214
Tarix bilan tillashgan adib “Astrobod”, “Alisher Navoiy va Darveshali”, “Badarg`a”,
“Navoiyning xislatlari”, “Ulug`bek va Navoiy”, “O`tror”, “To`maris”, “Temur Malik”,
Aleksandr va Spitamen , “Mohlaroyim va Xonposhsha”, “Karvon qo`ng`irog`i”, “Elchilar”,
“Zulmat ichra nur”, “Jayhun ustida bulutlar”, “Ibn Sino qissasi”, “Aljabrning tug`ilishi”,
“Singan setor ” kabi o`nlab qissa va hikoyalarida o`tmish ajdodlarimizning nurli
siymolarini, milliy-ma`naviy qadriyatlarimiz ildizining teranligini badiiy gavdalantirishga
muvaffaq bo`lgan.
Tarixnavis adib To`maris, Shiroq,
Spitamen, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug`bek,
Navoiy, Mashrab kabi ulug` ajdodlarimiz siymosini tarixiy manbalar asosida yoritdi.
Shonli o`tmishimiz bilimdoni Mirkarim Osim tug`ilgan kunining 70 yilligida “O`zbekiston
Respublikasida xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi” unvoniga sazovor bo`lgan. Taniqli
adib 1984-yili vafot etdi.
Mirkarim Osimning o`zbek bolalar tarixiy nasri taraqqiyotiga qo`shgan hissasi shu jihatdan
beqiyos. Adibning tarixiy-biografik xarakterdagi “Jayhun ustida bulutlar”, “Zulmat ichra
nur”, “Yulduzlar sayri” qissalari alohida turkumni tashkil etadi. Ularning aksariyati O`rta
asrlardagi buyuk mutafakkirlar, olim va ijodkorlar hayot yo`liga bag`ishlangan. Bunday
asarlar zamondosh kitobxonni tarixiy shaxslar qismati, boy adabiy-ilmiy merosi, faoliyatlari
bilan tanishtirishga xizmat qiladi. Natijada, Abu Rayhon Beruniy,
Abu Ali Ibn Sino, Alisher
Navoiy, Mashrab singari buyuk siymolar obrazi badiiy inkishof etilganligi tahsinga sazovor.
Adib qissalarining g`oyaviy-badiiy mundarijasi shu jihatdan kengqamrovli. Yozuvchining
“Shiroq”, “To`maris” singari tarixiy hikoyalarida esa ajdodlarimiz qahramonliklari yorqin
aks etadi.
Mirkarim Osim Vatanimizning uzoq o’tmishiga bag’ishlangan asarlari bilan
adabiyotimiz tarixida yorqin iz qoldira oldi. O’zbek adabiyotida tarixiy mavzu
shakllanishida Oybek, Odil Yoqubov, Primqul Qodirov xizmati katta bo’lsa, shular qatorida
M.Osimning ham “To’maris”, “Shiroq”, “Jayhun ustida bulutlar”, “Ibn Sino qissasi”,
“Temur Malik”, “Zulmat ichra nur”, “Singan setor” kabi qissalari tarixiy mavzudagi nasr
durdonalaridir. Zotan, atoqli adibimiz o’z ijodiy faoliyati davomida xalqimiz o’tmishini
sinchiklab o’rganib, avlodlar qalbida g’urur va iftixor tuyg’ularini alangalatadigan asarlar
yarata oldi.
Istiqlol sharofati bilan tarixiy haqiqat va milliy qadriyatlar tiklanayotgan bir paytda
Mirkarim Osim ijodiga murojaat etish dolzarb ahamiya kasb etayotir. Chunki adib murakkab
bir
davrda yashab, ijod qildi. Lekin shunga qaramay o’z xalqi tarixini yozishdan
cho’chimadi. Yaqin o’tmishda tarixiy shaxslarni o’rganish, jaholatni qo’msash deb noto’g’ri
baholab kelindi. Shu bois, tarixiy mavzuda qalam tebratgan yozuvchilar ijodi kamsitilardi.
Istiqlol tufayli biz tarixiy o’zlikka qayta boshladik. Qadim dunyodagi ulug’ siymolar ijodini
o’rganishga keng imkoniyatlar ochildi. Bu haqda dastlab mamlakatimiz prezideni
I.A.Karimov shunday degan edi: “Asrlar davomida aqlu zakovati ila bunyod etgan boy
ma’naviyati tufayli xalqimiz mag’rur yashadi, mehnat qildi, doimo hurriyat va erk sari
intildi.
Ana shu milliy ong, ana shu milliy g’urur bugungi istiqlolikmizning oltin
poydevoridir. Bu poydevorga Shiroq va To’maris,
Beruniy va Farobiy, Abu Ali ibn Sino va
Al-Xorazmiy, Amir Temur va Bobur, Navoiy va Ulug’bek kabi yuzlab zotlar asos
solganlar”.
10
Darhaqiqat, ona tariximizni badiiy qayta jonlantirish vositasida yosh avlodni Vatanga
muhabbat ruhida tarbiyalash, to’g’rirog’ yuqorida nomlari keltirilgan buyuk mutafakkirlar
haqida tarixiy-biografik qissalar yozish orqali xayrli ishga qo’l urgan Mirkarim Osim
shijoati yurtboshimiz g’oyalariga hamohangdir. Olimlar haqli e’tirof etishganidek,
yozuvchilarimizdan hech kim tarixiy materialni bu adibchalik sinchkovlik bilan o’rganib,
10
I.A.Karimov. Buyuk bobolarning ruhi poklariga tayanib . –Kitobda: Istiqlol va ma’naviyat. T.:O’zbekiston,
1994, 118-119-bet.
215
o’ziniki qilib olib, ishlatmagan. Adib nafaqat xalq qahramonlari haqida, balki, Beruniy, Ibn
Sino, Alisher Navoiy, Mashrab, Uvaysiy singari ulug’ mutafakkir va shoiru shoiralar haqida
ham qissalar yaratib, ma’naviyatimiz ildizlari teran ekanligini isbot eta oldi.
Jumladan,
M.Osim buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning hayoti va ijodi bilan talabalik yillaridayoq
qiziqa boshlagan. 1930-yillarda ulug’ mutafakkirning 500 yillik yubileyiga qizg’in
tayyorgarlik ketayotgan bir davrda ko’pchilik adib va ziyolilarimiz alisher Navoiy yashagan
davr va uning ijodiy merosini chuqurroq o’rganishga kirishgan edilar. Mirkarim Osim ham
albatta bu harakatdan chetda qololmasdi. Shoir yashagan davr to’g’risidagi adabiy va tarixiy
manbalardan xabardorligi yosh yozuvchiga qo’l keladi. Uning birinchi tarixiy qissasi
“Astrobod” “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” jurnalining 1940 yil 4 sonida, ikkinchi
qissasi “Alisher Navoiy va Darveshali” o’sha jurnalning 1941 yil 3-sonida bosilgan. Shu yili
“Alisherning yoshligi”, “Badarg’a” hikoyalari “Qizil O’zbekiston” gazetasida e’lon qilinadi.
qissasini monografik tizimda o’rganish har jihatdan dolzarblik kasb etadi. “Navoiyning
xislatlari” (“Yosh leninchi” gazetasi, 1940, 18 noyabr), “Shoirning yoshligi” (“Qizil
O’zbekiston” gazetasi, 1941 yil 16 yanvar), “Ulug’bek va Navoiy” (“Yosh leninchi”
gazetasi, 1941 yil, 21 aprel) kabi tarixiy hikoya va ocherklari yozuvchining ulug’ shoirga
bo’lgan cheksiz ehtiromning ifodasi edi.
Adibning bu asarlarida Alisher Navoiyning badiiy obrazi o’zbek adabiyotida ilk
marta o’z ifodasini topayotgan edi. Alisher Navoiyning yoshligi haqidagi hikoyalar o’sha
davrda maktab darsliklariga ham kiritilgan edi. E’tirof etilishicha, 40-yillarning o’quvchilari
Mirkarim Osimning o’sha hikoyalari orqaligina Alisher Navoiy haqida ilk ma’lumot
olganlar.
Rost, bugun ulug’ alloma haqidagi badiiy va ilmiy adabiyotlar juda serob. Xususan,
mustaqillik yillari bu dahoga qayta haykal qo’yildi. So’z
mulkining sultoni shaxshan
muhataram Prezidentimiz e’tiborida bo’lishi tahsinga sazovor. Alisher Navoiy bobomizni
yurtboshimiz o’zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga g’oyat kuchli va samarali
ta’sir ko’rsatgan zot sifatida e’tirof etadilar. “Biz,- deya ta’kidlaydilar u kishi,- uning
mo’tabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini
bilmasligi haqida doimo faxrlanib so’z yuritamiz.”
11
Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir
davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi,
millatimizning g’ururi, sha’nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lmas so’z san’atkoridir.
Shu sababli : “Olamda turkiy va forsiy tilda so’zlovchi biron-bir inson yo’qki,- deya
ta’kidlaydi I.Karimov,-
u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va
e’tiqod bilan qaramasa. Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi,
mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir.”
12
Darhaqiqat, inson qalbining quvonchu qayg’usini, ezgulik va hayot mazmunini
Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi. Ona tiliga
muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg’usi ham bizning ongu
shuurimiz, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib kiradi. Biz bu bebaho merosdan
xalqimizni,
ayniqsa,
yoshlarimizni
qanchalik
ko’p
bahramand
etsak,
milliy
ma’naviyatimizni
yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda
shunchalik qudratli ma’rifiy quurolga ega bo’lamiz. Binobarin, M.Osimning “Zulmat ichra
nur” qissasidagi Alisher Navoiy obrazini monografik tizimda o’rganish ana shu maqsadlarga
ko’ra dolzarblik kasb etadi.
M.Osimning tarixiy qissalarining dolzarb ahamiyati 1980 yillardan e’tiboran
anglashila bordi. Masalan, Mahkam Andijoniy M.Osim ijodiyotining adabiyotshunoslikdagi
o’rni haqida shunday ma’lumotlarni keltiradi. “Mirkarim asarlarini o’qib , chiqargan amaliy
xulosam,-deya ta’kidlaydi u,- Vatan tarixini bilish va bu haqda yozish uchun tarixiy
11
Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch. Toshkent, “Ma’naviyat”, 2008, 47-b.
12
O’sha joy.
216
manbalarni kop o’rganish kerak. Domla (Mirkarim Osim) adabiy davralardan o’zini chetga
olib yurgani uchun munaqqidlar ham u kishining ijodiga unchalik e’tibor bermas ekan.
Menga bu adolatsizlik bo’lib ko’rindi.”
13
Muallif e’tiroficha, shu tariqa yosh tadqiqotchi
Mahmud Sattorovga “Mirkarim Osim” adabiy siymosini yoritish topshiriladi va olim shu
mavzuda disertatsiya yoqlaydi.
14
Chindan ham filologiya fanlari nomzodi M.Sattorov
keyinchalik M.Osimning tarixiy qissalaridan iborat saylanmasini chop ettirib, unga
so’zboshi yozadi.
15
Bundan tashqari, boshqa adabiyotshunos olimlar
ham tarixiy qissalar
haqidagi monografik tadqiqot va risolalarida bevosita M.Osim asarlariga murojaat qilib
kelmoqdalar.
16
Xususan, istiqlol sharofati bilan M.Osim adabiy merosining boy va rang-
barangligi asosli ta’kidlangan. Betakror adibimizning tengsiz xizmatlari istiqloldan keyin o’z
qadr-qimmatini topdi. Mustaqilligimizning o’n yilligi arafasida O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining Farmoni bilan o’zbek milliy madaniyati rivojiga ulkan hissa qo’shgan
M.Osim “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi. Shu munosabat bilan
A.Xolmurodov
17
,
O.Yoqubov
18
,
O.Sharafiddinov
19
,
M.Andijoniy,
N.Rahimjonov,
Q.Ko’bayev
20
kabi olim va adiblar e’tirofi muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: