O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/169
Sana14.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#796686
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   169
Bog'liq
fayl 1839 20210916

 
 
Internet saytlari 
1.
 http://teachyourselfuzbek.com/resources/coursebooks/—Самоучитель 
узбекского языка. 
2.
 http://solver.uz/translate.php — Русско-узбекский переводчик. 
3.
http://library.ziyonet.uz/ — таълим портали
11-MAVZU: ALISHER NAVOIY NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY 
KUTUBXONASI 
Og`zaki nutq: 
Mavzuga oid matnni o`qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning ma'nosini 
izohlash. Matnga munosabat bildirib so`zlash. 
Yozma nutq: 
Universitet kutubxonasi haqida matn tuzish. Elektron kutubxona bilan ishlash bo`yicha 
tavsiyalar yozish. Badiiy asarlarga bag`ishlangan internet saytlarining ro`yxatini tuzish. 
Grammatika:


75 
Frazeologik birliklarning turlari va uslubiy xususiyatlari. 
Reja: 
1.
Kutubxona — ilm tarqatuvchi maskan. 
2.
O`zbekiston Milliy kutubxonasi tashkil topishi. 
3.
O`zbekiston Milliy kutubxonasi haqida qisqacha malumot. 
Tayanch tushunchalar
: Kutubxona, O`zbekiston Milliy kutubxonasi, kutubxona 
fondi, bibliografiya 
Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Respublikasi davlat milliy kutubxonasi — 
O`zbekistondagi eng yirik kutubxona; kutubxonashunoslik va bibliografiya bo`yicha 
O`zRning ilmiy-uslubiy markazi. Respublikaning ma`naviy-madaniy markazi sifatida 
jamiyatning ma`naviy va axborot ehtiyojlarini qondirish, fan, maorif, milliy madaniyatni 
boyitishga xizmat qiladi, mamlakatdagi barcha kutubxonalar uchun kutubxonachilik, 
bibliografiya, ilmiy tekshirish metodika va axborot ishlarini amalga oshiradi. 
O`zbekiston milliy kutubxonasi Xalqaro kutubxonalar assotsiatsiyasiga a`zo. Toshkent 
shahrida 1870-yilda Toshkent ommaviy kutubxonasi nomi bilan asos solingan.
1886-yildan Turkiston ommaviy kutubxonasi, 1919-yildan Turkiston xalq 
kutubxonasi deb atalgan. 1925-yildan O`zbekiston davlat kutubxonasi, 1929-yildan 
O`rta Osiyo davlat ommaviy kutubxonasi, 1934-yildan O`zbek davlat ommaviy 
kutubxonasi. 2002- yildan hozirgi nomda yuritila boshlangan. U O`zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufida. 1948-yilda Alisher Navoiy tavalludining 
500 yilligi munosabati bilan kutubxonaga shoir nomi berilgan. O`zbekiston milliy 
kutubxonasi respublika ilmiy texnika kutubxonasi va O`zbekiston milliy kitob palatasini 
o`zida birlashtirgan yirik bilim maskanidir. Fondida 6,5 mln.ga yaqin kitob bor (2005); 
shundan 5,2 mln. kitob va davriy nashrlar, 541,7 ming mikrofilmlar, 2,073 mln. Ilmiy-
texnika adabiyoti, 364,8 ming chet tillardagi adabiyot, 33,9 ming texnik normativ 
hujjatlar tashkil qiladi. Ular orasida o`zbek va Sharq mumtoz adabiyoti namunalari 
(to`plami), jahonning 75 dan ortiq tillaridagi kitoblar mavjud. 300 o`rinli 9 ta 
qiroatxona, 20 o`rinli internet markaz, media markaz, 10 o`rinli internetga ulangan 
o`quv kompyuter markazi bor. Kitobxonlarning o`rtacha qatnovi yiliga 500 mingni, 
kitob berilishi 1,7 mln. nashrni tashkil etadi; 13 mingdan ziyod turli xususiyatga ega 
bo`lgan ma`lumotlar berish amalga oshiriladi.O`zbekiston milliy kutubxonasida 
quyidagi bo`limlar mavjud: kitobxonlarga xizmat ko`rsatish; fondni butlash; 
adabiyotlarga ishlov berish va kataloglar bo`limi, kitob saqlash; ilmiy-uslubiy; milliy 
bibliografiya; axborot; o`smirlar bo`limi; madaniyat va san`at bo`yicha ilmiy axborot; 


76 
chet el adabiyotlari; ilmiy tadqiqot markazi; nashriyot-tahririyat; nodir va qadimiy 
nashrlar; depozitar saqlash fondi; nazorat dispetcher, ma`muriy xo`jalik bo`limi.
O`zbekiston Milliy kutubxonasining asosiy vazifasi kitobxonlarga tezkor va 
sifatli xizmat ko`rsatish, yig`ilgan axborotni kitobxonga yetkazish, o`tmishning boy 
tarixiy madaniy merosini, axloqiy g`oyalarga to`la asarlarni to`la o`rganishga yordam 
berishdir. Uning o`ta qimmatbaho va nodir nashrlar fondi kutubxona kitoblar 
to`plamining faxri bo`lib, unda 15 mingdan ortiq nodir kitoblar va qo`lyozmalari 
bo`lgan 250 mingdan ortiq nashrdan iborat materiallar saqlanadi. Kutubxona 
adabiyotlar targ`ibotining turli an`anaviy va noan`anaviy shakl va usullaridan unumli 
foydalanadi: kitob rasmli ko`rgazmalar, adabiy-badiiy kompozitsiyalar, tasviriy san`at 
asarlari ko`rgazmalari va boshqalar tashkil qiladi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish