonunchilik tashabbusi
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasida qonunchilik tashabbusi huquqiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, o‘z davlat hokimiyatining oliy organi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh prokurori egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi.
(27-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini ko‘paytirish, shuningdek budjet moddalari bo‘yicha o‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijobiy xulosasi bo‘lgan taqdirda kiritilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |