Internet saytlari
1.
http://teachyourselfuzbek.com/resources/coursebooks/—Самоучитель
узбекского языка.
2.
http://solver.uz/translate.php — Русско-узбекский переводчик.
3.
http://library.ziyonet.uz/ — таълим портали
7-MAVZU: MUZEYLAR-O`TMISH VA KELAJAK ORASIDAGI KO`PRIK
Og`zaki nutq:
Mavzuga oid matnni o`qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning ma'nosini
izohlash. Matnga munosabat bildirib so`zlash.
Yozma nutq:
O`zbekiston muzeylaridan biri haqida taqdimot tayyorlash. Jahonning mashhur
muzeylari haqida qiziqarli ma'lumotlar tayyorlash. Soha muzeyi haqida matn tuzish.
Grammatika:
Sohaviy terminlar va ularning qo`llanishi.
Reja:
1.
“Muzeylar to`g`risida”gi qonun haqida.
2.
“Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to`g`risida”gi
farmon mohiyati.
3.
Muzeylar haftaligi.
Tayanch tushunchalar
: Muzey,“Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va
takomillashtirish to`g`risida”gi farmon, “Muzeylar to`g`risida”gi qonun, muzeylar
haftaligi.
52
Yurtimiz tarixi, xalqimizning boy ma'naviy me'rosi haqida tushunchaga ega
bo`lish, undan bugungi avlodni xabardor etishda muzeylarning o`rni katta. Shu bois,
mamlakatimizda mazkur muassasalar faoliyatini takomillashtirish, ularning zamon
talablari darajasida ish olib borishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda.
O`zbekiston Respublikasining “Muzeylar to`g`risida”gi qonuni hamda birinchi
Prezidentimizning 1998-yil 12-yanvardagi “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va
takomillashtirish to`g`risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo`lib xizmat
qilayotir. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-iyuldagi
“Davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini taminlash chora-
tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga asosan o`tgan yil 2-8-sentabr kunlari viloyatda
“Muzeylar haftaligi” yuqori saviyada tashkil etilib, ellikdan ortiq ko`rgazma va
ekspozitsiyalar namoyish qilindi. Bu sa'y-harakatlar natijasida bugungi kunda muzeylar
aholi hordiq chiqaradigan, o`quvchi va talaba-yoshlar uchun madaniy-ma'rifiy tadbirlar,
dars
mashg`ulotlari
o`tkaziladigan
ma'naviy
maskanga
aylanib
bormoqda.Mamlakatimizda ilm-fan, talim, milliy madaniyatimiz va san'atimizni ravnaq
toptirish, tarixiy qadamjolarni obodonlashtirish, ajdodlarimizning boy ma'naviy
me'rosini o`rganish hamda ommalashtirish borasidagi sa'y-harakatlar mustaqil va
sog`lom tafakkurli, yuksak ma'naviyatli avlodni kamolga yetkazishdek ezgu
maqsadlarga xizmat qilmoqda. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2014-yil 11-iyuldagi “Davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini
taminlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori muzeylardagi xalqimizning bebaho
ilmiy-madaniy, ma'naviy me'rosini yosh avlodga namoyish qilish, ularni Vatanga
muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda alohida ahamiyat kasb
etayotir. Mazkur qarorda har yangi o`quv yili boshlanishi bilan 2-8-sentabr kunlari
Muzeylar haftaligini o`tkazish belgilangan. Madaniyat va sport ishlari vazirligi
tomonidan Oliy va o`rta maxsus ta'lim, Xalq ta'limi vazirliklari bilan hamkorlikda
mazkur loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar yoshlarimizning bilimini yanada
mustahkamlashga, fidoyi va tashabbuskor farzandlar bo`lib ulg`ayishiga xizmat qiladi.
Xalqimiz ma'naviyatini yuksaltirish, barkamol avlodni tarbiyalash borasida amalga
oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar jarayonida boy me'rosimizni asrab-avaylash,
buyuk ajdodlarimizning yuksak salohiyati asosida bunyod bo`lgan sara ijod
mahsullarini saqlash, ularni kelajak avlodlarga yetkazish ham doimiy etiborda. Bu sa'y-
harakatlar yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g`oya va mafkuralar ta'siridan
himoya qilishda muhim ahamiyatga ega. Muzeylarda konseptual dasturlar asosida
amalga oshirilayotgan bunday ishlar xalqimiz, avvalo, yoshlarning yurtimiz tarixi va
53
madaniyatiga oid bilimini boyitish, tarix va kelajak o`rtasidagi ko`prikni
mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |