I.2. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TA`LIM-
TARBIYASIGA QO`YILADIGAN DAVLAT TALABLARI
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta`lim-tarbiyaning maqsad
va vazifalari
O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g`risida"gi Qonuni va "Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi" talablari asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim-
tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlodni istiqlol mafkurasi asosida sog`lom,
har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalab va maktab ta`limiga
tayyorlashdan iboratdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim-tarbiya berishning asosiy asosiy
vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma`naviy jihatdan rivojlantirishdan, ularning
tug`ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji vа imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy
va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam ta`lim olishga (maktabga)
tayyorlashdan iborat.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash
jarayoni oldiga qo`yilgan maqsad va vazifalarninng bajarilishi ushbu
"Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan davlat talablari"
orqali nazorat qilinadi. Davlat talablarida maktabgacha yoshdagi bolalarga
beriladigan ta`lim-tarbiya mazmunining asosiy yo`nalishlari hamda ularning
maktabga tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar belgilab berilgan
bo`lib, u davlat hujjati sifatida e`tirof etiladi.
Davlat talablari ko`rsatkichlarini belgilashda davlat va jamiyatning ijtimoiy
buyurtmasi, maktabgachа yoshdagi bolalarning jismonan sog`lomligi, qobiliyati,
ehtiyoji va imkoniyatlari, ya`ni bola shaxsining ustuvorligidan kelib chiqildi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan talablarni
bajarish O`zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko`rsatayotgan mulkchilik
shakli va idoraviy bo`ysunishidan qat`iy nazar barcha ta`lim muassasalari uchun
majburiydir.
2. Ta`lim-tarbiya mazmunining asosiy yo`nalishlari
2.1. Bolalarni jismoniy rivojlantirish
Bolalarning maktabga tayyorgarligini belgilovchi muhim ko`rsatkichlaridan
biri ularning jismoniy jihatdan rivojlanganlik darajasidir. Bolalar o`z yoshlariga
mos bo`lgan harakatli, shu jumladan milliy o`yinlar nomlarini, qoidalarini bilishi
va ularda faol ishtirok eta olishi, yugurish va sakrash, yoshiga mos holda
belgilangan normativlarni bajarishi, saflanishi chaqqon harakat qilish, chiniqtirish
mashqlarini bajarishi kabilarni o`rgatish maktabgacha yoshdagi bolalarning
jismoniy rivojlanishini ta`minlovchi ta`lim-tarbiya mazmunining asosini tashkil
etadi.
2.3. Ma`naviy-madaniy yetuklik
Vatan tuyg`usi, vatanparvarlik hislari, milliy g`urur, mustaqil g`oyasi hamda
o`z hududi, o`lkasi, xalqiga mehr va sadoqatli bolani yoshiga mos ravishda
shakllantirish maktabgacha ta`limda ma`naviy-madaniy ishlarning asosini tashkil
qiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning odob-axloqli bo`lishi va mehnatga
muhabbat qo`yishiga katta e`tibor beriladi. Bolalar ilk yoshdan boshlab uyda,
ko`chada, bog`chada, mexmonda o`zini tutish qoidalari, muomala madaniyati,
ovqatlanish, kiyinish, yechinish, saranjom-sarishta yurish, odobli, mehnatsevar
bo`lish, boshqalar mehnatini qadrlash kabi odatlarga o`rgatiladi. Ana shu odatlar
bolani odob-axloqli, mehnatga layoqatli qilib tarbiyalash mazmunining asosini
tashkil etadi.
Bolalarning ma`naviy jihatdan barkamol bo`lishida nafosat tarbiyasi asosiy
o`rin tutadi. Tasviriy san`at asarlaridan zavqlana olish, musiqani tinglash va undan
shodlana olish qobiliyatlari bolalarda ilk yoshdan rivojlantirib boriladi. Nafosat
tarbiyasi mazmunining asosini chiroyli rasmlarni his etish, ulardan zavqlana olish,
asosiy ranglarni bilish va farqlay olish, rangli qalamlardan foydalan olish, ular
yordamida sodda rasmlarni qog`ozda tasvirlay olish, plastilin yoki loydan sodda
shakldagi narsalarni yasay olish, musiqani tinglab zavqlana olish, ayrim milliy
cholg`u asboblarini bilish, musiqa ohangiga mos ravishda raqsga tushish va
qo`shiq ayta olish kabilarga o`rgatishni tashkil etadi.
3. Bolalarni maktabga tayyorlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar
3.1. Jismoniy rivojlanganlik darajasi
Maktab yoshiga yetgan bolalarning jismoniy jihatdan rivojlanganlik
darajasiga qo`yiladigan minimal talablar:
-mustaqil tarzda jismoniy mashqlar bajara olish;
-buyruqqa (start) asoslanib yugurish;
-xoda ustiga o`tirib oldinga siljish;
-narvon yordamida tepaga chiqish va pastga tushish;
-5sekund davomida arqonga osilib turish;
-arg`imchoq uchish;
-cheklangan sath va chiziq bo`ylab yurish;
-qiya qo`yilgan taxta ustidan yurib o`tish;
-bir oyoqda "qaldirg`och" bo`lib turish;
-oyoq uchlari bilan buyumlarni qisib ko`tarish, pastga tushirish va bir joydan
boshqa joyga ko`chirish;
-joyda turib 15-20 marta sakrash;
-70sm. uzunlikka sakrash;
-30sm. balandlikdagi to`siqdan sakrab o`tish;
-to`xtamasdan 2-3minut davomida yugurish;
-100m. masofani to`xtamasdan yugurib o`tish;
-10m. masofani emaklab o`tish;
-safda tugri turish va safni buzmasdan yurish;
-saflanish va qayta saflana olish;
-musiqa ohangiga mos holda harakat qilish;
-koptokni irg`itish va ilib olish;
-ilon izi shaklida yurish;
-to`p-to`p bo`lib, aylana bo`ylab yurish;
-chiniqtirish mashqlarini bajarish;
-xalq o`yinlari "Kim chaqqon?", "Oq terakmi ko`k terak?", "Avval akam",
"Quyonim-quyonim ne bo`ldi", "Chittigul", "Bog`lam-bog`lam", "Kim oladi
shuginani-yo", "Uchdi, chopdi, sakradi", "Qushim boshi", "Qoch bolam qush
keldi", "Tortishmachoq" kabi harakatli o`yinlarda ishtirok eta olishdan iborat
I.3. "UCHINCHI MING YILLIKNING BOLASI"TAYANCH
DASTURI-"MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TA`LIM-
TARBIYASIGA QO`YILADIGAN TALABLARI"NING BAJARILISHIGA
ERISHILADIGAN DASTUR.
1.Chaqaloqlik davri (1yoshgacha)
2. Ilk yosh davri (1-3yosh)
1-2yosh davri
1. Bolalarni jismonan rivojlantirish.
Bir yoshdan ikki yoshgacha bo`lgan davrda bola ikki bosqichni bosib o`tadi:
1yoshdan-1 yoshu 6 oylikdan - 2yoshgacha.
Bolaning sog`ligini mustahkamlash, ularning tana a`zolarini chiniqtirish.
Asosiy harakat turlarini rivojlantirish. bolalarni tetik tutuvchi, toliqishlarining
oldini oluvchi harakatlarni rivojlantirish uchun sharoit yaratish.
Barmoqlarning mayda muskullarini rivojlantirish. Yurish va harakat
qilishning ayrim ko`nikmalarini rivojlantirish. Mustaqil harakat qilishga qiziqish
uyg`otish. O`z-o`ziga xizmat ko`rsatish, tartiblilik, ozodalikka rioya qilishning
oddiy malakalarini shakllantirish.
Bu yoshdagi bolalarni tez-tez sayr qildirish lozim. Sayr davomida
bolalarning toliqib qolishiga yo`l qo`ymaslik, ayni vaqtda ularning kam harakat
bo`lib qolishlarining oldini olish ko`zda tutilishi lozim.
Kuz va qishning uncha sovuq bo`lmagan kunlarida va bahorda bolalar
bahavo ayvonchada uxlaganlari ma`qul. Bu 1yoshu 6 oylikkacha bo`lgan bolalar
uchun juda muhimdir. Chunki sovuq kunlarda ularning sayrga chiqishlarini tashkil
qilish bir oz qiyin. Agarda ayvonda uxlatish imkoni yo`q bo`lsa, bolalar
uxlatayotgan xonalarning deraza qanotlari yoki darchalari ochib qo`yilgan bo`lishi
kerak. Bolalar uxlayotgan xona temperaturasini 15darajagacha pasaytirish tavsiya
qilinadi.
Bir yarim yashardan oshgan bola sovuq kunlari 2 marta: nonushta va
ikkinchi tushlikdan so`ng sayr qildiriladi. Yozda esa bolaning butun kunini ochiq
havoda o`tkazishni rejalashtirish.
To`pni dumalatish, uning ketidan yurish, to`pni qayta olib kelish. Kichikroq
to`pni bir qo`lda uzoqroq uloqtirish.
Qo`l harakatlari, qo`llarni cho`zish, orqaga yashirish. Barmoqlarni yumish
va ochish. Barmoqlar bilan polni taqillatish. O`tirgan holatda o`ngga va chapga
burilish. Tik turgan va o`tirgan holatda oldinga egilish. Tayoqcha yordamida
egilish. Tayanib o`tirish.
Harakatli o`yinlar: "O`yinchoqni olib kel", "Menga yetib ol", "Hammang
tezda mening oldimga kelinglar", "Kuchukchani quvib yet", "Qushlar qanot
qoqishadi", "Koptokni quvib yet", "O`yinchoqni yashiramiz", "Darvozaga to`p
tushir", "Ehtiyot bo`l", "Shaqildoqqacha emaklab bor", "Qo`g`irchoqlar oldiga
mexmonga borish", "Quyonchalar sakraydi", "Sichqonlar yuradi" kabi.
2-3yosh davri
1.Bolalarni jismonan rivojlantirish
Ikki yoshga qadam qo`ygan bolalarni talab darajasida chiniqtirish uchun
havo-issiqlik rejimiga rioya qilish zarur. Bunda bola yashaydigan xonalarni
muntazam shamollatib turish orqali erishiladi.
To`g`ri yo`nalishda muvozanatni saqlab teng qadamlab yurishni o`rgatish,
tirmashib chiqish (kichik narvonchaga mustaqil chiqish va tushish), predmetlarni
uloqtirish va dumalatishda tushirib yubormaslikni o`rgatish. Barmoqlarning mayda
muskullarini rivojlantirish, chamalashni, ayrim harakatlarni va faoliyatlarni boshqa
bolalar bilan birgalikda bajarish malakalarini shakllantirish. Bolalarni harakat
faolligiga undash. Mustaqil harakat qilishga qiziqishni tarbiyalash.
Yurish va muvozanat saqlash mashqlari. To`g`ri yo`nalishda yurish,
yo`lkadan, yerga yotgan taxtadan yurish. Bir uchi poldan 15-20sm ko`tarilgan
taxtadan yurib ko`tarilish (eni 25sm uzunligi 1,5-2 m) va undan tushish. Balandligi
15sm bo`lgan yashik ichiga tushish va undan chiqish. Erga tashlangan hamda
poldan 15-25sm ko`tarilgan chizimcha yoki taxtacha ustidan kattalar yordamida
hatlab o`tish.
Emaklab va tirmashib chiqish mashqlari. 2m masofaga emaklash. Xalqa
(obruch) ichiga emaklab kirish. O`rindiq va suri ostidan emaklab o`tish. Balandligi
1metr narvonchaga chiqish va tushish.
Narvonchaga chiqish (balandligi 1-1,5m) va tushishga o`rgatish.
Uloqtirish. Dumalatish mashqlari. To`pni o`tirgan, turgan holatda
dumalatish, pastga, yuqoriga tashlash.
Ikki-uch davrida ham bolaning sog`ligini mustahkamlab borishini davom
ettirish. Har bir bolaning jismoniy tomonidan o`sishi, vujudining chiniqishi uchun
sharoit yaratish. Madaniy-gigiena malakalarini tarbiyalash. Asosiy harakatlarni
takomillashtirish. Yurish va yugurish paytida o`z harakatlarini boshqa bolalarning
harakatlariga moslashtirishga o`rgatish. Harakatlarni ko`rsatma yoki tushuntirishga
muvofiq bajarishga odatlantirish. Belgilangan harakat yo`nalishlariga rioya qilish,
bajarilayotgan harakatni bir vaqtda tugatish.
Harakatli o`yinlar: "Ko`prikcha bo`ylab ariqchadan o`tish", "Ariqchadan
hatlab o`tish", "Meni quvlab yet", "Quyonchani quvlash", "Qo`g`irchoqlar oldiga
mehmonga borish", "To`pni quvlab yet", "Quyosh va yomg`ir", "CHumchuqlar va
avtomobil'", " Poezd", "Samolyotlar", "Pufak", "Qushlar inlarida", "Qo`ng`izlar",
"Mushuk bilan sichqon", "Mening jangdor koptogim", "Maymunchalar",
"Polizda", "Oq quyoncha o`tiribti", "Quyonim-quyonim-ne bo`ldi", "Kim
chaqqon", "Yerdan baland", "Egri-bugri yo`ldan", "Toshdan-toshga ariqchadan
o`tish", "Pirpirak bilan yugurish", "Qurbaqalar" kabilar
3. Kichik yosh (3yoshdan 4yoshgachа)
1.Bolalarni jismonan rivojlantirish
Maktabgacha yoshdagi kichik bolalarning jismoniy-ruhiy rivojlanishi
jarayoni shiddat bilan kechadi. Ularning vujudi tinimsiz o`sayotganligi uchun ham
bir joyda tinch o`tira olmaydilar. Lekin bu bosqichda bola jismoniy o`sishi
tashqaridan qaraganda bir oz susayganday bo`ladi. Ya`ni 3 yoshdan 4yoshgachа
bo`lgan davrda bolalar faqat 4sm.ga o`sadilar. Ota-onalar bolalarining jismoniy
rivojiga alohida e`tibor berishlari, ularning erkin, bemalol harakatlanishlariga
sharoit yaratilishi lozim. Chunki bolaning fikri teranligi, nutqining boyligi,
ma`naviy sifatlarini o`zlashtirishi, avvalo uning sog`lomligiga bog`liqdir.
Bu davrda bolaning butun yashash sharoitida jiddiy o`zgarishlar yuz beradi.
Birinchidan, bola 3yoshgа yetgach, uning faoliyat doirasi ancha kengayib
mustaqilligi yanada ortadi. O`yinlari, hatti-harakatlari ham boshqacha mazmunga
ega bo`la boshlaydi. Ikkinchidan, bolaning butun faoliyatida nutqning roli orta
boradi. Chunki u burro gapirishni o`rganadi. Shuning uchun ular kattalarga
tinimsiz savollar berishadi. Zero, dunyo bilan chinakamiga tanishish pallasiga
kirgan bolakaylar uning barcha jihatlarini o`rganib olmoqchi bo`lishadi. Bu
yoshdagi bolaning yashash sharoitida yuzaga kelgan mazkur o`zgarishlar uning
jismoniy va ruhiy jihatdan o`sib kamol topishiga ta`sir etmay qolmaydi.
Bolalarning jismoniy mashqlarni bajarishga o`rgatish bolalar harakatining
shakllanishiga yordam berish. Gavdani tik tutib yurishiga, stulda va erda to`g`ri
o`tirishga o`rgatish. Turgan joyidan uzoqqa sakrab erga yumshoq tushishga
o`rgatish. Emaklab tirmashib chiqish va to`p bilan harakat qilish mashqlarini
bajarishda gavdani to`g`ri tutishga o`rgatish.
Yurish mashqlarini o`rgatish. Belgilangan yo`nalishda yo`nalishni
o`zgartirib yurishga, buyumlarni oralab o`tishga o`rgatish. Yurish mobaynida
qomatni to`g`ri tutishga odatlantirish.
3-4 daqiqa davomida to`xtamasdan yugurishga, 20metr masofani tez yugurib
o`tishga o`rgatish.
Ko`tarilgan qo`ldan yuqoriroqqa osib qo`yilgan buyumga sakrab yetishga,
uzoqlikka sakrashga, 10-20sm balandlikdagi to`siqdan sakrab o`tishga o`rgatish.
Dumalab borayotgan koptokka yetib borishga, uni qo`llab otishga, o`zgalar
otgan koptokni ilib olishga o`rgatish.
Doira shaklida tashlab qo`yilgan arqoncha bo`ylab va bir tomoni 15-20sm
ko`tarib qo`yilgan taxtacha ustida yurishga o`rgatish.
Jismoniy mashqlarni bajartirishda o`g`il va qiz bolalarning o`ziga xos
jihatlarini hisobga olish. Qizlarning ko`proq chiroyli toshchalar, qomatni raso
qiladigan halqachalar bilan o`ynashi, o`g`il bolalarning esa, keskin harakatlarni
talab etuvchi o`yinlarni yoqtirishlarini e`tiborga olish, oila va bog`chaning
imkoniyatlaridan kelib chiqib, tegishli vositalar yordamida jismoniy mashqlar
tizimini o`rgatish.
Qo`llarini yonga harakatlantirishga, ko`krak oldida, orqasida va bosh ustida
chapak chalishga, qo`llarni oldinga, orqaga, pastga, yuqoriga qimirlatishga, har xil
harakatlarni bajartirishga o`rgatish. Biр joyda turgan holatda oldinga, orqaga,
yonga egilishga, oyoqlarni bukish va yozishga, stulni ushlagan holda har xil
harakatlarni bajarishga o`rgatish.
Gavdani chap va o`ngga burish, oldinga va orqaga egilish, qo`l va oyoqlarni
bir vaqtda birgalikda harakatlantirish, qorinda yotgan holda qo`l va oyoqlarni
ko`tarish mashqlarini bajarashga o`rgatish.
Harakatli o`yinlar: "Koptok o`yini", "Bekinmachoq". "Yerdan baland",
"Uchadi, uchmaydi", "Mushuk va sichqon", "Kim chaqqon", "Arg`imchoq",
"Menga etib ol", "Poezd", "Ariqchadan hatlab o`tish", "Ko`z boylash", "Cho`pon
va echkilar", "Tortishmachoq", "Pirpirak bilan yugurish", "Chambarak
dumalatish", "Quvlashmachoq", "Koptokni quvib yet", "Epchil quyon",
"O`yinchoqni olib kel", "Turnalar", "Qoch bolam qush keldi", "To`pni irg`itish",
"Ot o`yini".
Bolalarni musiqa ohangiga mos ravishda jismoniy harakatlar qilishga
o`rgatish. Qo`l va oyoqlarni musiqa ohangiga moslab harakatlantirish orqali raqs
elementlarini bajarishga o`rgatish.
Bolalarni musiqa maromiga monand yurish va yugurishga, musiqa ohangiga
munosabatini chapak va depsinish orqali ifodalashga o`rgatish. Bir oyoqda
depsinish, qo`l bandlarini, barmoqlarini aylantirish singari oddiy raqs harakatlarini
o`rgatish.
Musiqa ohangiga mos ravishda harakat qilishga o`rgatish maqsadida
quyidagi kuy va qo`shiqlar tavsiya etiladi: "Qo`llarimiz o`ynaydi", "Arqonni tort",
"Qo`llarimiz chiroyli".
4. Kichik yosh (4yoshdan 5yoshgachа)
1.Bolalarni jismonan rivojlantirish
Bola 4 yoshdan oshgach, uning jismoniy o`sishi yana birmuncha
jadallashadi. Chunonchi bolaning bo`yi 4yoshdan 5yoshgacha 6-7sm.ga o`sadi. Bu
yoshdagi bola g`oyat serharakat, tirishqoq va tinib-tinchimas bo`ladi. U ko`p
o`ynaydi, harakatda bo`ladi, har qanday harakatli ishlarda bajonidil ishtirok etadi.
Bu yoshdagi bolalarning sog`lom va erkin o`sishida ularni to`g`ri ovqatlantirish,
uxlatish, quvnoq kayfiyatda bo`lishini ta`minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalarning o`ta qo`zg`aluvchanligi ularni toliqishga olib kelsa, kamharakatlik
jismoniy rivojla-nishini susaytiradi. Shuning uchun xam ota-ona hamda
mutassaddi kishilar bolalarning harakati va hordig`i me`rida bo`lishiga alohida
e`tibor qilishlari zarur.
Bolalarning jismoniy rivojlanishida o`yin alohida ahamiyat kasb etadi.
Bolalarning jismoniy mashqlarni bajarishga o`rgatish. Bolalarni tovonda
oyoq uchida mayda va katta qadamda yurish, yurishdan yugurishga o`tish, oyoq
tovonida va oyoq uchida yurishga o`rgatish.
Bolalarni 40-60metr masofaga to`xtamasdan yugurishga, 20-25metr
masofani tez yugurib o`tishga o`rgatish.
Bir joyda turib 20-25 marta sakrash, balandligi 20-25 sm bo`lgan buyum
(to`siq) lardan oralig`i 40-50sm bo`lgan chiziqlardan sakrab o`tish mashqlarini
bajarishga o`rgatish.
To`p va chambarakni dumalatish, ularni yuqoriga irg`itib ilib olish, o`zaro
bir-biriga irgitishga o`rgatish.
Qo`l va yelkani rivojlantiruvchi mashqlarni o`rgatish. Jumladan qo`llarni
tirsakdan bukib aylanma harakat qilishga, kursiga tayangan holda mashqlar
bajarishga o`rgatish.
Oyoqlarni rivojlantiruvchi mashqlarni o`rgatish. Buyumlarni oyoq kaftlari
bilan bir joydan boshqa joyga olish mashqlarini bajarish.
Gavdani rivojlantiruvchi mashqlarni o`rgatish. Jumladan tayanib o`tirgan
holda oyoqlarni bukib ko`tarish, oyoqlarni chalishtirib o`tirib turish, tizzada turib
belni harakatlantirish mashqlarini bajarishga o`rgatish.
Jismoniy mashqlarni bajarishda bolalarning jinsiga xos xususiyatlar inobatga
olinishi lozim. O`g`il bolalar uloqtirish, dumalatish kabi bevosita jismoniy kuch
talab etiladigan mashqlarni bajarsalar, qiz bolalar chaqqonlikni, epchillikni
rivojlantiradigan mashqlar bilan shug`ullanishlari zarur.
Bolalarni jismoniy rivojlantirish maqsadida quyidagi harakatli o`yinlar
tavsiya etiladi: "Do`ppi tashlar", "Bog`lam", "Uchdi, chopdi, sakradi", "Ok
terakmi-ko`k terak", "Qushim boshi", "Qopqon", "Do`ngdan do`nga", "Xo`roz",
"Qo`chqor", "Tramvay", "Daladagi qo`zichoq", "Quyoncha hamon o`tiribti",
"Tulki tovuqxonada", "G`ozlar-g`ozlar", "Ot o`yini", "Arg`imchoq o`yinlari".
5. Katta yosh (5yoshdan 6yoshgacha)
1.Bolalarni jismonan rivojlantirish
Bolalarni jismoniy mashqlarni muntazam bajarishga o`rgatish. Sport turlari
bilan tanishtirish hamdа ularning u yoki bu sport turiga bo`lgan qiziqishlarini
aniqlash va rivojlantirish. Sport o`yinlarini o`rgatish. Jismoniy mashqlar qilishga
odatlantirish. Katta-katta qadam tashlab yurishga o`rgatish. Yarim o`tirgan holda
tovonda va barmoq uchlarida turish, oyoq yonlariga tayanish. Qo`llarni turli
tomonlarga harakatli yo`naltirishga, oyoqlarni chalishtirib qadamlar oralig`idagi
masofani o`zgartirib borishga tizzalarini baland ko`targan holda oyoq uchlarida,
katta-kichik qadam tashlab yurishga, to`siqlardan sakrab o`tishga o`rgatish.
Bolalarni emaklab va tirmashib chiqishga o`rgatish. Birin-ketin bir necha
buyumlarning ustidan emaklab o`tish. Cho`kkalab, qo`llarni tizzaga tiragan holda
skameyka, krovat, divan bo`ylab orqa va oldinga emaklashga o`rgatish.
Bir joyga turgan holatda ikki oyoqda sakrashga galma-gal almash-tirib bir
oyoqda sakrashga o`rgatish. Oldinga siljigan holda 3-4 m. masofani shu zaylda
sakrab o`tish, 20-25sm. balandlikdagi to`siqdan sakrab o`tishga o`rgatish.
Koptokni otishga, ilib olishga yerga tashlab ikki qo`llab ilib olishga
o`rgatish. Bir-biriga koptokni otib, uni har xil vaziyatda (turgan, o`tirgan holatda,
pastdan, bosh orqasidan, ko`krakdan, yerdan sakratib) ilib olishga o`rgatish.
Qo`llarini ko`krak oldiga, yelkaga va yon tomonga tutishga, yon tomonga
uzatish, tirsakdan bukish, oldinga uzatish, yuqoriga ko`tarish, kaftlar yuqoriga
qaratilgan holda yon tomonga yozish, ikkala qo`lni galma-galdan va bir vaqtda
yuqoriga ko`tarish va orqaga uzatish, barmoqlarni yozish va bukish (musht qilish
va ochish) mashqlarini bajarishga o`rgatish.
Ketma-ket va bir necha marta o`tirib turish, bunda qo`llarni yon tomonga va
yuqoriga zarb bilan harakatlantirish mashqlarini bajarishga o`rgatish. Chalqancha
yotib, oyoqlarni chalishtirib harakat qilishga o`rgatish. Qo`llarga tayangan holda
qorinda yotib bosh va yelkalarini ko`tarishga o`rgatish.
Bolalarning jismoniy kamolotini ta`minlash maqsadida quyidagi harakatli
o`yinlar tavsiya etiladi: "Ko`z boylog`ich", "Qoch bolam qush keldi", "Koptok
o`yini", "Pat", "Chori chambar", "Bekinma-choq", "Doiraga tort", "Oqsoq qarg`a",
"Biz quvnoq bolalarmiz", "Oq terakmi-ko`k terak", "Kim tez o`raydi", "Buyumni
almashtir", "Ovchi va quyoncha", "Kim oladi-shuginani-yo", "Zag`izg`on", "Bo`sh
joy", "Kim uzoqqa sakraydi", "Do`ppi yashirma", "Xo`rozlar jangi" kabi.
"Alpomish" va "Barchinoy" testlarini bajarish:
1.Bilish, yuvinish, artinish, cho`milishni gigienik ahamiyati, jismoniy
mashq, o`yin, sayr uchun kiyimlarni tanlash;
2.Bajara olish, jamoada o`zini tuta bilish, musiqa jo`rligida raqs tushish,
nostandart buyum va jihozlardan foydalan olish.
Sinov va me`yor turlari
№
Sinov turlari
O`lchov
birligi
O`g`il
bolalar
Qiz
bolalar
1.
Mokisimon yugurish
3x10sek
10,8
11,2
2.
Sakragichda yugurish
marta
18
20
3.
Ko`p sakrashlar
marta
14
10
4.
Kichik koptokni nishonga uloqtirish
marta
4
3
5.
Joydan uzunlikka sakrash
sm
105
95
6. Gimnastika norvoniga tirmashib chiqish
metr
2
1,5
7.
Osilish va sakrashlar
bilsh
bilish
8.
Suzish (suvdagi o`yinlar)
min
15
12
9.
Yaylovlarda sayr qilish
km
15
12
10.
Buyumli-harakatli o`yinlar
bilish
bilish
6. Maktabgacha tayyorlov guruhi (6yoshdan 7yoshgacha)
1.Bolalarni jismonan rivojlantirish
Jismoniy mashqlarni mustaqil bajarishga o`rgatish. Jismoniy mashqlar
jarayonida jarohatlanishning oldini olish maqsadida ularda ehtiyotkorlikni, o`z
harakatini nazorat qila olish ko`nikmalarini tarkib toptirish.
Bolalarni jismoniy tarbiya musobaqalari hamda harakatli o`yinlarga jalb
qilish. Bolalarda chaqqonlik, jasurlik, topqirlik xislatlarini tarkib toptirish.
Mustaqil tarzda jismoniy harakatlarni bajarishga odatlantirish.
Buyruqqa (start, to`xta) asoslanib yugurishga o`rgatish. Uzluksiz 2-3 minut
davomida yugurishga, 40-50m. masofani 2-3 marta yugurib o`tishga, 100m.
masofani dam olmay tez yugurib o`tishga o`rgatish.
Xoda ustida o`tirib oldinga siljishga o`rgatish. Narvon yordamida tepaga
chiqishga va pastga tushishgа o`rgatish. Arvon yonida turib, uni mumkin qadar
balandroqdan ushlash uchun intilishga o`rgatish. Arqonga osilib turishga o`rgatish,
arg`imchoq uchishga o`rgatish.
Og`irligi 1kg. gacha bo`lgan sport toshlarini yumalatishga o`rgatish.
Cheklangan sath va chiziq bo`ylab yonma-yon qadam tashlab o`tishga, qiya
qo`yilgan taxta ustidan yurib o`tishga o`rgatish. Bir oyoqda "Qaldirg`och" bo`lib
turishga o`rgatish.
Oyoq uchlari bilan buyumlarni qisib olib ko`tarish va pastga tushirish, bir
joydan ikkinchi joyga ko`chirishga vrgatish.
O`g`il bolalar bilan "Oq suyak", "Chillak", "Quloq cho`zma", "Eshak mindi"
kabi milliy o`yinlarni o`rgatish, qiz bolalarni esa "Sopalak", "Happak", "Besh
tosh", "Cho`p qo`g`irchoq" singari milliy o`yinlar o`ynashga jalb etish.
Musiqa ohangiga mos holda harakat qilishga o`rgatish. Quvnoq va hazil
musiqalarning ohangiga mos holda harakat qilishga, harakatlarni musiqa ostida
boshlash va yakunlash, navbatma-navbat goh oyoq uchi bilan, tovoni bilan
qo`yish, oyoqlar bilan tapillatish, qadamma-qadam yurish, cho`kkalagan holdа
o`tirib musiqa ohangini qarsaklarda ifodalashga o`rgatish. Musiqa ohangiga mos
ravishda qo`llarni harakatlantirishga o`rgatish.
Bolalarning jismoniy rivojlanishini ta`minlash maqsadida quyidagi kuy va
qo`shiqlar tavsiya etiladi: "Do`loncha", "Andijon polkasi", "Yalama-yorim", "Qari
navo", "Chertma", "O`z-o`zingni tanib ol", M.Ikromova- "Ha o`yna, o`yna",
I.Akbarov-"Ayiqlar raqsi", K.Qodirov-"Marsh", N.Norxo`jaev-"Kim chaqqon".
Bolalarning jismoniy kamolotini ta`minlash maqsadida quyidagi harakatli
o`yinlar tavsiya etiladi: "Zag`izg`on", "Kim uzoqqa sakraydi", "Kalit", "Do`ppi
yashirma", "Chavandozlar", "Chambarakni tushirish", "Qushim boshi", "Hamma
o`z bayrog`iga", "Ovchi va quyoncha" "Chuqurchaga tushirish", "Yakkama-yakka
tortishmachoq", "Xo`rozlar jangi", "Arg`imchoq-arg`imchoq", "Sopalak", "Kim tez
tortadi", "Koptokni urish", "Do`ngdan-do`ngga".
"Alpomish" va "Barchinoy" testlarini bajarish:
1. Bilish, yuvinish, artinish, cho`milishni gigienik ahamiyati, jismoniy
mashq, o`yin, sayr uchun kiyimlarni tanlash;
2. Bajara olish, jamoada o`zini tuta bilish, musiqa jo`rligida raqs tushish,
nostandart buyum va jihozlardan foydalana olish.
Sinov va me`yor turlari
№
Sinov turlari
O`lchov
birligi
O`g`il
bolalar
Qiz
bolalar
1.
Mokisimon yugurish
3x10sek
10,8
11,2
2.
Sakragichda yugurish
marta
18
20
3.
Ko`p sakrashlar
marta
14
10
4.
Kichik koptokni nishonga uloqtirish
marta
4
3
5.
Joydan uzunlikka sakrash
sm
105
95
6. Gimnastika norvoniga tirmashib chiqish
metr
2
1,5
7.
Osilish va sakrashlar
bilsh
bilish
8.
Suzish (suvdagi o`yinlar)
min
15
12
9.
Yaylovlarda sayr qilish
km
15
12
10.
Buyumli-harakatli o`yinlar
bilish
bilish
Do'stlaringiz bilan baham: |