O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Download 369,97 Kb.
bet29/74
Sana27.11.2022
Hajmi369,97 Kb.
#873510
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   74
Bog'liq
Маънавият мажмуа

Mohiyati
Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida fuqarolik jamiyatini qurishda toʻgʻanoq boʻladigan muammolardan biri korrupsiyadir, deb qayd etgan. Bozor iqtisodiyoti tizimi kushandasi, davlatlar oʻrtasida ikki va koʻp tomonlama hamkorlik, biznes hamda investitsiya rivojida shafqatsiz toʻsiq ham ayni shu korrupsiya hisoblanadi. Har yili oʻnlab qoʻshma korxonalarning ochilishi va yopilishi zamirida ana shu “koʻrinmas qoʻllar” yotadi. Korrupsiya darajasi yuqorilashgan davlatga chet el investitsiyasini kiritish kamayib borayotganining asl sabablarini ham shu xavfli illatdan izlash lozimga oʻxshaydi.
Oldin Gʻarb, keyinroq Osiyo davlatlarida bu masala chuqurlashib, jamiyatda “kasallik” hududi, koʻlami va darajasi kuchayib borayotgan ekan, nima qilmoq kerak, degan doimiy savol paydo boʻladi. Nima qilsa, dunyoni egallab, mamlakatlar iqtisodiyotiga raxna solayotgan bunday balo-qazoning taʼsir doirasi kamayadi?!
Korrupsiya keng qamrovli tushuncha boʻlib, u jamiyatning ayrim qatlamlari, toifalari, guruhlarikundalik faoliyatiga aylanib, oʻzaro bir-biriga bogʻlanib, chirmashib ketganligidan koʻz yumib boʻlmaydi. “Nozik”, “chigalroq” ushbu masalada davlatning huquq-tartibot idoralari birmuncha hushyor, ziyrak boʻlishi, shuningdek, nodavlat tashkilotlari, turli komissiyalar, jurnalistlar, mustaqil sudlar tizimi faolroq ishlashi haqida tadqiqotchilar anchadan beri yozib keladi. Siyosatchilar, sotsiologlar, psixologlar, tarixchilar, davlat hamda jamoat organlari, siyosiy partiyalar, eng muhimi, amaliyotchilar masalani tahlil etish va yechimini topish ustida bosh qotirishi lozim.
Keyingi yillarda xorij, jumladan, MDH mamlakatlari matbuotida korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻllari haqida maqolalar paydo boʻla boshladi. MDHga aʼzo mamlakatlarda olib borilgan tadqiqotlar tahlili shundan dalolat beradiki, biz shoʻrolar tuzumidan qutulganimizga oʻttiz yilboʻlganiga qaramay, sud-huquq organlari hamon davlat hokimiyatining itoatkor organiga aylanganicha turibdi. Bu jamiyat kushandasi, yaramas illat haqida davlatimiz rahbari deyarli har bir chiqishida taʼkidlab oʻtadi. Biz viloyatlar sessiyalarida tashkiliy masala koʻrilganda, birinchi navbatda, mazkur masalaga roʻbaroʻ kelmoqdamiz.
Poraxoʻrlik va korrupsiya oʻzbek jamiyatining rivojlanishiga, xususan, demokratik yangilanish hamda modernizatsiyalash jarayoniga har jihatdan xalaqit bermoqda. Garchi bu masala uzoq yillardan beri taʼkidlanib, “qoʻlga tushgan” amaldorlar televideniye va matbuotda namoyish etilganiga qaramasdan, sud, prokuratura, idora rahbarlari hamda oddiy fuqarolarning qon-qoniga singib ketgan feodalizm sarqitlari, tamagirlik, byurokratiya jamiyatimiz hayotidan yoʻqolib ketmayapti.
Korrupsiya, birinchidan, jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib keladi, bu esa barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy taʼsir etmay qolmaydi; ikkinchidan, fuqarolarimizda huquqiy ong hamda huquqiy madaniyatning yetarli darajada emasligi, oʻz haq-huquqini himoya qila olmasligi jamiyatda adolat mezonining buzilishini koʻpaytiradi; uchinchidan, siyosiy institutlar, jamoat tashkilotlari shaklan demokratik mezon, oʻarb andozasiga oʻxshasa-da, mazmun-mohiyatiga koʻra, zamon talabidan orqada qolmoqda, bu kamchilik esa oldinga siljishimizga xalaqit beradi.
Bizningcha, bu borada bitta tashkilot — adliya organlari roli kuchayib, imtiyozlari koʻpayib borishi kerak. Yangi tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ham Adliya vazirligi bilan qonun ustuvorligini toʻliq taʼminlagan holda, barcha ishni birga olib borishi davr talabi. Ijtimoiy hayotdagi korrupsiyaning amal qilish sohalari. Hozirgi davrdagi “korrupsiya” (lotincha: corrumpō — aynish, poraga sotilish) — tushunchasini sharhlaydigan bo‘lsak, u asosan, “shaxsiy foyda olish uchun hokimiyatni suiiste’mol qilish” ma’nosida ishlatiladi. Korrupsiyaning quyidagi to‘rt asosiy sababini keltirish odat tusiga kirdi:
1.- Shaxsiy sabablar. Korrupsiya “yomon” hodisa, u yaxshi ta’lim-tarbiya ko‘rmaslik va kam maosh oladigan amaldorlarning nokasligi oqibatida paydo bo‘ladi.
2.- Institutsional sabablar. Bunda boshqaruvning kuchsizligi asosiy omil sanaladi. Masalan, kadrlar tayyorlash, hisobga olish va nazorat qilishning samarasizligi, mansabdorlarni yollashning osonligi va ularni oson ishdan haydash, ularda uzoq vaqt mansabda turishga ishonchsizlik paydo bo‘lishi kabilar korrupsiyani rag‘batlantiruvchi omillardir.
3.- Tizimiy sabablar. Hukumat ba’zan jamiyatning shunday talablariga duch keladiki, ularni bajarishning rasmiy tartiblari hali aniq ishlanmagan bo‘ladi yoxud ular ko‘p miqdorda mablag‘ talab etadi va aksar holda uzoq muddatlarga cho‘ziladi. Shunday holatlarda korrupsiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qisqa yo‘llar ochiladi.
4.- Ko‘p tomonlama sabablar. Ba’zan davlat rahbariyatining o‘ziga xos xulqi tufayli davlat boshqaruvida hal qiluvchilik rolini “shaxsiy” omillar bajaradi. Bunday sharoitda davlat mansablariga ishonchga sazovor odamlar tayinlangan taqdirda ham institutsional va tizimga oid muammolar sabab korrupsiya ko‘payadi.
-Korrupsiya konturlari va oqibatlari: Korrupsiya deganda, umumiy ma’noda, shaxsiy boylik orttirish va shaxsiy manfaati yo‘lida shaxsga ishonib topshirilgan lavozimini qasddan va noqonuniy suiiste’mol qilish tushuniladi.
-Korrupsiya boshqaruvning barcha darajalarida uchraydi: global, milliy va mahalliy. Barcha turdagi agentlar (jismoniy shaxslar, korxonalar, davlat xizmatchilari va siyosatchilar) korrupsiyaga ixtiyoriy yoki noixtiyoriy ravishda jalb qilinishi mumkin.
-Korrupsiya turli shakllarga ega: poraxo‘rlik, tovlamachilik, firibgarlik, mulkni o‘zlashtirish, fitna, hokimiyatni suiste’mol qilish, xushomadgo‘ylik, sovg‘a, qarindoshlik, homiylik va boshqalar.
-Korrupsiyaning holatiga turli omillar: ijtimoiy va madaniy sharoit, institutsional va tashkiliy tuzilmalar, siyosiy muhit, shuningdek iqtisodiy va tarkibiy o‘zgarishlar siyosati ham ta’sir qiladi.
-Yirik korrupsiya deganda, amaldagi davlat siyosatini yo‘qqa chiqaradigan, hukumat darajasida amalga oshiriladigan siyosiy va hukumat rahbarlariga xalq hisobidan manfaat ko‘rishga imkon beradigan harakatlar tushuniladi.
-Mayda korrupsiya deganda, odatda kasalxonalar, maktablar, militsiya bo‘limlari va boshqa joylarda asosiy xizmatlardan foydalanishga uringan oddiy fuqarolar bilan aloqa qilishda hokimiyatning quyi va o‘rta bo‘g‘inlari mansabdor shaxslarining kundalik ishonchli vakolatlarini suiiste’mol qilishlari tushuniladi.
-Siyosiy sohada korrupsiya demokratik tamoyillarga o‘tish jarayonini to‘xtatadi, siyosiy maqsadlarni umummilliy rivojlanish maqsadlariga emas ayrim guruhlarning maqsadlariga tobe qiladi, qonun ustuvorligini buzilishiga, siyosiy va sud institutlari faoliyatining samarasi tushishiga, mamlakat obro‘sining tushishiga va haqiqiy siyosiy raqobatning yo‘qolishiga olib keladi, shu bilan hokimiyatga ishonch susayadi, uni jamiyatdan uzoqlashtiradi.
-Iqtisodiy sohada korrupsiya davlat mablag‘lari va resurslarining samarasiz taqsimlanishi va sarflanishiga, biznesni yuritishda ko‘p vaqt va moddiy xarajatlarga, moliyaviy va tijorat xavflarining o‘sishiga, narxlarning o‘sishiga, raqobat muhitining yomonlashishiga, xufiyona iqtisodiyotning o‘sishiga, soliq tushumlarining kamayishiga, investitsion muhitning yomonlashishiga, investitsiyalarning kamayishi va umuman mamlakat iqtisodiyoti samaradorligining pasayishiga olib keladi.
-Ijtimoiy sohada korrupsiya ijtimoiy tengsizlik va qashshoqlikning kuchayishi, hokimiyatning byudjet sohasiga zarar yetkazuvchi “zarbalar” (“otkat”)lar tufayli ijtimoiy muammolarni yechishga qodir bo‘lmay qolishi, uyushgan jinoyatchilikning kuchayishi va jamoatchilik ko‘z o‘ngida qonunning obro‘sizlanishiga olib keladi. Bu axloqiy me’yorlar mohiyatining yo‘qolishiga va ijtimoiy keskinlikning o‘sishiga sabab bo‘ladi.
Korrupsiya qanday o‘lchanadi?
O‘zbekistonda korrupsiya dinamikasi va buning sabablari haqida. Uni qanday o‘lchash va u bilan qanday kurashish mumkin? O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashda uzoq muddatli ijobiy dinamikani namoyish etuvchi 16 ta davlat qatoriga kiradi
Korrupsiyani o‘lchash rasmiy muomaladan resurslarni chiqib ketishi va davlat boshqaruvidagi muammoli sohalarni aniqlashga yordam beradi. Davlat xazinasidan yo‘qotilgan pul miqdorini hisoblash bilan bir qatorda, korrupsiya to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat va jamoat institutlarining alohida e’tiborini talab qiladigan qonunchilik tizimining sifati, qonunlarga muayyan sohalarda amal qilinishi, davlat siyosatining samaradorligi kabi davlat boshqaruvining muammoli sohalari haqida xabar beradi.Korrupsiya to‘g‘risida nisbatan aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish tufayli hukumat davlat xizmatlarini taqdim etishdagi tengsizlik, qashshoqlik va izolyasiya, shuningdek, pul olib chiqish (otmivaniye), soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va poraxo‘rlikka yo‘l ochib beradigan moliyalash tizimidagi bo‘shliqlar (lazeykalar) kabi qator masalalarni hal qilish uchun samaraliroq siyosat va tartibga solish vositalarini ishlab chiqishi mumkin.
Bugungi kunda dunyoda korrupsiya darajasini o‘lchashning beshta asosiy usuli qo‘llaniladi. Ularning barchasining afzalliklari ham, kamchiliklari ham mavjud. Zero, korrupsiya to‘g‘risida aniq ma’lumot olish juda qiyin, ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi barcha shaxslar ko‘p hollarda kimligi ochiqlanishini xohlamaydilar.
Bugun biz tez sur’atlar bilan o‘zgarib bora-yotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechir-gan davrlardan tubdan farq qiladigan o‘ta shid-datli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar va jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi va jurnalist-lar bu davrni turlicha ta’riflab, har xil nomlar bilan atamoqda. Kimdir uni yuksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda. Albatta, bu fikrlarning barchasida ham ma’-lum ma’noda haqiqat, ratsional mag‘iz bor. CHun-ki ularning har biri o‘zida bugungi serqirra va rang-barang hayotning qaysidir belgi-alomatini aks ettirishi tabiiy. Ammo ko‘pchilikning ongi-da bu davr globallashuv davri tariqasida taassu-rot uyg‘otmoqda. Bunday ta’rif, menimcha, ko‘p tomondan masalaning mohiyatini to‘g‘ri ifoda-laydi. Nega deganda, hozirgi paytda er yuzining qaysi chekkasida qanday bir voqea yuz bermasin, odamzot bu haqda dunyoning boshqa chekkasida zud-lik bilan xabar topishi hech kimga sir emas. Ana shunday globallashuv fenomeni haqida ga-pirganda, bu atama bugungi kunda-ilmiy-falsa-fiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng ma’no-ni anglatishini ta’kidlash lozim. Umumiy nuq-tai nazardan qaraganda, bu jarayon mutlaqo yan-gicha ma’no-mazmundagi xo‘jalik, ijtimoiy-siyo-siy, tabiiy-biologik global muhitning shakl-lanishini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosi-dagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda.
Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni ob’ektiv tan olish kerak - bugungi kunda har qaysi davlat-ning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa min-taqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog‘la-nib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayon-dan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kel-masligini tushunish, anglash qiyin emas.
SHu ma’noda, globallashuv — bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi de-maqdir.
Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo‘lgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Hozirgi payt-da uning g‘oyat o‘tkir va keng qamrovli ta’sirini deyarli barcha sohalarda ko‘rish, his etish mum-kin. Ayniqsa, davlatlar va xalqyaar o‘rtasidagiintegratsiya va hamkorlik aloqalarining kucha-yishi, xorijiy investitsiyalar, kapital va to-varlar, ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi, ko‘plab yangi ish o‘rinlarining yaratilishi, zamonaviy kommuni-katsiya va axborot texnologiyalarining, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg‘unla-shuvi, sivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi, ekologik ofatlar paytida o‘zaro yordam ko‘rsatish imkoniyatlarining orti-shi — tabiiyki, bularning barchasiga globalla-shuv tufayli erishilmoqda.
Ayni paytda hayot haqiqati shuni ko‘rsatadi-ki, har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil maqsadda - ezgulik va yovuzlik yo‘lida foydala-nish mumkin. Agarki bashariyat tarixini, uning tafakkur rivojini tadrijiy ravishda ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak, hayotda insonni kamolotga, yuksak marralarga chorlaydigan ezgu g‘oya va ta’-limotlar bilan yovuz va zararli g‘oyalar o‘rtasida azaldan kurash mavjud bo‘lib kelganini va bu kurash bugun ham davom etayotganini ko‘ramiz.
Bugungi kunda zamonaviy axborot maydoni-dagi harakatlar shu qadar tig‘iz, shu qadar tez-korki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q, deb beparvo qarab bo‘lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyot-dan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas. Globallashuv jarayonining yana bir o‘ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning nihoyatda o‘tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va mar-kazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog‘lom fikrlaydigan har qanday odam, albatta, kuzatishi muqarrar.
Bu haqda gapirganda, men ilgari bildirgan ba’zi fikrlarni takrorlash o‘rinli, deb o‘y-layman.
Ta’bir joiz bo‘lsa, aytish mumkinki, bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlari-dan ham ko‘proq kuchga ega. Bu masalaning kishini doimo ogoh bo‘lishga undovchi tomoni shundaki, agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo‘lsa, buni sezish, qo‘rish, oldini olish mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta’siri va oqibat-larini tezda ilg‘ab etish nihoyatda qiyin.
Mana shunday vaziyatda odam o‘z mustaqil fik-riga, zamonlar sinovidan o‘tgan hayotiy-milliy qadriyatlarga, sog‘lom negizda shakllangan dunyo-qarash va mustahkam irodaga ega bo‘lmasa, har tur-li ma’naviy taxdidlarga, ularning goh oshkora, goh pinhona ko‘rinishdagi ta’siriga bardosh be-rishi amrimahol. Buni kundalik hayotda uchrab tu-radigan ko‘plab voqealar misolida yaqqol kuza-tish mumkin va ularning qanday og‘ir oqibat-larga olib kelishini uzoq tushuntirib o‘tirish-ning hojati yo‘q, deb o‘ylayman. O‘tgan yillar davomida dunyoda va mintaqamizda ro‘y bergan, biz bevosita o‘z boshimizdan kechirgan voqealar, mafkuraviy jarayonlarning rivoji bu xulosa-ning to‘g‘ri ekanini qayta-qayta isbotlamoqda.
Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o‘quydar-gohlarida, balki radio-televidenie, matbuot, Internet kabi vositalar orqali ham rang-barang axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Ja-hon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o‘rab-chirmab, uni o‘qima, buni ko‘rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atro-fini temir devor bilan o‘rab olish, hech shubha-siz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maq-sad-muddaolarimizga ham to‘g‘ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokra-tik jamiyat qurish vazifasini o‘z oldimizga qat’iy maqsad qilib qo‘yganmiz va bu yo‘ldan hech qachon qaytmaymiz.
Binobarin, biz davlatimiz kelajagini o‘z qobig‘imizga o‘ralib qolgan holda emas, balki umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chu-qur o‘zlashtirgan holda tasavvur etamiz. Biz is-tiqbolimizni taraqqiy topgan mamlakatlar taj-ribasidan foydalanib, davlat va jamiyat boshqa-ruvini erkinlashtirish, inson huquq va erkin-liklarini, fikrlar rang-barangligini o‘z hayoti-mizga yanada kengroq joriy qilishda ko‘ramiz. Biz butun ma’rifatli dunyo, xalqaro hamjamiyat bilan tinch-totuv, erkin va farovon hayot kechi-rish, o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish taraf-dorimiz. Biz uchun shunday yo‘l ma’qul, uning boshqa muqobili yo‘q.
Muxtasar qilib aytganda, yoshlarimizning ma’naviy olamida bo‘shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tar-zi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz zarur.
SHuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xa-bar ham axborot olamidagi globallashuv shidda-tidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon etkazishi mumkin.
Hammamiz yaxshi bilamizki, har qaysi dav-latning chegaralarini daxlsiz saklashda harbiy kuch-qudrat, qurolli kuchlar suv bilan havodek zarur. Ammo xalqimiz, avvalambor, yosh avlodi-miz ma’naviy olamining daxlsizligini asrash uchun biz nimalarga tayanib-suyanib ish olib bo-rishimiz kerak, degan savol butun barchamizni o‘ylantirishi tabiiy.
Men, hayotda ko‘p bora o‘z tasdig‘ini topgan ha-qiqatdan kelib chiqqan holda, bu masalada shun-day degan bo‘lardim: tobora kuchayib borayotgan bunday xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo‘lib yashashimiz zarur. Bunday taxdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o‘ylangan, puxta il-miy asosda tashkil etilgan, muntazam va uzluk-siz ravishda olib boriladigan ma’naviy tarbiya bilan javob berish mumkin.
Barchamizga ayon bo‘lishi kerakki, qaerdaki be-parvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yilsa, o‘sha erda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylana-di. Va aksincha — qaerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo‘lsa, o‘sha erda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi.
Ayniqsa, bugungi kunda xalqaro maydonda tur-li siyosiy kuchlar o‘zining milliy va strategik rejalariga erishish uchun «Erkinlik va demokra-tiyani olg‘a siljitish» niqobi ostida amalga oshirayotgan, uzoqni ko‘zlagan siyosatning asl mo-hiyati va maqsadlarini o‘z vaqtida sezish, ang-lash katta ahamiyat kasb etadi.
SHu borada ayrim qudratli davlatlar tomo-nidan muayyan mamlakatlarga, avvalambor, er osti, er usti boyliklariga ega bo‘lgan hududlar-ga nisbatan olib borilayotgan ana shunday g‘araz-li siyosatni dunyoning ayrim mintaqalarida tinch hayotning izdan chiqishi, hokimiyat tepasiga ay-nan o‘sha davlatlarning manfaatlariga xizmat qiladigan kuchlarning kelishi bilan bog‘liq misollarda ko‘rish qiyin emas.
Ana shunday vaziyatni hisobga olgan holda, yana va yana bir bor xalqimizning ma’naviy olami-ni bunday tahdidlardan asrash, hozirgi o‘ta mu-rakkab bir zamonda xalqaro maydonda sodir bo‘-layotgan jarayonlarning tub mohiyatiga etib bo-rish, ular haqida xolis va mustaqil fikrga ega bo‘lish bugungi kunning eng dolzarb vazifasi, desak, hech qanday xato bo‘lmaydi.
Biz yurtimizda yangi hayot asoslarini barpo etar ekanmiz, bir masalaga alohida e’tibor be-rishimiz lozim. YA’ni, kommunistik mafkura va uning axloq normalaridan voz kechilganidan so‘ng jamiyatda paydo bo‘lgan g‘oyaviy bo‘shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot bo‘lgan, ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o‘z ichiga olgan «ommaviy madaniyat» yopirilib ki-rib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak.
Tabiiyki, «ommaviy madaniyat» degan niqob ostida axloqiy buzuklik va zo‘ravonlik, indi-vidualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak. bo‘lsa, shuning hisobidan boylik ortti-rish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’-ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’na-viy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi.
Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‘liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmokda va ko‘pchilik butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xuruj-larga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda. Bu haqda fikr yuritganda, bizning ulug‘ aj-dodlarimiz o‘z davrida komil inson haqida bu-tun bir axloqiy mezonlar majmuini, zamona-viy tilda aytganda, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini eslash o‘rinli, deb bi-laman. Ota-bobolarimizning ongu tafakkurida asrlar, ming yillar davomida shakllanib, say-qal topgan or-nomus, uyat va andisha, sharmu hayo, ibo va iffat kabi yuksak axloqiy tuyg‘u va tu-shunchalar bu kodeksning asosiy ma’no-mazmu-nini tashkil etadi, desak, o‘ylaymanki, xato qilmagan bo‘lamiz.
SHu nuqtai nazardan qaraganda, uyat — o‘lim-dan qattiq, degan gaplar xalqimiz tilida o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmagan, aksincha, bunday ibo-ralar el-yurtimizga mansub ezgu va go‘zal ax-loqiy qadriyatlarning asl mazmunini ifoda etadi.
Darhaqiqat, uyat va or-nomusini yo‘qotgan odam, Ahmad YAssaviy bobomiz aytganidek, xud-diki hayvon jinsiga aylanib qoladi.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning:
Oldig‘a qo‘yganni emak — hayvon ishi, Og‘ziga kelganni demak — nodon ishi, —
degan chuqur ma’noli so‘zlari ham bu fikrni tas-diqlab beradi.
O‘z-o‘zidan ravshanki, bugungi zamon voqelikka ochiq ko‘z bilan, real va hushyor qarashni, jahon-da va yon-atrofimizda mavjud bo‘lgan, toborakuchayib borayotgan ma’naviy tahdid va xatarlar-ni to‘g‘ri baholab, ulardan tegishli xulosa va saboqlar chiqarib yashashni talab etmoqda. SHu bois yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod ongida murakkab va tahlikali hayot haqida, uning shaf-qatsiz o‘yinlari to‘g‘risida biryoqlama va soxta tasavvur bo‘lmasligi kerak.
Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya
Hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning geo-politik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kom-munikatsiya manzarasida chuqur o‘zgarishlar ro‘y berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ma’lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qar-shi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzand-larimizni ona Vatanga muhabbat, boy tarixi-mizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, ta’bir joiz bo‘lsa, avvalo ularning qalbi va ongida mafku-raviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur. Toki yoshlarimiz milliy o‘zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan baro-bar qadam tashlaydigan insonlar bo‘lib etish-sin. Ana shunda johil aqidaparastlarning «da’-vati» ham, axloq-odob tushunchalarini rad eta-digan, biz uchun mutlaqo begona g‘oyalar ham ular-ga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydi.
YOsh avlodimizni turli ma’naviy tajovuzlar-dan himoya qilish haqida gapirganda, nafaqat xalqimizni ulug‘laydigan buyuk xususiyatlar, ayni paytda uning rivojlanishiga salbiy ta’-sir ko‘rsatgan, eski zamonlardan qolib kelayot-gan noma’qul odatlar haqida ham ochiq so‘z yuri-tishimiz zarur. Birinchi navbatda xudbinlik va loqaydlik, qarindosh-urug‘chilik va mahalliychi-lik, korrupsiya va manfaatparastlik, boshqa-larni mensimaslik kabi illatlardan jamiyati-mizni butunlay xalos etish to‘g‘risida o‘ylashimiz lozim. Men bu o‘ta muhim vazifa keng jamoatchili-gimizning, ayniqsa, ziyolilarimiz, olim va adib-larimiz, san’at va madaniyat ahli, o‘zini ma’-naviyat sohasiga bag‘ishlagan barcha insonlarning doimiy diqqat markazida bo‘lishini istardim.
Bu o‘rinda ana shunday salbiy xususiyatlarning eng xunuk ko‘rinishi bo‘lmish hasad to‘g‘risida to‘xtalib o‘tish joiz deb o‘ylayman. Odamzot va jamiyat hayotida og‘ir asoratlar qoldiradigan hasad tuyg‘usi avvalambor boshqalarni ko‘rolmaslik, ularning yutug‘idan quvonish o‘rniga, qandaydir kuyinish, ichiqoralik oqibatida paydo bo‘ladi.
SHuning uchun ham muqaddas kitoblarimizda hasad insoniylikka mutlaqo zid bo‘lgan jir-kanch odat sifatida qattiq qoralanadi. Jumla-dan, muborak hadislarda «Birovga hasad qilish-dan saqlaning, chunki olov o‘tinni qanday kuy-dirib tugatsa, hasad ham qilgan savob ishla-ringizni xuddi shunday kuydirib tugatadi», deb aytilgani bejiz emas.
Azal-azaldan ochiqko‘ngil, samimiy va mehnat-kash, yaxshilikni yuksak qadrlaydigan xalqimiz bunday illatlardan doimo hazar qilib keladi. Lekin, ming afsuski, umr yo‘llarida hasad ba-losiga ko‘p duch kelamiz. Olis va yaqin tariximiz-da ne-ne buyuk zotlar hasad va baxillik, ko‘-rolmaslik tufayli qanday azob-uqubatlarni boshidan kechirgani, sog‘lig‘i, hatto hayotidan ju-do bo‘lganini achchiq misollarda ko‘rish mumkin.
O‘zbek nomini, o‘zbek ilm-fani va madaniya-tini, bir so‘z bilan aytganda, xalqimizning yuk-sak salohiyatini, uning qanday buyuk ishlarga qodir ekanini dunyoga namoyish qilishda yurti-miz zaminidan etishib chiqqan yuzlab ulug‘ zot-lar fidoiylik namunalarini ko‘rsatib kelgan. Bunday insonlar diyorimizda hozir ham ko‘plab topiladi va bundan keyin ham ularning safla-ri kengayib boraveradi. Hamma gap ana shunday insonlarga xayrixohlik bilan munosabatda bo‘lish, ularni qo‘llab-quvvatlashda. Agar biz mamlakatimizning qaysi shahar yoki qishlog‘ida bo‘lmasin, yilt etgan iste’dod uchqunini ko‘rgan-da, hammamiz uni o‘z vaqtida payqab, ardoklab, parvona bo‘lib, unga yo‘l ochib bersak, barcha sa’y-harakat va intilishlarimizni ana shunday oli-janob maqsadga qaratsak, muxtasar aytganda, hasad qilib emas, havas qilib yashashni hayoti-miz qoidasiga aylantirsak, hech shubhasiz, biz milliy taraqqiyot bobida yanada yuksak marralar-ni egallashga erisha olamiz.
Bu haqda gapirar ekanmiz, ma’naviy hayoti-mizga jiddiy xavf soladigan yana bir illat ha-qida to‘xtalib o‘tmoqchiman. SHaxsan o‘zim bu il-latdan jirkanaman. SHu illatga chalingan odam-ni ko‘rarga ko‘zim yo‘q. Bu — sotqinliqdir. Men har qanday yovuzlikni sotqinliqdan ko‘raman. Ezgulik va haqiqatga sadoqati bo‘lmagan, ularga ishonmagan odam qo‘rqinchlidir. Tabiatida sot-qinlik xususiyati bo‘lgan odam rahbarlik kursi-siga o‘tirib qolsa bormi, u erda osoyishtalik yo‘qoldi, deyavering. Ikkita odamning, ikkita mamlakatning o‘rtasidagi urushni ham aynan shunday odamlar boshlab beradi. SHu bois bunday odamlardan ogoh bo‘lishimiz, ularga yonimizda o‘rin bo‘lmasligi lozim. Agar tevarak-atrofimiz-dagi birorta kishida shunday alomatlar sezila-yotgan bo‘lsa, ularni darhol tarbiyamizga olib, to‘g‘ri yo‘lga boshlashimiz kerak.
SHu munosabat bilan tarixda ko‘p marta o‘z tas-dig‘ini topgan, men ham o‘z tajribamda sinagan hayotiy bir haqiqatni yana bir bor takrorlashni zarur deb hisoblayman: agar biz ahil bo‘lsak, el-yurt manfaati yo‘lida bir tanu bir jon bo‘lib yashasak, o‘zimizdan sotqin chiqmasa, o‘zbek xalqini hech kim hech qachon enga olmaydi.
Bu hayotda odam ba’zan o‘zini yo‘qotib qo‘yadi-gan g‘oyat murakkab muammolarga duch keladi. Kes-kin vaziyatdan chiqishning iloji yo‘qsek tuyula-digan holatlar bor. SHunday paytda, ishda va hayot-da, jamiyatda og‘ir savdolarga duch kelganda kim o‘zining yo‘lini yo‘qotmasligi mumkin? O‘ylay-manki, birinchi navbatda o‘z kuchiga ishongan, ru-hiy dunyosi, ma’naviy olami baquvvat bo‘lgan odamgina bunday vaziyatdan yorug yuz bilan chiqa oladi. Ma’naviy boylik shunday paytda odamga katta kuch va madad beradi.
SHu ma’noda, insonning ma’naviyati yuksa-lishi bilan uning irodasi ham kuchayib boradi, desak, yanglishmagan bo‘lamiz. Iroda — bu aslida mustahkam ishonch demakdir. Irodasi baquvvat odam o‘ziga ishonadi va har qanday murakkab va-zifani ham o‘z zimmasiga olishdan qo‘rqmaydi. SHuning uchun ham yuksak irodali insonga suya-nish mumkin. Bunday kishilar boshingizga bi-ror-bir tashvish yoki muammo tushgudek bo‘lsa, loqayd qarab turolmaydi. Hech ikkilanmasdan, yoningizda turib, qo‘lidan kelgancha yordam berish-ga, qiyinchiliklarni siz bilan birgalikda en-gishga harakat qiladi.
Lekin birovning hayotiga, yon-atrofda so-dir bo‘layotgan voqea-hodisalarga betaraf va beparvo qarab, shunchaki kuzatuvchi bo‘lib yashay-digan odamdan qo‘rqish kerak. Ulardan hech qachon yaxshilik chiqmaydi. CHunki ularda na iymon, na iroda bo‘ladi. Ular hatto o‘z xalqi va Vatani taqdiriga ham bamisoli begona odamdek qa-raydi. Azaldan ma’lumki, beparvo odam dushmandan ham xavfliroqdir. CHunki dushmanning kimligi, asl qiyofasi siz uchun oldindan ma’lum bo‘ladi. Biroq loqayd va beparvo odamning qiyofasini birdaniga bilib bo‘lmaydi. SHuning uchun u ichin-gizda yurib, sizga qarshi tish qayraydigan dush-manlar uchun imkoniyat yaratib beradi.
Mashhur faylasuflardan biri ana shu hayotiy haqiqatni chuqur taxlil etib, quyidagi haqqo-niy fikrlarni bayon qilgan: «Dushmanlardan qo‘rqma — nari borsa, ular seni o‘ldirishi mum-kin. Do‘stlardan qo‘rqma — nari borsa, ular sen-ga xiyonat qilishi mumkin. Befarq odamlardan qo‘rq — ular seni o‘ldirmaydi ham, sotmaydi ham, faqat ularning jim va beparvo qarab turishi tufayli er yuzida xiyonat va qotilliklar sodir bo‘laveradi».
Har bir inson hayotida g‘oyat muxim ahamiyatga ega bo‘lgan ana shunday fikrlarni unib-o‘sib ke-layotgan yoshlarning ongiga singdirish, ularni hayot sinovlariga bardoshli etib tayyorlash bizning ota-ona, ustoz-murabbiy, rahbar-rahnamo sifa-tidagi, shu muqaddas yurt fuqarosi sifatidagi muqaddas burchimizdir.
Bu boradagi eng dolzarb vazifamiz — yuqorida zikr etilgan barcha jarayonlarning ilmiy-na-zariy asoslarini, ularning yangi qirralarini mukammal ochib berish, o‘quvchilarimiz, talaba-larimizga, keng jamoatchilikka sodda, lo‘nda qilib tushuntirib borish va ularni bugungi za-mon talablariga javob beradigan jamiyat quri-lishining faol bunyodkorlariga aylantirishdan iborat.
Buning uchun avvalambor taraqqiyotimizning har bir yo‘nalishi — jamiyatimizdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy munosabatlar-ning rivoji haqida maxsus adabiyotlar yaratish tizimini yanada takomillashtirish zarur.
Albatta, bu masala bo‘yicha ijtimoiy fan-lar sohasida ma’lum ishlar qilinmoqda, ammo xolisona aytadigan bo‘lsak, bu borada chop etil-gan ko‘pchilik darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ommabop adabiyotlarning ham, aksariyat soha mu-taxassislarining ham saviyasi talab darajasi-da emasligini qayd etishga majburmiz. Bunday noxush holatlarga barham berish vaqti keldi.
Hech shubhasiz, yurtimizda erkin, adolatli va farovon hayot qurish jarayonida ijtimoiy-siyosiy munosabatlar, odamlarning ongi va ta-fakkuri ham o‘ziga xos, shu bilan birga, mut-laqo yangicha ma’no kasb etib bormoqda. Xusu-san, shaxs va davlat, inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar yangicha mazmun va shakl topib, yangi xususiyatlar, yangi tamoyillar asosida takomillashib borayotganini sezish, anglash qiyin emas.
Binobarin, bularning barchasi yangicha qad-riyatlar va demokratik prinsiplar mohiyatiga, o‘z turmush va tafakkur tarzimizga mos, biz bar-po etishga intilayotgan erkin fuqarolik jami-yati talablariga javob beradigan munosabatlar sifatida ijtimoiy fanlarning asosiy tadqi-qot mavzulariga aylanishi darkor.
Bu boradagi eng muhim vazifa shundan ibo-ratki, har qaysi fuqaro, har qaysi inson ja-miyat taraqqiyoti va uni yangilashga, ma’naviy hayotimizni turli tahdid va xurujlardan himoya qilish masalasiga bo‘lgan o‘z burchi va mas’uliya-tini aynan ana shu asosda aniklab olishi zarur.
Bu masala haqida chuqurroq o‘ylab ko‘radigan bo‘lsak, shu tamoyillarga tayangan jamiyatning o‘ziga xos ijtimoiy shakl-shamoyili, uning qiyofasi, rivojlanish yo‘llari, ustuvor xususi-yatlari to‘g‘risidagi aniq tasavvur turli fikr, bahs-munozaralar orqaligina ayon bo‘lishini e’tirof etishimiz va buni o‘zimizga mezon qilib olishimiz zarur.
Bunday keng ko‘lamli va o‘ta muhim masala-larni hal qilishda davlatimiz va jamiyatimiz ijtimoiy fanlar sohasida faoliyat olib bora-yotgan ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy o‘quv yurtlari, turli ijtimoiy markazlar, avvalam-bor, Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tomonidan har tomonlama asoslangan chuqur taklif va tav-siyalarni kutishga to‘la haklidir.
Ayniqsa, bugungi murakkab mafkuraviy ja-rayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ularning ustuvor yo‘na-lishlarini, kimga va nimaga qarshi qaratilga-nini aniqlash, aholi turli qatlamlariga ta’-sirini o‘rganish, milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan zararli g‘oyalar va maf-kuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish, fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog‘-lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash alo-hida ahamiyat kasb etadi.
Faqat ana shunday asosda yoshlarni o‘z fikri-ga ega, turli ma’naviy xurujlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo‘lgan, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga erishish mumkin. Bu borada ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarining ta’sirchanligini ta’minlaydigan zamonaviy informatsion va kompyuter texno-logiyalarini keng joriy etish, jamiyatimizning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga qara-tilgan samarali usul-uslublarni ishlab chiqish, davlat va jamoat tashkilotlari uchun tegishli tavsiya va qo‘llanmalarni tayyorlash bugungi kun-da muhim vazifamizga aylanib borayotganini chuqur tushunib olishimiz zarur.
Oʻzbekiston 1991-yil mustaqillikka erishgandan soʻng dunyo hamjamiyatining toʻlaqonli aʼzosi sifatida oʻzining mustaqil tashqi siyosatini amalga oshira boshladi. Oʻtgan 30 yil mobaynida oʻzbek diplomatiyasi katta yoʻlni bosib oʻtdi. Bugungi kunda Oʻzbekiston dunyoning 134 mamlakati bilan diplomatik aloqalarni oʻrnatgan va xorijiy mamlakatlarda 35 ta elchixona, 17 ta bosh konsulxona va xalqaro tashkilotlar huzurida 3 ta doimiy vakolatxona faoliyat olib bormoqda.
2017-yildan boshlab oʻzbek diplomatiyasida sifat jihatdan butunlay yangi sahifa ochilib, respublikamizning xalqaro maydonda olib borayotgan faoliyati yangi bosqichga chiqdi, deb aytish mumkin. Buning asosoiy sababi – mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan dunyoga ochiqlik siyosati, birinchi navbatda yaqin qoʻshnilarimiz, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik yangi bosqichga olib chiqildi. Davlatimiz rahbari tashqi siyosatda amalga oshirilishi moʻljallangan birinchi navbatdagi vazifalar xususida BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida soʻzlagan nutqida alohida taʼkidlab oʻtdi.
Chorak asrdan koʻproq vaqt davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida bir qator muammolar vujudga kelgan edi. Suv-energetika resurslari va transport kommunikatsiyalaridan foydalanish, davlat chegaralarini delimitatsiya qilish va chegara punktlarini kesib oʻtish kabilar shular jumlasidandir.
Tanlangan yangi tashqi siyosat yoʻnalishiga mos ravishda, Oʻzbekiston rahbari soʻnggi 3 yil mobaynida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan mintaqaviy xavfsizlik, tinchlik va osoyishtalik hamda barqaror iqtisodiy taraqqiyotga oid dolzarb masalalarni birgalikda hal etishga qaratilgan konstruktiv muloqotni olib bormoqda.
Prezidentning Parlamentga har yili murojaat qilish amaliyoti dunyoning koʻplab mamlakatlarida mavjud. Unda yaqin kelajakda amalga oshirilishi kerak boʻlgan strategik maqsad va vazifalar belgilab beriladi. Oʻzbekiston tarixida birinchi marta respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil dekabr oyida Oliy Majlisga murojaat qildi va tashqi siyosatning ustuvor yoʻnalishi yaqin qoʻshnilar bilan konstruktiv muloqot va kuchli tashqi siyosat olib borish ekanligini taʼkidladi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston rivojlanishining besh ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining beshinchi yoʻnalishi ochiq, konstruktiv va oʻzaro manfaatli tashqi siyosat olib borishni, shu jumladan, Oʻzbekiston atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qoʻshnichilik kamarini yaratishni koʻzda tutadi. Bu Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari bilan hamkorlik mamlakatimiz uchun juda muhim ekanini yana bir bor koʻrsatadi.
Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning markazida joylashgan boʻlib, mintaqadagi barcha davlatlar oʻrtasidagi muhim boʻgʻin hisoblanadi va mintaqaviy hamkorlikning asosiy katalizatori boʻlib hisoblanadi. Soʻnggi 3 yil mobaynida olib borilgan muloqot natijasida Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi ishonch muhiti yaratildi, doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilikka asoslangan munosabatlar mustahkamlanmoqda. 2017-yildan buyon mamlakatimiz oʻzaro manfaatli hamkorlik qilish va mintaqada xavfsizlikni taʼminlash maqsadida barcha yoʻnalishlarda ochiq tashqi siyosat olib bormoqda.
Mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va oʻzaro ishonchni kuchaytirish, mavjud muammolarni oʻz vaqtida hal etishning muhim mexanizmi sifatida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil noyabr oyida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining doimiy maslahatlashuv uchrashuvlarini tashkil qilishni taklif qildi va bu tashabbus mintaqa mamlakatlari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvi 2018-yil 15-mart kuni Ostonada (hozirgi Nur-Sulton) boʻlib oʻtdi. Sammitda siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni kengaytirish, terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va qurol-yarogʻ kontrabandasiga qarshi birgalikda kurashish, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Markaziy Osiyo nafaqat geografik va geosiyosiy, balki yagona madaniy va sivilizatsiya makonidir, deya eʼtirof etildi.
2018-yil 22-iyun kuni BMT Bosh assambleyasi Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan "Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni taʼminlash maqsadida mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish" rezolyutsiyasini qabul qildi. Yevropa, Amerika, Osiyo va Afrikaning 55 mamlakati hujjatga hammualliflik qildi va rezolyutsiya BMTga aʼzo barcha davlatlar tomonidan bir ovozdan qoʻllab-quvvatlandi.
Rezolyutsiya Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqada tinchlik va barqaror rivojlanishni taʼminlashdagi, shuningdek mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi muhim rolini eʼtirof etadi.
Hujjatda Bosh assambleya Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqada barqarorlik va iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan saʼy-harakatlari va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashi taʼkidlangan.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining doimiy maslahatlashuv uchrashuvlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi tashabbuslarini mamnuniyat bilan qayd etgan holda, rezolyutsiya mintaqaning dolzarb muammolarini birgalikda hal qilish uchun bunday maslahat maydonidan samarali foydalanishga chaqiradi.
2019-yil 29-noyabr kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ikkinchi maslahat uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Markaziy Osiyo mamlakatlari Prezidentlari transchegaraviy suvlardan foydalanish, transport infratuzilmasini rivojlantirish, chegaralarni tartibga solish va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qildilar. Toshkentda boʻlib oʻtgan maslahat uchrashuvi Oʻzbekiston yangilanish va mintaqaviy hamkorlik yoʻlidan borishni davom ettirayotganligini namoyish etdi. Mintaqa davlat rahbarlarining keyingi uchrashuvini Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida oʻtkazish rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh assambleyasining 72 sessiyasi minbaridan ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirishda muhim amaliy qadamlardan biri - bu 2017-yil 10-11-noyabr kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan “Markaziy Osiyo: bir oʻtmish va bir kelajak, barqaror rivojlanish va oʻzaro farovonlik uchun hamkorlik” mavzuidagi anjumandir. Unda Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi ishlar vazirlari boshchiligida delegatsiyalar, MDH, Yevropa, Osiyo va Amerikadan kelgan yuqori martabali rasmiy delegatsiyalar, 10 dan ortiq xalqaro tashkilotning rahbarlari, shuningdek 100 dan ortiq xorijiy ekspert va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Anjumanda Oʻzbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo chegara hududlari hokimlari va ishbilarmon doiralari uyushmalarini tuzish taklifini ilgari surdi. Ushbu tashabbus hozirda chegara hududlarida mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirishda oʻz ifodasini topmoqda.
Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash uchun Oʻzbekiston qoʻshni Afgʻonistondagi mojaroni hal qilishda faol ishtirok etmoqda. Ushbu mamlakat bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik toʻgʻrisida muhim shartnomalar imzolandi, yangi iqtisodiy loyihalar boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Tinch Afgʻoniston Markaziy Osiyo mamlakatlariga Hind okeani va Fors koʻrfazi portlariga chiqish imkoniyatini beradi hamda Markaziy va Janubiy Osiyoni Yevropa bozorlari bilan birmuncha arzon va qulay yoʻl bilan bogʻlaydi.
Afgʻonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018-yil 27-mart kuni “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusida yuqori darajadagi Toshkent xalqaro anjumani boʻlib oʻtdi. Unda Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani, BMTning Afgʼonistondagi maxsus vakili Tadamiti Yamamoto, shuningdek AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Turkiya, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari, 25 ta davlat va xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etdi.
Anjuman yakunlari boʻyicha Toshkent deklaratsiyasi imzolandi. Ushbu hujjat mintaqada tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash, barcha sohalarda hamkorlikni mustahkamlash, yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini yanada kengaytirish kabi ezgu maqsadlarni oʻzida mujassam etdi.
Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan munosabatlarni rivojlantirishni davom ettiradi, ushbu mamlakatda vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etishga qaratilgan xalqaro saʼy-harakatlarda bundan buyon ham faol ishtirok etadi. Oʻzbekiston tomoni Afgʻoniston iqtisodiyotini tiklash, uning transport, ishlab chiqarish, energetika va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlaydi. Zero, barqaror va gullab-yashnayotgan Afgʻoniston Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik barqarorlikning muhim omillaridan biridir.
Shu bilan birga, global tusga ega boʻlgan ekstremizm, separatizm, giyohvandlik va qurol kontrabandasi muammolari bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan xalqaro terrorizmga qarshi kurash hozirgi davrimizning eng dolzarb muammosi boʻlib qolmoqda. Taʼkidlash joizki, ushbu yoʻnalishda SHHT doirasida yaqin hamkorlik amalga oshirilmoqda.
Shu oʻrinda Prezidentimiz dunyo aholisining katta qismini tashkil etadigan yoshlarni ekstremizm va radikalizm taʼsiridan himoya qilish hamda ularning huquqlarini yanada toʻlaroq taʼminlash borasida qator tashabbuslarni ilgari surganligini taʼkidlash joiz. Jumladan, davlatimiz rahbari yoshlarni ushbu salbiy taʼsirlardan himoya qilishda “Jaholatga qarshi maʼrifat” tamoyilini oʻrtaga tashladi va BMT Bosh assambleyasining 72 sessiyasidagi nutqida “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” deb nomlangan rezolyutsiyani hamda Yoshlar huquqlari haqidagi konvensiyani ishlab chiqish va qabul qilish tashabbusini ilgari surdi. “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” haqidagi rezolyutsiya 2018-yil dekabr oyida BMT Bosh assambleyasi tomonidan yakdillik bilan qabul qilindi va Yoshlar huquqlari haqidagi konvensiya boʻyicha ishlar qizgʻin davom etmoqda. Bu esa Prezidentimizning tashabbuslari naqadar dolzarb xalqaro ahamiyatga ega ekanligi va ularning jahon hamjamiyati tomonidan keng qoʻllab-quvvatlanayotganidan dalolat beradi.
Mintaqaning barcha mamlakatlarida bevosita dengizga chiqish yoʻllari yoʻqligi sababli, quruqlik transportini rivojlantirish va tranzit salohiyatni oshirish muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonning eksport geografiyasini va qoʻshni davlatlar bilan transport yoʻlaklari infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Prezidentimiz 2018-yilda Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo xalqaro transport yoʻlaklari tizimida: strategik istiqbollar va foydalanilmagan imkoniyatlar” mavzusida xalqaro anjuman oʻtkazish taklifini bildirdi. Unda dunyoning 37 mamlakatidan va 27 xalqaro tashkilotdan 500 nafardan ortiq xorijiy mutaxassis ishtirok etdi.
Anjumanning asosiy maqsadi – mavjud transport yoʻlaklarini takomillashtirish va yangi transport yoʻlaklarini yaratish maqsadida xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar, shuningdek transport va logistika kompaniyalari vakillari bilan har tomonlama aloqalarni rivojlantirish edi. Uchrashuv natijasida transport va logistika xizmatlarini koʻrsatish jarayonida qoʻshma transport-logistika korxonalarini tashkil etish va raqamli texnologiyalarni jadal joriy etishga qaratilgan aniq takliflar ishlab chiqildi.
Mintaqada yangi transport inshootlarining ishga tushirilishi mazkur sohada belgilangan vazifalarning izchil amalga oshirilayotganidan dalolat beradi. Jumladan, muhandislik xususiyatlari va geostrategik ahamiyatiga koʻra noyob hisoblangan Turkmanobod-Farob koʻprigining ishga tushirilishi nafaqat Oʻzbekiston va Turkmaniston, balki butun Markaziy Osiyo hayotida muhim oʻrin tutadi.
Koʻp yillar davomida Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi nazorat punktlarining aksariyati fuqarolar uchun yopiq edi. Shuningdek, davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish borasida qator jiddiy muammolar mavjud edi. Oʻzbekiston Prezidentining Qirgʻizistonga davlat tashrifi davomida 2017-yil 5-sentyabr kuni Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida davlat chegarasi toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi. Shuningdek, 2018-yil 9-mart kuni Oʻzbekiston Tojikiston bilan chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish borasida shartnomasini imzoladi.
Ushbu muhim hujjatlarning amalga tadbiq etilishi natijasida, qoʻshni mamlakatlar bilan chegara punktlarida barcha cheklovlar olib tashlandi. Qirgʻiziston va Tojikiston bilan imzolangan chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish shartnomalari mamlakatimizga iqtisodiy hamkorlikni va transchegaraviy savdoni rivojlantirish, oʻzaro savdo hajmini oshirish va, eng muhimi, chegara hududlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning harakatlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratadi. Jumladan, agar besh yil oldin Oʻzbekiston-Qirgʻiziston davlat chegarasini kuniga 200-300 kishi kesib oʻtgan boʻlsa, bugungi kunda bu koʻrsatkich 30 mingdan oshdi. Tojikiston bilan shartnoma imzolangandan soʻng, ilgari yopiq boʻlgan barcha 17 chegara oʻtkazish punkti toʻliq ishlay boshladi. Bugungi kunda Oʻzbekiston-Tojikiston chegarasini kuniga 20 ming fuqaro kesib oʻtmoqda. Shuningdek, Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz rejim oʻrnatilgani ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik ochiqlik va doʻstona qoʻshnichilik aloqalariga tayanishidan dalolat beradi.
Oʻzbekiston Prezidentining ochiq va konstruktiv siyosati tufayli Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Turkmaniston oʻrtasidagi davlat chegaralarini bir-biriga tutash hududi masalasida murosaga erishildi. Tegishli shartnoma 2017-yil noyabr oyida Samarqandda Markaziy Osiyo boʻyicha yuqori darajadagi xalqaro anjuman doirasida imzolandi.
Mintaqaviy hamkorlikning yana bir strategik muhim yoʻnalishi – savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdir. Oʻzbekiston tashabbusi bilan 2018-yil 15-mart kuni poytaxtimizda mintaqa mamlakatlari Bosh vazirlari oʻrinbosarlari ishtirokida Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi boʻlib oʻtdi. Forumda 200 dan ortiq davlat idoralari, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi. Forum ishtirokchilari investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy savdoni ragʻbatlantirish, shuningdek sayyohlik jozibadorligini oshirish, transport va tranzit salohiyatini oshirish muammolarini muhokama qildilar. Uchrashuvlar davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2017-yilga nisbatan 35 foizdan koʻproqqa oʻsgani va 12,2 milliard dollarni tashkil qilgani, ammo mamlakatlar mintaqadagi iqtisodiy salohiyatidan hali toʻliq foydalanilmayotganligi taʼkidlandi.
Investitsion muhitni yaxshilash va xorijiy investorlarni keng jalb qilish maqsadida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mintaqa davlat rahbarlarining Ikkinchi maslahat uchrashuvida Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun investitsiya forumini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.
Shu bilan birga, Prezidentning har yilgi murojaatida ekologik xavfsizlikni taʼminlash, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, Orol muammolari va ekologik muhit buzilishining oqibatlari alohida taʼkidlanadi. Mazkur muammolarni hal etish va Orol dengizi aholi turmush tarziga salbiy oqibatlarini oldini olishga qaratilgan Moliya vazirligi huzurida Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilgani maqsadga muvofiqdir, unga 200 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ ajratilgan. Ushbu mablagʻlar hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, turmush sharoitini yaxshilash masalalari hal etilmoqda.
Oʻzbekiston Prezidentining BMT Bosh assambleyasining 72 sessiyasida ilgari surilgan tashabbusining amaliy tadbiqi sifatida Orolboʻyi mintaqasida inson xavfsizligi boʻyicha BMTning koʻp tomonlama sheriklik Trast jamgʻarmasi tashkil etildi. Mazkur jamgʻarmaning taqdimoti 2018-yil 27-noyabr kuni Nyu-York shahrida BMT bosh qarorgohida boʻlib oʻtdi.
Davlat rahbari 2018-yil 24-yanvar kuni Oliy Majlis deputatlari oldida soʻzlagan nutqida fond faoliyatining naqadar muhim ekanini yana bir bor taʼkidladi. 2019-yil oktyabr oyida Orol muammolarini hal etishga bagʻishlab Nukus shahrida oʻtkazilgan xalqaro anjumanda Prezidentimiz tomonidan Orolboʻyini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish va BMT Bosh assambleyasining maxsus resolyutsiyasini qabul qilish tashabbusi ilgari surildi. Hozirda ushbu tashabbusni amalga oshirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.
Madaniy va gumanitar hamkorlik Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Mintaqa mamlakatlari umumiy tarix va yakdil madaniyatga ega. Ularning bir-biriga ulashib ketgan oʻxshash urf-odatlari, qadriyatlari va yagona dini bor. Shu bois, Oʻzbekiston madaniy va yaqin qoʻshnichilik aloqalarini mustahkamlash boʻyicha qator tashabbuslarni ilgari surmoqda. Jumladan, mintaqa davlat rahbarlarining Ikkinchi maslahat uchrashuvida Shavkat Mirziyoyev universitet forumlari va mintaqaviy sport oʻyinlarini oʻtkazish, shuningdek, fan, madaniyat va sanʼat sohasidagi ulkan yutuqlari uchun Markaziy Osiyo mukofotini taʼsis etishni taklif qildi. “Biz har yili Navroʻz arafasida har bir mamlakatda navbatma-navbat Markaziy Osiyo madaniyati kunlarini tashkil etishni muhim, deb hisoblaymiz. Bularning barchasi qardosh xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishga imkon beradi”, deb taʼkidladi Prezidentimiz.
Ushbu tashabbusning amaliy tadbiqi sifatida 2018-yil Qozogʻistonda Oʻzbekiston yili, deb eʼlon qilindi. Uning doirasida 80 dan ortiq madaniy va sport tadbiri, kino kunlari va turli festivallar oʻtkazildi. 2019-yil esa Oʻzbekistonda Qozogʻiston yili boʻldi va uning doirasida koʻplab madaniy tadbirlar tashkil etildi. Bu mamlakatlar oʻrtasidagi madaniy muloqotning yuqori darajasini koʻrsatadi.
Mintaqa davlat rahbarlarining Ikkinchi maslahat uchrashuvi muzokaralari davomida Oʻzbekiston rahbari xalqaro sayyohlik konferensiyasini oʻtkazish va Markaziy Osiyoda yagona sayyohlik brendini yaratish tashabbusini ham ilgari surdi.
Mintaqaning sayyohlik salohiyatini oshirish uchun Markaziy Osiyo mamlakatlarida Silk Road (Ipak yoʻli) viza tartibini joriy etish rejalashtirilgan. Ushbu rejim umumiy vizani nazarda tutadi va chet el fuqarolariga bir vaqtning oʻzida Markaziy Osiyoning bir nechta mamlakatlariga toʻsiqlarsiz borishga imkon beradi. Ushbu tashabbus sayyohlarning Markaziy Osiyo mamlakatlariga sayohat qilishini yengillashtirish uchun ilgari surilgan. Loyihada Markaziy Osiyo mamlakatlaridan tashqari Turkiya va Ozarboyjon ham qatnashishi rejalashtirilgan.
Prezidentimizning bu boradagi tashabbuslari nafaqat mintaqada, balki xalqaro miqyosda keng qoʻllab-quvvatlanmoqda. Jumladan, 2019-yil dekabr oyida BMT Bosh assambleyasi Oʻzbekiston tashabbusi bilan “Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish va barqaror turizm” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyani qabul qildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, xulosa qilib, shuni aytish mumkinki, Oʻzbekiston Respublikasi oʻz tashabbuslari bilan nafaqat mamlakatni, balki butun mintaqani rivojlantirish borasida izchil saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda. Prezidentimiz taʼkidlaganidek: “Bizning bosh maqsadimiz – umumiy saʼy-harakatlarimiz bilan Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirishdan iborat”.
Markaziy Osiyo mamlakatlarining barcha sohalarda teng huquqli sheriklik va hamjihatlik asosida hamkorligi mintaqa rivojiga ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda. Mamlakatimiz rahbarining tashabbuslari, faol va pragmatik diplomatiya hamda tashqi siyosat tufayli bugungi kunda Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi, konstruktiv siyosiy muhit vujudga keldi va transchegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalanish, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish, chegara punktlarini kesib oʻtish, transchegaraviy savdoni rivojlantirish kabi eng dolzarb muammolarni hal qilish uchun qulay sharoitlar yaratildi.
Bularning barchasini Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida keyingi uch yil mobaynida mamlakatimiz rahbariyati tomonidan olib borilayotgan yaqin va oʻzaro manfaatli qoʻshnichilik aloqalarini rivojlanish borasidagi izchil tashqi siyosatning hosilasi hamda mustaqil oʻzbek diplomatiyasining katta yutugʻi, deb aytish mumkin.

Download 369,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish