O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya yo’nalishi



Download 1,3 Mb.
bet7/10
Sana27.03.2022
Hajmi1,3 Mb.
#513034
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Idrokni shakllantirish.1

1.2. Ilk yosh davrda bolalarda idrokning rivojlanishi
Ilk yoshli bolalarda idrok juda erta rivojlana boshlaydi, chunki
idrokning rivojlanishi sezgi a’zolarining, ya’ni analizatorlarning
tobora takomillashishi bilan bog’liqdir. Lekin idrok faqat sezgi
a’zolarigagina bog’liq jarayon emas. Idrok jarayonida sezgilardan
tashqari odamning butun turmush tajribasi xam ishtirok etadi.
Shuning uchun idrokning rivojlanishi turmush tajribasining tobora
ortib borishi, odamning turli bilimlarga ega bo’lishi bilan xam o’zviy
bog’liqdir. Anna shu nuktai nazardan olganda yangi tugilgan
chaqaloqda tom ma’nodagi idrok bo’ladi, deyish juda kiyin. 1-2 oylik
chaqaloqlarda anglash elementi mutlaqo bo’lmasa xam ularda
ixtiyorsiz dikkat bor deyish mumkin.
Go’dak bolalarning uncha muncha idrok qilishlari asosan 3-4
oylik davrdan boshlansada, biroq idrok kilinadigan narsalarning
doirasi xali juda tor bo’ladi. Bu davda bola ko’z ungidagi yaltirok yoki
tebranib, xarakatlanib turuvchi narsalarni idrok qila oladi. Bola 4-5
oylik bo’lib, narsalarni qo’llarini bilan ushlaydigan bo’lgach, uning
idroki mazmun jixatidan boyib, ancha takomillashadi. Buning asosiy
sababi shundaki, ko’rish xamda eshitish sezgilariga endi barcha teri
sezgilari xam qo’shiladi. Natijada bola narsalarni xar tomonlama tula
idrok qila boshlaydi.
Bola yarim yoshga tulib, o’zi mustakil utira bolagach, uning
idroki yana xam tezrok rivojlanadi. Bunda birinchidan, uning ko’rish
doirasi ancha kengayadi, ikkinchidan esa, narsalarni sinchiklab,
timirskilab ko’rish imkoniyati ortadi. Bu davrda bola atrofidagi
narsalarni (xususan o’ziga tegishli narsalarni) qayta-qayta idrok qilish
tufayli ularni bir-biridan farqlaydigan, o’ziga tegishli narsalarni
taniydigan bo’lib koladi. Bu davrda xam bolaning idrok qilish doirasi
qat’iy cheklangan, ya’ni juda tor bo’ladi, chunki bola xali o’zi mustakil
yura olmaydi. U faqat o’tirgach, boshini aylantirib chor atrofdagi
narsalarnigina idrok qila oladi.
Bola emaklab, undan so’ng yura boshlagach, uning tevarak
atrofidagi narsalarni idrok qilish imkoniyati yanada kengayib ketadi.
Bola xoxlagan narsasining oldiga borib, uni qo’liga olib ushlab kuradi,
atrofidan aylanib karaydi, iloji bo’lsa albatta yalab xam kuradi.
Yoshidan oshib, bemalol yura va yugura oladigan bolaning
idroki uning xar kungi tinimsiz xarakatlari jarayonida takomillashib,
narsalar xaыidagi tasavvurlari aniklashib boradi. Ikki yoshga
yakinlashib kolgan bolaning idrokida narsalarni bir-biridan farqlash
juda yakkol kurinadi. Masalan, bola suratda tasvirlangan it, ayik,
karga, koptok, mashina va xokazolarni bemalol tanib ajrata oladi.
Ikki yoshga tulib, uch yoshga kadam kuygan bolalarning
idroklarida ayrim fazoviy elementlar xam ko’rina boshlaydi. Masalan,
ular narsalarning katta – kichikligini farqlay boshlaydilar. Bu
yoshdagi bolalar «katta», «kichik» so’zlarini xali ayta olmasalar xam
bunday tushunchani imo ishora va allaqanday ovoz chikarish bilan
ifodalashga intiladilar. Kata narsalar xakida qo’llarini baland ko’tarib
«u-u-u» deyishlari,. Kichkina narsalarni ifodalamokchi bo’lganlarida
esa «burunlarini bujmaytirib, ko’zlarini yarim yumib, ingichka ovoz
chikarib ii-i-i» deyishlari mumkin.
Ilk yoshdagi bolalarning nutqni egallashlari idrokning yana xam
rivojlanishi uchun juda katta imkoniyat tug’diradi. Nutqni egallagan
bola idrok qilayotgan narsalarning nomini aytadigan bo’ladi. Bu
idrokning onglilik darajasini yanada o’stiradi. Ana shu davrdan
boshlab bola nutq orqali xam (ya’ni narsalarning nomini eshitish
orqali) idrok qila oladigan bo’ladi. Bola nomini bila olmagan narsalari
xakida «bu nima?», «buning oti nima?» deb savol bera boshlaydi. Ilk
yoshdagi bolalarning turmush tajribalari nixoyat darajada kam
bo’lgani uchun ularning idroki bevositaliligini, nusxa
ko’chiruvchanligi (ya’ni taqlidchanligi) bilan ajralib turadi. Bu
yoshdagi bolalar idroklariga o’z turmush tajribalaridan xali xech
narsa qo’sha olmaydilar. Xamma narsani zo’r ishtiyoq bilan qanday
bo’lsa shundayligicha idrok qila beradilar.
Maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi bolalarning idroki ulardagi his tuyg’u hamda hatti xarakatlar bilan ham chambarchas bog’liqdir.
Bu yoshdagi bolalar dastavval o’zining yorqinligi g’alatiligi bilan
hayratga soluvchi ajablantiruvchi narsalarni idrok qiladilar. Masalan,
agar kichik yoshdagi maktab o’quvchisi qarg’ani ko’rsatib keyin uni
yashirilsada o’quvchiga shu ko’rgan narsasini rasmni chizib berish
taklif qilinsa, o’quvchining hozirgina ko’rish orqali olgan tasavvurlari
odatda juda kambag’al bo’lar ekan. Bola ko’p hollarda qarg’ani
tasvirlash u yoqda tursin, balki uning rangi qanaqaligini, qarg’aning
boshi, tumshug’i qanday turishini va qanaqa shaklda ekanligini,
ba’zan esa uning hatto nechta oyog’i borligini ham aytib bera
olmaydi.
Suratni ko’rib uning mazmunini gapirtirish bola idrokining
xususiyatlarini namoyish qiluvchi yorqin misol bo’la oladi. Lekin ular
suratdan ko’zlangan umumiy maqsadi suratning asosiy g’oyasini hali
ochib berolmaydi (aslida esa bola buning uchun yetarli darajada
bilimga ham ega emas). Bolaning yoshi ulg’aygan sari yanada
mazmuli bo’lib boradi.

Idrokning nerv - fiziologik mexanizmlari sezgilar kabi reflektor jarayondir. Lekin u sezgilargi qaraganda bir muncha murakkabroq. I. P. Pavlov ta`limotiga ko`ra, tevarak - atrofdagi narsa-hodisalarning retseptorlarga ta`sir etishi tufayli hosil bo`ladigan muvaqqat nerv bog`lanishlari idrokning fiziologik asosini tashqil etadi. Bu muvaqqat bog`lanishlar narsa - hodisaning birgina xossasi bilan emas, balki barcha xossalari kompleks qo`zg`ovchilar ta`siri bilan vujudga keladi.


Masalan, talaba butun bir dars jarayonida idrok qilayotganda o`qituvchini ko`radi, uning nutqini tinglaydi, yozadi. Bu kompleks qo`zg`ovchilar ko`rish, eshitish, muskul - harakat retseptorlarini qo`zg`aydi. Kompleks qo`zg`ovchilarni analizatorlarning miya po`sti bo`limidagi yadrolarida murakkab tahlil va sintez qilish amalga oshadi. Idrok jarayonida tahlil bilan bir vaqtda sintez ham ro`y beradi.
Shuning uchun biz ayrim tovushlarni emas, butun so`z va iboralarni idrok qilamiz. Demak, idrokning nerv - fiziologik asosida ikkinchi signal tizimining muvaqqat nerv bog`lanishlari yotadi. Muvaqqat nerv bog`lanishlarining hosil bo`lish jarayoni sintez asosini tashqil etadi. Idrok asosida ikki xil nerv bog`lanishlari yotadi:
a) bir analizator doirasida hosil bo`ladigan bog`lanishlar. Bu bir narsadagi kompleks qo`zg`ovchilarining organizmga ta`sir etishidan vujudga keladi. Masalan, eshitish analizatoriga ta`sir qiladigan ayrim tovushlarning o`ziga xos birikishi shunday qo`zg`ovchi bo`la oladi. Musiqa tinglash, rasm ko`rish.
b) analizatorlararo bog`lanishlar. Bunda bir narsa yoki hodisadagi qo`zg`ovchilar bir necha analizatorlarga ta`sir etadi. Masalan, ko`rish, eshitish, muskul analizatorlari, ma`ruza, monolog.



Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish