O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti jismoniy tarbiya fakulteti


Ilmiy rahbar:                             Sport kafedrasi katta o`qituvchisi



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana24.10.2019
Hajmi0,8 Mb.
#24191
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
maktabgacha talim muassasalarida jismoniy tarbiya mashgulotlarini tashkil qilish va otkazish uslubiyoti


Ilmiy rahbar:                             Sport kafedrasi katta o`qituvchisi:                                                            

                                                     R.S.Baymuradov 

Buxoro Davlat Universiteti, Jismoniy tarbiya fakulteti, "Jismoniy tarbiya va 

jismoniy  madaniyat"    ta`lim  yo`nalishi  kunduzgi  bo`lim    4-  kurs  talabasi  

Eldor    Islomovning  «  Maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  jismoniy  tarbiya 

mashg`ulotlarini  tashkil  qilish  va  o`tkazish  uslubiyoti  »

 

mavzusida  bitiruv 

malakaviy ishigа 

T  A  Q  R  I  Z 

Kadrlar    tayyorlash    milliy  dasturi    asosida  yosh  avlodni  yuksak  intellektual  

salohiyatli,  zamonaviy  bilim  va  tafakkurga  ega,  ayni  paytda  sog`lom  turmush  tarziga 

rioya  qiladigan,  jismonan  sog`lom,  ruhan  tetik    insonlar  etib  voyaga    yetkazishning  

samarali  tizimi    hayotga    izchil  tatbiq  etilmoqda.  Bu  jarayonda    o`g`il-qizlarimizni  

jismonan  sog`lom,  kuchli  iroda  va  yuksak    intellektual    salohiyatga  ega  insonlar      etib 

tarbiyalashning  bosh  omili,  o`zbek    sportining  kelajagi  xalqaro  maydondagi    obro`-

e`tiborini  yuksalitirish    asosi  bo`lgan  bolalar  sportini  rivojlantirish    umummilliy  

harakatga  aylandi. 

Bolalar tarbiyasi bilan band bo`lgan insonlar shuni anglamog`i kerakki, jismoniy 

va aqliy rivojlanish, baqamti, yonma-yon boradi. Bu jarayonni olib borishni, ta`lim-

tarbiyani, ayniqsa 3-6 yoshli bolalardа davom ettirish kerak, chunki ayni shu yoshlarda 

jismoniy salomatlik, qiziquvchanlik, o`rab olgan olamni o`rganish iroda, qiyinchiliklarni 

yengib o`tish ko`nikmalari yaratiladi. 

Bitiruv malakaviy ishning materiali, tavsiya va xulosalar oliy o`quv yurtlari 

talabalari,  murabbiylarga ish jarayonida manba sifatida xizmat qilishi mumkin. 

Bitiruv malakaviy ish: Kirish, uch  bob, xulosa va adabiyotlar ro`yxatidan tarkib 

topgan.     

Jismoniy tarbiya fakulteti, "Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat" ta`lim 

yo`nalishi kunduzgi bo`lim 4-kurs talabasi Eldor  Islomovning « Maktabgacha ta’lim 

muassasalarida jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini tashkil qilish va o`tkazish uslubiyoti » 

mavzusida bitiruv malakaviy ishi tugallangan deb hisoblayman va himoyaga tavsiya 

qilaman 

 

Rasmiy opponent:                         14-son BO`S M direktori 



                                     S.H.Ashurov 

 

 

Buxoro Davlat Universiteti, Jismoniy tarbiya fakulteti, "Jismoniy tarbiya va 

jismoniy  madaniyat"    ta`lim  yo`nalishi  kunduzgi  bo`lim    4-  kurs  talabasi  

Eldor    Islomovning  «  Maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  jismoniy  tarbiya 

mashg`ulotlarini  tashkil  qilish  va  o`tkazish  uslubiyoti  »

 

mavzusida  bitiruv 

malakaviy ishigа 

T  A  Q  R  I  Z 

Maktabgacha  yoshdagi  bolalarga  ta`lim-tarbiya  berishning  asosiy  maqsad  va 

vazifalari  bolalarni  jismoniy  va  aqliy  jihatdan  rivojlantirish,  ularning  ruhiyat,  shaxsiy 

qobiliyatlari,  intilishi  va    ehtiyojlarini  qondirish,  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarga, 

mustaqillik g`oyalariga sodiq holda voyaga etib borishini ta`minlash, ularni maktabgacha 

yoshdagi  bolalar  ta`lim-tarbiyasiga  qo`yilgan  davlat  talablariga    muvofiq  maktab 

ta`limiga tayyorlashdan iborat. 

Bola dunyoga kelgan kundan boshlab, davlat va jamiyat hamda ota-ona zimmasiga 

uni sog`lom, aqlli, xushxulqli qilib tarbiyalash vazifasi qo`yiladi. Davlat va jamiyatning 

kelajagi  yosh avlodning qanday  voyaga etishiga ko`p jihatdan bog`liqdir.  O`z navbatida 

jamiyat taraqqiyoti millatning ma`naviy darajasi bilan belgilanadi. 

Tarbiyachi  va  ota-onalar  uchun  bolalarni  jismoniy  barkamol  qilib  tarbiyalash  va 

rivojlantirishda  nimalarga  e`tibor  qaratish  kerak?  Bu  borada  qanday  mashg`ulotlar  katta 

ahamiyat  kasb  etadi?  Avvalo  qaysi  jismoniy  sifatlar  va  ko`nikmalarni  rivojlantirish 

zarur?  Qaysi  harakatli  o`yinlarni  qo`llash  maqsadga  muvofiq?  Jadal  rivojlanish  yoshiga  

qadam  qo`ygan  bola  uchun  eng  muhimi  qaysinisi-o`z  gavdasi,  tanasini  boshqarib 

borishmi    yoki  kuchli,  chaqqon,  chidamli  bo`lishmi,  bilimlarni  o`zlashtirish,  yangi 

axborot  va    ma`lumotlardan  xabardor  bo`lishmi  yoki  o`z  fikrini  izhor  qilishni  bilishmi? 

Bu  masalada  ikkala  yo`nalish  ham  juda  katta  ahamiyatga  ega.  Zero  shu  yo`nalishdagi 

biron-bir yetishmovchilik, kamchilik albatta tez orada bilinadi. 

Bitiruv  malakaviy  ishning  materiali,  tavsiya  va  xulosalar  oliy  o`quv  yurtlari 

talabalari,  murabbiylarga ish jarayonida manba sifatida xizmat qilishi mumkin. 

Bitiruv  malakaviy  ish:  Kirish,uch    bob,  xulosa  va  adabiyotlar  ro`yxatidan  tarkib 

topgan.     

Jismoniy  tarbiya  fakulteti,  "Jismoniy  tarbiya  va  jismoniy  madaniyat"  ta`lim 

yo`nalishi  kunduzgi  bo`lim  4-kurs  talabasi  Eldor    Islomovning  «  Maktabgacha  ta’lim 

muassasalarida jismoniy  tarbiya  mashg`ulotlarini tashkil  qilish va o`tkazish  uslubiyoti  » 

mavzusida  bitiruv  malakaviy  ishi  tugallangan  deb  hisoblayman  va  himoyaga  tavsiya 

qilaman 

Rasmiy opponent:                                          Sport kafedrasi o`qituvchisi 

                                                      J.J.Murodov

 


Mundarija 

 

KIRISH...........................................................................................................1-5 bet 

I."UCHINCHI 

MING 

YILLIKNING 

BOLASI" 

TAYANCH 

DAS-

TURI...................................................................................................................6 bet 

I.1.O`ZBEKISTON 

RESPUBLIKASIDA 

MAKTABGACHA 

TA`LIM 

TO`G`RISIDA NIZOM.................................................................................6-7 bet  

I.2.MAKTABGACHA  YOSHDAGI  BOLALAR  TA`LIM-TARBIYASIGA 

QO`YILADIGAN DAVLAT TALABLARI..............................................7-10 bet 

I.3."UCHINCHI  MING  YILLIKNING  BOLASI"TAYANCH  DASTURI  -

"MAKTABGACHA  YOSHDAGI  BOLALAR  TA`LIM-TARBIYASIGA 

QO`YILADIGAN 

TALABLARI"NING 

BAJARILISHIGA 

ERISHILADIGAN DASTUR...................................................................10-21 bet 

BOB BO`YICHA XULOSA......................................................................21-22 bet 

II.MAKTABGACHA 

TA`LIM 

MUASSALARIDA 

 

 

JISMONIY  

TARBIYANING 

 

TASHKIL 

ЭTILISHI 

VA 

USLUBIYO-

TI.......................................................................................................................23 bet 

II.1.JISMONIY 

TARBIYA 

MASHG`ULOTLARINING 

VAZI-

FASI............................................................................................................23-29 bet 

II.2.JISMONIY 

YUKLAMA 

VA 

MASHG`ULOTLAR 

ZICHLI-

GI.................................................................................................................30-49 bet 

II.3.JISMONIY SIFATLARNI TARBIYALASH..................................49-53 bet 

BOB BO`YICHA XULOSA......................................................................53-55 bet 

III.MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASALARIDA O`ZBEK XALQ VA 

HARAKATLI O`YINLARI......................................................................56-58 bet  

III.1.HARAKATLI  O`YINLARNI  TANLAB  OLISH  VA  O`TKAZISH 

QOIDALARI..............................................................................................58-61 bet 

III.2.BOG`CHA     BOLALARINI     MAKTABGA     TAYYORLASHDA  

HARAKATLI 

O`YINLARDAN 

SAMARALI 

FOYDALA-

NISH............................................................................................................61-66 bet 

BOB BO`YICHA XULOSA......................................................................66-67 bet 

XULOSA.....................................................................................................68-70 bet 

FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR....................................................71-73 bet 

 

 

 

 

KIRISH 

 

Mavzuning  dolzarbligi  va  o`rganilish  darajasi.  Mamlakatning    qudratini  

belgilaydigan  omillar  ko`p.    Biroq  ularning  eng  asosiylaridan  biri  shu  yurtda  

voyaga  etayotgan  yuksak  ma`naviyatli,  jismonan  sog`lom,  har  tomonlama 

barkamol avloddir. Zero, el-yurtning  kelajagi  bugun  kamolga etayotgan  yoshlar 

qo`lida.  "Vatanimizning    kelajagi,  xalqimizning  ertangi  kuni,  mamlakatmizning 

jahon hamjamiyatidagi obro`-e`tibori  avvalombor  farzandlarimizning unib-o`sib, 

ulg`ayib,    qanday  inson  bo`lib    hayotga    kirib  borishiga    bog`liqdir"  ,  deb 

ta`kidlaydi  Prezidentimiz  Islom  Karimov  "Yuksak  ma`naviyat  -  yengilmas  kuch" 

kitobida. 

Ana  shu  ezgu    maqsadlarni  amalga  oshirish    mamlakatimiz  mustaqil  

taraqqiyot  yo`lidagi    davlat  siyosatining  eng  ustivor    yo`nalishlaridan    etib 

belgilandi.    Kadrlar    tayyorlash    milliy  dasturi    asosida  yosh  avlodni  yuksak 

intellektual    salohiyatli, zamonaviy  bilim  va  tafakkurga  ega, ayni  paytda  sog`lom 

turmush  tarziga  rioya  qiladigan,  jismonan  sog`lom,  ruhan  tetik    insonlar  etib 

voyaga    yetkazishning    samarali  tizimi    hayotga    izchil  tatbiq  etilmoqda.  Bu 

jarayonda    o`g`il-qizlarimizni    jismonan  sog`lom,  kuchli  iroda  va  yuksak  

intellektual    salohiyatga  ega  insonlar      etib  tarbiyalashning  bosh  omili,  o`zbek  

sportining  kelajagi  xalqaro  maydondagi    obro`-e`tiborini  yuksalitirish    asosi 

bo`lgan bolalar sportini rivojlantirish  umummilliy  harakatga  aylandi. 

Prezidentimiz  tashabbusi  bilan O`zbekiston  Bolalar  sportini rivojlantirish  

jamg`armasi    tashkil  etilib,    yoshlar  o`rtasida    sportni    rivojlantirishning      noyob   

tizimiga    asoso  solindi.    Davlatimiz  rahbarining    2002-yil  24-oktbrdagi  

"O`zbekiston  Bolalar  sportini    rivojlantirish  jamg`armasini  tuzish    to`g`risida"gi   

va  2004-yil    29-avgustdagi    "O`zbekiston    Bolalar  sportini  rivojlantirish  

jamg`armasi    faoliyatini    takomillashtirish  chora  -  tadbirlari  to`g`risida"gi  

farmonlari  bolalar sportini  rivojlantirishda   muhim dasturilamal bo`layotir. 

Islom  Karimov  Bolalar  sportini    rivojlantirish    jamg`armasi  tashkil  

etilganidan    buyon    o`tgan    davrda    bu  sohada  mamlakatimizda    katta  tajriba  



to`planganini  alohida  qayd etdi. Bugun  yurtimizda  sog`lom va  barkamol  avlod  

voyaga    yetayotgani,  o`z  iste`dodi    va  mahorati    bilan  jahon    arenalarida    ulkan  

muvaffaqiyatlarni  qo`lga    kiritayotgan    ko`plab  yosh  sportchilar    yetishib 

chiqayotgani    sportni,    xususan,  bolalar  sportini  rivojlantirishga  qaratilayotgan 

alohida e`tibor samarasidir. 

Mamlakatimiz  mustaqillikka  erishgach  barcha  sohalar  singari  ta`lim 

tarbiyada ham ko`pgina yangilanishlarni amalga oshirish ehtiyoji tug`ildi. Buning 

uchun  esa  pishiq-puxta  ishlangan,  ma`lum  maqsad  va  vazifalarni  o`zida 

mujassamlashtirgan  istiqbolli  dastur  talab  etilar  edi.  Prezidentimizning 

mustaqillikning ilk yillaridan boshlab ushbu sohada bo`lgan alohida e`tibori, uning 

taraqqiyoti  timsolida  yurtimizning    porloq  kelajagini,  davlatimizning  buyukligini 

tasavvur  etganligining  natijasi  o`laroq  1997yilda  "Ta`lim  to`g`risida"  gi  Qonuni 

hamda  "Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi"  dunyoga  keldi.  Unda  uzluksiz  davom 

etadigan  bir  butun  ta`lim-tarbiya  jarayonining  belgilovchi  ilk  turi-maktabgacha 

ta`lim,  deya  ataladi.  Birgina  ushbu  yondashuvning  o`ziyoq  bu  ta`lim  turiga  har 

tomonlama    ehtiyotkorlik  va  mehribonlik  bilan  qaramoqni  talab  etadi.  Negaki, 

bugunki  bolakay  yoki  qizaloq  zimmasida    XXI  asrda  kuchga  to`lib,  sog`lom, 

bilimli,  aqlli  bo`lib  jamiyatimizning  faol  a`zolariga    aylanishdek  ulkan  vazifa 

turibti.  Bunda  esa  ular  sizu-bizga-kattalarga  ishonishadi.  Agar  yoshlarimizdagi 

shijoatni,  kuch-quvvatni,  bilimdonlikni,  fidoiylik  va  vatanparvarlik  bilan 

uyg`unlashtira olsak, bundan-da ziyoda qudratni topa olmaymiz. 

 Mamlakatimiz  kelajagi  uchun  sog`lom  avlodni  tarbiyalash  hamda  voyaga 

yetkazishda  jismoniy  tarbiyaning  ahamiyati  juda  katta.  So`nggi  yillarda  sport  va 

jismoniy tarbiya yoshlаr hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Xususan 

O`zbekiston  Respublikasi  Prezidentining    "O`zbekistonda  bolalar  sportini 

rivojlantirish jamg`armasini tuzish to`g`risida"gi Farmonida "bolalarni jismoniy va 

ma`naviy  tarbiyalashning  zamonaviy  shakl  va  uslublarini,  jinsi  va  yoshiga  qarab 

bolalarda  sport  ko`nikmalarini  singdirishning  sport  sohasida  iqtidorli  bolalarni 

ixtisoslashtirilgan  sport  maktablari  va  markazlarida  mashg`ulotlarga  tanlab 


olishning  ilmiy  asoslangan  tizimlarini  ishlab  chiqishni  tashkil  etish  hamda  ularni 

tadbiq qilishga ko`maklashish" lozimligi alohida ta`kidlandi. 

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va 

vazifalari  bolalarni  jismoniy  va  aqliy  jihatdan  rivojlantirish,  ularning  ruhiyat, 

shaxsiy  qobiliyatlari,  intilishi  va    ehtiyojlarini  qondirish,  milliy  va  umuminsoniy 

qadriyatlarga, mustaqillik g`oyalariga sodiq holda voyaga etib borishini ta`minlash, 

ularni maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yilgan davlat talablariga  

muvofiq maktab ta`limiga tayyorlashdan iborat. 

Bola  dunyoga  kelgan  kundan  boshlab,  davlat  va  jamiyat  hamda  ota-ona 

zimmasiga  uni  sog`lom,  aqlli,  xushxulqli  qilib  tarbiyalash  vazifasi  qo`yiladi. 

Davlat  va  jamiyatning  kelajagi  yosh  avlodning  qanday  voyaga  etishiga  ko`p 

jihatdan bog`liqdir. O`z navbatida jamiyat taraqqiyoti millatning ma`naviy darajasi 

bilan belgilanadi. 

Shu  bilan  birgalikda  biz  ham  shu  mavzuga  qo`l  urib,  ilmiy,  ilmiy-uslubiy 

manbalarni  taxlil  qildik,  ko`pgina  ilmiy  anjumanlar  materiallarini  o`rganib 

chiqdik.Ilmiy  amaliy  anjumanlar  materiallaridan  mavzuga  oid  quyidagi:   

"Maktabgacha  yoshdagi  bolalar  jismoniy  tayorgarligi  dinamikasi  va  uning  yosh 

bilan  bog`liq  xususiyatlari"  Masharipova  M.  (2005y),  "  Maktabgacha  yoshdagi 

bolalar  tarbiya  tizimida  jismoniy  mashqlarning  o`rni"  Salixova  G.(2005y)    "Ota-

onalarning  oilada  jismoniy  tarbiyani  tashkil  etish  uslubi"    Atoev  A,  Ibragimov 

B.(2008y) , "Maktabgacha yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalashda o`yinlarning 

o`ziga  xos  xususiyatlari"Yo`ldosheva  G,Davronova  D.  (2008y),  "Maktabgacha 

ta`lim  muassasalarida  sayr  qilishni  tashkil  etishning  tarbiyaviy  ahamiyati" 

Sultonov  R,  Kambarov  D.(2009y),  "Jismoniy  tarbiya  va  sport  ta`limidagi 

muammolar  yechimi  yo`lida  "Mavlonov  A,  Mamirova  D,  Xoliqov  A.(2009y)va 

boshqa ko`pgina maqola va tezislar bilan tanishib chiqdik. 



Ishning  maqsad  va  vazifalari.  Tarbiyachi  va  ota-onalar  uchun  bolalarni 

jismoniy  barkamol  qilib  tarbiyalash  va  rivojlantirishda  nimalarga  e`tibor  qaratish 

kerak?  Bu  borada  qanday  mashg`ulotlar  katta  ahamiyat  kasb  etadi?  Avvalo  qaysi 

jismoniy  sifatlar  va  ko`nikmalarni  rivojlantirish  zarur?  Qaysi  harakatli  o`yinlarni 



qo`llash maqsadga muvofiq? Jadal rivojlanish yoshiga  qadam qo`ygan bola uchun 

eng  muhimi  qaysinisi-o`z  gavdasi,  tanasini  boshqarib  borishmi    yoki  kuchli, 

chaqqon,  chidamli  bo`lishmi,  bilimlarni  o`zlashtirish,  yangi  axborot  va  

ma`lumotlardan  xabardor  bo`lishmi  yoki  o`z  fikrini  izhor  qilishni  bilishmi?  Bu 

masalada ikkala yo`nalish ham juda katta ahamiyatga ega. Zero shu yo`nalishdagi 

biron-bir yetishmovchilik, kamchilik albatta tez orada bilinadi. 

Bolalar  tarbiyasi  bilan  band  bo`lgan  insonlar  shuni  anglamog`i  kerakki, 

jismoniy  va  aqliy  rivojlanish,  baqamti,  yonma-yon  boradi.  Bu  jarayonni  olib 

borishni,  ta`lim-tarbiyani,  ayniqsa  3-6  yoshli  bolalardа  davom  ettirish  kerak, 

chunki ayni shu yoshlarda jismoniy salomatlik, qiziquvchanlik, o`rab olgan olamni 

o`rganish iroda, qiyinchiliklarni yengib o`tish ko`nikmalari yaratiladi. 

Harakatli  o`yinlar  orqali  bolaning  jismoniy  va  ruhiy  sog`lomlik,  axloqiy 

tarbiyasi  xamda  shaxslik  xususiyatini  rivojlantirishda  mohirona  foydalanishni 

o`rganish maqsadida o`z oldimizga quyidagi vazifalarni qo`ydik: 

-Mavzuga  doir    ilmiy,  ilmiy-uslubiy  adabiyotlarni  to`plash  va  o`rganib 

chiqish; 

-Harakatli o`yinlar orqali bolalarni sog`lom turmush tarziga jalb qilish, ular 

faolligini rag`batlantirish, eng avvalo bilimdonligi, o`yinga qiziquvchanligi, hissiy 

(emotsional')  xotirjamligini  ta`minlash,  o`zi  va  boshqalar  to`g`risidagi,  yon-atrof, 

olam haqidagi bilimlarini shakllantirish, turli shakldagi hamkorliklarga (kattalar va 

turli yoshdagi bolalar bilan) qo`shimcha imkon yaratish

-Maktabgacha  ta`lim  muassalarida  faoliyat  yurituvchi  mutaxassislarga 

harakatli o`yinlarni tashkil qilib o`tkazishda amaliy yordam berish; 

-  Maktabgacha  tarbiya  muassasalaridagi  jismoniy  tarbiya  mashg`ulotlari 

bolalarni  harakat  faoliyatiga  o`rgatishdagi  asosiy  shakl  hisoblanadi.  Bolalarda 

shunday sifatlarni tarbiyalash kerakki, ular keyinchalik maktabda o`qishga yordam 

berishi  lozim,  intizomli  bo`lish,  tarbiyachi-pedagogni  tinglay  bilish,  jismoniy 

mashqlarni nafaqat ko`rsatganda, balki so`z orqali bajarishni o`rgatish; 

 -Ishning  umumiy  saviya  va  mazmunidan  kelib  chiqib  umumiy  xulosalarni 

tayyorlash va tavsiya etish.  



Ishning  ilmiy  nazariy  yangiligi.  Bitiruv  malakaviy    ish  uchun  olingan 

mavzu bizning fikrimizcha yetarli darajada  o`rganilib chiqilmoqda, chunki maqola 

va  tezislarni o`rganib  tahlil  qilib  chiqqanimizda  shunday  fikrga  keldik, bu borada 

muayyan  maqolalar  va  tezislar  ilmiy  anjumanlarda  yoritilgan.  Anketa 

so`rovnomalar    tahlil  qilindi,  yutuq  va  kamchiliklar  ochib  berildi  va    ilmiy 

asoslarga asoslangan xulosalar olg`a surildi. 



Ishning  amaliy  ahamiyati.  Bitiruv  malakaviy  ishning  materiali  tavsiya, 

ko`rsatma va xulosalar umumta`lim  maktablari o`qituvchilariga hamda talabalarga 

ish jarayonida manba` sifatida xizmat qilishi mumkin.  

Ishning  tarkibi.  Bitiruv  malakaviy  ish:  Kirish,  uch  bob,  xulosa  va 

adabiyotlar ro`yxatidan tarkib topgan. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

I."UCHINCHI MING YILLIKNING BOLASI" TAYANCH DASTURI. 

 

Bitiruv  malakaviy  ishni  to`la  ochib  berish  maqsadida  maktabgacha  tarbiya 



muassasalarida    faoliyat  ko`rsatuvchi    mutaxassislarning  qaysi  Qonun  va  qarorlar 

hamda  dasturlar  asosida  ish  olib  borishlarini  o`rganishni  oldimizga  maqsad  qilib 

qo`ydik. Bu savolimizga javobni anketa yordamida olishga qaroр qildik shu bilan 


birgalikda O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta`limi  vazirligi tomonidan chiqarilgan  

"Uchinchi  ming  yillikning  bolasi"  tayanch  dasturi  me`riy  hujjatini  o`rganib 

chiqishga  qaror  qildik  va  tanlangan  mavzuga  tegishli  bo`lgan  bandlarni  ishga 

kiritishni lozim deb topdik  

 

I.1.O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAKTABGACHA TA`LIM 

TO`G`RISIDA NIZOM. 

 

1.Umumiy qoidalar 



1.1.Maktabgacha  ta`lim  uzluksiz  tizimining  boshlang`ich  turi  hisoblanadi 

hamda  O`zbekiston  Respublikasining      "Ta`lim  to`g`risida",    "Kadrlar  tayyorlash 

milliy dasturi to`g`risida" qonunlari talablari asosida tashkil etiladi. 

1.2.Maktabgacha ta`lim sog`lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash 

uchun  zaruriy  tashkiliy,  uslubiy  psixologik,  pedagogik  shart  sharoitlar  yaratadi, 

bolalarni  maktabda  muntazam  ravishda  ta`lim  olishga  tayyorlashda  ota-onalarga 

yordam beradi. 

1.3.Maktabgacha  ta`lim,  bola  6-7yoshga  yetguncha  oilada  hamda  davlat  va 

davlatga  qarashli  bo`lmagan  maktabgacha  bolalar  muassasalarida  amalga 

oshiriladi.  

2. Maktabgacha ta`limning maqsad va vazifalari 

2.1.  Maktabgacha  ta`lim,  bola  shaxsini  maktabgacha  yoshdagi    bolalar 

ta`lim-tarbiyasiga  qo`yiladigan  Davlat  talabalariga  muvofiq  sog`lom  va  yetuk, 

maktabda  o`qishga  tayyorlaydigan  tarzda  shakllantirish  maqsadini  ko`zlaydi. 

Maktabgacha  yoshdagi  bolalar  ta`lim-tarbiyasiga  qo`yiladigan  Davlat  talablari  

O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1998yil  5yanvardagi  5-son 

qarori bilan tasdiqlangan "Davlat ta`lim standartlari to`g`risida Nizom"ga muvofiq 

belgilanadi.  Davlat  talablari  asosida  barcha  turdagi  maktabgacha  ta`lim 

muassasalari  va  oilada  qo`llash  uchun  tavsiya  etiladigan  tayanch  dastur  ishlab 

chiqiladi. 

2.2. Maktabgacha ta`limning vazifalari: 


-bolalarni  xalqning  boy  milliy,  madaniy-tarixiy  merosi  va  umumbashariy 

qadriyatlar asosida aqliy va ma`naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash; 

-bolalarda milliy g`urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish; 

-maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  bilim  olish  ehtiyojini,  o`qishga  intilish 

mayllarini shakllantirib, ularni muntazam ravishdagi ta`lim jarayoniga tayyorlash; 

-bolalarning  tafakkurini  rivojlantirish,  o`zini  fikrini  mustaqil  va  erkin 

ifodalash malakalarini shakllantirish; 

-bolalarning jismoniy va ruhiy sog`ligini ta`minlash.  

 


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish