O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/358
Sana22.07.2022
Hajmi4,91 Mb.
#835505
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   358
Bog'liq
ona tili va adabiyoti

4. Takroriy sifatlar 
bir xil shaklga ega bo‘lgan so‘zlarning aynan takroridan tuziladi. Masalan: 
baland-baland, mayin-mayin, shirin-shirin
. Ba’zi takroriy sifatlarning birinchi qismida 
qo‘shimchalar mavjud bo‘lishi ham mumkin: 
poyma-poy, ko‘pdan-ko‘p, kattadan-katta, xilma-xil,
limmo-lim
. Bunday sifatlar ma’noni kuchaytirish, ta’kidlash uchun ishlatiladi. 
 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1.
Sifat va uning ma’no turlarini misollar vositasida izohlang. 
2.
Sifat darajalari xususida nimalarni bilasiz? 
3.
Sifatlarning otlashishida qanday grammatik birliklar muhim o‘rin tutadi? 
4.
Sifatlarning gapdagi sintaktik vazifasi nimalar asosida belgilanadi? 
5.
Asliy va nisbiy sifatlarning farqini tushuntiring. 
 
ZARURIY ADABIYOTLAR 
1.
Ш. 
Шоабдураќмонов, 
М.Асљарова, 
А.Ќожиев, 
И.Расулов, 
Х.ДониёровЌозиргињзбекадабийтили. 1-љисм .Т., «Њљитувчи» 1980. 
2.
У.Турсунов, Ж.Мухторов, Ш.РаќматуллаевЌозиргињзбекадабийтили. Т., «Њљитувчи» 
1992. 
3.
М.Мирзаев, С.Усмонов, И.Расулов Њзбек тили. Т., «Њљитувчи» 1978. 
4.
Њзбек тили грамматикаси. 1-том. Т., «Фан» 1975. 
5.
 
N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, D.Nabiyeva, A.MirzaahmedovOnatili. Umumta’lim 
maktablarining 6-sinfi uchun darslik. T., «Ma’naviyat» 2005.
 
 
MA’RUZA 
Son
1-§. 
Narsaning, miqdori, sanog‘i yoki tartibini bildirib, qancha? nechta? nechanchi? so‘roqlaridan 
briga javob bo‘ladigan so‘zlar son deyiladi. Sonlar sifat singari belgi tasavvuri bilan aloqador bo‘lib, 
narsaning miqdori, sanog‘i va tartibiga ko‘ra belgisini ifodalaydi: 
beshta kitob, uchala talaba, 
birinchi kurs
kabi.
Son narsaning aniq yoki noaniq miqdorini ifodalash xususiyatiga egaligiga ko‘ra tildagi 
ko‘p, oz, 
bir oz
singari umumiy miqdor bildiruvchi so‘zlardan farqlanib turadi. Sonlar quyidagi grammatik 
belgilarga ega:
1.Sonlar ot bilan birikkanda so‘z o‘zgartuvchi affikslar olmaydi, aksincha ularning o‘zi otning 
aniqlovchisi vazifasini bajaradi: 
O‘n sakkiz yashar yigit. birinchi o‘rinda bormoq. 
2.Ba’zan son va sifat birgalikda otning aniqlovchisi vazifasini bajarishi mumkin. Bunday holda 
son aniqlovchi vazifasida kelgan sifatdan avval joylashadi: 
Beshta baland bino, uchta qora qo‘y. 
3.Son gapda asosan aniqlovchi va kesim vazifasini bajaradi: 
Mehnat kishini uchta balodan 
saqlaydi: yurak siqishdan, axloqiy buzilishdan, muhtojlikdan. Bu xotinning joni bitta emas, mingta 
(A.Qahhor).


93 
4.Ba’zan sonlar fe’l oldidan kelib, ravish singari hol vazifasini bajaradi: 
U ariqning labidagi 
oshrayhon bargidan uch-to‘rtta uzib keldi. 
5.Sonlar boshqa so‘zlardan yasalmaydi, ya’ni son yasalish tizimiga ega emas. Biroq ba’zi 
sonlardan ot yoki fe’l yasalishi mumkin: 
uch+lik, ikki+lanmoq 
kabi. 
6.Sonning o‘ziga qo‘shiluvchi –inchi, -ov, -ala, -ta, -tacha, -lab,-larcha affikslari shakl yasovchilar 
bo‘lib, sonning bir turidan boshqa turini hosil qiladi. Son otga bog‘langanda ular orasida maxsus 
hisob so‘zlar, ya’ni 
numerativlar
ishlatiladi. Numerativlar 
kilogramm, gramm, botmon, pud, so‘m, 
tiyin, dona, nafar, hovuch, qarich, kilometr, qadam, gektar, soat, minut, daqiqa, soniya
singari ot 
turkumiga mansub so‘zlardan tashkil topadi.

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish