O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


Fuqarolarning islohotlarga dahldorligini yuksaltirish



Download 369,97 Kb.
bet37/74
Sana27.11.2022
Hajmi369,97 Kb.
#873510
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74
Bog'liq
Маънавият мажмуа

Fuqarolarning islohotlarga dahldorligini yuksaltirish
YUrtimizda keyingi paytda aholi orasida ishlash bo‘yicha yangi tizim yaratilayotgani fuqarolarimizning ijtimoiy faolligi, Vatan va xalq taqdiriga daxldorlik hissi kuchayib borayotganini, zamonaviy, demokratik O‘zbekiston davlatini barpo etishda munosib ishtirok etayotganini ta’minlash omilidir.
Ma’lumki, har kanday islohot, xususan, millionlab kishilarning hayoti va kelajagiga bevosita daxldor bo‘lgan o‘zgarishlar har tomonlama chuqur o‘ylab ish tutishni, etti o‘lchab, bir kesishni talab etadi. Bizning eng asosiy yutug‘imiz – ko‘p millatli xalqimizning vujudga kelayotgan qiyinchilik va sinovlarni engishga qodirligi, zamonaviy dunyoqarashi, siyosiy ongi va ijtimoiy faolligi yuksalib borayotgani, atrofimizdagi voqealarga beparvo bo‘lmasdan, aksincha, daxldorlik tuyg‘usi bilan yashayotganidir.
Eng muhimi, odamlarimizning hayot darajasi, Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi, ertangi kunga ishonchi tobora kuchaymokda. Jamiyatimizda demokratiya tamoyillari, ochiqlik va erkinlik muhiti chuqur qaror topmoqda. Jamiyatimizda demokratiya tamoyillari, ochiqlik va erkinlik muhiti chuqur qaror topmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarmoqda.
SHu munosabat bilan mamlakatimiz fuqarolari davlat va jamiyat hayotiga daxldor muhim masalalar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishlari uchun Internet tarmog‘ida «Mening fikrim» deb nomlangan maxsus veb-sahifa tashkil etildi. Xususan, demokratiyaning ilg‘or mexanizmi sifatida jamoa bo‘lib elektron murojaat kiritish tartibini tatbiq qilindi. YA’ni, bir guruh fuqarolar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni Oliy Majlis yoki xalq deputatlari kengashlari ko‘rib chiqishi majburiy ekani qonunda belgilab qo‘yildi.
YOshlarning bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish bo‘yicha ishlarni mutlaqo yangi tizim asosida tashkil etish va amalga oshirish maqsadida «Yoshlar — kelajagimiz» Davlat dasturi qabo‘l qilindi. YOshlar bilan doimiy muloqot qilish mazkur sohadagi dolzarb muammolarni aniqlash va hal etishda davlat organlari va jamoat tashkilotlari faoliyatining ajralmas qismiga aylanib bormoqda.
Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, oilaviy va shaxslararo munosabatlar sohasida qonuniylikni mustahkamlash, ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish jarayonlariga daxldorlik hissini kuchaytirishga qaratilgan ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirildi.
Bu yo‘nalishga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli idoralar faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini tashkil etish, natijasi bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish uchun yoshlarda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan «Men sevib o‘qigan kitob» va «Eng yaxshi kitobxon» respublika tanlovlari, «kitob bayrami» va «bolalar kitoblari» an’anaviy respublika festivallari, vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik hissini qaror toptirishga qaratilgan aksiyalar, yozuvchilar, shoirlar, san’atkorlar, adabiyotshunos olimlar bilan ijodiy uchrashuvlar va master-klasslar tizimli tashkil etilishi belgilandi.
Jamiyatda bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, tinchlik va totuvlikni, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda barcha millatlar va diniy-ma’rifiy soha vakillarining daxldorlik hissi va ishtirokini yanada oshirish maqsadida bu jabhadagi faoliyatni tubdan takomillashtirishga qaratilgan hujjatlar ishlab chiqildi va hayotga tatbiq etilmoqda.
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi farmonga asosan aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha huquqiy-ma’rifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini o‘rgatish bilan uyg‘un holda tashkil qilish, shuningdek, har bir fuqaroda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mustahkam mafkuraviy immunitetga ega yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. Dasturda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish, axloqiy va media-madaniyatni oshirishga qaratilgan uchrashuvlar, davra suhbatlari, treninglar, viktorinalar, tushuntirish tadbirlari;mahallalarda aholi va yoshlar bilan terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashishga bag‘ishlangan uchrashuvlar nazarda tutilgan.
Oliy ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish faoliyatini takomillashtirish uchun talabalarni adabiyot, san’at va sportga, sog‘lom turmush tarziga jalb etish, ularda estetik did va kasbiy etika, axborot tahlili madaniyatini shakllantirish, vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini qaror toptirish bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasini ishlab chiqish va barcha oliy ta’lim muassasalarida mazkur chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari belgilandi.
Respublikamizning turli millat vakillari ishtirokida mahallalarda, mehnat jamoalari va ta’lim muassasalarida millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik, vatanparvarlik va daxldorlik fazilatlarini targ‘ib qilish, o‘zaro hurmat va birdamlik vaziyatini yanada mustahkamlash maqsadida Respublika baynalmilal milliy madaniy markazi qayta tashkil etildi va moddiy-texnik bazasi mutahkamlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» qaror qabul qilindi va «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.
YUrtdoshlarimizning mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy, ilmiy va ijtimoiy islohotlardagi ishtirokini aks ettiradigan va daxldorlik tuyg‘usini shakllantiradigan turli janr va mavzularda filmlar yaratish ishlarini tashkil qilish maqsadida O‘zbekkino Agentligi tashkil etildi.
SHu bilan birga, aholining barcha qatlamlari ongiga Vatanga sodiqlik va uning taqdiri uchun daxldorlik hissini singdirishga, ularda yot g‘oya va qarashlarning salbiy ta’siriga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar etarli darajada samara bermayapti;
Xususan , yosh avlod ongiga Vatanga sodiqlik va uning taqdiri uchun daxldorlik hissini singdirishga, ularda yot g‘oya va qarashlarning salbiy ta’siriga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar etarli darajada samara bermayapti, ularning etarli darajada emasligi tizimli muammolarni yuzaga chiqarmoqda.
YAna bir inkor etib bo‘lmaydigan haqiqat borki, fuqarolarda islohotlarga nisbatan daxldorlik hissi shakllanishi kerak. Ana shundagina ko‘zlagan maqsadlarga erishib, oldimizga qo‘yilgan vazifalarning to‘liq uddasidan chiqamiz. SHu bilan birga, amalga oshirilgan ishlarning tahlili bu borada ayrim muammolar saqlanib qolayotganligini ko‘rsatmoqda.
Bu muammolarni bartaraf etishga qaratilgan muqarrar tus olgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish maqsadida quyidagi vazifalarni bajarish lozim:
Oliy Majlis rahbariyati qonunlar muhokamasiga keng xalq ommasini jalb qilishi, buning uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishi, jumladan, Internet tarmog‘ida maxsus «maydon»lar yaratishi zarur.
Jamiyat rivojiga g‘ov bo‘layotgan yana bir illat - bu korrupsiya balosidir. Bunday xatarga qarshi kurashish maqsadida «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunni amaliyotga yanada chuqur joriy etish chora-tadbirlarini ko‘rishimiz lozim.
«Xalq qabulxonalari»ga qilingan hech bir murojaat e’tiborsiz qolmaydigan tizim yaratilishi zarur. Muxtasar aytganda, odamlarning dardini eshitish, ular bilan ochiq muloqotda bo‘lish, og‘irini engil qilish – aholining davlat va jamiyatga ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bu jarayonda kuchli va ta’sirchan jamoatchilik nazoratining o‘rni beqiyosdir. Odamlarimizning ijtimoiy jarayonlarga nisbatan mas’uliyat va daxldorlik xissi oshib borayotganini hayotimizning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Ayni vaqtda jamoatchilik nazorati «bir tomonlama vosita»ga aylanib qolmasligi kerak. Davlat idoralari faqat fuqarolarga emas, balki o‘zlariga nisbatan tanqidiy fikrlarni ham adolat bilan, xolis ko‘rib chiqishlari lozim.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish, ko‘lami va miqyosini yanada kengaytirish, mamlakat aholisi, avvalo, yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish uchun sohadagi ishlarni muvofiqlashtirishning yagona tizimini yaratish darkor.
SHu maqsadda yana quyidagilarga alohida ahamiyat qaratish lozim:
el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha huquqiy-ma’rifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini o‘rgatish bilan uyg‘un holda tashkil qilish, shuningdek, har bir fuqaroda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirish;
xalqimizda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirishga qaratilgan videoroliklar tayyorlash.
- davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini keng jamoatchilikka etkazish bo‘yicha davlat va jamoat tashkilotlari uchun tegishli tavsiya va takliflar tayyorlash;
- talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarda Vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik, kasbga sadoqat hissini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirib borish;
- targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha bo‘yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish;
- el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Bularning barchasi, o‘z navbatida, yurtimizda yashayotgan har bir insonning jamiyatdagi voqea-hodisalar va yangilanishlarga daxldorlik tuyg‘usini oshirishga, xalqimizning islohotlarga nisbatan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ayni paytda bu, aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabo‘l qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini izchil etkazish tizimini shakllantirish imkoniyatini yanda oshiradi.
Bu sohadagi islohotlar va yangilanishlar fuqarolar ongida «Jamiyatda qonunga hurmat, islohotlarga daxldorlik ruhini qaror toptirish — demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!» degan hayotiy g‘oyani mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan tizimli faoliyatimiz esa, fuqarolarimizda mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik tuyg‘ularini yanada kuchaytirish imkonini oshiradi.

Download 369,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish