O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/358
Sana22.07.2022
Hajmi4,91 Mb.
#835505
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   358
Bog'liq
ona tili va adabiyoti

QADIMGI HINDISTONDA TILSHUNOSLIK 
Qadimgi Hindistonni til haqidagi fanning beshigi deyish mumkin, chunki falsafa va 
madaniyat taraqqiy etgan bu mamlakatda birinchi marta tilni o`rganishga qiziqish paydo 
bo`ldi. Qadimgi hind tilshunosligi amaliy ehtiyoj natijasida vujudga keldi. Davrlar o`tishi 
bilan diniy qo`shiqlar - vedalar tili bilan qadimgi hind yozma tili - sanskrit o`rtasida 
muayyan farqlar paydo bo`la boshladi. Vedalarni o`qishga, tushunishga yordamlashish, uni 
ogzaki til ta’siridan himoya qilish qadimgi hind tilshunosligining asosiy maqsadi va vazifasi 
edi. 
Muqaddas gimnlar (vedalar) eramizdan qariyb bir yarim ming yil oldin yaratilgan. 
Eramizdan oldingi V asrga kelib sanskrit tili o`zaro aloqa, fikr almashuv vositasi vazifasini 
bajarmay qo`ydi. Shundan keyin hind olimlari sanskrit tilini maxsus o`rgana boshladilar, 
buning uchun tasviriy - normativ grammatikalar yaratildi. 
Qadimgi vedalarda ham qisman fonetika, leksika va grammatikaga oid ayrim 
ma’lumotlar mavjud edi. Masalan, vedalardan birida fonetika va orfografiya masalalari, 
yana birida she’r tuzilishi, uchinchisida grammatika, keyingisida esa leksika haqida ba’zi 


14 
fikrlar bayon etilgan. Shu sababli hind tilshunosligida fonetika, grammatika va leksika 
chuqurroq o`rganilgan. 
Grammatikani hind olimlari "vyakarana" (analiz, bo`laklarga ajratish) deb atardilar. 
Eramizdan ming yillar oldin so`z lug`atlari paydo bo`ldi. Masalan, eramizdan oldingi V 
asrda hind olimi Yaska vedalar tiliga izohlar (kommentariyalar) tayyorladi. 
Qadimgi Hind tilshunosi Panipi edi (eramizdan oldingi IV asrda yashagan). U 
sanskrit tili grammatikasini yaratdi. Bu asar to`rt mingga yaqin grammatik qoidani o`z 
ichiga olgan bo`lib, she’riy yo`l bilan yozilgan edi. 
Til analizi hind olimlarida lingvistik hodisalar o`rtasidagi farqli va o`xshash 
holatlarni aniqlash asosiga qurilgan. Bu metod ularga, ayniqsa, so`zni ma’noli qismlarga 
(morfemalarga) ajratishda qo`l keldi. Morfologiya so`z turkumlariga ajratish, so`z yasash va 
so`z o`zgartish haqidagi ta’limotdir. 
Qadimgi hind tilshunoslari 4 so`z turkumini o`zaro farqlaganlar: ism (ot, sifat, son), 
fe’l, predlog va yuklamalar. Ot predmet ifodalovchi so`z bo`lsa, fe’l harakat bildiruvchi 
so`zdir, deb izohlangan. Bu esa hind olimlariga so`z turkumlari bilan gap bo`laklarini 
farqlash uchun imkon bergan. 
So`z analizida hindlar bir so`zning turli grammatik formalarini o`zaro qiyosladilar. 
Natijada so`zning qismlari: o`zak suffikslar va tugallanma ajratildi. Yevropa olimlari hind 
tilshunoslarining lingvistik ishlari bilan tanishib, so`zlarni o`zak so`z yasovchi va so`z 
o`zgartuvchi morfemalarga ajratadigan bo`ldilar. 
Qadimgi hind grammatikachilari ichki fleksiya hodisasiga ham alohida diqqat 
qildilar. Tilshunoslikka nol forma tushunchasini kiritdilar, tilda urg`u, hatto intonatsiyaning 
rolini ham alohida ta’kidladilar, hind olimlari otlarda 7 kelishikni ajratganlar, lekin ularni 
alohida nom bilan atamaganlar. 
Qadimgi hind olimlari nutq tovushlarini klassifikatsiya qilishda fiziologik tamoyilga 
asoslandilar. Yunon tilshunoslaridan ancha oldin ular unli va undosh tovushlarning cho`ziq 
va qisqaligini, bo`ginni, tovushlarning nutq jarayonida o`qilishi (sandxi)ni o`zaro farqlay 
olganlar. Nutq tovushlarini o`rganishda hind tilshunoslari artikulyatsiya o`rnini va 
artikulyatsiya hosil qiluvchi organni hisobga olganlar.Tayanch tushunchalar: 
• 
Vedallar tili 
• 
Vyakarana (grammatika). 
• 
Nol morfema 
• 
Logogramma 
• 
So`z va predmet o`rtasidagi tabiiy «moslik». 
• 
So`z bog`lanishli nutqning eng kichik qismi. 
1.
Tillar tasnifi haqida. 
2.
Agglutinativ tillar. 
3.
Flektiv tillar. 
Morfologik klassifikatsiya geneologik klassifikatsiya kabi tillarni taqqoslab 
o`rganishga asoslansa-da, bu ikki xil klassifikatsiyaning prinsiplari va maqsadlari 
turlichadir. 
Geneologik klassifikatsiya tillarning tarixini o`rganishi natijasida ularning 
qarindoshlik munosabatini va qarindoshlik darajasini belgilaydi. Tillarning qarindoshlik 
munosabatini bilish uchun qiyosiy-tarixiy metod yordamida tillardagi bir-biriga o`xshash 
hodisalar qiyoslab o`rganiladi va tillar oilalari hamda gruppalari belgilanadi, ya’ni 
geneologik klassifikatsiya qilinadi. Morfologik klassifikatsiya esa tillarning kelib chiqishi, 
tarixi va ularning qarindoshlik munosabati bilan qiziqmaydi; bu klassifikatsiya tillarning 
grammatik (morfologik) xususiyatlarini, aniqrog`i, o`zak va affikslarni qarama-qarshi 
qo`yish asosida taqqoslab o`rganishga asoslanadi. Morfologik klassifikatsiya natijasida til 
tiplari ajratiladi. U yoki bu tilning qaysi morfologik tipga mansub ekanligini aniqlash uchun 
esa shu tillardagi so`z qurilishi (strukturasi) o`rganiladi. 


15 
Tillarning morfologik klassifikatsiyasiga yirik nemis olimi Fridrix Shlegel (1772–
1829) asos soldi. U o`zining «Hindlarning tili va donoligi» (1809) nomli asarida sanskrit 
tilini grek, latin va turkiy tillar bilan chog`ishtirib, tillarni ikki tipga ajratadi: a) affiksli tillar; 
b) flektiv tillar. 
F. Shlegel tillarni ikki tipga ajratishga o`zak-negizning o`zgarish va o`zgarmasligini 
asos qilib oladi. Affiksli tillarda grammatik ma’nolar alohida-alohida affikslar orqali 
ifodalanadi; flektiv tillarda esa bir affiks turli grammatik ma’nolarni ifoda etadi. F. 
Shlegelning bu klassifikatsiyasi keyinchalik uning ukasi Avgust fon Shlegel tomonidan 
qayta ko`rib chiqildi. 
Avgust Shlegel o`zining «Provansal tili va adabiyoti haqida mulohazalar» (1818) 
nomli asarida tillarni uch tipga bo`ladi: a) flektiv tillar; b) agglutinativ (qo`shimchali) tillar; 
v) amorf (qo`shimchasiz) tillar. 
A. Shlegel ham akasi F. Shlegel kabi xitoy tilini amorf tillarning tipik vakili deb 
hisoblaydi. Flektiv tillarga som va hind-yevropa tillarini kiritadi. Qolgan tillarni esa 
agglutinativ tillarga mansub deb qaraydi. 
Umumiy tilshunoslikning asoschisi mashhur nemis olimi Vilgelm fon Gumbold 
tilshunoslik fanining boshqa masalalari qatorida tillarning morfologik klassifikatsiyasi 
masalasi bilan ham qiziqib, o`zigacha ma’lum bo`lgan tillarni to`rt tipga ajratadi: amorf, 
agglutinativ, flektiv va polisintetik. Polisintetik tillarga eskimos, alyeut, chukot va Amerika 
hindilari tillari kiradi. Bu tillarning tipologik xususiyati shundan iboratki, gap murakkab va 
qo`shma so`z shaklida bo`ladi. 
Tillarning morfologik klassifikatsiyasi masalasi bilan qiyosiy-tarixiy tilshunoslik 
oqimining yirik namoyandalaridan biri Avgust Shleyxer ham shug`ullangan. U dunyo 
tillarini uch tipga bo`ladi: o`zakli yoki ajratuvchi tillar, agglutinativ tillar va flektiv tillar. 
A. Shleyxer tillarni uch tipga ajratishda so`z tuzilishiga va gap sostavida so`zlarning 
o`zaro grammatik munosabatlarini ifodalovchi vositalarga asoslanadi. 
A. Shleyxerning fikricha, o`zakli tillarda (xitoy-tibet tillari) so`zlarni gapda bir-biri 
bilan bog`laydigan qo`shimchalar yo`q, shuning uchun gap o`zgarmaydigan o`zaklardan 
tuziladi yoki yordamchi so`zlar orqali birikadi. Agglutinativ tillarda esa so`z formalari 
o`zgarmay qo`shiladigan affikslar yordamida yasaladi. Bu holda har bir affiks bir grammatik 
ma’noni ifodalaydi. Masalan, turkiy tillar. Flektiv tillarda esa ichki va tashqi fleksiya 
mavjuddir. 
A. Shleyxer agglutinativ tillarda ham, flektiv tillarda ham sintetik va analitik 
qurilishga ega bo`lgan til turlarini ajratadi. U tillarni uch morfologik tipga ajratishda va 
ularga baho berishda o`zining biologik (naturalistik) konsepsiyasiga asoslanadi. 
Tillarning morfologik klassifikatsiyasi masalasi bilan G. Shteyntal (1821-1889), N. 
Fink Moskva tilshunoslik maktabining asoschisi F.F. Fortunatov (1848-1914) ham 
shug`ullangan. Shunday qilib, morfologik (tipologik) klassifikatsiyaga ko`ra, dunyodagi 
barcha tillar so`z strukturasining tuzilishi nuqtai nazaridan to`rt tipga bo`linadi. Quyida shu 
haqda fikr yuritiladi. –

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish