O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/169
Sana14.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#796686
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   169
Bog'liq
fayl 1839 20210916

Internet saytlari 
1.
 http://teachyourselfuzbek.com/resources/coursebooks/—Самоучитель 
узбекского языка. 
2.
 http://solver.uz/translate.php — Русско-узбекский переводчик. 
3.
http://library.ziyonet.uz/ — таълим портали
7-MAVZU: MUZEYLAR-O`TMISH VA KELAJAK ORASIDAGI KO`PRIK 
Og`zaki nutq: 
Mavzuga oid matnni o`qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning ma'nosini 
izohlash. Matnga munosabat bildirib so`zlash. 
Yozma nutq: 
O`zbekiston muzeylaridan biri haqida taqdimot tayyorlash. Jahonning mashhur 
muzeylari haqida qiziqarli ma'lumotlar tayyorlash. Soha muzeyi haqida matn tuzish. 
Grammatika:
Sohaviy terminlar va ularning qo`llanishi. 
 
Reja: 
1.
“Muzeylar to`g`risida”gi qonun haqida. 
2.
“Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to`g`risida”gi 
farmon mohiyati. 
3.
Muzeylar haftaligi. 
Tayanch tushunchalar
: Muzey,“Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va 
takomillashtirish to`g`risida”gi farmon, “Muzeylar to`g`risida”gi qonun, muzeylar 
haftaligi. 


52 
Yurtimiz tarixi, xalqimizning boy ma'naviy me'rosi haqida tushunchaga ega 
bo`lish, undan bugungi avlodni xabardor etishda muzeylarning o`rni katta. Shu bois, 
mamlakatimizda mazkur muassasalar faoliyatini takomillashtirish, ularning zamon 
talablari darajasida ish olib borishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. 
O`zbekiston Respublikasining “Muzeylar to`g`risida”gi qonuni hamda birinchi 
Prezidentimizning 1998-yil 12-yanvardagi “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va 
takomillashtirish to`g`risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo`lib xizmat 
qilayotir. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-iyuldagi 
“Davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini taminlash chora-
tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga asosan o`tgan yil 2-8-sentabr kunlari viloyatda 
“Muzeylar haftaligi” yuqori saviyada tashkil etilib, ellikdan ortiq ko`rgazma va 
ekspozitsiyalar namoyish qilindi. Bu sa'y-harakatlar natijasida bugungi kunda muzeylar 
aholi hordiq chiqaradigan, o`quvchi va talaba-yoshlar uchun madaniy-ma'rifiy tadbirlar, 
dars 
mashg`ulotlari 
o`tkaziladigan 
ma'naviy 
maskanga 
aylanib 
bormoqda.Mamlakatimizda ilm-fan, talim, milliy madaniyatimiz va san'atimizni ravnaq 
toptirish, tarixiy qadamjolarni obodonlashtirish, ajdodlarimizning boy ma'naviy 
me'rosini o`rganish hamda ommalashtirish borasidagi sa'y-harakatlar mustaqil va 
sog`lom tafakkurli, yuksak ma'naviyatli avlodni kamolga yetkazishdek ezgu 
maqsadlarga xizmat qilmoqda. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2014-yil 11-iyuldagi “Davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini 
taminlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori muzeylardagi xalqimizning bebaho 
ilmiy-madaniy, ma'naviy me'rosini yosh avlodga namoyish qilish, ularni Vatanga 
muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda alohida ahamiyat kasb 
etayotir. Mazkur qarorda har yangi o`quv yili boshlanishi bilan 2-8-sentabr kunlari 
Muzeylar haftaligini o`tkazish belgilangan. Madaniyat va sport ishlari vazirligi 
tomonidan Oliy va o`rta maxsus ta'lim, Xalq ta'limi vazirliklari bilan hamkorlikda 
mazkur loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar yoshlarimizning bilimini yanada 
mustahkamlashga, fidoyi va tashabbuskor farzandlar bo`lib ulg`ayishiga xizmat qiladi. 
Xalqimiz ma'naviyatini yuksaltirish, barkamol avlodni tarbiyalash borasida amalga 
oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar jarayonida boy me'rosimizni asrab-avaylash, 
buyuk ajdodlarimizning yuksak salohiyati asosida bunyod bo`lgan sara ijod 
mahsullarini saqlash, ularni kelajak avlodlarga yetkazish ham doimiy etiborda. Bu sa'y-
harakatlar yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g`oya va mafkuralar ta'siridan 
himoya qilishda muhim ahamiyatga ega. Muzeylarda konseptual dasturlar asosida 
amalga oshirilayotgan bunday ishlar xalqimiz, avvalo, yoshlarning yurtimiz tarixi va 


53 
madaniyatiga oid bilimini boyitish, tarix va kelajak o`rtasidagi ko`prikni 
mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz. 

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish