O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish



Download 6,32 Mb.
bet18/132
Sana15.05.2023
Hajmi6,32 Mb.
#938904
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   132
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika 3-semestr

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish faoliyatini tartibga soladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisipalatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z ustaviga, mustaqil balansiga, bank hisob raqamlariga, o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga ega bo‘ladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadi va vazifalari
Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadi hisoblanadi: maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi o‘rinlarda bolalar deb ataladi) har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish; ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash; bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish. Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining vazifalari hisoblanadi: ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturiari va texnologiyalarini joriy etish; bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash; bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish; bolaning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini ta'minlash; bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko‘rishida, eshitishida) yengil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish; bolalarda xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tashkil etish Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq tashkilot shaklida tashkil etiladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari toifasiga kirmaydigan barcha yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda litsenziya olgan vaqtdan boshlab ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi. Muassasa o‘z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ish tartibi va bolalarning muassasada bo‘lish vaqti tashkilot ustavi hamda muassisning qarori bilan belgilanadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi: 12 soatli; 10,5 soatli; 9 soatli; 4 soatli. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning ovqatlanishi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga tibbiy yordam ko‘rsatish shtatdagi yoki sog‘liqni saqlash organlarining shartnoma asosida maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiyot xodimlari nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini tibbiy ko'rikdan o‘tkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’limning uzluksizligini ta’minlash maqsadida shartnoma asosida o'z faoliyatini umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bilan birgalikda amalga oshirishi mumkin. Maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash, ularni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish maqsadida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlar tashkil etiladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlar uchun 4 soatli ish tartiblari joriy etiladi. Nodavlat ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlar qonun hujjatlariga muvofiq olingan litsenziya asosida muassis qarori bilan tashkil etiladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotda tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda moddiy-texnik va kadrlar ta’minoti muassis tomonidan belgilanadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida qisqa muddatli guruhlarni qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muassisning qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Download 6,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish