204
G’afur G’ulom - bolalar shoiri va nosiri
REJA:
1.
G’afur G’ulomning hayot va ijod yo’li.
2.
G’afur G’ulom – bolalar shoiri.
3.
Adib qissalarining g’oyaviy-badiiy mundarijasi.
4.
Xulosa
Tayanch tushunchalar:
qissa, ctilizatsiya, interpretatsiya, tarixiy haqiqat, badiiy
haqiqat, milliy istiqlol, tamoyil, tanqidchilik, dramaturgiya, publitsistika.
G’.G’ulomning o’zbek bolalar adabiyotini rivojlantirish
sohasidagi hizmatlarini
alohida umumlashtirish yo’nalishidagi ilk urinishlar XX asrning o’rtalaridayoq yuzaga
kelgan edi. O’shanda pedagogika bilim yurtlarida o’qishga mo’ljallangan bolalar
adabiyoti faniga oid o’quv qo’llanmalari va xrestomatiyalarida G’.G’ulom alohida
ijodkor
sifatida taqdim etilib, uning haqida portret-maqola va asarlaridan namunalar
berila boshlangan edi.G’afur G’ulomning bolalar shoiri va nosiri qiyofasiga otalik va
murabbiylik tuyg’ulari chuqur singishib ketgan. Bunda etimlikda kechgan bolalik
hotiralari ta’siri ayricha rol o’ynaganini alohida ta’kidlash joiz. Shu holat uni qo’liga
qalam olib ilk she’rini yozishga undagan edi. «Bir kuni, - deb yozgan edi u o’zining
«Kechmish va kechirmishlarimdan» xotiranomasida, - bolalar bog’chasidagi
yetim
bolalardan 15 tasini bizning internatga o’tkazdilar. Men bu go’daklar bilan birga tunab
qoldim. Kechasi uxlamay, kuzatuvchilik qilib chiqdim. Shu kecha o’z yetimligim,
boshimdan kechirganlarim va shu yetim bolalar ahvoli... to’g’risida she’r yozdim. Shu
she’rimni birinchi she’rim desam bo’ladi”. O’sha ilk she’ridayoq
u bolalarning ham
hazrati Odam farzandi ekanligini, binobarin, ular ham insonday yashash va ulg’ayish
huquqiga ega ekanliklarini ularning o’z tillaridan favqulodda bir ko’tarinkilik bilan ifoda
etgan edi.
Biz Odam bolasimiz,
Odamning donasimiz.
Biz o’sib ulg’ayamiz,
Olim bo’lish g’oyamiz.
G’afur G’ulom yetimlikda ulg’ayganini umr bo’yi unuta olmadi. Yetimlik uni o’ksik qalb
sohibiga aylantirgan va mudom ta’qib etganligi tufayli bolalarga atab qaysi mavzuda
she’r yozmasin, o’sha zahoti xotirasi qatlaridagi yetimlik armonlari uyg’onishi tabiiy edi.
Kattalar uchun yozilgan va XX asrdagi o’zbek she’riyatida voqeaga aylangan «Sen yetim
emassan»da ham, bolalarga atab bitilgan «Bayram maktubi» va boshqa qator she’rlarida
ham bu holni kuzatish mumkin. Inchunin, shoirning roppa-rosa
ellik ikki yasharligida
yaratgan «Bayram maktubi» she’rida o’qiymiz:
O’ttiz sakkiz yil burun
Bugungi siz bilan teng
O’n to’rt yoshlarda edim.
Tongsiz, uzun kechqurun
qora qo’ynin ochar keng
Ko’z o’ngida uchurum.
Maktab qayoqda deysiz?
Nonning hatto o’zi yo’q,
Bo’z yaktak, yirtiq ishton,
205
Eshiksiz, o’tsiz, nursiz,
Vayronalar qup-quruq,
Halq tentirar parishon
Oq podshoning urushi
Yurtni yergacha toptab,
Tekkan edi tinkaga.
Och qo’shinning yurishi
Er yuzini gur o’rtab,
O’xshardi alangaga.
Rus mustamlakachiligi siyosatining butun fojeasini bolalik xotirasi vositasida shu
xilda fosh etarkan, qonxo’r fashistlar ming-minglab bolalarni ota-onalaridan ayru etib,
yetim qoldirayotganidan jirkanganida yana o’sha «o’ninchi yillar sargardonligi»ni
eslamay, o’tolmaydi:
G’.Gulomning o’smirlar kitobxonligining asosini tashkil etgan «Netay», «Yodgor»
va «Shum bola» қissalarida shu muammo tahlil қilindi. Adib asarlarida etimlikni keltirib
chiqargan sabab va oqibatlarga badiiy nazar solish yo’lidan boradi.
Uning talqinicha,
yetimlik-mohiyat e’tibori bilan o’gaylik ham. Chindan-da, o’z otasi yo onasi (ba’zan har
ikkovi)dan bevaqt ajralib, o’gay ota yoki o’gay onadan shafqat emas, shafqatsizlik
ko’rgan bolakayning achchiq va alamli qismati-shunday foje’ qismatdir. Bunday holatda
yetimning o’gayligi birmuncha shaxsiy fojea sanalishi mumkin. Ammo G’afur G’ulom
masalani shu holda echish yo’lidan
bormagan, aksincha u o’tmishdagi nobop tuzum va
bemehr jamiyatning shafqatsizligi ham o’lganni tepkilab, etim-esirlarga o’gaylik qilishi
fojeasini ochishga harakat
qildi va aytish mumkinki, bunga muvaffaq ham bo’ldi. Bu
jihatdan Netay va SHum bola-qoravoyning etimlik qismati talqini e’tiborni tortadi.
«Yodgor» qissasida yetimlik syujetni harakatga solgan motiv. Unda yetim go’dak
Yodgorning qismatiga munosabat hal qiluvchi rol o’ynaydi. S.Mamajonov to’g’ri
ta’kidlaganidek: «Yodgor» poetik ma’lum jihatidan ramzli nom. Go’dak Yodgor asarda
tasvir ob’ekti bo’lmasa ham yozuvchi uchun yangi insoniy munosabatlarni ko’rsatib
berish uchun ola bir vosita rolini o’ynaydi, xolos. Bu go’dak Mehri va Jo’ralar, ularning
ota-onalarining qalb dunyosini ochib beruvchi bir kalitdir, ohu go’dak asar voqeasini
yaratadi, konfliktga keskin tus beradi, syujetni o’stiradi va uni ikkiga bo’lib tashlab, keyin
yana bir-biriga qo’ohadi, Shu go’dak
xarakterlarni rivojlantiradi, ochadi. U asardagi
voqealar va odamlarni bir-biri bilan munosabatga kirituvchi, asarning hamma bo’lagini
yozuvchining ko’rish markaziga bog’lab, tortib turuvchi magnitdir: Mehrining o’z
sevganiga shu go’dak halaqit beradi. Jo’raning «aybsiz aybdor» bo’lib onasi, aka va
ammalari oldida ta’naga qolishida shu go’dak sababchi bo’ladi,
xuddi sxuningdek,
Jo’raning insoniyligini ochib beruvchi, Saodat sevgisini sinovdan o’tkazuvchi va Mehriga
hayot haqiqatini tushuntirgan ham shu go’dak – «Yodgordir».
Do'stlaringiz bilan baham: