II.3.JISMONIY SIFATLARNI TARBIYALASH
Bolalarning harakatli faoliyati ularda asosiy jismoniy sifatlarni
rivojlantirish bilan bog`liqdir. Bunga chaqqonlik, epchillik, kuchlilik, matonat
singari sifatlar kiradi. Amalda mazkur sifatlarning hech birini alohida olib
rivojlantirishni tasavvur qilish ham mumkin emas. Turli jismoniy sifatlarni
tarbiyalash aslida bolaning jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlanishidek
yagona jarayonning turli tomonlaridir. Chunki bunday rivojlanish natijasida
organizmning miqdoriy imkoniyatlarida umumiy yuksalish sodir bo`ladi.
Lekin baribir yuqorida sanab o`tilgan jismoniy sifatlarning har birini
tarbiyalashning o`ziga xos xususiyatlari mavjuddir.
Chaqqonlik-bu faoliyat davomida paydo bo`ladigan kutilmagan shart-
sharoitlarga binoan harakat faoliyatini tezlik bilan qayta qura bilash hamda yangi
harakatlarni egallay olish qobiliyatidir. Chaqqonlikni tarbiyalash harakatlar
uyg`unligini rivojlantirish, ularning sur`ati va ko`lamini, muskullarning zo`riqishi
va bo`shashi darajasini bir-biridan farq qilish, shuningdek, vaqtga va joyga
moslashib mo`ljal ola bilish mahorati asosida sodir bo`ladi. Chaqqonlikni
tarbiyalash uchun aniq xarakatlar qilish qobiliyatini rivojlantirish muhimdir.
Bundan tashqari, turg`un holatda hamda bir joydan ikkinchi joyga yurib
borilayotganda gavdaning muvozanatini saqlay olish chaqqonlik
ko`rinishlaridan biri hisoblanadi. Bolalikning maktabgacha yoshida harakat
analizatorini rivojlantirishda anchagina siljish ro`y beradi. Bu esa chaqqonlikni
asta-sekin takomillashtirib borish uchun imkoniyat yaratadi. Harakatlarni
bajarishdagi epchillik ham maktabgacha yoshdagi bolalarda tez rivojlanadigan
muhim xususiyatdir.
Epchillik-bu harakatni eng kam vaqt ichida bajara olish qobiliyatidir. U
qandaydir bir signalga javob tariqasi bajarilgan harakat tezligiga (harakat
reaksiyasi deb ataladigan tezlikka), ayrim harakatlar tezligiga, shuningdek
ko`p marta takrorlanayotgan harakatlarning tezligiga bog`liq bo`ladi.
Harakatlarning mana shu barcha ta`rif-tavsifi, bog`chadagi kichik yoshdagi
bolalardan boshlab to katta gruppadagi bolalarda muntazam mashq natijasida
o`sib boradi. Chaqqonlik va epchillikning rivojlanishiga o`yin va mashqlarni
muntazam bajarib borish orqali erishiladi. Bunda atrofdagi muhit sharoitning
o`zgarishiga qarab shug`ullanuvchilar tezlik bilan javob reaksiyasi berishlari
hamda bir harakatdan ikkinchisiga jadallik bilan o`tishlari, tez siljishlari va
topshiriqni bajarishlari muhimdir. Turli o`yinlar hamda to`siqlarni engib
o`tish, to`xtab-to`xtab, burilishlar bilan bajariladi birdan berilgan signal
bo`yicha xilma-xil topshiriqlarni bajarish, hatlab o`tish, engashib-emaklab
o`tish bilan bog`liq bo`lgan mashqlar, muvozanat mashqlari,har turli sport o`yinlari
va boshqalar mana shunday chaqqonlik va epchillikni o`stiruvchi mashqlar
hisoblanadi.
Kuchlilik-bu muskullarni ma`lum darajada zo`riqtira olish qobiliyati
bo`lib,chaqqonlik va epchillikni tarbiyalashning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning muskullari hali yaxshi rivojlanmagan
bo`ladi, uning asab harakati ham hali takomillashmagan, bog`cha bolalari
muskullarni kuch bilan ishga solishda aniq farq qilish qobiliyatiga ega emaslar.
Bog`cha bolalari uchun, ayniqsa, kichik gruppadagilar uchun shu narsa
muhimdirki, ularda rostlovchi muskullarning xayotiy, faoliyatidan ko`ra bukish
muskullarining hayotiy faoliyati ortiqroq bo`ladi, bolalar yurish va yugurish
vaqtida oyoqlarini yarim bukik holda tutib harakat qiladilar, o`yinlar o`tkazish
vaqtida esa engashib o`tiradilar va hokazo. Shu sababdan bolaning kuch-quvvat
sifatlarini rivojlantirayotganda rostlovchi muskullar kuchini ko`paytirishga
e`tibor berish, bola gavdasini va oyoq-qo`llarini rostlaydigan, to`g`ri turishga
o`rgatadigan mashqlar bajartirish muhim ahamiyatga egadir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda kuch-quvvatni tarbiyalashga qaratilgan
mashqlar asosan dinamik xarakterga ega bo`lishi kerak. Ayni vaqtda bu uzoq vaqt
davom etib, asablarni ancha tarang holga keltiradigan bir xildagi zo`riqishlar bilan
bog`liq, bo`lmasligi shart. Bundan tashqari kuchni rivojlantirishda zo`r berib
kuchlanish zarur bo`lgan mashqlar qo`llanmasligi kerak. Bog`cha bolalarkning
kuch-quvvatini tarbiyalash uchun qisqa muddat davom etadigan tezlik-kuch talab
qiladigan mashqlar (masalan, bir joyning o`zida turib uzunlikka sakrash, uzoqqa
uloqtirish mashqlari), shuningdek, o`z og`irligini ko`tarish bilan bog`liq bo`lgan
ba`zi bir mashqlar (engashtirib qo`yilgan va tikka turgan narvonlar, taxtalarga
tirmashib chiqish mashqlari, gimnastika skameykasida o`z qo`llari, kuchi bilan
tortilish va shunga o`xshash mashqlar)ni bajarish o`rinlidir.
Matonat-bu jismoniy ishni imkoni boricha uzoq vaqt davomida yetarli
darajadagi jadallikni saqlagan holda bajara olish qobiliyatidir. Matonatni
tarbiyalash organizmning turli sistemalarining miqdoriy imkoniyatlarini oshirib
borish bilan, asta-sekin sharoitga moslashib borish bilan, oqibat natijada
charchashga olib boradigan kuchli zo`riqish bilan uzoq vaqt davom etadigan
faoliyat natijasida organizmda paydo bo`ladigan ko`nikish bilan bog`liq bo`ladi.
Shuning uchun bolalarda matonatni tarbiyalashda ular organizmiga o`zlari ko`nikib
qolgan vazifaga qaraganda yuqoriroq jismoniy ta`sir ko`rsatadigan mashqlar va
o`yinlar qo`llaniladi.
Maktabgacha yoshdagi kichik gruppalarda matonatni tarbiyalash bilan
bog`liq maxsus mashqlar amalga oshirilmaydi. Katta yoshdagi bog`cha
bolalarida matonatni tarbiyalash uchun o`yin va mashqlardan foydalaniladi.
Bunday o`yin va mashqlarda ancha og`ir, lekin qisqa muddatli jismoniy zo`riqish
talab qilinadi. Bunday mashqlarda bolalar diqqat-e`tiborni bir yerga jamlab,
mashqlarni takrorlashda yetarli darajada uzoq tanaffuslar berib, ularga
dam oldirish lozim. Bu yoshdagi bolalarda matonat avvalo yurish, yugurish,
sakrash, chang`ida yurish, raq tushish, suzish va harakatli o`yinlar o`ynash va
mustaqil faoliyat ko`rsatish vaqtida rivojlanadi.
Mashg`ulotlarni rejalashtirish.
Tarbiyachilar yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqish,
muvozanat mashqlari kabi asosiy harakatlarni izchil ravishda mashg`ulotlarga
taqsimlab chiqishda ko`proq qiynaladilar. Ularni rejalashtirish vaqtida faqat
mashg`ulot o`tkazish shart-sharoitlarini (xona, asbob-uskuna va boshqalarni),
bolalarning tayyorligini hisobga olibgina qolmay, shu bilan birga har bir harakat
malakasini izchillik bilan shakllantirishga ham e`tibor berish kerak. Bunga
murakkabligi tobora ortib boradigan mashqlar va o`yinlarni ko`proq tanlash
orqali erishiladi.
Mashg`ulotlar vaqtida asosiy harakatlarning bir-biri bilan maqsadga
muvofiqroq ravishda qo`shib olib borishni ko`zda tutish, shuningdek, bolalarning
yuksak darajadagi faolligini ta`minlovchi uyushtirish usullarining qo`llanishi ham
katta ahamiyatga egadir.
Materialni takrorlash ham muhim rol o`ynaydi. Ayni bir harakatni taxminan
oradan 3-4 hafta o`tgandan keyin takrorlab turgan ma`qul. Har bir o`rganiladigan
harakat turiga bir nechta (ikki-to`rt) izchil bajariladigan mashg`ulotlarni kiritish
maqsadga muvofiqdir.
Odatda mashg`ulotlar uchun bolalarni o`qitishning har xil bosqichlari bilan
bog`liq bo`lgan mashqlar tanlanadi: topshirnqlarnipg biri ko`pincha yangi
mashqlarni o`rganish bilan yoki harakat qismlarini takrorlash bilan bog`liq bo`ladi,
boshqalari esa malakani mustahkamlash va takomillashtirishgа qaratilgan bo`ladi.
Materialni taxminiy taqsimlash rejasida har bir yosh gruppasi uchun faqat
asosiy harakatlar bilan bog`liq topshiriqlar, shuningdek, harakatli o`yinlar berilgan.
Mashg`ulotlar uchun belgilangan umumiy rivojlanish mashqlarining
mazmuni mashg`ulotning asosiy maqsadiga bo`ysundiriladi, u bolani asosiy
mashqlarga tayyorlamog`i lozim.
Yosh gruppalari uchun tuzilgan planda haftasiga ikki marta o`tkaziladigan
mashg`ulotdan faqat bittasining mazmuni berilgan. Bu planlashtirishda birmuncha
o`zgartirishlar bo`lishi uchun kerakli erkinlikni ta`min etadi. Ikkinchi mashg`ulot
birinchi mashg`ulotning mazmunini to`la takrorlashi ham mumkin. Bolalar o`tgan
mashg`ulotlarda o`rgangan harakatlarni takrorlab, faol ravishda mashq qilib
olishlariga imkon yaratish uchun shunday qilinadi. Ba`zan ikkinchi
mashg`ulotning mazmuni qisman o`zgartiriladi: mashg`ulotning kirish qismiga
boshqa yangi mashqlar kiritiladi yoki umumrivojlantiruvchi mashqlar uchun
boshqa mashq tanlanadi, asosiy harakatlarga o`rgatish vaqtida bolalar kollektivini
uyushtirish uslubi o`zgartiriladi. Boshqa mashg`ulotdagi asosiy harakatlar
qo`shimcha takrorlash materiali sifatida kiritiladi.
Kvartallar bo`yicha tuzib chiqilgan perspektiv plan asosida tarbiyachining
har bir mashg`ulotning reja-konspektini tuzib chiqishi osonroqdir. Bunda har bir
yosh gruppasida material qanday o`tilayotganini nazorat qilib borish imkoniyati
ortadi.
BOB BO`YICHA XULOSA
Maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiyaning tashkiliy shakllari
quyidagilardan iborat: 1) mashg`ulotlar, 2) jismoniy tarbiya-sog`lomlashtirish
tadbirlari (ertalabki gimnastika, harakatli o`yinlar, sayr vaqtidagi sport mashqlari,
fizkultdaqiqa, bog`cha atrofiga saylga chiqish, jismoniy tarbiya bayramlari,
shaxsiy ishlar) ni bolalar bog`chasi kun tartibiga binoan o`tkazish, 3) bolalarning
mustaqil ravishda bajaradigan harakatli faoliyati.
Mashg`ulotlar jismoniy tarbiyaning ta`lim-tarbiya hamda sog`lomlashtirish
vazifalarini hal etishga qaratilgandir. Ta`lim vazifalari bolalarga jismoniy
mashqlarni o`rgatishdan, hosil qilingan malakalarni o`zgarib turgan sharoitlarga
mos ravishda qo`llay olishga o`rgatishdan iboratdir.
Bolalar jismoniy tarbiya to`g`risida, uning sog`lomlashtiruvchi ahamiyati
haqida, chiniqish usullari, to`g`ri nafas olishning ahamiyati, mashqlarni bajarish
uslublari va shu singari boshqa mashqlar to`g`risida tasavvur hamda bilimga ega
bo`lishlari kerak. Jismoniy tarbiya yuzasidan o`tkaziladigan mashg`ulotlarda
majburiy mashqlarning bajarilishi tarbiyalash hamda sog`lomlashtirish vazifalari
bilan, jismoniy fazilatlarning shakllanishi bilan hamohang holda birga qo`shib olib
boriladi.
Tarbiyachining mashg`ulotga tayyorlanishida asosiy ishlardan hisoblanadi.
Reja tuzishda aniq, yosh gruppalari uchun dastur talablari, oldingi mashg`ulotning
yakuni, mashg`ulot o`tkaziladigan joy hamda kerakli o`quv qurollarining
mavjudligi hisobga olinadi.
Bola organizmida fiziologik faoliyatni kuchaytirish bilan bog`liq bo`lgan har
qanday jismoniy mashqlar o`z ta`sirini o`tkazadi. Bu ta`sirning qay darajada
bo`lishi yuklamaning hajmi va jadalligiga bog`liqdir. Organizm muayyan
yuklamaga o`rganib qolgandan keyin uni kam kuch bilan, ko`proq tejamkorlik
bilan uddalay oladi. O`rganib qolingan yuklama organizmdagi faollik
imkoniyatlarning oshirilishiga olib kelmaydi. Shuning uchun yuklama hajmi va
jadalligini mashg`ulotdan mashg`ulotga, yildan-yilga muntazam ravishda oshirib
borish lozim.
Jismoniy yuklama ko`pgina sabablarga bog`liq bo`ladi: u mashq va o`yinlar
xususiyatiga, har xil harakat turlarining mushtarakligiga, ularning jadalligiga,
davomiyligiga, takrorlanish miqdoriga, sur`ati va harakat yo`liga, mashqning
qanday sharoitda o`tkazilishiga, o`zlashtirilishi saviyasiga, bolaning harakat
aktivligi darajasiga va boshqa omillarga bog`liqdir. Jismoniy yuklama shuniigdek,
bolaning mashg`ulot paytidagi asab-psixikasiga hamda uning emotsional holatiga
ham bog`liqdir.
Bolalarning harakatli faoliyati ularda asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish
bilan bog`liqdir. Bunga chaqqonlik, epchillik, kuchlilik, matonat singari sifatlar
kiradi. Amalda mazkur sifatlarning hech birini alohida olib rivojlantirishni
tasavvur qilish ham mumkin emas. Turli jismoniy sifatlarni tarbiyalash aslida
bolaning jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlanishidek yagona jarayonning turli
tomonlaridir. Chunki bunday rivojlanish natijasida organizmning miqdoriy
imkoniyatlarida umumiy yuksalish sodir bo`ladi.
Chaqqonlik-bu faoliyat davomida paydo bo`ladigan kutilmagan shart-
sharoitlarga binoan harakat faoliyatini tezlik bilan qayta qura bilash hamda yangi
harakatlarni egallay olish qobiliyatidir
Epchillik-bu harakatni eng kam vaqt ichida bajara olish qobiliyatidir.
Kuchlilik-bu muskullarni ma`lum darajada zo`riqtira olish qobiliyati
bo`lib,chaqqonlik va epchillikni tarbiyalashning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Matonat-bu jismoniy ishni imkoni boricha uzoq vaqt davomida yetarli
darajadagi jadallikni saqlagan xolda bajara olish qobiliyatidir.
III.MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASALARIDA O`ZBEK
XALQ VA HARAKATLI O`YINLARI.
O`zbekiston mustaqilligi davrida aholining sihat-salomatligini yaxshilash,
ayniqsa sog`lom ona-sog`lom bola shioriga amal qilish yo`lida beqiyos ko`p va
ulkan tadbirlar olib borilayotganligi e`tibor hamda olqishlarga sazovordir. Bu
yo`lda Respublika Prezidenti I.A.Karimovning chuqur ma`noli va keng qamrovli
mulohazalari eng yuksak darajadagi omildir.
O`zbekiston Prezidentining qator farmonlari va Respublika xukumatining
ko`pgina qarorlari sog`lom oila, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, ta`lim-
tarbiya hamda ular bilan bevosita bog`liq bo`lgan faoliyatlarni yanada yaxshilashga
qaratilganligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa "Ta`lim to`g`risida"
(1997y), "Jismoniy tarbiya va sport to`g`risida"gi (2000 yil yangi tahrir) qonunlar
mazmunida maktabgacha bolalar tarbiya muassasalarining ish faoliya-tini
yaxshilash va mehnat samaralarini yanada oshirish kabi muhim jarayonlar o`z
ifodasini topgan.
E`tirof etish lozimki, faqat shahar joylaridagina emas, hatto uzoq
qishloqlarda ham bolalar bog`chalari talab darajasida sharoit-lariga ega bo`lmoqda.
Bunda bolalar yoshiga (guruh) qarab jismoniy mashqlar, harakatli o`yinlar va sport
turlarining qismlari (elementlar) maqsadli tashkil etilmoqda. Bunda maxsus ishlab
chiqilgan "Jismoniy tarbiya" dasturlaridan unumli foydalanilmoqda. Maktabgacha
yoshdagi bolalar tarbiya muassasalari uchun "Jismoniy tarbiya" dasturlari va
uslubiy qo`llanmalar hamda tavsiyanomalarni ishlab chiqish, nashrdan chiqarishda
atoqli olimlar K.M.Maxkamjonov, X.A.Meliev, X.Tulenova kabilarning xizmatlari
kattadir.
Xar bir millat xalqning o`ziga xos o`yinlari, uning qoidalari mavjud. O`zbek
xalqining milliy o`yinlari xalq madaniyatining ish faoliyati va atrof-muhiti bilan
bog`liq. Pedagogik yondashishda ular yosh bolalarning jismoniy va aqliy
faoliyatini oshirib boradi. O`zbek xalq o`yinlarida o`zbek xalqining xarakteri,
samimiyligi, to`g`ri so`zligi, jasurligi yaqqol namoyon bo`ladi. Ijodiy izlanish
faollik va do`stlik munosabatlarini qatnashuvchidan talab qiladi. O`z mazmun
jihatidan o`zbek xalq o`yinlari sodda va tushunarlidir. Harakatli o`yinlar bolaga
xursandchilik bag`ishlaydi, hayot tonusini oshiradi, o`yin syujetiga zamin yaratadi.
O`zbek xalq o`yinlarining yana bir asosiy tomoni shundaki u bolalarda
axloqiy his-tuyg`uni tarbiyalaydi. Masalan: "Qoch bolam qush keldi" o`yinida
bolaning harakat koordinatsiyasi yaxshilanadi, bir-biriga yordam berish, diqqatli
bo`lish, birdamlik sifatlarini tarbiyalaydi. Xalq va harakatli o`yinlar jismoniy
rivojlanishiga hamda jismoniy sifatlarni tarbiyalashga imkoniyat yaratadi.
O`quvchilar turli o`yinlar jarayonida o`z harakatidan quvonibgina qolmay, hayotni
sevishga, uning go`zalligini bilish, salomatlikni nazorat qilishga, Vatan uchun
mehnat qilishga ham o`rganadi. Bu o`yinlar ochiq havoda yakkama-yakka va
guruh bo`lib o`tkaziladigan o`yinlar hamda quyidagi jismoniy mashqlardir.
Arqondan yakkama-yakka va guruh bo`lib sakrash, kim o`zarga yugurish, to`pni
otish va ilish, koptokni nishonga va uzoqqa irg`itish, otga minish va shu kabilar.
Xalq milliy harakatli o`yinlarning o`ziga xos xususiyati shundaki, ularda
dasturga kiritilgan hamma asosiy harakatlar o`rin topadi: yurish, yugurish, sakrash,
tirmashib chiqish, otish va boshqalar. Shu boisdan o`tkazilayotgan ilmiy-tadqiqot
ishlarining bolalar salomatligini asrash va yanada yaxshilash, ularning jismoniy
tayyorgarligini oshirish, jismoniy sifatlarini tarbiyalashda ahamiyati kattа.
Shular qatori harakatli o`yinlarning bolalar hayotida, bog`cha kun tartibida
o`rin egallashini aniqlash hamda ularni musobaqa tarzida tashkil qilish va o`tkazish
usul, uslublarini tanlash xam katta ahamiyat kasb etadi. Buning uchun sog`likning
poydevorini eng kichik yoshdan boshlash kerak. Hamma o`yinlar harakat turiga
qarab turkumlarga taqsimlangan, ular yugurish elementlari, sakrash elementlari
irg`itish elementlari, olib otish, emaklab o`tish elementlarini o`z ichiga olgan. Shu
o`yinlar qatori bolalarga o`yin qoidalari, o`yinlarni tashkil qilish va o`yinlar
to`g`risida bilim berib borish lozim. Yuqorida aytganimizdek, xalq va milliy
harakatli o`yinlarning asosiy xususiyatlaridan biri bolalarda ahloqiy hissiyotni
tarbiyalashdir. Unda bolalarning o`yin qatnashchilari bilan ko`proq o`zaro
munosabda bo`lishlari, tashkilotchilik va intizom namoyon bo`ladi.
III.1.HARAKATLI O`YINLARNI TANLAB OLISH VA O`TKAZISH
QOIDALARI
Harakatli o`yinlarni tanlab olishda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatlarii
hisobga olishi hamda jismoniy mashqlarni mos ravishda belgilay olishi kerak.
Bola 7 yoshga etib maktabga qadam qo`yganida uning tayyorgarligi
darajasini hisobga olish zarur. Masalan, sakrash o`yinlarini o`tkazishda
ehtiyotkorlik talab etiladi, chunki avvalo bolalarni sakrash usullariga jismoniy
tarbiya mashg`ulotlarida o`rgatish lozim. Albatta, bog`cha bolalarining harakat
ko`nikmasi va malakasini rivojlantirishda gap harakat texnikasini chuqurroq
o`rgatishda emas. Masalan, bolalar uzunlikka yugurib kelib sakrashga
o`rgatilgandagina bo`lsa, avval ularni sakrash oldidan birdaniga to`xtab
qolmaslikka, yugurishni sekinlashtirmaslikka, sakrashdan oldin bir oyoqda
depsinib, ikkala oyoq bilan yumshoq tushishga o`rgatish lozim. Faqat shundan
so`ng sakrash o`yinlariga o`tilsa bo`ladi, chunki bu kabi o`yinlr tufayli bolalarda
sakrash uchun zarur bo`lgan ko`nikma va malakalarni hosil qilish mumkin, bundan
tashqari, shu kabi harakatli o`yinlar chaqqonlik, jasurlik kabi jismoniy
xususiyatlarni ham rivojlantiradi.
Harakatli o`yinlarni tanlab olishda, eng avvalo, tarbiyachi kitob va
qo`llanmalarda berilgan o`yinlarning jismoniy va psixologik ta`siri jihatlarini
bilishi kerak. Yana shuni unitmaslik kerakki, o`yin vazifasi qo`yilganda faqat
harakatlarga mos bo`lishi shart emas, balki harakatli o`yinlar yordamida bolalar
ruhiyatida bir-biriga yordamlashish, qo`llab-quvvatlash xislatlarini tarbiyalash
lozim. Buning uchun "Qoch bolam sor keldi", "Pir-r etdi", "Ikki yaxob", "Mushuk
keldi" va boshqa o`yinlardan foydalansa bo`ladi.
Maktabga tayyorlov guruhlari bog`cha yoshidagi bolalarga harakatli
o`yinlarni tanlab olishda ularning qiziqishini hisobga olish zarur. Bu yoshdagi
bolalarni o`yinlardagi bo`ri, qo`zi, sichqon, mushuk qiyofasi, sur`ati, nimalar
qilishi qiziqtirmaydi, aksincha ularning hatti-xarakati, masalan mushukning
chaqqonlik bilan sichqonni sakrab ushlab olishi qiziqtiradi. O`yinlarda harakatlar
murakkablashib boradi. Masalan, "Bo`rilar zovurda" o`yinida bolalar yugurib kelib
to`xtab qolishi, so`ngra sakrab, chaqqonlik bilan bo`rilarga tutqich bermasdan
zovurdan o`tishi kerak. Bu yoshdagi bolalarga, shuningdek ikki tomon bo`lib
o`ynash, qarama-qarshilikning mavjud bo`lishi ko`proq qiziqtiradi. Masalan, "Ikki
yaxob" o`yinida bir tomon-"yaxoblar" bolalarni "yaxlatib" qo`yishga intildi va
boshqa tomon "yaxlatilib" qolishdan qochishga harakat qiladi.
Bog`cha bolalari bilan turli estafetalarni uyushgan holatda o`tkazish oson
emas. O`yin-estafetasini o`tkazish bir qaraganda oson tuyuladi, lekin bolalar
o`yinlarini kuzatish natijasi shularni ko`rsatadiki, bunaqangi o`yinlar bolalar uchun
hech qanday tushuncha bermaydi, oqibatda ular bolalarda tartibchanlikning
buzilishiga, sabrsizlik, betoqatlik, xunob bo`lishlik, bir-birini turtish, asabiylikka
olib kelishi mumkin. O`yinda yutqazgan hamda g`olib bo`lgan komanda bolalarini
o`yin tugagandan keyin tinchlantirish juda murakkab kechadi.
Maktabga tayyorlov guruhidagi bolalar tarbiya talab bo`lgani uchun ham
ularda sezgirlik, tez yugurish, chaqqonlik bilan predmetlarni uzatish, olib berish
kabi ko`nikmalar hali hosil bo`lmaganligi hamda komanda oldida mas`uliyat hissi
shakllanmaganligi, bir hatti-harakatni aniq baholay olmasligi, boshqalarning
xarakatini ham yaxshi tushunmasligi kuzatiladi. Bu fazilatlar va jismoniy sifatlar
etishmaganligi uchun xam ularni tarbiyalash lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning hozircha o`zini yaxshi tuta bilmasligini
e`tiborga olib, guruhlarni ikki jamoaga emas, balki 4-5 guruhlarga ajratib olish
zarur. Bu guruhlar ketma-ket holatda turmay bir-birini yaxshi ko`rib turishi uchun
o`tirib olishi ham mumkin, chunki navbati bilan startga chiqish tartibini saqlab
turadilar. Bunday o`yinlarda bolalar bir-birini kuzatadi, har bir guruhdan bitta
ishtirokchi tezlikda, chaqqonlikda, aniq nishonga olishda mahoratini ko`rsa-tadi.
G`olib chiqqan o`yinchi o`z jamoasiga ochko keltiradi. O`yin tugagandan keyin
to`plangan ochkolar hisoblab ko`riladi. Eng ko`p ochko to`plagan jamoa holib deb
topiladi.
O`yinni tashkil etishda barcha shart-sharoitlar to`g`ri hisobga olinsa, uning
tarbiyaviy ahamiyati oshiб boradi. Buning uchun o`yin paytida bo`ladigan
chiziqlar, chegaralar masofalari, kerakli o`yin predmetlari: koptok, bayroqcha
kabilar taqsimlanib berilishi lozim, keyinchalik esa bolalarni o`z-o`ziga xizmat
qilishga odatlantirish kerak. Ko`pincha tarbiyachi bu tashkiliy ishlarni bolalardan
biri yoki ikkinchisiga navbatchi sifatida topshiriq berib o`rgatadi, shunda har safar
navbatchi almashtirib turiladi.
Tarbiyachi o`yin o`tkazishdan oldin uni qanday tushuntirishni o`ylab
ko`rishi kerak. Tushuntirish judа qisqa, aniq, lo`nda bo`lishi kerak; o`yin mazmuni
qoidalarini tushuntirishda mayda gaplardan xoli bo`lish zarur.Undan keyin
o`yinchilardan kim qaysi yerda turishini aytib o`tish kerak.
Bolalarga tanish o`yinni o`tkazishda har gal to`liq tushuntirish shart emas
ammo, o`yin qoidasini tarbiyachining o`zi ta`kidlab o`tishi zarur. O`yin qoidasini
bajarishda tez-tez xatoga yo`l qo`ygan bolani ko`rsatib o`tish maqsadga muvofiq
bo`ladi.
O`yin o`tkazilayotgan vaqtda tarbiyachi faqatgina kuzatuvchi bo`lib
qolmasligi kerak. O`yinni shunday o`tkazish kerakki, bolalar undan quvonib,
qanoat hosil qilib, murakkab qoidalarni o`rganib olishsin. Tarbiyachi o`yin
davomida qatnashuvchilarni kuzatib, alohida bolalarga e`tibor berib, gohida
rag`batlantirib, gohida qoida buzganlarga tanbeh berib, rahbarlik qilishi kerak.
Ba`zi tarbiyachilar ayrim koidabuzarliklarga e`tibor bermaydilar. Faqat
belgilangan paytdagina hushtak chalinishi kerak, tarbiyachi ko`rinib turgan
xatolarni unutmasligi kerak, ya`ni bu xatolarni ko`rsatish bolalarda irodani, tartibni
tarbiyalaydi, ularni ortiqcha hatti-harakatlardan saqlaydi, bardoshli va intizomli
bo`lishdek muhim sifatni yuzaga keltiradi.
O`yin jarayonida bolalarni darhol to`xtatishga ham o`rgatish zarur. Shunday
umumiy qoidaga o`rganish lozimki, xoxlagan o`yin paytida belgi yoki xushtakka
bolalar tezda to`xtab qolsin ( "chapak", "to`xta", yoki "o`yindan to`xtang!"
so`ziga). Shundan so`ng tarbiyachining gapiga, tushuntirishiga qati`yan rioya
qilishi kerak. Lekin o`yinni ko`p to`xtatmaslik kerak, chunki bolalar hayajonda
bo`lishini unitmaslik kerak. Tarbiyachi o`yinni o`tkazish chegaralariga ham diqqat
qilishi kerak. Bu ayniqsa, juda mas`uliyatli payt, chunki o`yinning zavq bilan
o`ynalishida vaqtga kam e`tibor beriladi. Masalan, gimnastika mashqlariga
qaraganda, o`yin vaqtini belgilash murakkabrok bo`ladi. Bolalardan "charchab
qoldilaringmi?" -deb so`rash mumkin emas, zavqlanib, qiziqib o`ynayotgan
bolalarga bu ta`sir qilishi mumkin.
Shu bois tarbiyachi bolalarning charchaganligiga tashqi ko`rinishiga (tez-tez
nafas olishi, yuzining qizarib ketishi), xulqiga (tez-tez qoida buzishlar, qo`pollik,
lanjlik) e`tibor berishi va o`z vaqtida o`yinni to`xtatishi lozim. O`yin har xil
tugallanishi mumkin. 6-7 yoshli bolalarni o`yinning o`zigina emas, balki natijasi
ham qiziqtiradi. Shu bois har bir o`tkazilgan o`yindan keyin uning natijasini tahlil
qilish lozim. O`yinda qaysi bir o`quvchi chaqqonlik, epchillik mahoratini
ko`rsatgani, do`stona qo`llab o`ynagani, foidaga rioya qilmaganligi to`g`risida
aytib o`tish lozim. Har bir o`yin natijasini tarbiyachi o`ziga xos ravishda
tushuntirishi, bolalar uchun chiroyli tahlil qilib berishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |